Asar haqida “asar”



Download 23,37 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi23,37 Kb.
#53285
Bog'liq
Mehrobdan chayon asari haqida


Asar haqida “asar”

Men shu paytga qadar ko‘p badiiy asar o‘qiganman deya olmayman, ammo shuni aniq aytishim mumkinki, muayyan badiiy asarni tugatganimda o‘zimda boshqacha bir hisni tuyaman. Bu his, ehtimol, uzoq yillar yoningizda yelkadosh bo‘lgan do‘stingiz bilan xayrlashganda qalbingizda kechadigan hisga o‘xshaydi. Faylasuflar bekorga, kitob eng yaxshi do‘st deb qayta-qayta uqtirmasliklarini har safar biror asarni o‘qib tugatganimda o‘zimda his qilaman. Aslini olganda, badiiy asarning ilmiy asarlardan farqi, nafaqat farqi, balki ustun jihati deb bemalol aytishimiz mumkin bo‘lgan tomoni uning inson ruhiyatiga ta’sir ko’rsata olishidadir. O’zbek romanchiligiga poydevor qo’ygan adib Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “Mehrobdan chayon” asarini tugatganimda ham o‘zimda yuqorida ta’rif etilgan hisni tuydim. Bu asar ko’plab o’zbek kitobxonlariga birday tanish va ishonamanki, birday sevimli asardir. Boshda asar tili kitobxonga begonaday tuyilishi ehtimol. Ammo shuni ishonch bilan ayta olaman, asarni boshdan 20 bet o‘qiganingizdan keyin tilini tushunish sizga aslo qiyinchilik tug‘dirmaydi. Asar tili shu qadar chiroyli, shu qadar lutfga boy, muallif iqtidoriga yoqa ushlamay ilojsizmiz. Asar yakunida Qodiriyning chinakam “so‘z musavviri” ekaniga ishonch hosil qila borasiz va buning natijasida adibga bo‘lgan e’tiqodingiz yanada ortadi. Asar haqidagi qisqa ta’rifimiz davomida siz azizlarga uni boshdan oxir (sartopo) hikoya qilish imkoniga ega emasmiz, shuning uchun ham uning qahramonlari hamda asardan olgan taassurotlarimiz haqida qisqacha so‘zlashni ma’qul deb topdik. Avvalo, asar nomiga biroz to‘xtalib o‘tsak. Mehrobdan chayon… Mahoratli adib asarga bu tariqa nom berish orqali Shahodat mufti, Kalonshoh mirzo va mulla Abdurahmon kabi “zulm itlari”ni chayonga qiyoslaydi. Aslida biror shaxs yuksalsa, hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lsa, albatta, unga qarshi tish qayrovchi hasadgo‘ylar ham paydo bo‘lishi, ehtimol, bu yozilmagan qonuniyatdir. Muallif ko‘pni ko‘rgan tajribali ijodkor sifatida o‘z asarida mana shu qonuniyatni mahorat bilan ochib bera olgan. Adib har bir qahramonning ta’rifini yetarlicha qila olgan va bu ta’rifdan o’quvchi o‘sha obraz xarakteri va tashqi ko‘rinishi haqida yetarlicha ma’lumot ololadi. Fikrimcha asardagi bosh g‘oya muhabbatga sadoqat va jasurlik g‘oyalari. Balki Siz bu asarni o‘qib, boshqa ma’no toparsiz. Yuqoridagi fikr mening fikrim, va shaxsiy fikr bu hech qachon 100 foiz to‘g‘ri degani emas. Bu asarni o‘qishni barchangizga tavsiya qilaman. Chunki bu asar shunchaki asar emas, chinakam ijodkor tomonidan yozilgan chinakam asar. Shunchalik lutfga, tashbehlarga boyki, asar yakunida so‘z qo’llay olish qobiliyatingiz yana bir pog‘onaga yuksalishiga ishonchimiz komil. Ra’no tili bilan aytganda, boqiy so‘zni “Mehrobdan chayon”dan o‘qiysiz deb so‘zimni muxtasar qilishni lozim deb topdim…
Download 23,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish