Arxivlarda fuqarolar murojaatlari ijrosini sifatli tashkil etish



Download 19,35 Kb.
Sana09.01.2020
Hajmi19,35 Kb.
#32748
Bog'liq
ARXIVLARDA FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSINI SIFATLI TASHKIL ETISH (Автосохраненный)

ARXIVLARDA FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSINI SIFATLI TASHKIL ETISH

Mustaqillik sharoitida arxiv ishining istikbolli ravnaki masalasi muxim urin tutadi. Zero, moziy saboklari, utmish tajribalarini arxiv materiallari aeosida urganishning nafakat nazariy, balki dolzarb amaliy axamiyati bor.

Albatta, arxiv materiallariga eng kup murojaat kiluvchilar — tarixnavislar, moziyshunoslardir. Mustakillik davridagi tarixiy tadkikotlarning aksariyati arxiv materiallariga asoslangani va yangicha, xolis tarixiy tarakkiet kontseptsiyasi zaminida yaratilayotgani tufayli bugun tariximizga kizikish tobora ortaetir.

Shuningdek, arxiv xujjatlaridan foydalanuvchilar sirasiga o’zi tadkik etayotgan muammo tarixini o’rganmokchi bulgan muayyan soxa tadkikotchilari — iktisodchilar, xukukshunoslar, adabiyotshunos va san`atshunoslar, fan va texnika tarixi mutaxassislari, umuman, tabiiy fanlar soxasi vakillari xam kiradi. Bu jabxa tadkikotchilari uchun arxiv materiallari fan ufklarini kengaytirish, uni yangi dalil isbotlar bilan boyitish, jamiyat xaegi, insoniyat tafakkuri tarakkieti jarayonining turfa xil jixatlarini mutlako yangicha va nisbatan tugri baxolash bobida ma`lumotlar manbai bo’lib xizmat kiladi.

Arxiv xujjatlari jamiyatimizning kundalik xayotida, xususan» xalk xujaligida muxim urin tutishini ta`kidlash joiz. Arxiv xujjatlarida kechmish ajdodlarimiz mexnatining samaralari uz aksini topgan bo’lib, ularning tajribalari bugungi kunda kul kelishi mumkin. Deylik, XX asrning birinchi yarmida barpo etilgan turli me`moriy muxandislik inshootlarining kurilishi va loyixalashtirilishi buyicha chizma xamda ezma xujjatlar muayyan axamiyatga ega (masalan, Toshkent shaxridaga temiryulchylar saroyi va sobik davlat filarmoniyasi binolarini ta`mirlash chogida arxiv xujjatlariga murojaat kilingani ma`lum).

Bunday tarixiy inshootlarni ta`mirlash mobaynida arxiv xujjatlaridan foydalanish ishning rivojiga ijobiy ta`sir etish barobarida davlat mablagini tejash imkonini xam beradi. Ayniksa me`moriy va san`at edgorliklarini tiklash chogida arxiv materiallari bekiyos axamiyat kasb etadi. Arxiv materiallarydan olis asrlar ta`siri tufayli urushlar va ukuvsiz kayta ta`mirlashlar okibatida vayron bulgan kadimiy obidalarning dastlabki kiefasini tiklash, ularni ta`mirlash ishlarida unumli foydalaniladi.

Bundan tashkari, iklim, muzliklar, obxavoning uzgarishi, darelar suvining kutarilib pasayishi va shu kabi boshka xolatlar, tabiat xodisalari tugrisida tuplab borilgan ma`lumotlarga xam kizikish katta ekani tabiiy. Bu singari arxiv ma`lumotlari kancha uzok davrni kamrab olsa, ularning kimmati shuncha ziyodadir.

Arxiv xujjatlari targibot tashvikot ishlari va ukuv tarbiya maksadlarida, tarixiy va badiiy fil’m xamda spektakllarni saxnalashtirish, muzeylar kurgazmalarini tashkil etish uchun xam jalb etiladi.

Shu bilan birga arxiv xujjatlaridan turmushning muayyan bir davriga aniklik kiritish, fukarolarning mexnat stajini tasdiklash zaruriyati tugilganda xam foydalanish mumkin.

4.Arxiv xujjatlaridan foydalanish tartib koidasi, odatda bir kancha amallardan iboratki, bularning eng asosiylari sirasiga xujjatlarni kidirib topish, muallifi, sanasi va yaratilish shart sharoitlarini aniklash xamda ularni tarixshunoslik nuktai nazaridan baxolash, kolaversa, xujjatlar bilan bevosita ishlash, ya`ni ularni tadkik kilish, ulardan foydalanish kabilar kiradi.

Ushbu vazifalarni muvaffakiyatli amalga oshirish tadkikotchidan uz tadkikot soxasi buyicha orttirgan bilimlaridan tashkari maxsus arxivshunoslik ilmidan xabardorlikni, arxiv xujjatlari bilan ishlash metodikasini egallagan bulishni takozo etadi.

Bunday vazifalar majmuini urgatish bilan arxivshunoslik kursi shugullanadi. Ushbu kurs davomida talabalar uzlari egallagan nazariy koidalarni arxiv tashkilotlarida utadigan ishlab chikarshp amaliegi kumagida mustaxkamlaydilar. Tarix va zamonaviy arxivchilik, arxiv ishlari nazariyasi va amalieti, xujjatshunoslik va arxeografiya mazkur fanlarning eng muximlari sirasiga kiradi. Arxivshunoslik, bundan tashkari, tarix fakul’tetida aloxida kurs sifatida utiladigan manbashunoslik bilan xam uzaro boglik ekanini ta`kidlash lozim.

Xozirgi paytda arxivshunoslikning asosiy maksadi bulajak tarixchilarni arxiv muassasalari bilan ishlashga, arxiv xujjatlarini kidirib topgap metodikasi bilan tanishtirishga xamda ulardan ilmiy tadkikot exud targibot tashvikot va amaliyot ishlarida foydalanishga urgatishdan iborat.

Arxiv xujjatlari, ya`ni arxivlarda saklanaetgan ezma, chizma shaklida kogozga tushirilgan xujjatli materiallar, kinofotoxujjatlar va boshka turli manbalar arxishnunoslikning asosiy tadkikot ob`ekti xisoblanadi. Bunday manbalar esa davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari, korxonalar exud aloxida shaxslarning faoliyati natijasi ularok dunega keladi, tuplanadi va arxivlarning bebaxo mulkiga aylanib boradi.



Foydalanuvchilarning so‘rovlarini bajarish tartibi

129. Foydalanuvchining so‘rovi talabnomada yuridik shaxsning nomi (fuqarolar uchun — familiyasi, ism va otasining ismi), pochta manzili va/yoki foydalanuvchining elektron pochta manzili, mavzu (masala) va so‘ralayotgan ma’lumotning xronologiyasi ko‘rsatilgan bo‘lsa arxiv tomonidan ko‘rib chiqiladi va bajariladi.

Foydalanuvchining so‘rovi arxiv boshlig‘i yoki vakolatli shaxs (shaxslar) tomonidan ko‘rib chiqiladi, tegishli bo‘lim yoki bevosita ijrochiga bajarish uchun yuboriladi va so‘rov predmetiga taalluqli arxiv hujjatlari va/yoki bosma nashrlar bo‘yicha bajariladi.

Arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari tarkibiga aloqasi bo‘lmagan so‘rov ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 5 kun mobaynida, zarur arxiv hujjatlari saqlanayotgan boshqa arxivga yoki tashkilotga, foydalanuvchiga ma’lum qilgan holda bajarish uchun jo‘natiladi yoki foydalanuvchiga tegishli tavsiyalar beriladi.

So‘rov foydalanuvchining elektron pochtasi va/yoki pochta manzili ko‘rsatilgan holda arxivga Internet orqali kelib tushganda foydalanuvchiga uning so‘rovi ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi yoki ko‘rib chiqilmasligi asoslangan holda ma’lum qilinadi. Ko‘rib chiqishga qabul qilingan murojaat (so‘rov) qog‘ozga chiqariladi yoki elektron baza mavjud bo‘lsa — unga qo‘shiladi va keyinchalik u bilan ishlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Foydalanuvchining so‘roviga javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yoki so‘rov-murojaat yozilgan tilda beriladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Arxiv jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni qabulxonada yoki ma’lumot berish stolida amalga oshiradi va belgilangan shaklda ularning hisobini olib boradi. Arxivning rahbariyati va mas’ul xodimlari jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish va ularning so‘rovlarini ko‘rib chiqishni tashkil qilishga shaxsan javobgardirlar.

(129-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)

130. Davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining o‘z funksiyalarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lgan so‘rovlari arxiv tomonidan birinchi navbatda, qonunchilikda belgilangan yoki ushbu organlar bilan kelishilgan muddatda ko‘rib chiqiladi. Bunday so‘rov bepul bajariladi.

Tashkilot yoki fuqaroning mavzuli so‘rovini bajarish pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibida (jumladan shartnoma asosida) yoki bepul tashkil etiladi. Ko‘rsatilgan so‘rovni bajarish ishlarining muddati va narxi foydalanuvchi bilan avvaldan kelishiladi.

Arxiv hujjatlarini qidirish va ulardan nusxa olishda keng ko‘lamli ishlarni olib borish zarur bo‘lganda arxiv foydalanuvchiga ishlarning oraliq natijalari to‘g‘risida yozma ravishda ma’lumot beradi. Arxiv foydalanuvchining so‘rovi bo‘yicha ma’lumot hujjatining turini, agar bu to‘g‘rida so‘rovda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, foydalanuvchi bilan kelishib oladi.

131. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rov arxiv tomonidan bepul bajariladi.

Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovni arxivda bajarish muddati ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 30 kundan oshmasligi kerak. Ushbu muddat, zarurat bo‘lganda, arxiv rahbari tomonidan majburiy tarzda foydalanuvchiga ma’lum qilgan holda uzaytirilishi mumkin. Arxivning ilmiy-ma’lumotnoma apparati bo‘yicha so‘rovni bajarish muddati ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 15 kundan oshmasligi kerak.

Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi takroriy so‘rovni bajarishda yoki foydalanuvchining iltimosiga ko‘ra arxiv ma’lumotnomasi qayta tayyorlanayotganda, arxiv ma’lumotnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtiradi va qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlanganda ularni takroriy berilayotgan ma’lumotnomaga kiritadi.

120. Arxiv saqlovxonalaridan arxiv hujjatlari quyidagi muddatlarga beriladi:

o‘quv zalida foydalanuvchilarga va arxiv xodimlariga — bir oygacha (ikki haftadan ko‘p muddatga berilmaydigan alohida qimmatli hujjatlardan tashqari);

fond tashkil etuvchilarga — uch oygacha;

sud, huquqni muhofaza qilish organlariga va boshqa vakolatli organlarga — olti oygacha.

Ko‘rgazma uchun arxiv saqlovxonasidan beriladigan arxiv hujjatlari ko‘rgazmalarni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan muddatga beriladi.

Arxiv hujjatlarini sug‘urta fondi, foydalanish fondi va maxsus ishlov berish uchun berish muddati arxivning ish rejasi va tegishli ishlarning boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.

Arxiv hujjatlarini berishda muddatlarni uzaytirish arxiv rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

121. Arxiv hujjatlarini arxiv saqlovxonasidan berish arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxasini arxiv saqlovxonasidan berish bo‘yicha har bir arxiv saqlovxonasi bo‘yicha va qanday maqsadlarda berish bo‘yicha alohida daftarlarda ro‘yxatga olinadi.

Arxiv hujjatlarini arxiv o‘quv zaliga berish arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlarini berish bo‘yicha buyurtma (talabnoma) asosida rasmiylashtiriladi va arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini arxivning o‘quv zaliga berish daftarida ro‘yxatga olinadi va uni arxivning o‘quv zali xodimi imzolaydi. Foydalanuvchining bajarilgan buyurtmasi (talabnomasi) arxiv hujjatlari bilan birga arxivning o‘quv zaliga yuboriladi va foydalanuvchining shaxsiy yig‘majildida saqlanadi.

Arxiv hujjatlarini xizmat maqsadlari uchun arxiv xodimiga berish tegishli bo‘linma rahbari tomonidan imzolanadigan arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatini berish to‘g‘risidagi buyurtma (talabnoma) asosida rasmiylashtiriladi. Buyurtma (talabnoma) arxiv hujjatlarini olgan xodim tomonidan har bir olingan saqlov birligi uchun imzo qo‘yadigan arxiv saqlovxonasidan arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini xizmat xonalariga berish daftarida ro‘yxatga olinadi. Buyurtma (talabnoma) arxiv saqlovxonasida saqlash muddati tugagunga qadar saqlanadi.

Arxiv hujjatlarini arxiv laboratoriyasiga berish tegishli ishlarni amalga oshirishga buyurtma bilan rasmiylashtiriladi va arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini arxiv saqlovxonasidan laboratoriyaga berish daftarida ro‘yxatga olinadi, laboratoriya xodimi tomonidan hujjat olinganligi to‘g‘risida imzo qo‘yiladi. Buyurtma laboratoriyada va arxivning tegishli bo‘linmasida hisobga olinadi hamda arxiv hujjatlari bilan ishlashning barcha bosqichlarini nazorat qiluvchi hujjat sifatida xizmat qiladi.

Arxiv hujjatlarini vaqtincha foydalanishga berish arxiv saqlovxonasidan arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini vaqtincha foydalanishga berish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan arxiv hujjatlarini vaqtincha foydalanishga berish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

122. Foydalanish fondidan arxiv hujjatlarining nusxalarini berish arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlarini berishga buyurtma (talabnoma) bilan rasmiylashtiriladi va markazlashtirilgan holda yoki har bir arxiv saqlovxonasi bo‘yicha alohida yuritiladigan foydalanish fondini berish daftarida ro‘yxatga olinadi.

123. Yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlari besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Yagona nusxada bo‘lgan, markazlashgan holda saqlanayotgan yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlarini berish, qoidaga ko‘ra, bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga, arxiv rahbari yoki uning o‘rinbosarining ruxsati bilan amalga oshiriladi va arxiv hujjatlarining aslini berishdagi kabi tartibda rasmiylashtiriladi.

Yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlarini berish arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatini berishga buyurtma (talabnoma) bilan rasmiylashtiriladi va arxiv hujjatxonalaridan arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini berish daftarida ro‘yxatga olinadi, unga ro‘yxatni olgan arxiv xodimi yoki foydalanuvchi imzo qo‘yadi.

4-§. Berilgan arxiv hujjatlarining saqlanishini nazorat qilish

124. Arxiv hujjatlari berilganligi to‘g‘risidagi daftarni solishtirish yilning har choragida yoki yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Daftarni solishtirish natijasida arxiv hujjatlarini qaytarish muddati buzilganligi holatlari bo‘lsa, uning sabablari aniqlanadi va arxiv hujjatlarini qaytarish choralari ko‘riladi. Agar arxiv hujjatlarini arxiv saqlanadigan joyga qaytarish muddatlari ulardan foydalanish davom etayotganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, arxiv hujjatlarini berish qaytadan rasmiylashtiriladi. Arxiv hujjatlarini qaytarish sababsiz kechiktirilgan taqdirda ularni arxiv saqlovxonalariga darhol qaytarish choralari ko‘riladi.

125. Arxiv hujjatlarining saqlanishini nazorat qilishda arxiv hujjatlarining saqlovini ta’minlashga mas’ul bo‘lim arxiv saqlovxonasidan berilgan arxiv hujjatlarining saqlov holatini tekshirishni amalga oshiradi. Tekshirish reja asosida yoki zarur hollarda arxiv rahbari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

126. Arxiv hujjatlari arxiv saqlovxonasiga qaytarilganda belgilangan tartibda ularning varaqlar bo‘yicha jismoniy holatini tekshirish amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini berish to‘g‘risidagi daftarda arxiv hujjatlari qaytarilganligi to‘g‘risida ularning xodimlari yoki fond tashkil etuvchilari ishtirokida belgi qo‘yiladi. Agar qaytarilgan arxiv hujjatlariga zarar yetkazilganligi aniqlansa, bu haqda arxiv saqlovxonasi xodimi va hujjatni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadigan erkin shakldagi dalolatnoma tuziladi va u ko‘rib chiqish uchun arxiv rahbariga taqdim etiladi.

127. Arxiv foydalanuvchilarni arxiv hujjatlarining saqlovi ta’minlanishi uchun javobgar ekanliklarini va arxiv hujjatlari bilan ishlash qoidalariga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq rioya etishlarini ma’lum qilishi shart.

128. Arxiv hujjatlari o‘g‘irlangan yoki zararlangan, shu jumladan ularning matniga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa (bu — arxiv hujjati zararlangan deb hisoblansa), arxiv darhol tegishli ariza bilan arxiv joylashgan joy bo‘yicha ichki ishlar organiga va “O‘zarxiv” agentligiga murojaat qiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zararning to‘lanishi choralarini ko‘radi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Karimov I.A. O’zbekistonning Uzistiklol va tarakkiyot yUli. -T.; O’zbekiston,1992.

2.Alimov I. Arxivshunoslik. –T.; SHark,1999. Bo’taev A.

3.OsnovnUe pravila raboti gosudarstvennUx arxivov. –M.;1984.

4.Azarov A. GosudarstvennUe arxivU i arxivnoe delo v soyuznUx respublikax. –M.;1971.

5.Dremenev D.A GosudarstvennUe arxivi i arxivnoe delo v soyuznUx respublikax. –M.;1972.

6.Kozlitin I.P. GosudarstvennUe arxivi respublik Sredney Azii. -M.;1961.

7.Krayskaya J.V. Organizatsiya arxivnogo delo. –M.;1980.

8.Tilekulov G.S. Rol’ arxivov Uzbekistana v nauchnom,issledovatel’skoy i kul’turnoy jizni respubliki(1918-1980gg.) -T.;1985.

9.O’zbekiston Respublikasi Konuni.Arxivlar to’grisida. –T.;Adolat,1999.



10.Turgunov J. Arxiv xujjatlari- bebaxo xazina. CHust.;1997.
Download 19,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish