Atb kapital bank jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyoti



Download 183.5 Kb.
bet1/9
Sana17.05.2021
Hajmi183.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

ATB KAPITAL BANK JISMONIY SHAXSLARNI KREDITLASH AMALIYOTI

Reja:

Kirish…………………………………….....…3



  1. ATB Kapital bankning rivojlanish tarixi……………………………………………......6

  2. ATB Kapital bankning faoliyat turlari…..17

  3. ATB Kapital bankning kredit turlari…….24

  4. ATB Kapital bank jismoniy shaxslarning kreditlash amaliyoti……………………………….33

Xulosa………………………………………...39

Kirish.

Ma’lumki bozor iqtisodiyoti asosida tovar - pul munosabatlari yotadi. Bozor iqtisodiyoti esa erkin tovar - pul munosabatlariga asoslangan iqtisodiy monooliyanui inkor qilivchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib boriladiga iqtisoddir.

Iqtisodiyot rivojlanib borgan sari turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan korxona va tashkilotlar soni oshib, ular o‘rtasidagi iqtisodiy va boshqa munosabatlar ham ko‘payadi.

Respublikada bank infratuzilmalari kengayib borgan sari ularning mijozlari soni va shunga mos ravishda bajaradigan operatsiyalari ko’lami hamda soni ko’payib boradi. Hozirgi kunda yurtimizda 31 tijorat banklari faoliyat yuritib kelmoqda. Bulardan 5 ta Davlat banklari, 15 Aksiyadorlik tijorat banklari, 6 ta xususiy banklar va 5 ta chet el kapitali ishtirokidagi banklar.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichida xizmat qilish har birimizdan erishilgan yuqutlar ortiga yashirinishi emas, balki mavjud dolzarb muammolar bilan har kuni tizimli shug’ullanishni taqozo etadi. Zero, har bir jabhadagi mavjud masalalarga ilg’or xorijiy tajriba asosida yangicha yechim toppish, kasbiy mahorat va ilmiy salohiyatni doimiy oshirish hamda mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz ravnaqi yo’lida harakat qilish barchamizning burchimizdir.

Bank tizimidagi islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning sifat jihatdan yangi darajada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlarishi uchun zarur barqaror makroiqtisodiy va qulay investitsion muhitni shakllantirish, xalqimiz ehtiyoji va talablariga mutanosib zamonaviy, samarali bank xizmatlarini taqdim etishdiz.

Amalda bugungi kundagi islohotlarning “Yo’l xaritasi” sifatida Prezidentimizning 2017 yil 2 fevraldagi PF-4947- sonli Farmoni bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirish, erkinlashtirish va tartibga solishning tamomila yangi ustuvor yo’nalishlari xizmat qilmoqda.

Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida respublikamizda faoliyat yuritayotdan banklarning roli tobora ortib bormoqda. Chunki xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning hech biri bank xizmatini chetlab o’tib faoliyat yurita olmaydi, o’zaro hisob - kitoblarni bank yordamisiz o’tkaza olmaydi. Shu sababli bank tizimini mustahkamlash, ularning erkinligi ni oshirish yo’lida islohotlarga hukumat miqyosida e’tibor berib kelinmoqda, chunki bank tizimida o’tkazilayotgan islohatlar nafaqat banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga asos bo’ladi.

Hozirgi kunda respublikamiz bank tizimi o‘z ichiga bir necha turdagi banklarni oladi, Bular aktsiyador, xususiy, qo‘shma, ipoteka va davlat banklaridir. Bu tijorat banklarishshg har biri turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalarga hamda yuridik maqomga ega bo‘lmagan tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘satadi. Banklar tomonidan halk xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish jarayonida banklararo munosabatlar vujudga keladi. Banklararo munosabatlar banklararo hisob-kitoblar (oborotlar) orqali olib boriladi. Banklararo oborotlarning mazmuni shundan iboratki bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning talab qiluvchiga saqlanadigan hisobvarag‘idan boshqa hisob varag‘iga hujjatda ko‘rsatilgan summa buxgalteriya yozuvlari orqali o‘tkaziladi.

Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha boʻsh pul resurslari hosil boʻlishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim boʻgʻinlari va sohalarida qoʻshimcha pul mablagʻlariga ehtiyoj paydo boʻladi. Avvalo kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining boʻsh pul mablagʻlari ssuda fondi shaklida toʻplanib, keyin bu mablagʻlar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini taʼminlashga xizmat qiladi.




Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat