Asosiy qism



Download 0.92 Mb.
Sana19.01.2017
Hajmi0.92 Mb.

MAVZU: Tuzlarning gidrolizi

REJA:

KIRISH.


Kurs ishining dolzarbligi,maqsadi va vazifalari.

ASOSIY QISM.

1. Tuzlar gidrolizi haqida tushuncha.

2. Tuzlar gidrolizining turlari.

3. Tuzlar gidrolizining mohiyati.

4. Gidroliz ahamiyati.

XULOSA.

Foydalanilgan adabiyotlar.



KIRISH

O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o'zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o'zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o'rtasida uyg'unlikni vujudga keltirish, ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka o'sib o'tishining qondirilishi har jihatdan voyaga yetayotgan yoshlarning qobiliyatlari, iste'dodlari, ichki imkoniyatlari, o'ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishrri, shuningdek, rivojlantirishni talab etadi. Yosh avlod-ning shaxs va subyekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasinini aniqlamasdan turib, o'spublika Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida, qonuniy zamin bo'lgan "Ta'lim to'g’risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.

Ma'lumki, "Ta'lim to'g'risida"gi qonun 5 ta bo'lim, 34 moddadan iborat. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarida: ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi, demak, ta'lim-tarbiya ishlari davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biridir.

Ta'lim - tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlangan maqsad barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdir.

"Eng avvalo, bizning ta'lim tizimiga bo'lgan munosabatimizni ham tubdan o'zgartirish kerak.Ta'lim islohoti bizni demokratik o'zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo'lidan dadil etaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo'lmog'i zarur.Har birimizga besh barmoqdek, eskicha aytganda, to'qqiz puldek ayon bo'lsinkim, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham o'zgartirish mumkin emas".

Yurtboshimiz ta'lim-tarbiya islohotining zarurligi va muhimligi haqida o'zining qator nutqlarida to'xtalib o'tganlar.

1997 yil 29 avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majli sining IX sessiyasida yurtboshimiz so'zlagan nutqlarida shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski sho'rolar zamonidan qolgan ta'lim-tarbiya tizimiga xos maf kuraviy qarashlardan va sarqitlardan to'liq qutila olmaganligimiz, ikkinchidan, o'zgarishlar yuzaki bo'lib, ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bermaganligi, uchinchidan, bizning amaldagi ta'lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera oimasligi... kabilar ham bu islohotni zarurligini ko'rsatdi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz "Barkamol avlod — O'zbeklston taraqqiyotining poydevori" mavzusida so'zlagan nutqida ta'lim-tarbiya tizimida islohotlar o'tkazish zarurati va omillarini asoslab berdilar.

Hozirgi kunda Respublikamizda barcha ta’lim sohalariga kata e’tibor berilmoqda. Xususan kimyo sanoati va ushbu fanni o’qitish jadal suratlar bilan rivojlantirilmoqda. Ta’lim jarayonida fanni so’nggi pedagogik texnalogiyalar asosida tashkil qilish va labaratoriyalarda bajarish yaxshi natija beradi.

Ushbu kurs ishini o’rganish mobaynida kimyo fani va sanoatida muhim ahamiyatrga ega bo’lgan tuzlar gidrolizlanishi va ahamiyati to’g’risida keng ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Kurs ishimda quyidagi masalalar yoritib beriladi:

-tuzlar gidrolizi haqida tushuncha.

- tuzlar gidrolizining turlari.

- tuzlar gidrolizining mohiyati.

-gidroliz ahamiyati.

Asosiy qism 2.1.TUZLAR GIDROLIZI HAQIDA TUSHUNCHA

Suvning vodorod va gidroksil ionlariga dissosilanishi juda muhim hodisa – tuzlar gidroliziga sabab bo’ladi.

Keng ma’noda olganda gidrolizlanish bu turli moddalar va suv orasida sodir bo’ladigan almashinib parchalanadigan reaksiyadir.Bunday ta’rif organik birikmalarning murakkab - efirlari yog’lar uglevodlar oqsillarning gidrolizlanishiga va noorganik moddalar-tuzlar ,karbidlar,galogenlar,metalmaslarning galogenidlari va boshqalarning gidrolizlanishiga ham taaluqlidir.

Umuman, biror moddaga suv ta’sir ettirilganda, shu moddaning tarkibiy qismlari suvning tarkibiy qismlari bilan birikishiga olib boradigan har qanday reaksiya gidroliz deb ataladi.Agar erituvchi suvdan boshqa modda (spirt,benzol,atseton,ammiak…) bo’lsa,bunday reaksiyalar solvoliz deyiladi.

Gidroliz so’zi yunoncha “gidro-suv, “lizis-parchalayman degan ma’noni bildiradi.

Gidroliz reaksiyalarini quydagicha umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:

Kat An +H2O↔Kat OH+H An

Tuz+suv↔asos+kislota

Tenglamadan ko’rinibturibdiki,tuz suvda eriganda u suv molekulalari bilan reaksiyaga kirishib,yomon dissotsialanuvchi modda hosil qiladi,ya’ni gidroliz reaksiyasi natijasida eritmadagi [OH-] va [H+] ionlarning miqdori keskin o’zgaradi.Aniqrog’i gidroliz natijasida eritmaning pH I o’zgaradi va bu o’zgarish harqanday tuz gidrolizinin gmexanizmi tushunishda, gidroliz tenglamasini tuzishda gidroliz reksiyalaridan amaliyotda foydalanishda asosiy ko’rsatgich hisoblanadi.

Masalan: Fosfor(III)xlorid PCl3suv bilan o’zaro ta’rir etib, fosfit kislota H3PO3 bilan xlorid kislotani hosil qiladi:


PCl3 + 3H2O = P(OH)3 + 3HCl
Ma’lumki, kislotalarni asoslar bilan neytrallab, tuzlar hosil qilish mumkin. Demak, normal tuzlarning, kislota molekulasidagi hamma vodorod atomlarining metallga butunlay almashinishidan hosil bo’lgan tuzlarning eritmalari neytral reaksiyaga ega bo’lishi kerak, deb o’ylash tabiiydir. Biroq bu fikr, kuchli kislota bilan kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlar to’g’risidagina o’rinli bo’la oladi. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdan yoki buning aksicha, kuchli kislota bilan kuchsiz asoslardan hosil bo’lgan tuzlar suvda eriganda, neytral reaksiya bera olmaydi. Masalan: temir (III)- xlorid FeCl3 eritmasi, bizga ma’lumki, vodorod ionlari (gidroksoniy ionlari) borligini ko’rsatuvchi kislotali reasiyani nomoyon qiladi; natriy gipoxlorid NaClO eritmasi gidroksil ionlariga xos bo’lgan ishqoriy reaksiyaga ega; kaliy sianid KCN ( kuchsiz sianid kislota HCN tuzi ) eritmasi ham ishqoriy reaksiya beradi va hokazo.

Bu hodisalarga eritilgan tuz ionlari bilan suv ionlarining o’zaro ta’sir qilishi sabab bo’ladi deb tushuntirish mumkin, ularning o’zaro ta’siri natijasida ortiqcha vodorod va gidroksil ionlari hosil bo’ladi. Suvda vodorod va gidroksil ionlarining konsentratsiyasi juda kam bo’lsa ham, bu ionlar suvning dissosilanmagan bir talay molekulalari bilan muvozanatda turadi. Suv ionlaridan birortasining tuz ionlari bilan bog’lanishi muvozanatni buzib, suvning boshqa molekulalarini dissosialanishiga va eritmada suvning boshqa ioni xiyla ko’p to’planishiga sabab bo’ladi, buning natijasida, eritma kislotali yoki ishqoriy reaksiyaga ega bo’lib qoladi.



Tuz ionlari bilan suv ionlari orasida bo’ladigan va odatda suvdagi vodorod va gidroksil ionlari konsentratsiyasining o’zgarishi bilan birga boradigan o’zaro ta’sirtuzlar gidrolizi deb ataladi.

Gidrolizning asosiy sababi, kam dissosialangan moddalar ( molekula yoki ionlar) hosil bo’lishidir.




2.2.TUZLAR GIDROLIZINING TURLARI.
Gidroliz tuzni hosil qilgan kislota va asoslarning kuchiga qarab turlicha borishi mumkin.

Gidrolizning eng tipik hollarini ko’rib chiqaylik.



1. Kuchli asos(LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2) bilan kuchli kislota (HCl, HBr, HJ, HClO4, HNO3, H2SO4) hosil bo’lgan tuz.

Gidrolizga uchramaydi.



2.Kuchsiz kislota(HCN, H2S, HNO3, H2SO3, H3PO4, H2CO3, HF, H2SiO3 va organik kislotalar) bilan kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz.

Natriy asetat CH3COONa bunga misol bo’la oladi. Hamma tipik tuzlar singari, natriy asetat ham suvda eriganda, Na+ va CH3COO- ionlariga batamom dissosialanadi. Nazariy jihatdan qaraganda, bu ionlar suv ionlari bilan birikib, ekvivalent miqdorda o’yuvchi natriy va sirka kislota hosil qilishi mumkin edi; Biroq o’yuvchi natriy kuchli asos bo’lganidan, natriy ionlari suvning gidroksil ionlari bilan mutlaqo birikmaydi.

Buning aksicha sirka kislota juda kuchsiz kislota bo’lganidan CH3COO- ionlari eritmada suvning vodorod ionlari bilan uchrashganda ular bilan darhol birikadi va CH3COOH molekulalarini hosil qiladi. Eritmada vodorod ionlarining kamayishi suv molekulalari bilan uning ionlari o’rtasidagi muvozanatni buzadi va suvning dissosialanishiga sabab bo’ladi; yangi vodorod ionlari hosil bo’ladi, bular ham, o’z navbatida, asetat- ionlar bilan birikib sirka kislota molekulalariga aynaladi va hokazo, shu bilan bir vaqtda eritmada gidroksil ionlarining soni ortadi.

Biroq reaksiya shu yo’nalishda uzoq davom etmaydi. Suvning ion ko’paytmasi [H,] . [OH] = 10 -14 o’zgarmas kattalik bo’lganidan, gidroksil ionlari to’plangan sari vodorod ionlarining konsentratsiyasi kamaya boradi va tez orada shu qadar ozayib ketadiki bu ionlarning CH3COO- ionlari bilan birikishi uchun imkoniyat qolmaydi. Shu vaqtda suv molekulalari bilan uning ionlari o’rtasida ham, sirka kislota CH3COOH molekulalari bilan H+ va CH3COO- ionlari o’rtasida ham yangi muvozanat qaror topadi va gidroksil ionlarining to’planish protsessi to’xtaydi.

Shunday qilib, natriy asetat suv bilan o’zaro ta’sir qilganda quyidagi rekasiya sodir bo’ladi:
CH3COONa + H2O ↔ CH3COOH + NaOH
Yoki ionli tenglamasi:
CH3COO- + Na+ + HOH ↔ CH3COOH + Na+ + OH-
Qisqa ion shaklda:

CH3COO- + HOH ↔ CH3COOH+ OH-


Bu reaksiya muvozanati chapga tomon kuchli darajada siljigan bo’lsa ham, ionli tenglamaning ko’rsatishiga ko’ra reasiyaning provardida eritmada gidroksil ionlari birmuncha ortiq to’planadi va natriy asetat eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega bo’ladi.

Tasvirlangan ana shu misolda bir negizli kuchsiz kislota tuzi gidrolizlanadi. Ko’p negizli kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizida, odatda, erkin kislotalar emas, balki, nordon tuzlar yoki, aniqroq aytganda, nordon tuzlarning anionlari hosil bo’ladi. Masalan, soda Na2CO3 suvda eriganda, CO32- ionlari ham CH3COO- ionlari singari suvning vodorod ionlari bilan bog’lanadi; biroq bunda kuchsiz karbanat kislota H2CO3 molekulalari emas balki, HCO3- ionlari hosil bo’ladi. HCO3- ionlarining ko’proq hosil bo’lishiga sabab, bu ionlarning H2CO3 molekulalariga qaraganda ancha qiyin dissosialanishidir.

Gidroliz quyidagi tenglama bo’yicha boradi:
Na2CO3 + H2O ↔ NaHCO3 + NaOH
Yoki ionshaklda yozilsa bunday bo’ladi;

2Na+ + CO32- + HOH ↔ Na+ + HCO- + Na+ + OH-

Qisqa ion shakilda :

CO32- + HOH ↔ HCO- + OH-


Bu reaksiya natijasida natriy asetatning gidrolizida bo’lganidek, eritmada ortiqcha gidroksil ionlari paydo bo’ladi, shu sababdan soda eritmasi ham ishqoriy reaksiyaga ega.

Masalan:


Na3PO4 + H2O Na2HPO4 + NaOH

3Na+ + PO43- + H2O 2Na+ HPO42- + Na+ + OH-

PO43- + H2O HPO42- + OH-

Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz gidrolizlanganda nordon tuz va ishqor hosil bo’ladi:

Na2HPO4 + H2O NaH2PO4 + NaOH

HPO42- + H2O H2PO4- + OH-

Eritmada erkin holda ishqor yig’ilib qolgani uchun gidroliz kuchsiz kislota hosil bo’lguncha davom etmaydi.
3. Kuchli kislota bilan kuchsiz asos(NH4OH, Mg(OH)2,, Cu(OH)2, Fe(OH)2 Fe(OH)3, Co(OH)2, Ni(OH)2, Al(OH) 3 ,Cr(OH)3 , Mn(OH)2, Zn(OH)2, Pb(OH)2, Sn(OH)2, Sb(OH)3, Bi(OH)3)dan hosil bo’lgan tuz.

Bu hol avvalgi holga o’xshaydi, ammo farqi shundaki, bunday tuzlarning kationlari suvning gidroksil ionlari bilan birikadi, anionlari esa erkin holda qoladi. Gidroliz mahsuloti, odatda, gidroksi tuz yoki gidroksi tuzning kationlari bo’ladi. Masalan, CuCl2 – kuchsiz asos, ya’ni Cu(OH)2 kuchli kislota xlorid kislotadan hosil bo’lgan tuz suvda eriganda Cu2- ionlari gidroksil ionlari bilan birikib, yo mis (II) gidroksid molekulalarini yoki mis CuOH- ionlari Cu(OH)2 molekulalariga qaraganda qiyinroq dissosialanishidan, CuCl2 gidrolizida birinchi navbatda ana shu ionlar hosil bo’ladi.

Sodir bo’ladigan reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

CuCl2 + H2O ↔ CuOHCl +HCl

Yoki ionli shaklda yozilsa, bunday bo’ladi:

Cu + H2O ↔ CuOH- + H+

Bu reaksiya natijasida eritmada vodorod ionlari to’planganidan, kuchli kislota va kuchsiz asoslardan hosil bo’lgan tuzlarning eritmalari kislotali eritmaga ega bo’ladi.

Agar kation va anion bir valentli bo’lsa, gidroliz natijasida asos va kislota hosil bo’ladi:

NH4NO3 + H2O NH4OH + HNO3

NH4+ + H2O NH4OH + H+
Kation ko’p valentli anion bir valentli bo’lsa, gidroliz natijasida asosli tuz va kislota hosil bo’ladi:

AlCl3 + H2O Al(OH)Cl2 + HCl

Al2+ + H2O [AL(OH)]2+ + H+

Agar suv juda xam ko’p bo’lsa gidroliz davom etadi:

Al(OH)Cl2 + H2O Al(OH)2Cl+ HCl

[Al(OH)]2+ + H2O [AL(OH)2]+ + H+

Eritmada H+ ionlari yig’ilgani uchun gidroliz kuchsiz asos xosil bo’lguncha davom etmaydi.

Kation bir valentli, anion ko’p valentli bo’lgan xolda gidroliz natijasida H+ ionivanordon tuz hosil bo’ladi:

(NH4)2SO4 + H2O NH4HSO4 + NH4OH

NH4+ H2O NH4OH + H+

Kation va anion ko’p valentli bo’lganda gidroliz natijasida asosli tuz va kislota hosil bo’ladi.

Fe2(SO4)3 + 2H2O 2Fe(OH)SO4 + H2SO4

Fe3+ + 2H2O [Fe(OH)]2+ + 2H+

4. Kuchsiz kislota bilan kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz.

Bu holda tuzning anioni ham, kationi ham suv bilan o’zaro ta’sir qiladi. Gidroliz mahsuloti kuchsiz kislota va gidroksi tuz yoki gidroksi tuz kationlaridir. Masalan, ammoniy asetat suvda eriganda quyidagi reaksiya sodir bo’ladi:


CH3COONH4 +HOH↔CH3COOH +NH4OH

Qisqa ionli ko’rinishda

CH3CHOO- + NH4+ +HOH ↔ CH3COOH+NH4OH

Shunday qilib, ammoniy asetat gidrolizida sirka kislota molekulalari bilan ammoniy gidroksid molekulalari hosil bo’ladi.

Shu holdagi tuzlar eritmasining reakiyasi tegishli kislota va asoslarning nisbiy kuchiga bog’liq bo’lib, neytral, kuchsiz kislotali yoki kuchsiz asosli bo’lishi mumkin.

Agar hosil bo’lgan kislota bilan asos juda kuchsiz va buning ustiga uchuvcha yoki oz eruvchan bo’lsa, u vaqtda gidroliz oxirigacha, ya’ni tuzning batamom ajralib ketishigacha borishi mumkin. Bunday hodisa, masalan, suv bilan aluminiy sulfid Al2S3 o’zaro ta’sir qilganda sodir bo’ladi:

Al2S3 + 6H2O ↔ 2Al(OH)3+ 3H2S

Endi kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizlanish va gidrolizlanmasligini ko’rib chiqaylik. Misol tariqasida, shu holdagi tipik tuz sifatida natriy xloridni olamiz. Natriy xlorid suvda erib natriy va xlor ionlariga dissosialanadi. Yuqorida aytilganidek natriy ionlari suvning gidroksil ionlari bilan birikmaydi. Xuddi shu singari, xlor ionlari ham vodorod ionlari bilan birikmaydi, chunki, xlorid kislota eritmada batamom ionlanadi, vodorod va gidroksil ionlarining eritmadagi konsentratsiyasi xuddi toza suvdagidek bo’lib turaveradi va natriy xlor eritmasi neytral bo’ladi.

Shunday qilib, kuchli kislota va kuchli asoslardan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizlanmaydi. Ulardan boshqa hamma hollarda gidroliz sodir bo’ladi.

Gidroliz prosessi neytrallanish reaksiyasiga teskari reaksiya eknligi yuqorida keltirilgan gidroliz tenglamalaridan ko’rinib turibdi. Buning ma’nosi shuki, tarkibida ekvevalent miqdorda kislota va ishqor bo’lgan eritmalar aralashtirilgan. Reaksiyaning oxirigacha borishi uchun, o’zaro ta’sir etadigan moddalarning ikkalasi ham kuchli elektrolit bo’lishi shart. Basharti kislota yoki asos kuchsiz bo’lsa, ular aralashtirilgandan keyin, eritmada hamisha kislota yoki asosning ionlanmagan molekulalaridan ozroq qoladi va eritmaning reaksiyasi neytral bo’lmaydi.

Eritma reaksiyasi asos va kislotaning nisbiy kuchiga bog’lik bo’ladi. Masalan, ammoniy asetatning gidroliz reaksiyasini ko’raylik:

CH3COONH4 + H2O CH3COOH + NH4OH

CH3COO- + NH4+ + H2O CH3COOH + NH4OH

Bu reaksiyada muhit neytral (pH=7), chunki gidroliz natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning dissosilanish konstantalari bir-biriga deyarli teng:

KNH4OH =1.79.10-5; KCH3COOH=1.75.10-5

Gidrolizga uchragan tuz molekulalari sonining umumiy erigan tuz molekulalari soniga nisbati tuzning gidroliz darajasi (β) deyiladi.

U konsentrasiyaga bog’lik bo’lib suyultirilishi bilan ortadi. Masalan, Na2SO3 ni 0.1 n eritmasining β=4.5, 0.001 n eritmasiniki esa β=34 buladi.


2.3.TUZLAR GIDROLIZINING MOHIYATI.
Tuzlar gidrolizining mehanizmi tuz tarkibiga kirgan metal kationi va kislota qoldig’i-anionning tabiatiga, aniqrog’I, qutblanuvchanligiga bog’liq. Agar ion qanchalik kuchli qutblansa (qutblangan bo’lsa) gidroliz shunchalik tez va to’liq boradi. Umuman Katn+va Anm- lar ishtirokida gidroliz boorish jarayoni mehanizmlari quydagicha tasavvur etish mumkin.

Ma’lumki, har qanday kation suvli eritmada donor-akseptor ta’siri tufayli gidratlangan holda yana akva kompleks-[Kat(H2O)x]n+ holida bo’ladi.Bu kompleksdagi kationning zaryadi qanchalik va radiusi qanchalik kichik bo’lsa, uning akseptorlik kuchi shunchalik kata ya’ni Kat∙∙∙OH2 bog’i barqaror bo’ladi.Bunday kompleks tarkibidagi O-H bog’ kuchli qutblanuvchanlik xossasiga egadir.Shu sababli “gidrat qobig’ida”gi (Kat∙H2O∙∙∙H2O) suv molekulalari o’rtasidagi vodorod bog’lanish kuchli bo’ladi.

Bunday o’zaro ta’sirlashuvi natijasida kation bilan bevosita bog’langan suv molekulasidagi O-H bog’i kuchsizlanib [Kat∙HO----- H+∙∙∙H2O], vodorod atomi sekinlik bilan ajraladi va “gidrat qobiq” dagi suv molekulasi bilan birikib H3O+ gidroksoniy ioni hosil qiladi.Kation esa qoldiq OH- bilan kuchliroq kimyoviy bog’ hosil qilib Kat (OH)n –asosga aylanadi.

Ajralib chiqayotgan gidroksoniyionlari eritmadagi [H+] =[OH-] muvozanatni buzib [H+]>[OH-] bo’lishiga, ya’ni eritmada kislotali muhit pH<7 yuzaga kelishiga olib keladi.

Gidrolizlangan molekulalari sonining eritilgan umumiy molekulalar soniga nisbati turli tuzlarda turlicha bo’lib, gidroliz paytida hosil bo’ladigan kislota va asos tabiatiga bog’liqdir. Kislota yoki asos qanchalik kuchsiz bo’lsa, gidroliz darajasi shunchalik katta bo’ladi.

Masalan:Quyidagi tuzlar 0,1 N. eritmada tubandagicha gidrolizlangan bo’ladi:

Natriy asetat CH3COONa………………………….0,08%

Tetra borat kislotaning natriyli tuzi Na2B4O7……..0,5%

Kaliy sianid KCN…………………………………..1,2%

Natriy karbonat Na2CO3……………………………2,9%

Kuchli kislota va kuchsiz asoslardan hosil bo’lgan ko’pchilik tuzlarda ham gidroliz darajasi ham juda kichikdir. Shu sababli, bunday tuzlarning gidrolizida hosil bo’ladigan gidroksi tuzlar suvda amalda erimaydi, biroq konsentratsiyasi nihoyatda kam bo’ladigan ular odatda eritmada qoladi.

Har qanday qator reaksiya singari, gidroliz ham massalar ta’siri qonuniga bo’ysunadi. Shu sababli, tuz eritmasiga suv quyish yoki gidroliz mahsulotlarining birortasini eritmadan yo’qotish muvozanatning kislota va asos hosil bo’lish tomoniga qarab siljishga sabab bo’ladi. Qizdirish ham xuddi shu tariqa ta’sir qiladi, chunki eritma qizdirilgan vaqtda suvning dissosialanish darajasi, ya’ni

H+va OH- ionlarining konsentratsiyasi juda oshib ketadi. Buning aksicha, eritmaga kislota yoki ishqor qo’shilsa, muvozanat teskari tomonga siljiydi.Masalan: temir (III)-xloridning gidrolizi odatdagi temperaturada quyidagi tenglama bo’yicha boradi:

FeCl3 + H2O = FeOHCl2 + HCl

Eritma qizdirilganda gidroliz zo’rayadi va bu zo’rayish Fe3+ ionlarining ko’proq qismi suv bilan reaksiyaga kirishuvidan iborat bo’ladi; Ayni vaqtda FeOH2+

ionlari bilan bir qatorda quyidagi tenglama bo’yicha Fe(OH)2+ ionlari yoki hatto Fe(OH)3 molekulalari ham hosil bo’ladi:

FeOHCl2 + H2O = Fe(OH)2Cl + HCl

Fe(OH)2Cl + H2O = Fe(OH)3 + HCl

Kislota qo’shish cho’kmaning erishiga yoki eritmadagi Fe(OH)2 ionlarining kamayishiga sabab bo’ladi.

Kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo`lgan tuzlardan boshqa barcha tuzlar suvda eriganda tuz ionlari bilan o`zaro reaksiyaga kirishib, kam dissosilanadigan yoki qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi, natijada eritmaning PH i o`zgaradi.

Erigan tuz ionlari suv ionlarining o`zaro ta’siridan eritmaning PH i o`zgarishiga tuzlarning gidrolizi deyiladi.

Tuz tarkibidgi kation va anionning tabiatiga ko`ra gidroliz asosan uch xil bo`ladi.

1.Kationlararo gidrolizlanish

2.Anionlararo gidrolizlaninsh

3.Ham kationlararo ham anionlararo gidrolizlanish.

Kationlararo gidrolizlanish.Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlar kationlararo gidrolizlanadi. Bu tipdagi tuzlar gidrolizlanganda tuz tarkibidagi kationlar suvning OH- ionlari bilan birikib, kam dissosilanadigan birikmalar hosil qiladi, natijada eritmadagi OH- ionlarining konsentrasiyasi kamayib, H+ ionlarining konsentrasiyasi ortadi. Vodorod ionlarining konsentrasiyasi ortganligi uchun eritma kislotali muhitga ega bo`ladi. Masalan:

NH4CI +H2O  NH4OH + HCI

ionli ko`rinishda:

NH4+ + CI- + H2O  NH4OH + H+ + CI-

NH4+ + H2O  NH4OH + H+

PH < 7

Kuchli kislota va ko`p gidroksidli kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi bosqichli bo`lib, oddiy sharoitda faqat birinchi bosqichi yaxshi boradi va bunda asosli tuz hosil bo`ladi. Masalan

I bosqich

2CuSO4 + 2H2O  (CuOH)2 SO4 +H2SO4

Cu2+ +H2O CuOH+ + H+ (PH < 7)

II bosqich

(CuOH)2SO4 + 2H2O  Cu(OH)2 + H2SO4

CuOH+ +H2O Cu(OH)2 + 2H+ (PH < 7)



Anionlaaro gidrolizlanish.Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuzlar anionlararo gidrolizlanadi. Bu tipdagi tuzlar gidrolizlanganda tuz tarkibidagi kuchsiz kislota anionlari suvning H+ ionlari bilan birikib, kam dissosilanadigan birikmalar hosil qiladi,natijada eritmadagi H+ ionlarining konsentrasiyasi kamayib,OH-ionlarining konsentrasiyasi ortadi. Gidroksid ion-larining konsentrasiyasi ortgani uchun eritma ishqoriy muhitga ega bo`ladi, masalan:

CH3 COONa + H2O  CH3COOH +NaOH

CH COO- + H2O  CH3COOH + OH- (PH>7)

Kuchli asos va ko`p negizli kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi qam bosqichli sodir bo`lib, oddiy sharoitda faqat birinchi bosqichda yaxshi boradi.va bunda nordon tuz hosil bo`ladi, masalan:

. K2CO3 +H2O  KHCO3 + KOH

CO32- +H2O  HCO-3 + OH- (pH>7)

KHCO3 + H2O  H2CO3 +KOH

HCO3- +H2O  H2CO3 +OH- (PH>7)



Ham kationlararo ham anionlararo gidrolizlanish.Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bulgan tuzlar ham kation, ham anionlararo gidrolizlanadi. Bu tipdagi tuzlar gidrolizlanganda tuz tarkibidagi OH- ionlari bilan birikib, kam dissosilanadigan kislota va asos hosil qiladi. Hosil bo`ladigan kislota va asosning kuchiga qarab, eritmaning muhiti yo kuchsiz kislotali yoki kuchsiz ishqoriy bo`ladi, masalan:

NH4CN + H2O  NH4OH +HCN

NH+4 + CN- + HOH NH4+ +OH- +HCN

bunda KNHOH = 1,79 10 –5, KHCN = 7,9 10-10 bo`lgani uchun eritma kuchsiz ishqoriy muhitni namoyon qiladi.

Juda kuchsiz kislota va juda kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi bir tomonlama bo`lib, oddiy sharoitdayoq oxirigacha boradi. Shuning uchun bunday gidrolizlanishga to`la gidrolizlanish deyiladi:

Cr2 S3+ 6H2O = Cr (OH)3 + 3H2S

Agar kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuz eritmasi kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuz eritmasiga qo`shilsa, ikkala tuzning gidrolizi ham oxirigacha boradi. Bu hodisaga birgalikda yoki hamkorlikda boradigan gidroliz deyiladi, masalan:

2FeCI3 + 3(NH)2S +6H2O = 2Fe(OH)3 + 6NH4CI +3H2S

2Fe 3++ 3S2- +6 H2O = 2Fe(OH)3 + 3H2S

Tuzlarning gidrolizlanishi miqdoriy jihatdan gidrolizlanish konstantasivagidrolizlanish darajasi bilan xarakterlanadi.

Na2CO3 +H2O  NaHCO3 + NaOH

CO32- +H2O  HCO-3 +OH-


Gidrolizlanish qaytar jarayon bo`lgani uchun unga massalar ta’siri qonunini tatbiq etish mumkin:

Muvozanat konstantasi K bunday hollarda gidrol izlanish konstantasi deyiladi va Kgidr- bilan ishoralanadi. (Gidroliz konstantasi ifodasiga suvning konsentrasiyasi yozilmaydi, chunki suvning miqdori o`zgarmas deb qabul qilinadi.)Gidrolizlanish konstantasining qiymati ortishi bilan gidrolizlanish ham ortadi.

Bir negizli kislota va bir negizli asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantalari bilan suvning ion ko`paytmasi (10 –14mol/l) hamda kislota va asosning dissosilanish konstantalari orasida quyidagicha bog`lanish bor:

(1)

Bunda(1) Kgidr -kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantasi:



(2)

Bunda(2) Kgidr-kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantasi:



(3)

Bunda Kgidr-kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantasidir.

Gidrolizlangan molekulalar sonining eritilgan umumiy tuz molekulalari soniga nisbati gidrolizlanish darajasi deyiladi va h harfi bilan belgilanadi.

Gidrolizlanish darajasi gidroliz natijasida hosil bo`ladigan kislota yoki asosning kuchiga, konsentrasiya va temperaturaga bog`liq bo`ladi. Tuz eritmasining konsentrasiyasi kamayishi bilan gidrolizlanish darajasi ortadi, masalan: gidrolizlanishi

Na2CO3 + H2O  NaHCO3 +NaOH

(t = 250C)tenglama bilan ifodalanadigan tuzning gidrolizlanish darajasi konsentrasiya kamayishi bilan quyidagicha o`zgaradi:

C(mol/ l) 0,2 0,1 0,05 0,01 0,005 0,001

h% 1,7 2,9 4,5 11,3 16 34

Temperatura ortishi bilan ham gidrolizlanish darajasi ortadi. Masalan: gidrolizlanishi quyidagicha

CrCI3 + H2O Cr(OH)CI2 + HCI (C = 0, 01 mol/ l)

ifodalangan tuzning gidrolizlanish darajasi temperatura ortishi bilan quyidagicha ortadi:

t0 (C0 ) 0 25 50 75 100

h (% ) 4,6 9,4 17 28 40

Gidrolizlanish darajasi bilan kuchsiz elektrolitlarning dissosilanish darajasi orasida o`xshashlik borligi ko`rinib turibdi.

Shuning uchun suyultirish qonunidan foydalanib, h bilan Kgidr- orasidagi bog`lanishni quyidagi tenglamalar yordamida ifodalash mumkin:

1.kuchli asos va kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizlanish darajasi h=0.01 bo’lganlari uchun va boshqa xildagi tuzlarning gidrolizlanish darajalarining formlalari bo’lib, umumiy holda quyidagicha bo’ladi:





2.4.GIDROLIZNING AHAMIYATI.

Jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan gidroliz sanoati ovqat bo’lmaydigan xom ashyodan(yog’och,paxta shuluxasi,kungaboqarpo’chog’i,poxol,makkajo’xori o’zagidan) qator qimmatli mahsulotlar: etil spirt, xamirturush,glukoza,qattiq uglerod (IV) oksid,furfurol,metil spirt,lignin va boshqa ko’pgina moddalar ishlab chiqarilmoqda.

Gidroliz mohiyatini chuqur o’rgangan holda eritmaning pH qiymatini chuqur o’rgangan holda tuzlar gidrolizini sekinlashtirish mumkin.Bu hodisadan oson gidrolizlanadigan tuzlarning eritmalarini saqlashda keng foydalaniladi.Masalan,temirning biror tuzini,temir (III) sulfatning suvli eritmasi tayyorlansa gidroliz natijasida undan asosli tuzning ko’kmasi ajraladi.Bu eritmaga ozgina kislota qo’shilsa,ya’ni eritmaga gidroliz mahsulotlaridan biri bo’lgan H+ionlari kiritilsa u holda gidrolizga teskari bo’lgan reaksiya ustun bo’lib, eritma saqlanganda yanada barqaror bo’ladi.

Huddi shunga o’xshash kuchsiz kislota tuzlarining (KCN, CH3COONa) gidrolizi uning mahsuloti bo’lgan OH- ionlarini eritmaga kiritish yo’li bilan to’xtatib qolinadi.Ulardan tashqari bazi bir organik moddalar gidrolizidan foydalanib,xususan murakkab efirlar kislotali sharoitda suv bilan ta’sirlashsa :

R1-C(O)-O-R2+HOH ↔ R1-COOH+R2-OH

Tegishli karbon kislota va spirt hosil bo’ladi.Bu reaksiya ishqoriy muhitda olib borilsa,tegishli kislotaning tuzi (sovun) va spirt hosil bo’ladi.

Bu gidroliz amaliy jihatdan oxirigacha boradigan jarayon bo’lib, yog’lardan sovun olish jarayoni shu reaksiyaga asoslangan.

Kraxmall va sellyulozadan keng miqyosida foydalanish uchun ular har xil sharoitda gidrolizlanadi:

H-[C6H10O5]nOH+(n-1)H2O→nC6H12O6(glyukoza)

Hosil bo’lgan glyukozani bijg’itish bilan etil spirt ishlab chiqariladi.Huddi shuningdek,turli qishloq xo’jalik mahsulotlari (qand lovlagi,shakarqamish)dan shaker ishlab chiqarish jarayonlari ham gidroliz jarayonida foydalanishga asoslanadi.

Tirik organizmlarda polisaxaridlar, oqsillar va boshqa organik birikmalarning gidrolizi sodir bo’ladi.


Xulosa.

Yuqorida ko'rib o'tganlarimizni umumlashtirib shuni aytamizki, biz organizmimizda kechadigan har qanday jarayonlar yoki ulardagi moddalar almashinuvi jarayonlari va shunga o’xshash barcha hodisalar suvli eritmada ketadi.

Bu jarayonlarning organizmimizda qanday bosqichda ketishini bilishimiz va albatta, bu jarayonlarni to’liq tushunishimiz zarurdir. Organizmimizda tuzlar miqdori yuqori foizlarni tashkil etadi. Misol uchun bu tuzlarga misol keltiradigan bo’lsak, kalsiy karbonat- suyak tarkibiga kirib, suyakning mustahkam va qattiqligini ta’minlaydi. Kalsiy fosfat – bu tuz ham suyak tarkibiga kirib, u ham mustahkamligini ta’minlaydi. Natriy xlorid – bu organizm uchun 0,9% li eritmasi fiziologik eritma hisoblanadi. Hujayra ichida va tashqarisida natriy va kaliy ionlari mavjud bo’lib, ular hujayra ichiga tashqarisiga ionlar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Bulardan tashqari, mis, nikel, temir, kobalt, zux, oltin, marganes va boshqa elementlarning qator tuzlari organizmda o’ta muhim vazifalarni bajaradi.

Demak biz tuzlarning gidroliz jarayonlarini mukammal o’rganishimiz zarurdir.Zero, gidroliz jarayoni muhim jarayon sifatida organizmning harakatlanishi, ishlashi, hayotiy faoliyatning barcha jarayonlarini boshqaradi, nazorat qiladi.Biz esa organizmimizdagi bu jarayonni bilmasak, uni bosqichlarini mukammal o’rganmasak b’lmaydi, albatta!



Kurs ishini o’rganishim mobaynida ko’pgina adabiyotlar shuningdek, internet ma’lumotlaridan samarali tarzda foydalandim. Kelajakdagi ilmiy faoliyatimda ushbu bilimlardan amaliyotda keng foydalanaman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. –T. ,,Ma’naviyat”. 2008.

2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning farovonligini yanada oshirishdir. T- ,,O’zbekiston”.2010.

3. Karimov I.A. ,,O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. Toshkent. ,,O’zbekiston”. 1997.

4. Pаrpiev N. A. Аnоrgаnik kimyoning nаzаriy аsоslаri. T . ,, O`zbekistоn”. 2000.

5. Маmаjоnоv S. D. Теshаbоyеv М. Nishоnоv. Аnоrgаnik kimyo. T. ,,O’zbekiston “. 2001.

6. Ahmerov Q. Jalilov A. Sayfutdinov R. Umumiy va anorganik kimyo. ,,O’zbekiston’’ nashriyoti. Toshkent-2003.

7. Toshpo’latov Yu.T. Ishoqov Sh.S. Anorganik kimyo. Toshkent. ,,O’qituvchi’’. 1992

8. Muftahov A.G. Umumiy kimyo. Toshkent. ,,O’qituvchi’’. 2004.

9. Hasanov G.A. 110 kimyoviy element izohli lug’at. O’zbekiston Respublikasi FA ,,Fan” nashriyoti. 2010.

10. Mardonov U.M . Atoyev I.X. Umumiy va anorganik kimyodan ma’ruzalar. II-qism Buxoro-2002.

11. Lutfullayev E.L. Berdiyev. A.T. Mamadiyarova X.S.. Anarganik kimyo. Samarqand-2009.

12. Ahmedov. N. S. “Общая и неорганическая химия”. “Высшая школа”. М.1998 y.

13. Ubaydullaeva R.D. Abdullaev Sh. Umumiy kimyodan nazariy va amaliy mashg`ulotlar. Toshkent. "O`zbekiston”. 1998 y.

14. Abdulxayeva M.M. Mardonov U. M. Kimyo asoslari. T. ,,Ozbekiston”. 2008y.

15. Угай A.Я. Общая и педагогическая химия. 2001г.

16. Akbarova M.U. Abdullajonov X. Yuldasheva F.K. Kimyoviy tenglamalar

tuzish. Farg‘ona. 2001y..

17. Lidin R. A. Alikberova L. Yu. Logipova G. P. Noorganik kimyodan savollar. M. Ximiya. 1991.

18.G.P. Xomchenko “Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma” Toshkent 2003.

19.www.ziyonet.uz

20. www.edu.uz

21.www.tdpu-internet.ped.

22. www.tdpu.uz.

23.www.alhimik. ru
Katalog: uploads -> books -> 47828
47828 -> Referat topshirdi: Tuvalov T. Qabul qildi: Boltayev M. Samarqand 2013
47828 -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi 4 kurs
47828 -> Navoiy davlat pedagogika instituti
47828 -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
47828 -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
47828 -> Низомий номидаги тошкент давлат педагогика университети тарих факультети алиева Мохира Солиевнанинг
47828 -> Mavzu: “Sеrfayz o`zbеk dasturxoni” mavzusida natyurmort kompozitsiya bajarish Ilmiy rahbar
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi
47828 -> O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik