Asrga tatigulik kun



Download 36 Kb.
Sana08.09.2021
Hajmi36 Kb.
#168418
Bog'liq
Kamela


ASRGA TATIGULIK KUN” asarida qo’llanilgan xalq og’zaki ijodi namunalari tahlili.

So’zimiz boshida shuni aytishimiz joizki, xalq og’zaki ijodi (folklor)-so’z san’atining boshlang’ich namunasi bo’lib, u behad qadimiy so’z san’ati hisoblanadi, unda uzoq o’tmishda yashagan ibtidoiy ajdodlarimizning hali yozuvni bilmagan zamonlardagi turish-turmushi, dunyoqarashi va e’tiqodi, kurash va mag’lubiyatlari ifodalangan.

Ma’lumki Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanida ko’plab xalq og’zaki ijodi namunalari: afsona, rivoyat, xalq qo’shiqlari, maqolla, hikmatli so’zlar asosiga qurilgan yetuk, mukammal darajada yaratilgan ajoyib badiiy asar namunasi desak ham hech mubolag’a bo’lmaydi. Quyida “Asrga tatigulik kun” asarida qo’llanilgan foplklor namunalarining ba’zilarini tahlilga tortamiz:

Xususan, Naymandagi xesh-ajdodlar qabristoni Ona Bayit qabristoni haqida xalq orasida turli rivoyatlar aytilib kelingan. Bir zamonlar bu yerlarda jung-jang degan qaroqchi-kelgindilar yashaganlar. Ular Sario’zak dashtidan qariyb yarmini egallab, uzoq muddat o’z qo’llarida ushlab turganlar ya’ni jungjanglar qarg’ishga uchrab, baxtsiz hodisa tufayli yo’q bo’lib ketgunlaricha. Afsonada keltirilishiga, ular Edil (Qadimda Volga daryosi deyilgan) daryosi bo’yida to’p-to’p bo’lib o’tayotganlarida birdan muz yorilib, hammasi mol-hollari bilan birgalikda muz ostiga cho’kib ketishgan ekan. Rivoyatga ko’ra, Sario’zakni bosib olgan jungjanglar asirga tushgan jangchilarga nisbatan o’ta shavqatsizlik qilishgan. Asirlarni qullarga, tekin ishchilarga, eng dahshatli xotirasidan mahrum etib manqurtga aylantirilgan qullari ichida Nayman onaning o’g’li Jo’lomon ham bore di. Nayman ona jungjanglarga asir tushgan mana shu manqurt haqida savdogarlardan eshitib, shu mening o’g’lim emasmikan degan o’ylar bilan Sario’zak dashti tomon Oqmoyasiga minib yo’l oladi. Ne ko’z bilan ko’rsa hamki o’sha manqurt uning o’g’li bo’lib chiqadi. Es-hushidan ayrilgan o’g’li na otasini , na onasini, na o’z ismini eslay olmadi. Ona ko’p marotaba o’g’lini o’z yurtiga qaytarish uchun harakat qildi va bu harakatlari evaziga ona o’g’li tomonidan vahshiyona o’ldiriladi. Lekin undan oldinroq boshidan oq ro’mol uchib ketib, havoda qushga aylanib chirqiray boshlaydi: “Kimning farzandisan eslab ko’r! Oting nima? Otangning oyi- Do’nanboy! Do’nanboy! Do’nanboy!....” O’shandan beri Sario’zak dashti tepasida har kuni kechasi Do’nanboy degan qush uchib yuradi, deyishadi. Shundan buyon Nayman ona dafn etilgan o’sha joy Sario’zak dashtida Ona Bayit qabristoni-Onaizor makoni deb ataladi.

Bu rivoyat ichida xalq og’zaki ijodiga oid qo’shiqni ham uchratish mumkin:

Tulibin kelib istagan,

Bo’tasi o’lgan bo’z moyaman(tuyaman).

Nayman ona aytgan bu marsiya xalq qo’shig’i sifatida xalq ongiga o’rnashib qolgan.

Yuqorida keltirib o’tilgan Do’nanboy qush xususida afsona ham bo’lib, asarda bu haqda ma’lumotlar uchramaydi. Asarda yana bir qush-zag’izg’on haqida ham afsona tilga olib o’tiladi: “Biyov-biyov, men kimga kuyov” deb bog’-rog’larda, tog’larda sayragan. Bu yerda shunchaki so’z o’yini, ya’ni ohang bilan so’zlarning o’zaro moslashuvi bor, xolos. Biroq nega bu qushning bunday sayrashi haqida ertak ham to’qilgan.

Voqealar rivojida Abutolib va Zarifa tomonidan aytilgan xalq qo’shiqlari ham uchraydi:

…..Yo’rg’achamning belidan ayil izi ketmaydi o’tgan sevgi onlari xotiradan o’chmaydi. Edigey Qoranorining yurishi haqida o’ylar ekan, ota-bobolar aytgan quyidagi baytlar aytib o’tiladi:

Otdan otning farqi nimadir ?

Arillagan yurishi bor, bilib qo’y.

Botirdan botirning farqi nimadir?

Farosati, aqli, ortiq, bilib qo’y…

Asarda maqollarga ham keng o’rin berilgan. Jumladan, Sobitjonning otasi-Kazangapni dafn marosimini o’tkazishdan oldin aytgan quyidagi gaplarini keltirib o’tishimiz mumkin: “Ona Bayitga olib borib nima qilamiz, shunday ulkan Sario’zak cho’lida bir qabrga joy topilmaydimi? Qabrni shu yaqin o’rtadan, o’zi umr bo’yi ishlab kelgan temir yo’l bo’yidagi biror do’nglikdan qazish kerak. Marhum o’tgan-ketganlar poyezdlarning taraqa-turuqini eshitib yotadi. Sobitjon hatto shu xususda aytiladigan qadimiy maqolni ham eslab qo’yadi:

“O’ladigan odamning o’lgani yaxshi, ketadigan odamning ketgani yaxshi”.

Edigiy ham unga javoban: “Atrofda yer ko’p albatta, istaganingcha topiladi. Faqat odamlar nimagadir yaqinlarini duch kelgan yerga ko’mib ketaverishmaydi. Har holda, bejiz bo’lmasa kerak: “Axir o’likka yer qahatmi?”.

Edigey va Sobitjon o’rtasidagi mana shunday bahslashuvlarni adib maqollar vositasida o’quvchiga g’azal, badiiy yetkazib bera olgan.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asarining boshida epigraf sifatida keltirgan X asrdagi Grigor Narikatsining “Musibatnoma” asaridan olingan quyidagi parcha orqali ham asarning naqadar buyuk ekanligini, uning butun mazmunini shu birgina bayt orqali yaqqol ko’rsatib bera olgan, deya bemalol ayta olamiz:

“Bu kitob jism-u fig’onimdur mening,

Bu kalom jon-u jahonimdur mening”.

Bundan tashqari, asardagi xalq og’zaki ijodining yuksak namunalarining keltirilishi-asarning o’qishli bo’lishini ta’minlab turgan asosiy tamoyillardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.”Xalq og’zaki ijodi”, Oxunjon Safarov; 2010; Toshkent;6-bet.

2.9-sinf Adabiyot darsligi.

3.9-sinf darsligi.

4.Ch. Aytmatov. “Asrga tatigulik kun” romani; Toshkent-2019; 214-bet.



5.”Asrga tatigulik kun”; 30-bet.

6.”Asrga tatigulik kun”; 31-bet.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish