Atlanish korxonalarida k



Download 0,87 Mb.
bet1/5
Sana17.04.2020
Hajmi0,87 Mb.
#45364
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Restoran new


Mundarija:

Kirish.............................................................................................................

2

1.Umumiy ovqatlanish korxonalarining tavsifi va ularning turlari.........................................................................................................

5


2.Umumiy ovqatlanish korxonalarida ko‘rsatiladigan servis xizmatlarining
turlari
...........................................................................................................

18


3.Umumiy ovqatlanish tashkilotlarida xizmat ko‘rsatuvchi hodimlarga qo‘yiladigan gigiyena talablari.................................................................

29


4.Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishning texnologik jarayonlari..............

35

5.Umumiy ovqatlanish korxonalarini texnikaviy-iqtisodiy modernizatsiyalash…………………………………………………………….

39


Xulosa va takliflar.....................................................................................

45

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati...........................................................

Ilovalar……………………………………………………………………...



47
49



KIRISH

Rossiyaning “TurStat” tahliliy agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishida MDH va yaqin chet el mamlakatlari reytingida kuchli beshlikdan joy olgan. Bular Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston. Bilamizki, milliy taomlarning tayyorlanish jarayoni bilan o‘sha taomlarning vatanida tanishish sayyohlar uchun doim qiziqarli bo‘lib kelgan. Shu bois “O‘zbekiston oshxonasi” brendini jahon miqyosida ommalashtirishda jamoat tashkilotlari, xususan, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining o‘rni alohida.

O‘zbek milliy taomlarini dunyoga tanitish, mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi 2010 yilda Butunjahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasiga, 2017 yilda Butunjahon Islom davlatlari pazandalar uyushmasiga2 a’zo bo‘lgan. Natijada, ko‘plab xorijiy festival, sammit, musobaqa, o‘zaro tajriba almashish va shu kabi boshqa tadbirlarda ishtirok etilib, yuksak marralarga erishilmoqda. Xususan, 2018 yilda “National Geographic” jurnali o‘tkazgan “National Geographic Traveler” mukofotida “Gastronomik turizm” nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi. Tanlovda ishtirok etgan respondentlar O‘zbekiston uchun 34 %, Italiyaga 21 %, Ozarbayjonga 17 %, Frantsiyaga 13 %, Janubiy Koreyaga 5 % ovoz bergan. – Ko‘plab sayyohlar O‘zbekistonga mamlakatning oshxonasi, an’analari va madaniyati bilan tanishish uchun ham kelmoqda, – deydi O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov.  – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Umumiy ovqatlanish tashkilotlari ichida restoran, qahvaxona, bar asosiy o‘rinni egallaydi. Bular aholining xordiq chiqarishini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. U yerlarga kishilar faqat ovqatlanish uchungina emas, balki yubileylarni nishonlash, kishi hayotidagi muhim voqealarni, u yoki bu jamoa a’zolarining quvonchiga sherik bo‘lish, to‘y tantanalarini o‘tkazish, ish bo‘yicha tashkilotlarning xodimlari mehmonlarni xursandchilik bilan kutib olishlari, tez va lazzatli taomlar qo‘yishlari, to‘laqonli dam olishlari uchun hamma sharoitlarni yaratishlari zarur.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o‘sishga erishishdek dolzarb vazifa qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida, iqtisodiyotda erishilgan yutuqlarning asosi sifatida bozor munosabatlarining qaror topishi, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi kabilar bilan baholanmoqda.

Umumiy ovqatlanish korxona tarmoqlarini to‘g‘ri joylashtirish — aholini ish joyida, manzilida, dam olishida ovqatlanishini to‘la ta’minlashdan iborat. Umumiy ovqatlanish tarmoqlarini ochishda quyidagi holatlar hisobga olinadi: aholining miqdori, uning tarkibi va ehtiyoj qobiliyati, geografik sharoit, ishlab chiqarish korxonasi va aholi yashaydigan joylarning uzoq-yaqinligi. Shundagina umumiy ovqatlanish korxonasidan aholi yaxshi foydalanishi mumkin.

Mazkur kurs ishida umumiy ovqatlanish tarmoqlari xizmat ko‘rsatish jarayonining nazariy va amaliy asoslari: xizmatning shakl va usullari, mijozlarni kutish uchun zallarni tayyorlash, xizmat xodimlarining mijozlar bilan o‘zaro munosabat tamoyillari, xorijiy turistlar uchun taom tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan. Kurs ishida xizmat ko‘rsatish texnikasi bilan birga ba’zi taom va ichimliklarning tavsifi beriladi. Bu holat xo‘randalar savollariga ofitsiant tomonidan to‘g‘ri va ishonchli javob berish, ularga mazali taomlar tavsiya qilish imkoninitug‘diradi.

So‘nggi yillarda respublikada kichik biznes, tadbirkorlikni qo‘llab-quvatlash va rag‘batlantirish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil tadbirlar, xizmat sohasidagi alohida olingan tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qator dasturiy yo‘nalishlar xizmat ko‘rsatish va servis sohasini, shuningdek maishiy xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishiga olib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilga qadar xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi PQ-640-sonli qarorlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.


  1. Umumiy ovqatlanish korxonalarining tavsifi va ularning turlari

Hozirgi iqtisodiy modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilayotgan bir paytda iqtisodiyotning asosiy qismini xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari egallamoqda. Ularning ulushi yalpi ichki mahsulotda, iqtisodiyotda band bo‘lganlarning tarkibida, davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlarda, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi eng muhim masalalarda muttasil oshib bormoqda va kelajakda ham bu jarayonning davom etishi huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish rivoji xalqimiz farovonligining oshishiga bevosita ta’sir qiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari turli xususiyatlariga ko‘ra tavsiflanadi va tasniflanadi.

Umumiy ovqatlanish korxonasi - ma’lum turdagi korxona xizmatining o‘ziga xos belgilarining mujassamlanishi, mijozlarga ko‘rsatilgan xizmat sifatining darajasi va sharoiti bilan ifodalanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining beshta turi mavjud: restoran, bar, kafe, oshxona, tamaddixona (yaxna ovqatlar). Korxonaning turini belgilashda quyidagilarga e’tibor beriladi:

- realizatsiya qilinadigan mahsulotlar assortimenti, ularni tayyorlashdagi turli-tumanlik va murakkablik;

-texnik jixozlanish - moddiy baza, injener-texnik jihoz va uskunalar bilan ta’minlanishi, bino tizimi, arxitektura-rejalanishi va hokazo;

-xizmat qilish usullari;

-xodimlarning malakalari;

- xizmat ko‘rsatish sifati, binoning ichki bezagi, ahloq-odob, muomala, estetika va hokazo.

Korxona toifalari: lyuks, oliy va birinchi toifali degan nomlar restoran va barlarga beriladi. Kafe, oshxona, tamaddixonalar toifalarga bo‘linmaydi.

Lyuks toifa. Umumiy ovqatlanish korxonalarining lyuks toifasiga restoran va barlar kiradi, bular boshqa toifalardan quyidagi belgilari bilan farqqiladi: binolar noyob xarakterdagi hajm rejaga ega bo‘lishi, mijozlar uchun zal a’lo darajada ko‘ngildagidek qilib yasatilishi shart. Bu talab an’anaviy arxitekturadagi restoran va barlarga, shuningdek, tematik restoran va barlarga ham tegishlidir. Hozirgi zamon injenerlik jihozlarining mavjudligi, turli musiqa dasturlaridan keng foydalanish, maxsus mebel, aloxida idish-tovoqlarda taom buyurish, yoritish vositalari arxitektura-badiiy bezakni takomillashtiradi, xizmatning umumiy didli manzarasini namoyish qiladi. Bundan tashqari restoran mahsulotlari, buyurtma va firma ichimliklarining keng assortimenti taklif kqilinadi.

Oliy toifa nomi ham restoran va barlarga beriladi. Ularning ham noyob binolari, bino ichi bezaklari, chiroyli jihozlari, noyob assortiment, ko‘ngildagidek, buyurtma va firma taomlari va mahsulotlari, shuningdek, murakkab usulda tayyorlangan ichimliklar, alkogolsiz ichimliklari bo‘ladi.

Restoran - o‘z nomiga ega bo‘lgan, iste’molchilarga murakkab usulda tayyorlanadigan yuqori sifatli kulinariya va qandolatchilik mahsulotlarining keng assortimentini hamda ichimliklarni taqdim etadigan eng qulay umumiy ovqatlanish korxonasi. Restoran taomnomasiga majburiy tartibda porsiyali va firma ovqatlari kiritiladi. Xizmat ko‘rsatish dam olish, ovqatlar pishirish va xizmat ko‘rsatish bilan uyo‘unlashtirilgan holda yuqori malakali oshpazlar va ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi.

Taomlar va ichimliklarni oliy darajadagi pazandalar tayyorlaydi. Restoranda xizmat qiluvchi xodimlar bir xil kiyimlarda bo‘ladi, ularning poyafzallari yagona namunaga ega bo‘lishi shart.

Xorijiy turistlarga xizmat qiladigan restoran ofitsiantlari bironta chet tilini bilishi va mehmonlar bilan gaplasha olishi lozim.Restoranlar ayrim mijozlargagina xizmat qilish bilan cheklanmaydi. Davlat miqyosidagi katta anjumanlar, majlislar, konferensiya, seminar, rasmiy kechalar, qabul marosimlari, to‘ylar, oila tantanalari, banket, tematik kechalar va boshqalarga xizmat qiladi.

Restoranlarda mijozlarga asosan tushlik va kechki ovqat beriladi, katta yig‘inlar, kengashlar, konferensiya qatnashchilariga taomning to‘la ratsioni beriladi.

Oliy toifa restoranida banket zali, bar, kokteyl-xol bo‘ladi.

Restoranlar markaziy, odamlar gavjum ko‘chalarda, temir yul, avtomobil vokzallarida, aeroportlar, kemalar to‘xtash joylarida, teploxod, dengiz kemalarida, suzuvchi dam olish uylarida, shuningdek, stadion, shaharlararo hududlarda, ma’muriy, tomosha maskanlari majmualarida, tarixiy va arxitektura yodgorliklari joylashgan yerlarda, O‘zbekistan sharoitida katta bozorlar, uyingohlar yaqinida ochiladi.

Ko‘pgina restoranlarda bayram kuni oldidan, shanba va yakshanba kunlari milliy taomlar ta’mini aniqlash (degustatsiya) tadbiri o‘tkaziladi.

Ba’zi restoranlar faoliyatida oilaviy ovqatlanish tajribasi amalga oshirilmoqda. Xizmatning bu turida maxsus taomnoma tuziladi, bunda yosh bolalar hisobga olinadi, ammo oziq-ovqat uncha qimmat bo‘lmasligi kerak.

Lyuks toifadagi restoranda buyurtma va firma taomlaridan tashqari taomnomada yozilmagan taomlarning buyurtmasini ham qabul qilish mumkin.

Restoranda mahsulotlar assortimentida shokolad, konfetlar, xo‘l mevalar va boshqalar bo‘lishi kerak.

Lyuks va oliy toifadagi restoran vitrinalari turli manzarali badiiy materiallar, optik yoritkichlar, rangli diapozitivlar, fotosuratlar bilan bezatiladi. Vitrinalar shunday yasatiladiki, unda korxonaning xususiyatlari yaqqol ko‘rinadi, oshxonaning o‘ziga xos xususiyati, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat majmui aks etadi.

Lyuks toifadagi restoranlar uchun oshxona idish-tovoqlari, anjomlar maxsus buyurtma bo‘yicha tayyorlanadi (zanglamaydigan po‘latdan, oliy darajadagi chinni, shishadan eng yaxshi ishlov berilib tayyorlanadi). Banketlarda, qabul tantanalarida chinnidan va billurdan ishlangan buyumlardan foydalaniladi.Chinnidan yasalgan har bir buyumda uni ishlab chiqaruvchining tamg‘asi bo‘lishi shart.

Oshxonalarda foydalaniladigan matodan qilingan buyumlar — sochiqlar, dasturxon, salfetkalar, qo‘l sochiqlari zal xususiyatiga qarab buyurtma bilan tayyorlanadi. Bu buyumlarning har birida ham restoran tamg‘asi bo‘lishi shart.

Lyuks va oliy toifadagi restoran taomnomasi bosmaxonada chop etilishi zarur. Bu restoranlarda xorijiy mehmonlarga xizmat qilinadigan bo‘lsa, taomnoma uch tilda: ingliz, fransuz, nemis tillarida bosiladi. Taomnomaning firmali jildi, reklama afishalari, bukletlar, varaqalar, tabrik va taklif qog‘ozlar va boshqa nashr reklamalari zich, qalin qog‘ozlar yoki yaltiroq ishlov berilgan kartondan tayyorlanadi. Taomnomaning jildida restoran nomi va tamg‘asidan tashqari restoranning mavzu yo‘nalishini ifodalovchi rasm ham bo‘ladi.

Lyuks toifadagi restoranlarda albatta quyidagi qo‘shimcha xizmatlar bo‘lishi shart: bayram taomlari tayyorlash va xizmat uyushtirish, uyga ovqat olib borib berish, taom va boshqalarga buyurtmalar qabul qilish, ma’lum muddatga joyni band qilib qo‘yish, mijoz iltimosiga ko‘ra taksi chaqirib berish, gul va sovg‘alar sotish.

Bundan tashqari lyuks va oliy toifadagi restoranlarda orkestr chiqishiga mo‘ljallangan joy bo‘ladi. Ansambllar, teatr guruhlari konsert dasturlari bilan mijozlarning yaxshi dam olishiga sharoit yaratiladi. Lyuks toifali restoranlarda yuqori sifatli stereofonik radioapparaturadan foydalaniladi, har bir stolda ovozni bir me’yorda tartibga soluvchi dinamiklar bo‘ladi.

Restoranlar bir-birlaridan quyidagilar bilan farqlanadi:


  • tayyorlab beriladigan taomlar assortimenti bo‘yicha (baliq, milliy taomlar, xorijiy mamlakat taomlari);

  • o‘rnashgan joyi - shaharda, vokzallarda, mehmonxonada, dam olish zonasi, vagon-restoran va boshqalar.

Birinchi toifadagi restoranlarda vitrinalarni bezash oddiyroq bo‘ladi.

Restoran zallarida mijozlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida arxitektura-konstruktiv manzarali elementlar, mebel va boshqa jihozlar o‘rnatish uchun maydonlar barpo etiladi.

Restoranlarda mebellarning asosiy turlari: ikki, to‘rt, olti kishi sig‘adigan stollar (turi burchakli, kvadrat, dumaloq va boshqa shaklda); restoran kreslolari, divanlar, ofitsiantlar uchun servantlar, guldonlar, xizmat uchun stollar va hokazo.

Birinchi toifadagi restoranlarda metalldan yasalgan idish-tovoqlardan foydalaniladi, oshxona idishlari zanglamaydigan po‘latdan, chinnidan yasaladi. Dasturxon va salfetka, qo‘l sochiqlar oq va rangli matodan bo‘lishi mumkin.

Shahar restoranlari shahar ichida joylashgan bo‘ladi, belgilangan ma’lum soatlardagina ishlaydi. Ular taom, gazaklar, ichimliklarning keng assortimentini tavsiya etadi, asosan tushki va kechki ovqatlar tayyorlaydi.

Vokzal restoranlari-temir yo‘l, aerovokzallarda joylashgan bo‘ladi va yo‘lovchilarga kechayu kunduz xizmat qiladi. Bu restoranlar taomnomasida taomlar, gazak va ichimliklar cheklangan bo‘ladi.

Mehmonxona majmualariga tegishli mehmonxona tarmog‘i tarkibiga ikkita restoran - serhasham firma taomi bo‘lgan va kichik, taom va ichimliklari bahosi yuqori darajada bo‘lmagan restoranlar kiradi.

Kema restorani turistlar va yo‘lovchilarga xizmat qilishga mo‘ljallangan. Bu restoranlarda nonushta, tushlik, kechki ovqat tayyorlanadi, ovqat, qandolat mahsulotlari, sovutilgan ichimliklar, yo‘l anjomlari sotiladi. Yo‘lovchilarga xizmat qilish ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi. Oziq-ovqatlar uchun abonementlar sotish qo‘llaniladi.

Yirik yo‘lovchi teploxodlari bir yoki bir necha salon-restoranlarga, bufetlar, barlar, jihozlangan oshxonaga ega. Salon-restoranlarda joylar 48 dan 150 gacha bo‘ladi. Ular quyidagi mebellar bilan jihozlanadi: stol, stul, servant. Zalda bufet ham bo‘ladi. Stol va servantlar polga mahkamlab o‘rnatiladi.

Vagon-restoranlar uzoq masofalarga qatnovchi temir yul poezdlarida bo‘ladi. Odatda bunday restoranlar bir kecha-kunduzdan ortiqroq safarga boruvchi yo‘lovchilar uchun xizmat qiladi.



Avtosayyohlar uchun restoran - katta yo‘l chorrahalarida, yirik avtostansiyalarda joylashadi, sayyohlar bu yerlarda ovqatlanadi, hordiq chiqaradi.

Bar- kichkina restoran, ilgari mayxona deb ham ataganlar. Keng assortimentda har xil ichimliklar sotiladi. Shuning bilan birga barda taomlar, gazaklar, qandolat mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin. Barlarning vazifasi- bu yerga keluvchilarga yaxshi xizmat ko‘rsatish, shinam jihozlangan, chiroyli joyda ko‘ngildagidek dam olish sharoitini yaratish, musisa, stereofonik ovoz chiqaradigan apparat, san’atkorlar chiqishi, televizor, videoeshittirishlarni tashkil qilishdan iborat. Hattoki barda o‘yin avtomatlari va 50 dan ko‘p kishiga mo‘ljallangan raqsga tushish maydonchalari ham bo‘lishi mumkin.

Sotiladigan ichimliklar va mahsulotlar turlariga ko‘ra barlar quyidagi turlarga bo‘linadi: pivo barlari, vino, sut-qatiq, kokteyl-xoll, kokteyl-barlar. Kokteyl-xoll kokteyl-bardan zalining kattaligi, jihozlanishining turli-tumanligi bilan ajraladi.

Barlar odatda ma’muriy-madaniy va savdo markazlarida, mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar qoshida ochiladi.

Binolarning tuzilishiga ko‘ra barlar quyidagicha joylashadi:



  • vestibyullarda — bu yerda kishilar uchrashadilar, suhbat qiladilar;

  • restoran barlari — bino ichida, zalda joylashadi;

  • yordamchi barlar—mehmonxona qavatlarida joylashadi.

  • banket barlari — banket zallarida joylashadi.

  • mini-barlar — mehmonxonaning mehmonlar uchun mo‘ljallangan

xonalarida joylashadi.

Salat-barlar - maxsus peshtaxta bilan jihozlangan, ochiq sovutgich vitrinasiga ega. Maxsus idishlarda tayyorlangan har xil salatlar: ko‘k salat, bodring, rediska, pomidor, tuxum, kartoshka, sabzi, qizilcha, ukrop, piyoz, petrushka, karam, shuningdek, go‘sht, baliq, kolbasa, pishloq va boshqalar qo‘yiladi. Alohida idishlarda: yog‘, sirka, gorchitsa, krem, qaymoq, mayonez, shakar, tuz, garimdori beriladi. O‘z didi va ishtahasiga qarab har bir xo‘randa tegishli mahsulotlardan idishlariga solib oladi. Bu barlar «shved stoli» ning bir ko‘rinishidir.

Ho‘l meva barlari — umumiy ovqatlanish korxonalarining yangi bir turi. Ijtimoiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan, alkogol ichimliklar iste’molini kamaytirish nazarda tutilgan tadbir sifatida paydo bo‘ldi.

Bu xildagi barlar o‘ziga xos usulda binolarda joylashgan, oddiygina jihozlangan: peshtaxtalar qo‘yilgan, vitrinalarda 15 xilgacha sharbatli ichimliklar, sut kokteyllari, elektrokofeyniklar, samovarlar mavjud. Mijozlar sharbatlardan tashqari choy, kofe ichishlari, restoranning qandolat sexidan keltirilgan qandolat mahsulotlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Sut mahsulotlari barlari -o‘z mahsulot assortimenti bilan boshqalardan farqlanadi. Sut va sariyog‘ kokteyllaridan tashqari barning kundalik taomnomasida buterbrodlar, pishloq, kolbasa, bir necha xil sutli taomlar, qo‘ymoqlar, qaymoqli, tvorogli somsalar, un qandolat mahsulotlari, shirin taom va ichimliklar bo‘ladi. Ovqat tayyorlashda mijozlarning o‘zlari qatnashadigan barlar keng ommalashib bormoqda.

Sut mahsulotlari barlari firma sut mahsulotlari magazinlari qoshidagi yirik savdo markazlarida barpo etiladi. Ularning asosiy maqsadi mizozlar taomni tatib ko‘rishi bilan mazasiga tushunadi va bar mashhur bo‘la boradi. Bu barlarda turli sutli mahsulotlar ham sotiladi.



Disko-barlar — kunduz kunlari kafe sifatida ish olib boradi, kechqurin esa bar xizmatini o‘taydi. Bu yerlarda doimo diskoteka uyushtiriladi. Disko-barlar alohida binolarda yoki mehmonxonalarning yarimertulalarida faoliyat ko‘rsatadi. Disko-bar zallari zamon talabiga javob beradigan darajada badiiy bezatilishi kerak. Raqs maydoni rangli parket bilan qoplanishi, umumiy ko‘rinishga mos yorug‘lik berilishi shart. Disko-barlarda slaydlar ko‘rsatish uchun katta ekran o‘rnatiladi, quvvati kuchli muzika apparati, yorug‘likni har xil qilib ko‘rsatish uchun asboblar, shuningdek, televizorlar, videomagnitofonlar joylashtiriladi. Musiqiy dasturni disko-bar xodimi boshqarib boradi.

Bu barlarda orkestrlar, ashulachi, aktyorlar ishtirokida yoshlarning dam olish kechalari o‘tkaziladi. Tavsiya etiladigan mahsulotlar assortimenti turlichadir: odatda, yengil, sovutilgan, aralash ichimliklar, gazaklar, buterbrod, issiktaomlar bo‘lishi ham mumkin. Qandolat-shirinliklar va muzqaymoqning turli xillari tavsiya qilinadi.



Ekspress-barlar (bir zumda xizmat qilish)—savdo markazlarida, mehmonxona va vokzallarda faoliyat ko‘rsatadi. Mahsulotlar assortimenti bar vazifasiga mos tushishi kerak: buterbrodlar, parchalangan, qiymalangan go‘shtlar non betiga qo‘yilgan taomlar, har xil qandolat va sut mahsulotlari.

Tikka turib ovqatlanib ketadigan barlarda taom assortimenti cheklangan bo‘ladi. Bular — bifshtekslar, langetlar, parranda go‘shtidan tayyorlangan ovqatlar, chanqovbosdi ichimliklar, sharbat, kokteyl, kofe.



Pivo barlari — maxsus joylarda pivo qo‘yib sotiladi yoki shishalarda beriladi. Qo‘yib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki ishlab chiqargan zavod avtosisternasidan bevosita avtomatlar orqali qo‘yib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar bo‘lishi tavsiya qilinadi. Hisob-kitob ofitsiantlar cheki orqali, o‘z-o‘ziga xizmat qilish joylarida bufetchi yoki sotuvchiga to‘lanadi.

Pivo barlari pivo sotish bilan birga issiq va sovuq gazaklar ham sotadi. Bular jumlasiga: buterbrod, pivoga mos keladigan pishloqlar, har xil tuzlangan narsalar, quritilgan baliq, qalamcha qilib qovurilgan kartoshka, quritilgan qora non, teshik kulcha, sho‘r danak, sho‘r bodom va boshqalar kiradi.



Vino barlari — mehmonxonalar, restoran, kafelar qoshida faoliyat ko‘rsatadi. Yengil ovqatlanish ham mumkin, vaqti cheklangan, shoshilgan odamlar tez tamaddi qilib ketishi uchun juda qulay.

Bunday barlar yirik restoranlar ichida joylashgan bo‘lsa, do‘stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qilish mumkin bo‘ladi. Xotirjamlik bilan bir piyola choy yoki kofe ichib ketish mumkin.



Gril-barlar — savdo markazlarida, shahar mavzelarida, dam olish zonalarida, odamlar gavjum magistrallarda, restoranlarda joylashgan bo‘ladi. Gril-barda xo‘randa tanqis, noyob ovqatlarni olishi mumkin. Bu yerdagi taom assortimenti xo‘randaning tezlik bilan ovqatlanishiga imkon beradi. Bu barlarda eng ko‘p tarqalgan ovqatlardan qovurilgan baliq, jo‘ja, kabob, bifshteks bo‘ladi. Gril-barlarda taom xo‘randaning ko‘z oldida tayyorlanadi. Gril-barlarda bar peshtaxtalari ro‘parasida stolchalar yoki uzun kursilar qo‘yiladi. Peshtaxtaning ichki tomonida sotuvchi xizmat qiladi. Taomni chala tayyor mahsulotlardan uning o‘zi tayyorlaydi.

Kafe (qaxvaxona) -iste’molchilar ovqatlanishi va dam olishini ta’minlaydi. Restoran mahsulotlariga qaraganda bular assortimenti kam. Kafe firma va buyurtma taomlar tayyorlash, mijozlarga yetkazib berishdek vazifani bajaradi. Bularning assortimenti cheklangan va taom tayyorlashi murakkab emas. Kafeda issikchoy, kofe, kakao, muzday sharbatlar, mineral suvlar, qatiq-sut, qandolat va shirin taomlar mavjud. Ikkinchi taom sifatida tayyorlanishi oson bo‘lgan -qovurilgan tuxum, sosiska, sardelka, quymoqlar, birinchisiga sho‘rva berilishi mumkin.

Alkogolsiz kafeda ichimliklar assortimentidan vino-aroq mahsulotlari olib tashlanadi, alkogolsiz ichimliklar va qandolat mahsulotlari sotish ko‘paytiriladi. Bu kafelarda diskoteka bor. Tuylar, yubileylar, oilaviy tushliklar, yangi taom va mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.



Muzqaymoq kafesi — xordiq chiqarish uchun eng gavjum joy. Hamma oilalar ham restoran yoki barga boravermaydi, chunki u joylar yoshi jihatidan katta toifadagilarga mo‘ljallangan, narx-navosi ham yuqori. Muzqaymoq kafelari esa hammabop, butun oila a’zolari bilan kelib muzqaymoq iste’mol qilish va dam olish mumkin. Muzqaymoq tayyorlash jarayoni ham o‘ziga xos. Muzqaymoq kafesi uchun uncha katta maydon talab qilinmaydi.

Muzqaymoq kafelari savdo zalida: past haroratli vitrinada muzqaymoq assortimenti namunalari qo‘yiladi. Mebel bo‘ladi, choy va kofe qaynatadigan anjomlar yordamida mijozlarga issiq choy, kofe tayyorlanadi. Bundan tashqari muzqaymoq kafesida har xil pishiriqlar, qandolat mahsulotlarini ham xarid qilish mumkin.



Kafeteriylar — yirik oziq-ovkat yoki nooziq-ovqat magazinlarida tashkil qilinadi. Kafeteriylarda issiq ichimliklar, sut-qatiq mahsulotlari, buterbrodlar, qandolat mahsulotlari va boshqalar tayyorlanishi va sotilishi mumkin, uncha qiyin bo‘lmagan mahsulotlar bo‘ladi. Alkogol ichimliklar sotish ta’qiqlanadi. Hisob-kitobni bufetchining o‘zi bajaradi. -

Oshxona — Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida oshxonalar eng keng tarqalgan umumiy ovqatlanish joyi hisoblanadi. Asosiy faoliyati -o‘z mahsulotidan aholi uchun taomlar tayyorlash, ularning mijozlar talablarini qondirish, nonushta, tushlik, kechki ovqatlar yoki ularning bir qismi tayyorlanadi. Oshxonalar joylashgan joyiga va xizmat ko‘rsatiladigan mijozlariga ko‘ra umumiy ravishda foydalaniladigan sanoat korxonalari, muassasalar, qurilishlar, o‘quv yurtlari va shu kabilar huzuridagi oshxonalarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish korxonalari, o‘quv yurtlari va muassasalar huzuridagi oshxonalarda asosan hafta kunlari bo‘yicha turli xil majmua tushliklar, nonushtalar va kechki ovqatlar tashkil etiladi. Oshxonalardan uyga ham ovqat beriladi, oldindan buyurtmalar qabul qilinadi, shuningdek ovqat mahsulotlari, chala tayyor mahsulotlar sotiladi. Ularda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va stollarga majmua ovqatlarni oldindan qo‘yish usullari qo‘llaniladi.

Oshxonalar bir-birlaridan farqlanadi:

-mahsulotlari assortimenti bo‘yicha: umumiy va parhez taomlar oshxonalari;

-xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar: maktab bolalari,talabalar va shunga o‘xshashlar;

-manzili bo‘yicha: hamma uchun, o‘quv yurti va korxona, muassasa xodimlari uchun. iste’molchilar tarkibi buyicha — yoshlar kafesi, bolalar kafesi va uokazo.

Tamaddixona —assortimenti cheklangan bo‘lib, sovuq va issiq taomlar, hammabop va tez tayyorlanadigan taomlar: sosiska, sardelkalar, chuchvara, qovurilgan tuxum taklif qilinadi. Tamaddixonalarda xohlagan ovqat tanlanadi, ko‘p hollarda tik turib tamaddi qilinadi. Taom tanlangach, hisob- kitob birdaniga amalga oshiriladi. Bu ish avtomatkassalar orqali ham bo‘lishi mumkin. Tamaddixonalarda spirtli ichimliklar sotish ta’qiqlanadi.

Tamaddixonalar umumiy tipdagi mahsulotni sotish va maxsus assortimentlarni sotishiga qarab farqlanadi:

-sosiskaxonalar;

-chuchvaraxonalar;

-somsaxonalar;

-ponchik xonalar;

-shashlikxonalar;

-pitseriya va boshqalar.



Bufet - bu iste’molchilarga cheklangan turdagi qaynoq va salqin ichimliklar, sovuk taomlar, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, shuningdek oson tayyorlanadigan issiq va shirin taomlar bilan tezkor xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan korxonadir. Unda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat ko‘rsatish mumkin. Hisob-kitob bufetchi yoki savdo avtomati orqali bajariladi. Bufetlar quyidagi joylarda faoliyat ko‘rsatadi: mehmonxonalarda, tomosha maskanlarida, sport maydonlari atrofida, vokzallarda, daryo, dengiz kemalarida, ishlab chiqarish va transport korxonalarida, qurilish va boshqa muassasalarda. Odatda bufetlar mahsulotlarni o‘zlariga qarashli umumiy ovqatlanish korxonalaridan oladi.

Bundan tashqari ommaviy o‘yin-tomosha joylaridagi bufetlarda oliy sifatli qandolatlar, konfetlar, meva va ma’danli suvlar, ho‘l mevalar bo‘lishi kerak. Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish mumkin emas.

Kupe-bufetlar bir kecha-kunduzdan kam yo‘l yuradigan poezdlarda bo‘ladi. Kupe-bufetlar uchun poezdda 2-3 ta kupe savdo qilish va yordamchi xona sifatida ajratiladi. Kupe-bufet salondan to‘siq vitrina bilan ajratiladi, sovutgich shkaf va vagon osti yashiklariga ega. Asosiy assortimenti: buterbrod, pishirilgan tuxum, sut-qatiq mahsulotlari, sosiskalar, sardelkalar, issiq ichimliklardan- choy, kofe, kakao bo‘ladi, qandolat va non-bulka mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar, meva va boshqalardir. Yo‘lovchilarga bufetchi xizmat qiladi. Ovqat tashuvchi ofitsiant boshqa vagonlardagi yo‘lovchilarga taomlar yetkazib beradi.

Maktab va bilim yurtlari qoshidagi bufetlar kuni uzaytirilgan maktablarda qoluvchi o‘quvchilar va maktab xodimlari uchun nonushta va tushliklar beradi. Umumta’lim maktablarida maktab qurilish loyihasida belgilangan tartibda bufetlar joylashtiriladi.

Baxt uylari qoshidagi bufetlarda meva-chevalar, shokolad, konfetlar, shuningdek gullar va sovg‘a buyumlari bo‘ladi. Nikohdan o‘tuvchilarning xohishiga qarab, oldindan dasturxon tuzatilishi va ofitsiantlar xizmat qilishi mumkin.

Ovqat magazinlari — aholiga har xil ovqat va qandolat mahsulotlari, chala tayyor mahsulotlar, qo‘shimcha boshqa narsalar sotiladi. Bu magazinlarda har xil taomlar, qandolat mahsulotlari, chala tayyor mahsulotlar, xomashyoning yangi turlarini tayyorlash, stollarga dasturxon yasatish bo‘yicha maslahatlar beriladi. Ovqat va qandolat mahsulotlari ko‘rgazmasida savdo tashkil etiladi. Sotiladigan mahsulotlarga oldindan buyurtma qabul qilinadi. Yirik ovqat magazinlarida issiq ichimliklar va qandolat mahsulotlari sotadigan kafeteriylar tashkil etiladi. Sotib olingan mollar hisob-kitobi nazorat kassa mashinasi orqali amalga oshiriladi.

Ovqat magazinlari aholi yashovchi binolarda va odamlar gavjum bo‘ladigan ko‘chalardagi alohida uylarda joylashishi mumkin. Ular restoran, oshxona va boshqa korxona filiallari hisoblanadi.



1-jadval

Umumiy ovqatlanish korxonalarining tasnifi3



Alomatlarni belgilari

Turlari

1.

Ta’minlanuvchi kontingentiga qarab

1.1Tashkillashgan kontingentlarni

ta’minlovchi (ishlab chiqarish

korxonalari, muassasalar, o‘quv

yurtlari)

1.2 Umum kiradigan korxonalar

2.1 Xarid qiluvchi:



2.

Savdo-ishlab chiqarish

faoliyati tavsifiga qarab



  1. Kontingentlarga xizmat

ko‘rsatmaydi;

  1. Kontingentlarga xizmat

kursatuvchi;

    1. Tayyorlovchi (bular mahsulotlarini

uzlari tayyorlaydi va xarid

kiluvchilardan olingan xam

maxsulotlarni kayta tayyorlaydi va axoliga xizmat kiladi).

3.1 Kompleks korxonalar (bu har xil tipdagi shoxobchalar birlashmasi)



3.

Ishlab chiqarish assortimenti bo‘yicha

  1. Universal korxonalar

  2. Ixtisoslashgan

  1. Lyuks kategoriyali

  2. Oliy kategoriyali

4.

Xizmat tavsifi va ish hajmiga qarab

  1. I kategoriyali

  2. II kategoriyali

  3. III kategoriyali

5.1 Doimiy

5.

Ishlash davriga qarab

5.2 Mavsumiy

6.1 Statsionar



6.

Joylashishi va harakatiga karab

6.2 Harakatdagi (avtooshxona, vagon- restoran, kupe-bufet, avto-bufet va boshqalar).

Mustaqillik tufayli O‘zbekistonda choyxonalarga keng imkoniyatlar berildi. O‘tgan 11 yil ichida shunday choyxonalar bunyod etildiki, ular faqat choy ichish joyigina emas, ajoyib xordiq chiqarish, ko‘ngil ochish, do‘stlarning suhbatlashish makoniga aylandi. Bu yerda mijozlarning o‘zlari xohlagan ovqatlarini tayyorlashlari, ayniqsa, choyxona palovi juda mashhur. Choyxonalar madaniy dam olish maskaniga aylandi.



Kofexona - iste’molchilarga keng assortimentli kofe ichimligini tavsiya qiladigan maxsus korxona. Butun dunyoga mashhur bulgan eng mashhur ichimliklar ularning taomnomasida bo‘ladi:

-tabiiy kofe;

-kapuchchino kofesi: qaynagan sut ko‘pigiga o‘xshash ko‘pikka ega bo‘lgan kuchli qora kofe, ba’zan dolchin va maydalangan shokolad qo‘shiladi;

-lyus kofesi: kuchli meva likeri bilan;

-korretto kofesi: uzum arog‘i bilan;

-varshava kofesi: pishirilgan sut va sut ko‘pigi bilan;

-turk kofesi: qand bilan qo‘shib qaynatilgan;

-espresso kofesi: kuchli qora kofe, maxsus apparatda maydalanib, qatlamlari orqali qaynoqk suv o‘tkazib tayyorlanadi.

Kofexonada mijozlar kofega o‘xshash boshka ichimliklar — sharbatlardan tortib to kuchli alkogol ichimligigacha ichishlari ham mumkin. Muqobil ichimlik sifatida taomnomaga qora, ko‘k va o‘t choy kiritilishi mumkin (ko‘k choy, na’matak choy, yalpiz choy, ko‘kat o‘t choy, romashka choyi, muz bilan choy, qora choy va h.k.).

Kofexonalarda gazaklar xuddi restoran yoki kafelardagidek bo‘ladi, taomlar to‘laligicha taomnomaga kiritiladi.



Kichik oshxona - bu iste’molchilarga oson tayyorlanadigan taomlar va sovuq taomlar, qaynoq va salqin ichimliklar bilan tezkor xizmat ko‘rsatishni tashkil etuvchi korxonadir. Sotiladigan mahsulotlar turiga ko‘ra kichik oshxonalar quyidagilarga ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin: kabobxona, palovxona, somsaxona, sosiskaxona, chuchvaraxona, blinchikxona va shu kabilar.

O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Maukamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekistan Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari»da umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi turlarga bo‘linadi va ularga quyidagicha tavsif beriladi4.

Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu karor bilan 2003 yilda kabul kilingan mazkur tavsif takomillashuvga muutoj, ya’ni unga kushimchalar va uzgartirishlar kiritish zarur. Gap shundaki, bugungi kunda amal kilayotgan umumiy ovqatlanish korxonalari fakatgina shu turdagilar bilan chegaralanib kolmagan. Kolaversa, souaning rivojlanish sur’atlari yukori bulib borishi bilan birga souada rivojlangan mamlakatlardagi singari boshka turdagi umumiy ovqatlanish korxonalari uam tashkil etilmokda.

2.Umumiy ovqatlanish korxonalarida ko‘rsatiladigan servis xizmatlarining


turlari

Ovqatlanishnitashkil qilishning maxsus shakllari jumlasiga mehmonxona majmualarining restoran va qahvaxonalarida xizmat ko‘rsatish kiradi. Ular quyidagi taomlanish tizimini tavsiya etadi:

1. To‘la pansion - uch mahal Ovqatlanish: nonushta, tushlik va KEChKI taom - Full Board (FB); (pansion - oziq-taom, kiyim-kechak bilan to‘la ta’minlash degan ma’noda ishlatiladi).

2. Yarim pansion- ikki maxal Ovqatlanish: nonushta, Tushlik yoki KEChKI taom. Half-Board (NV);

3. Bir marta taomlanish (faqat nonushta) – BedandBreakfast (VV).Bu Ovqatlanish tizimida hammasi oziq-ovqat bahosiga qo‘shiladi yoki Allinclusive deyiladi.

Mehmonxonada yashovchi turistlar uchun kundalik restoran xizmati nonushtadan boshlanadi. Mehmonxonada yashovchi turistlar kayfiyati ertalabki taomga bog‘liq, shuning uchun restoran rahbarlari ertalabki xizmatga katta e’tibor beradilar.Hozirgi zamon restoranlarining peshtoqi ixcham manzarali-badiiy usullar bilan ichqariga rang-barang yorug‘liq beradigan qolib ishlanadi. Ko‘p hollarda peshtoqning yuqori qismi maxsus ko‘zgu sifat oynalardan tayyorlanadi. Yaxlit yoki qisman ishlangan oynalarga atrofidagi manzaralarga moslangan holda belgilab beriladi. Ich hovliga gullar maydonchasi barpo qilish mumkin bo‘ladi. Restoranning peshtoqi tashqi muhit bilan hamohang bo‘lib ketadi. Yagona badiiy-estetik arxitektura qiyofasi vujudga kelib, tabiatga qo‘shilib, mijozlarning kayfiyatini xushlaydi, ruhiy shodlik hissini uyg‘otadi. Arxitektura nuqtai nazaridan hozirgi restoranlar uchta hududni o‘z ichiga oladi;

- taomlar tayyorlaydigan bo‘lim;

- taomlar tarqatiladigan zallar;

- dam olish xonalari.

Arxitektura-qurilish shakllari xilma-xil bo‘lishiga qaramay, restoranlarni rejalashtirish asosiga umumiy kompozitsion tamoyillar quyilgan - bular binoning hamma xonalaridan unumli foydalanishning asos qilib olinishidir.

Qurilish loyihasi me’yor va qoidalariga muvofiq restoranning mijozlariga Ovqatlanish zallari, dahlizi (garderob, yuvinish va hojatxonasi), katta zal, bar, kokteyl-xoll, bufetlar, chekish xonalari xizmat qiladi. Katta zallarda raqs maydonchalari, estrada va san’atkorlar chiqishi uchun joy ajratiladi. Ba’zi restoranlarda shaharni tomosha bajaradigan balkonlar, qavatlarda maydonchalar bo‘ladi.

Umumiy ovqatlanish tashkilotlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tegishli ahloqiy tartib qoidalarga rioya qilish, zimmadagi vazifalarni bajarish - bu sohaning madaniyatini belgilaydi.

G‘arb mamlakatlarida qabul qilinganideq, harbirtashkilot uchun kerakli narsalar quyidagilar:

- restoranga kirishingizdan did bilan yasatilgan estetik manzaraning ko‘zga tashlanishi, xizmatning oliy darajadagi sharoitlarining yaratilishi;

- xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlarning ahloq-odob me’yorlarini bilishi;

- mehmonlarga xizmat ko‘rsatishda o‘rnatilgan tartib va navbat qoidalarini bilish, ularga rioya qilish;

- turli taomlarni, ichimliklarni tavsiya qilish, olib kelib berish, shuningdek, ko‘nikma texnikasi va taom tarqatish usullarini bilish;

- stol ustiga dasturxon bezatishning asosiy qoidalarini bilish;

- xizmat ko‘rsatish jarayonida xavfsizlik va ekologik qoidalarga rioya qilish;

- oshxona idish-tovoqlari, anjomlar, sochiq va boshqalar yetarli miqdorda bo‘lishi.

- umumiy ovqatlanish tashkilotida madaniy xizmat ko‘rsatish quyidagi ko‘rsatkichlar va bahoga ega:

- xizmat qiluvchi xodimlarning mijozlar bilan o‘zaro munosabatlari, ularning xizmat ko‘rsatish texnikasi;

- xizmat qiluvchi xodimlarning tashqi ko‘rinishi va shaxsiy gigienasi, kiyim shakli, poyafzal belgilangan talabga javob berishi, har bir xodimning shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishi;

- Umumiy ovqatlanish binosining ichi, oshxona idish-tovoqlari, jihozlari, maxsus kiyimlar, sochiq va boshqalarning sanitariya holati;

- restoran, qahvaxona oshxonasining idish-tovoqlar, anjomlar, inventar, mebel bilan to‘la ta’minlanganligi;

- taom, ichimliklar, taom mahsulotlari assortimentiga rioya qilish;

- mijozlarga tez xizmat ko‘rsatish;

- muzika xizmatining sifati;

- qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi.

Xizmat ko‘rsatish madaniyatining bahosi besh ballik shkala bilan belgilanadi. Nazorat qiluvchi organlar tekshiruv natijalari va mijozlar fikrlari hisobga olinadi.

Bu haqda Respublikaga xos tartib-qoidaga rioya qilinadi. Umumiy ovqatlanish tashkilotlarida, jumladan, restoranlarda xizmat darajasi quyidagilar asosida belgilanadi.

Restoranning tashqi bezagi:

— nomi yozilgan lavhalar, ko‘rsatkichlar;

qulay, manzarali ko‘rinishlar. Restoranning old tomonini yorug‘liq vositalari bilan bezash.

2-jadval


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish