Arxitektura nima? Uning uch ajralmas jihatlari nimalardan iborat?



Download 41,41 Kb.
Sana06.08.2021
Hajmi41,41 Kb.
#139955
Bog'liq
tarixdan savollarga javoblar


  1. Arxitektura nima? Uning uch ajralmas jihatlari nimalardan iborat?

J: Arxitektura grekcha so‘z bolib - "bosh quruvchi" degan manoni anglatadi. Arxitektura insonlar hayot faoliyati uchun inshootlar va binolarni yaratishdan iborat bo’lgan san’at turidir.

“Har bir davrda arxitektura tushunchasi turlicha talqin etilgan. Rim me’mori Vitruviy klassik formula bo'yicha me’morchilik inshootining asosiy sifatini quyidagicha belgilagan: mmtahkamlik, foyda va chiroylilik



  1. Me’morchilikda binolar qurilishida qanday qonuniyatlar mavjud?

J: Arxitektura tarixida ham mustahkam qonunchilik yuzaga keldi. Qonunchilikning ko‘p qismi arxitekturaviy formalarni o‘zgartirdi, ammo ulaming davomiyligi uzoqqa cho‘zilmasligi xarakterli edi. Aniqlangan tarixiy davr mobaynida yangi iqtisodiy, badiiy yangilik- larga qamralgan davr eski davrni cheklantiradi. Bu yerdan ko‘rinadiki, arxitektura ilmining vazifasi arxitekturaning hayotiy progressiv qadriyatlarini o‘zlashtirib, hozirgi davrga moslanadi.

  1. Binolar klassifikatsiyasi nima?

J: Inson hayoti va faoliyati uchun zarur bo'lgan makonning loyihasini yaratish va uni qurish me’morlik san’atining mazmunini tashkil etadi. Turar joylar, yo‘llar, hiyobonu maydonlar, yirik suv inshoot va madaniy xordiq uchun mo‘ljallangan me’moriy majmualar hammasi shu san’atning turli ko‘rinishlaridir. Bular uning bosh quruvchisi - arxitektori (me’mori) tomonidan loyihalashtiriladi va rahbarligida amalga oshiriladi. Bino va inshootlaming nima maqsadga xizmat qilishi, ya’ni ulaming bajaradigan vazifasi aniqlanadi, uning to‘g‘ri hal qilish esa me’morlik asarini yaratishdagi asosiy omillardan hisoblanadi.

  1. Me’morchilikda uyg‘unlashuv asoslari nimalardan iborat?

J: Uslub tushunchasi keng va turlicha ishlitilishi mumkin. Masalan, "davr uslubi", "hayot uslubi", "milliy uslub", "adabiyot uslubi", "san’at uslubi" , tasviriy san’at va me’morlikda "uyg‘onish davri me’morligi va tasviriy san’at uslubi", "impressionizm uslubi", "gotika uslubi", "klassitizm uslubi", “modemizm uslubi” va h.k. Ammo har vaqt va har bir hodisada "Uslub- stil" tushunchasi umumiy xarakterga ega bo‘ladi. Uslub ma’no va shaklni o‘zida ma’lum bir davrgacha mujassamlashtirgan, estetik obrazni uyg‘unlashtirgan va yaxlitlashtirgan tizimdir. Uslub bir necha o‘n yillar, hatto bir necha asrlar davomida barpo bo’ladi.

  1. Me’morchilikdagi uslublar ko‘rinishi nimalardan iborat?

J: Arxitekturaning uchala elementi - foyda, mustahkamlik va chiroy -bir-biri bilan chambarchas bog’liq va bir birini to‘ldirib turadi. A.Palladio o‘zininig “Arxitektura haqidagi” risolasida yozishicha, "foydali, biroq mustahkam bo'lmagan, yoki mustahkam bo‘lib, noqulay bo‘lgan, yoki ham foydali, ham mustahkam bo‘lib, chiroydan mahrum bo‘lgan binoni komil deb bo’maydi". Biz arxitekturaning uch qirrasini - funksional, ya’ni bino vazifasi bilan bogliq tomoni, konstruktiv, ya’ni mustahkamlikni ta’minlovchi, va badiiy qirralari o‘zgarib kelishini, ya’ni ular

  1. Ibtidoiy jamoa davridagi ilk tabiiy turar joylar shakllanishining asosiy jihatlari.

J: Ibtidoiy jamoa tuzumi san’ati va me’morchiligi tarixi odamzod tafakkuri his tuyg‘ularini paydo boiishi va rivojlanishidan boshlab yer yuzida birinchi davrlarinig yuzaga kelishigacha boigan davr me’morchiligini o‘z ichiga oladi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy dalillar-mehnat va ov qurollari, uy-anjom va bezak buyumlari, odamlar yashash manzil qoldiqlari yetib kelgan. Tuproq ostida qolib ketgan madaniy yodgorliklar, odam va hayvonlar jasadining qoldiqlari g‘or va yerostia devorlariga chizilgan surat va bo‘rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o’rganishning muhim manbai hisoblanadi. Arxitektura qadim-qadimdan kishilaming mehnati jarayonida yuzaga keldi va rivojlandi. Ishlatilayotgan buyumlaming shakli bajarilayotgan mehnatlarini osonlashtirilishi yoki kamaytirish mumkinligini tushundilar.

  1. Neolit davri qurilmalarining asosiy xarakteri jihatlari.

J: Neolit davriga oid Catal Huyuk da topilgan xonalar rasmlar va xaykallar bilan bezatilgan. Arxeologlar xona detallarini devorga rasm chizish orqali tabiiy bo‘yoqlardan foydalanganlarini aniqlaganlar. Har bitta xonada kamida ikkita platforma bo’lgan, bu uylaming devor va shiplariga suratlar chizganlar, bo'rtma tasvirlar ishlashga harakat qilganlar. Ijtimoiy hayotda ishlab chiqarish kuchlarining oshishi, so‘zsiz odamlar orasidagi munosabatlarning taraqqiy etishiga yordam berdi. Qabilalar orasidagi munosabatni kuchaytirdi, dinda jamoani oqsoqollar boshqara boshladi. Bir xil elementlarning tekis qaytarilishi yoki oralab kelishi asosida vujudga keladigan o‘ziga xos naqsh san’atini vujudga keltirdi.

8. Megalitik qurilmalar. Mengerlar, Dolmenlar, Kromlex me’morchiligi .

J: .Mengerlar o’z harakteri jihatidan tik o’rnatilgan katta tosh bo’lib , balandligi 20 m gacha yetadi.Dolmenlar tik o’rnatilgan ikki yoki to’rt tosh ustundan tashkil topgan bo’lib ustki qismi ham shunday yahlit tosh bilan berkitilgan . Kromleh aylana bo’ylab tik o’rnatilgan toshdan qurilgan bo’lib , u tosh to’sin bilan birlashtirilgan .

9. Bronza davri me’morchiligi.

J: Bronza davrida ilk shaharsozlikka qadam quyilgan va shaharchalar oval tarzda, rejasiz shakllangan. Strukturasida radial ko‘chalar shakllana boshlagan. Ushbu shaharchalarda hali ularni chegaralovchi devorlar yo’q edi. Bu yerda mudofa devorlarining o’rnini manzilning perimetri bo‘yicha joylashgan uylarning tashqi orqa devorlari bosgan. Har bir mahallada urug‘ jamoalaming xilxonalari bo’lib, marhumlar mudofaa devorlari ostiga, uylarning poli ostiga ko‘milgan. Birgina farqi lahadlari kengroq, qabr og‘ziga yaqin bo‘sh maydonga turli idish tovoqlar, mehnat va harbiy qurollar, taqinchoq, bezak buyumlar qo’yilgan. Erkaklar qabrida harbiy kiyim va qurollar, ayollar qabrida turli xil taqinchoq va bezaklar uchraydi. Ba’zida ayollami emizikli bolasi bilan ko‘mish hollari ham uchraydi.

10. Qadimgi Misr sivilizatsiyasining spetsifik asoslari.

J: Bronza asri yodgoriiklaridan yana bir ko‘rinishi qabr ustiga ishlangan tuproq qo‘rg‘onlar boiib, bu qo‘rg‘onlarning diametri o‘n metrga yetgan, Tripolyedan (Kiyev yaqinidagi qishloq nomi) topilgan devor qoldiqlari bu yerlarda uylar ko‘proq daryo yoqalariga yaqin yerlarda qurilganligi haqida ma’lumot beradi. Skif mustahkam qo‘rg‘on, o‘z boshliqini vafotidan keyin unga atab, katta tuproq qo‘rg‘on-qabri ko‘rgan. Bino devorlarini naqsh va devoriy suratlar bilan bezaganlar. Bugungi kunda jahonning mashhur muzeyi Ermitajda saqlanayotgan 40 mingdan ortiq skif madaniyati yodgorliklari ibtidoiy jamoa tuzumining so'nggi bosqichi-temir asrini ta’riflashga qo’l keladigan bebaho manbadir.

11. Misrning qadimgi podsholik me’morchiligi.

J: Qadimgi podsholik davrining eng yirik yodgorligi - Gizadagi ehromlar kompleksi Xeops, Xefren va Mikerin ehromlaridan tashkil topgan va eramizdan oldingi 2900 - 2700yillarda qurilgan. Ehromlar ichida eng kattasi Xeops ehromi bo‘lib, uning balandligi 147 metr, kvadrat asosining bir tomoni uzunligi 230 metrni tashkil qiladi. Xeops piramidasi dunyodagi yetti mo‘jizadan biri deb tan olingan. Xefren ehromining balandligi Xeopsga nisbatan 8 metr pastroq, ya‘ni 139 metr bo‘lib, Mikerin ehromining balandligi esa Xeopsga nisbatan qariyb 2 marta pastroqdir. Piramidalar kompleksi yaqinida toshdan o‘yilgan sfinks — tanasi odamning shakli, kallasi esa arslon shaklida ishlangan, balandligi 20 metrni tashkil qiluvchi haykal joylashgan.

12. Misrning o‘rta podsholik me’morchiligi.

J: O‘rta podsholik davriga kelib, ulkan piramidalar qurilishi to‘xtaydi. Buning asosiy sabablaridan biri fir‘avnlar siyosiy boshqaruvining sustlashishi edi. Bu davrga kelib ibodatxonalar qurilishi keng tarqaladi. Monumental arxitekturada piramidalar qurilishi o‘rta podshohlik davrida ham davom ettiriladi. Ammo shakl jihatidan ham, masshtabi jihatidan ham Qadimgi podsholik davridagi piramidalardan ancha kichik va kam dabdabali bo‘lgan.

Piramidalar balandligi 65 metrdan oshmagan. Ularning o‘lchamlari haddan tashqari kichik bo‘lsa-da, ichki bo‘linishlari keng bo‘lib, odatda go‘rxona va ziyoratxona kabi qavatlarga bo‘lingan.

13.Misrning so’nggi podsholik me’morchiligi.

J: So ‘nggi podsholik davri me ’morchiligi 20-sulolaga kelib, Misr tarixida tushkunlik davri boshlandi. . Ramzes II o‘z davrida katta qurilishlarni amalga oshirdi. Me’morchilikda bir xillik uning joniga tegdi. Xonusi ibodatxonasi Yangi podsholik davriga xos bo’lib, unda shu vaqtdagi barcha asosiy estetik aqidalari aniq va ravshan ko’payadi. Xonusi ibodatxonasi uncha katta emas, lekin uning arxitekturasi yangi podsholik davrida yaratilgan Misr ibodatxonasining klassik tipiga yaqindir. Mismi ko‘p asrlik tarixi va madaniyati toshlarda, sarkofaglarda, rassomlaming asarlarida, usta-hunarmandlaming ijodlarida, me’morchilik inshootlarida muhrlanib qolgan. Tarixchilar qadimgi Misr madaniyati va me’morchilik san’ati tarixi haqida filer yuritganlarida davrlarning xilma-xilligini sulolalar orqali ko'rsatishni maqsadga muvofiq deb bilganlar.

14. Misr ustunlari

J: Misr ustunlari qator vertikal tayanchlardan, tosh to‘sinlar va plitalardan ishlangan naqshdor yuqori qismdan iborat bo'ladi. Misr ustunlarining umumiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) Daraxt tanasiga yoki o’ralgan qamishlarga yoki o’simlik poyalariga o’xshash o’yilgan tosh vallar, ba’zan papirus ustunlari deb ham ataladi; 2) Zambaklar, lotuslar, xurmo yoki papirus o’simliklari poytaxtlarida; 3) Kurtak shaklidagi yoki kampaniform (qo’ng’iroq shaklidagi ) poytaxtlar; va 4) Yorqin bo’yalgan o’yma bo’rtma bezaklar.

15. Misrda Nilufar shaklidagi gatorik kolonnalar.

J: Misrda qadim zamonlardan kvadrat shaklidagi va ko‘p qirrali ustunlar bilan bir qatorda yumaloq kolonnalardan ham foydalanilgan. Kolonnalar tiplari bu yerda shakllanib bo’lingan, biroq, ajablanarli tomoni, uning shakli konstruksiyada ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarmaydi, balki dekorativlik bilan bog’langan. Kolonna stvoliga nilufar poyasi shakli berilgan, kapitellariga esa - gul shakli. Hatto konstruksiya mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan darajada, asosini kengaytirishni talab qiladigan o'zak yaqinida nozik ishlov berilgan poya uchraydi. Kolonnani esa ba’zan bir poya, ba’zan poyalar bog‘lanmasi tashkil etgan. 0 ‘z-o‘zidan savol tug‘iladi, misrliklar qanday qilib o‘simlik shakilariga taqlid qilishga yetib keldilar? Ehtimol, kulbalar ustunlaridagi suv o‘simliklarining dekorativ shakllari prototip bo‘lib xizmat qilgandir. Nilufar mavzusi bir nechataraqqiyot bosqichini bosib o'tgan. Qadimiy kapitellarda hali ochilmagan g‘uncha tasvirlangan bo‘Isa, keyinroq to‘la ochilgan nilufar gul ifodalangan.

16. Misrda ellinizm davri me’morchiligi.

J: Misr ellinizmi davri arxitekturasining eng yorqin namunasi bu Edfudagi Gora ibodatxonasidir. Uning barcha xonalari-pilon, ochiq hovli, kirish va gipostil zallari, muqaddas va sig‘inish xonalari xuddi yangi podsholik ibodatxonalaridagi kabi simmetrik ravishda bir o‘qqa joylashgan. Ibodatxona atrofini tashqi devor bilan o‘rab, kirish zali oldida ochiq hovli va pilon yaratilgan. Natijada ochiq hovli devorlari bilan ibodatxona devorlari orasida bemalol harakat qilish mumkin bo’lgan yo‘lak vujudga kelgan. Shubhasiz, bunday erkin va aniq kompozitsion yechim misr ellinizmining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Darhaqiqat hovlining oldidagi pilon juda salmoqlidir. Uning balandligi 35 metr, eni esa 76 metrga teng. Ma’lumki, yangi podsholik vaqtidanoq pilonlarning sirtlarini relyefli kompozitsiyalar bilan to‘ldirish odat edi.

17. Messopotamiya arxitekturasi bosqichlari nimalardan iborat?

J: Mesopotamiya me’morligining o‘ziga xos xarakterli tomonlari eramizdan avvalgi 4 ming yillikda Shumer madaniyati shakllangan paytlarda yuzaga keldi. Bu davrga kelib odamlar yashaydigan yirik manzillar markazi baland su’niy yoki tabiiy tepaliklar ustiga qurilgan monumental saroylar markaz vazifasini o‘tay boshlagan. Ular asosan, xom gishtdan ishlangan, devor yuzasi pishiq gisht parchin va qisman toshlar bilan qoplab chiqilgan. Binoning tashqi devori tokchalar va yarim ustunsimon vertikal chiziqlar bilan ajratilgan. Bu hajmlar binoda yorug‘ - soya mosligini kuchaytirib, uning tantanavor ko‘rinishini oshirgan. Saroy su’niy tepalik ustiga qurilgan bo’lib, unga zinalar bilan chiqilgan. Devorning ichki va tashqi tomonidagi yarim ustunsimon, hajmlar uning pishiqligini oshirishga xizmat qilgan.

18. Urdagi zikkurat qanday tuzilgan?

J: - diniy inshoot bo’lib , o’z tuzilishi bilan Misrdagi zinali piramidalarga o’xshaydi. Ammo piramidalardan faqi shundaki , ichida go’rxona va ziyoratgohlar qurilmagan, uning balandligi 58 metr bo’lib, asos tomonlari uzunligi 60 metr.

19. Dur-Sharrukindagi saroy II saroyida nechta turdagi ibodatxonalar bor?

J: Dur-Sharruken (hozirgi Xorsobod) dagi Sargon II saroyi xarobalari (er. av. VIII asrning ikkinchi yarmi) shu davr monumental me’morchiligining xarakterli tomonini ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi. Bu saroy balandligi 14 m. bo’lgan su’niy tepalikka qurilgan bo’lib, u qalin devor bilan o‘ralgan. Saroy mehmonxona, yotoqxona va diniy marosimlarga mo’ljallangan xonalardan iborat bo’lib, ular alohida ochiq hovli atrofida joylashtirilgan.

20. Bobildagi qanday inshoatlar qadimiyatning mo‘jizalar qatoriga kiradi?

J: Bobilda Semiramida sharafiga bunyod etilgan gumbazli osma bog'lar dunyoning yetti mo‘jizalaridan biri hisoblanadi. Osma Bog‘!ar - Bobilda malika Semiramida sharafiga quriigan ko‘p qavatli bog‘. Shiftlari tosh gumbazli bo‘lgan.

21. Bobilning Ishtar darvozasi haqida ma’lumot bering?

J: Yangi Bobil imperiyasi poytaxti bo’lgan Bobil miloddan avvalgi 605-562 yillarda hukmronlik qilgan Nebuchadnazar II tomonidan bunyod etilgan. Shahar to‘rtburchak, sakkiz darvozali, ikki qator qo‘rg‘onli; markazida Marduk ibodatxonasi joylashgan. Ishtar deb atalgan darvozasi devori oltin rangli farizalar, sirlangan ko‘k g'ishtlar; sher, buqa va ajdar tasvirlari bilan bezatilgan.

22. Mesopatamiya jahon arxitekturasining rivojiga nimalar qo‘shdi?

J: Mesopatamiya arxitekturasi o’ziga xos jixatlari mavjud undagi binolarda Rim, Yunon va albatta Misr arxitekturalarini qaysidir manoda takrorlanmasligi bunga misol. Uning o’zigacha uslubda qurilganligini ko’rishimiz mumkin. Misr, Yunoniston, Rimda tosh bloklardan foydalanilgan bo’lsa Mesopatamiya turli g’ishtlardan foydalanilgan, malasalan: xom g’isht, kuygan g’isht, sirli g’ishtlardan foydalanilgan. Eng kuchlisi sirlangan g’isht bo’lib chiqdi, u dastlab pechda yoqilgan, so’ngra rangli sir qatlami qo’llanilib, yana pishirilgan. Bu ekspresiv dekorativ elementlar bilan bezatilgan bardoshli va chiroyli inshootlarni yaratishga imkon berdi.

23. Midiya turar uylari va maqbaralari qanday tuzilgan?

J: Qadimgi tarixchilarning yozishicha baland tog‘yon bag‘rida joylashgan Ekbaton shahrining umurnan devori bo‘lmagan faqat baland ko'tarib turgan shahridan uchtasigina mustahkam devorlari bilan himoyalangan. Saroy binolari bir necha peshayvonli zallardan iborat bo’lib, ularni bir-biridan xovlilar ajratib turgan. Midiya Ekbatondan tashqari, yana ko‘pgina boshqa shaharlar mavjud bo’lib, kanallar, katta-katta turar uylar, bog’lar va uzumzorlar shaharning asosiy hayot qismini tashkil etgan.

24. Axmoniylar davri arxitekturasi haqida nima bilasiz?

J: Fors axmoniylari san’ati va arxitekturasi ularni ko’chmanchi xalqlarga xos bo'lgan amaliy bezak san’atini nazarga olmaganda an’anasiz yaratildi. Toshlarni qayta ishlash, qoyalarni yo‘nib maqbaralar o‘rnatish urartu va midiyadan qulchilik ziynati mesopatamiyadan, ba’zi bir shakllar assuriya, bobil, misr va yunonliklardan o'tgan. Shahar atrofi tog’lar bilan o‘ralgan baland tepalikka joylashgan piramida shaklidagi tepalikning ichida katta ayvon ko‘tarilgan, bu yerda shox qo‘rg‘oni joylashgan.

25. Parfiya arxitekturasining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

J: Parfiya davlati o‘zini eng ravnaq topgan davrida Er. I aslarida. Hindistondan Yevratgacha, Kaspiydan Hind va Fors ko‘rfazigacha, bo’lgan yerlarda o‘z ta’sirini o‘tkazib qadimgi Rim davlati bilan raqobatda bo’lgan. Ammo oldingi yunonliklar olib borgan urushi va Parfiya amaldorlarining ellinizm madaniyatiga moyilligi Parfiya madaniyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shuning uchun ham Parfiya yodgorliklarida ayniqsa, uning g‘arbiy viloyatlarida Yunon, Rim arxitekturasi namunalarini ko‘rishimiz mumkin.

26. .Egey dunyosi me’morligining necha va qanday bosqichlari mavjud?

J: Antik dunyoning eng qadimgi tarixi «egey» yoki «krit-miken» madaniyati bilan boshlanadi. Bu madaniyat yodgorliklarining dastlabki arxeologik kashfiyotlari Mikena va kritda topilganligi va mo’lligi tufayli bu san’at adabiyotlarida ba’zan krit-miken san’ati deb ham yuritiladi. Egey madaniyatining eng gullagan davri eramizdan avvalgi 2000-yillarga to’g’ri keladi. Bu davrda hashamatli me’morchilik kompozitsiyalari, podsho saroylari, san’at namunalari yaratildi. Shunday nodir yodgorliklardan biri ingliz arxeologi A. Evans tomonidan Kritda topilgan Knoss saroyining qoldiqlaridir. Bu saroy uncha baland bo’lmagan tepalik ustiga qurilgan. Saroy tabiat bilan uyg’unlashib ketgan.

27. .Knoss saroyining tuzilishi qanday?

J: Knoss saroyi dengiz bilan himoyalanganligi sababli atrofi o’ramaydilar. Knoss saroyidagi eng e’tiborli joy – to’g’rito’rtburchak shaklidagi uzun tomoni 52,5 metrli ichki hovlisidir. Knoss saroyi xonalar, mehmonxona, ibodatxona, podsho xonalari, diniy marosimlar o’tkazish uchun mo’ljallangan xonalar bo’lgan.

28. «Sherlar darvozasi» haqida nima bilasiz?

J: Sherlar darvozasi – Mikena akropolining kirish qismi hisoblanadi. Darvozaning yuqori qismi – katta monolit tosh yotqizilgan uchburchak shaklidagi kirishga ikki sher tasvirli bo’rtma haykal tushirilgan. Egey san’atidagi yagona mahobatli haykaltaroshlik namunasidir.

29. Krit orolidagi shaharlarning qo‘rg‘on devorlari bo’lganmi? Mikekliklarni -chi?

J: Kritdagi shaharlar qalin devorlar bilan o‘rashga muhtoj emas edi. Chunki shaharni dengiz qo‘riqlar edi. Aksincha, axeyaliklar o‘z turar joyi va qo‘rg‘onlarini baland tepaliklar ustiga qurib, uning atrofini qalin devorlar bilan o‘rab chiqqanlar. Keyinchalik greklar bunday manzillarni «akropol» -«yuqori shahar» deb nomladilar. Bizgacha Mikena va Tirinifdagi baland tepaliklar ustiga qurilgan qal’alar, qo‘rg‘onlar yetib kelgan. Ular er. av. XIV-XIII asrlarda qurilgan. Bu qo‘rg‘onlarning devorlari og‘irligi 5-6 tonna keladigan toshlardan qurilgan bo’lib, devorning qalinligi 6-10 m, hatto undan ortiq ham bo’lgan. Trinifdagi akropol sodda, atrofi qalin devor bilan o‘ralib, uning uch darvozasi bo’lgan.

30. Krit va Miken me’morligining vorislari kimlar bo’lgan?

J: Er. av. XII asr o‘rtalarida Bolkon yarim orollarining shimolidan janubga tomon siljiy boshlagan doriy qabilalarining Egey orollaridagi davlatlarini bosib olishi Peloponnesdagi Egey madaniyatining tugashiga sabab bo‘ldi. Lekin uning boy madaniyatining keyingi ellin madaniyatiga ta’siri kuchli bo‘ldi. Efladaliklar Egey madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘zlashtirdilar. Ular Krit-Miken diniy-mifologik tushunchalarini qabul qiladilar. Odatda, qadimgi Gretsiya me’morchiligi tarixi Mikenaning qulashi va doriylar tomonidan peloponnes, uning janubida joylashgan orollar, Kritning bosib olinishi bilan boshlanadi

31. Qadimgi Yunoniston (Gretsiya) arxitekturasining necha va qanday bosqichlari bor?

J: Odatda, qadimgi Gretsiya me’morchiligi tarixi Mikenaning qulashi va doriylar tomonidan peloponnes, uning janubida joylashgan orollar, Kritning bosib olinishi bilan boshlanadi va er. av. XI asrdan to er. av. I asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu tarixiy-badiiy davr to‘rt bosqichdan iborat: 1. Gomer davri (er. av. XI-VIII asrlar). 2. Arxaika davri (er. av. VII-VI asrlar). 3. Klassika davri (er. av. V-IV asrlarning birinchi uch choragi). 4. Ellinizm davri (er. av. IV-I asrlar).

32. Megaron bilan yunon ibodatxonalari tiplari orasida qanday bog’liqlik mavjud?

J: Gretsiya yerlarida mulkiy tengsizlikning kelib chiqishi natijasida, quldorlik tuzumiga zamin yaratildi. Bu davrda Grek mifologiyasi, xalq epik poeziyasi paydo bo‘lib, ularda halq hayoti, uning ma’naviy intilishi va jasorati tarannum etiladi. Shu davrga oid me’morlik namunalari esa, qa’Ia, qo‘rg‘onlarning qoldiqlari orqali yetib kelgan. Ular o‘z xarakteri jihatidan Mikena me’morligini eslatadi. Loy, tosh, yog‘och, bronza yoki suyakdan ishlangan xaykaltoroshlik namunalari topilgan.

33. Order nima? Uning necha turi bor? Unda qanday umumiy va xususiy jihatlar mavjud?

J: Order (yunonchasiga - ) deb nom olgan bu tizim oldin yog’ochdan, keyinchalik tabiiy toshlardan yasalgan konstruksiyada o’z ifodasini topgan . Order uch turda bo’lib , va turdagi ustunlar tizimi yaratilgan. Ioniy orderi jingalak sochlarni eslatib turadi. Doriy orderida erkak timsoli tasvirlanadi. Korinf orderi jimjimador bo’lib akanf darxti barglaridan tashkil topgan buketni eslatadi.

34. Qadimgi Yunoniston (Gretsiya) Arxaika davri me’morligining qanday namunalarini bilasiz?

J: Arxaika davrida me’morlik ayniqsa, avvalgi davrlarga nisbatan tez sur’atda rivojlandi. Arxaika davri me’morligining o‘ziga xos tomoni ham aynan Order sistemasida ko‘proq kuzatiladi. Me’morlikdagi orderlar uch turdan iborat: birinchisi – doriy; ikkinchisi – ion; uchinchisi – korinf. Doriy orderiga xos ustunlar yuzasi tarnovcha (kannelyura) lardan iborat bo‘lib, tepa tomonga kichrayib boradi va stereobat deb ataluvchi tosh asosga o‘rnatiladi. Ustunning yuqoridagi tugallangan qismi dumaloq botiq shar (Exin) bilan ulanadi. Tepa qismidagi to‘rtburchak shaklli plita (abaka) – arxitrav, karniz va frizdan iborat yaxlit antabliment kompozitsion birikmasini tashkil etadi.

35. Qadimgi Yunoniston (Gretsiya) Klassika davri arxitekturasi haqida ma’lumot bering.

J: Klassika – san’at va madaniyat, falsafiy qarashlar, poeziya va dramma ijodiyotining gullab yashnagan pallasi hamdir. Klassika davrida ko‘plab mahoratli haykaltaroshlarning yetishib chiqishi va sermahsul ijod qilishi natijasida haykaltaroshlik taraqqiyot cho‘qqisiga ko‘tarildi. Klassika me’morchiligida peripter tipidagi ibodatxonalar, doriy uslubidagi saroylar, hashamatli binolar qad ko‘tardi. Klassika davrida Dions teatri, Afina Attikasi, Egina Afinasi, Afina Akropoli, Parfenon, Erexteyon, Afayi ibodatxonasi, Zevs, Gera, Nika kabi ibodatxona va boshqa binolar qurildi.

36. Olimpiyadagi va Akragantdagi Zevs ibodatxonalarida tektonika jihatidan qanday tafovut bor?

J: Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi o‘zining nisbatlar garmoniyasi, badiiy bezagining nafisligi bilan xarakterlanadi va grek me’morligining shox namunalaridan hisoblanadi. Zevs ibodatxonasi uchun ishlatilgan ustunlar uzaytirilib olinishi hisobiga binoga ko'rkamlik kiritilgan. Ilk klassika davri me’morlik kompozitsiyalarini burtma tasvirlar bilan bezash san’ati Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi burtma tasvirlarida yuksak darajaga ko'tarildi. Akrogantdagi zevs ibodatxonasi haqida maluot topilmadi.

37. Afina akropoli inshootlarida umum yunon g‘oya qanday ravishda o‘z aksini topgan?

J: Yuqori klassika davrida Afina akropoli o‘zining tugal ko‘rinishini egalladi. Perikl tashabbusi bilan Afinaning ichki qa’Iasi-Akropol qayta tiklandi. Bu qa’la Eron-grek urushida vayron bo’lgan edi. Er. av. V asrning uchinchi choragida bu yerda oq marmardan yasalgan grek me’morligining nodir durdonalari bo’lgan. Parfenon, katta darvozaxona-Propiley, qanotsiz g‘alaba ma’budasi Nikega atab qurilgan ibodatxona (Nike Apteros) qad ko‘tardi. Akropolning ochiq maydonida Afina xaykali o‘rnatilgan. Afina akropoli davlatning kuch-qudratini va ulug’ligini o‘zida ifodalab, grek tarixida birinchi bor umum ellin birligini namoyish etuvchi me’morlik ansambli edi. Grek klassikasi me’morligining beqiyos namunasi, aql-zakovot va afinaliklar xomiysi bo’lgan Afina ma’budasiga bag’ishlangan Parfenon ibodatxonasi hisoblanadi.

38. Qadimgi Yunoniston (Gretsiya) teatrlari qanday qismlardan tashkil topgan?

J: Teatr yunonlar hayotida alohida oʻrin egalladi. Ayniqsa, quldorlik davri gullagan paytda teatr ahamiyati yanada ortdi. Teatr, asosan, 3 qism: orxestr, tomoshabinlar uchun joy va chodirdan iborat boʻldi. Bulardan eng qadimiysi orxestr yumaloq maydon boʻlib, unda aktyor va xor ijrochilari tomosha koʻrsatganlar. Dastlab barcha tomoshabin orxestr atrofida oʻtirganlar, keyinchalik omma uchun alohida joylar ajratilgan. Teatr binolaridan qadimiysi Afinadagi Dionis teatri binosi hisoblanadi. Keyingi eng katta Afina teatri miloddan avvalgi 4-asrning 2-yarmida qurildi. Teatrda tragediya va komediyadan tashqari mifologik syujetga ega satirik spektakllar ham qoʻyilgan. Teatrlar nafaqat yirik savdo markazlarida, balki kichik shaharlarda ham qurila boshladi.

39. Afina akropoli ellinizm arxitekturasi jihatlari nimalarda ko'rinadi?

J: Yuqori klassika davrida Afina akropoli o‘zining tugal ko‘rinishini egalladi. Perikl tashabbusi bilan Afinaning ichki qa’Iasi-Akropol qayta tiklandi. Bu qa’la Eron-Grek urushida vayron bo’lgan edi. Er. av. V asming uchinchi choragida bu yerda oq marmardan yasalgan grek me’morligining nodir durdonalari bo’lgan. Parfenon, katta darvozaxona-Propiley, qanotsiz g‘alaba ma’budasi Nikega atab qurilgan ibodatxona (Nike Apteros) qad ko‘tardi. Bu binolar badiiy bezaklarga boy bo’lgan. Masalan Propiley devorlari davlatning jangovor o‘tmishini tasvirlovchi suratlar bilan bezatilgan. Akropolning ochiq maydonida Afina xaykali o‘rnatilgan. Afina akropoli davlatning kuch-qudratini va ulug’ligini o‘zida ifodalab, grek tarixida birinchi bor umum ellin birligini namoyish etuvchi me’morlik ansambli edi. Akropol tepaligining yon bag‘rlarida qurilgan ibodatxona va tomoshaxonalar esa uni yanada muqaddas dargoh darajasiga ko‘targan.

40. Qadimgi Rim me’morchilik tarixi necha bosqichni o‘ziga oladi?

J: Qadimgi Rim me’morchiligi Apenin yarimorollaridagi ko‘pgina xalqlar, jumladan, etrusklar, keyinroq Rim bosib olgan yerlardagi boshqa xalqlar arxitekturasi ta’sirida rivoj topdi. Me’morlikda davlatning kuch - qudratini tarannum etildi. Rimliklar ko‘pchilikka mo‘ljallangan muhtasham binolar qurdilar, Bunday xarakterdagi binolar bu davr uchun yangilik bo‘ldi. Qadimgi Rim yirik shahar bo’lib, o‘zining juda ko‘p ibodatxona, saroy va boshqa binolari bilan mashhur bo’lgan. Konstantin 1 tomonidan poytaxtning Konstantinopol shahriga ko‘chirilishi bilan Rim o‘zining avvalgi siyosiy mavqeyini yo‘qotadi. Qadimgi Rim me’moriy yodgorliklari, Forum, Kolizey, Panteon. Uyg‘onish davri va Barokko usulubiga mansub inshootlar (Kanchelleriya, Franeziya, Barberini palatssolari, Pyatssa, Navon, villa va boshqalar) Rimni bezab turadi.

41. Qanday qurilish ashyolari va konstruksiyalari tarqalgan edi?

J: Rimliklar ko‘pchilikka mo’ljallangan muhtasham binolar qurdilar. Me’morlikda rimliklarning aql- zakovati yaqqol namoyon bo’ldi. Bu me’morlik etrusk va yunon me’morlik san’ati traditsiyalariga, qisman qadimgi Sharq me’morligi san’ati an’analariga tayangan holda rivojlangan. Uni yangi uslublar bilan boyitdilar. Ayniqsa, rimliklar tomonidan betonni ixtiro etilishi va ustun-to‘sin sistemasiga yangi konstruksiyalar kiritilishi, arka, qubba va egri ravoqning erkin va keng qo’llanilishi faqat Rim me’morligidagina emas, balki jahon me’morlik san’atida ham haqiqiy inqilob bo’ldi. Bu sistema katta fazoviy kenglikni yopa oladigan, xona ichida esa katta fazoviy kenglikni yaratish imkoniyatini beradigan me’morlik kompozitsiyalarini vujudga keltirdi. Rim san’atidagi o‘ziga xoslik tasviriy san’atda, ayniqsa, uning portret janrida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu yerda juda erta dastgoh san’ati rivoj topdi.

42. Qadimgi rimliklarning qanday turar uylari bo’lgan?

J: Qadimgi rimliklar uyi to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘lib, atrium deb atalgan. Ko‘cha eshigidan kirgandagi birinchi xona oila a’zolari uchrashadigan joy bo’lgan. Tom o'rtasida compluvium deb atalgan to‘rtburchak joy ochiq qoldirilib, nishablari hovli o‘rtasiga yo‘nalgani uchun suv hovliga tushgan. Lekin hovli tuproqli emas, hovuzli bo’lib, u impluvium deb yuritilgan. Yomg'ir suvi yig’ilgan. Ba’zi hovlilarning yon tomonida bog’lari ham bo’lgan. Bino ichi atrofida ustunlar qad rostlagan. Bog‘ yoki bino ortidagi joyga fauces – yo’laklardan o‘tishgan. Kattaroq uylarda Vestibulum nomli dahlizi bo’lgan. Dastlab bir qavatli qurligan bo’lsa, keyinroq ikki qavatli uylar, respublika davri oxirlarida uch qavatli uylari ham qurligan. Yuqori qavat turar joylari coenaculum deyilgan. Biroq hammaning ham uyi bunday bo’lavermagan.

43. Muhandislik inshootlar haqida nima bilasiz?

J: Me’morlik inshoatlaridan 81-yil da qurilgan Tit zafar darvozasidir. Keyinroq Septimiy Sever va Konstantinlarga ham atab shunday zafar darvozalar qurilgan. Rim arxitekturasining keyingi respublika davri imperiya davri arxitekturasiga o‘tish davri bo’lib hisoblanadi. Eng yirik jamoa inshoatlari tantanaviy xarakterga ega bo‘lgan. Shaharning markaziy maydonlari forumlari ayniqsa xashamdor bo’lgan. Rimning asosiy yo’llari shu forumlardan boshlangan uning markazida xaykallar monumental ustunlar o‘rnatilgan. Forumlar ichida imperator Troyan forumi alohida ajralib turadi. Uni me’mor Appalador 107-113-yillarda qurdirgan. O’rtasida 27 metrli ustun joylashgan.

44. Qadimgi rimliklarda qanday o‘ziga xos inshoot tiplar bo’lgan?

J: Rimda juda ko’plab o’ziga hos inshoot tipalari bo’lgan Bulardan biri Rim me’morligida paydo bo’lgan yangi tipdagi binolardan biri termlardir. Imperator Karakalla davridagi term (221-216-yillarda qurilgan ayniqsa, katta xashamatli bo’lgan. Rim me’morligining so‘nggi me’morligi Rim forumidagi Maksensi bazilikasidir. 306-312-yillarda qurilgan bu bino antik davrning eng katta fuqorolik me’morligi namunasidir. Turli siyosiy yig‘ilishlar o‘tkazish savdo-sotiq ishlarini olib borish uchun mo’ljailangan bu bino ichkaridan uch qismlarga bo’linadi.

45. Rim imperiya davri arxitekturasi nimalar bilan xarakterlanadi?

J: Qadimgi Rim me’moriy yodgorliklari, Forum, Kolizey, Panteon. Uyg‘onish davri va Barokko usulubiga mansub inshootlar (Kanchelleriya, Franeziya, Barberini palatssolari, Pyatssa, Navon, villa va boshqalar) Rimni bezab turadi. Qadimgi Rim me’moriy yodgorliklari, Forum, Kolizey, Panteon. Uyg‘onish davri va Barokko usulubiga mansub inshootlar (Kanchelleriya, Franeziya, Barberini palatssolari, Pyatssa, Navon, villa va boshqalar) Rimni bezab turadi.

46. Buddizm dini va uning me’morchilik san’atiga ta’siri qanday bo‘lgan?

J: Me’morlikda keng ishlatilgan haykaltaroshlik san’ati o‘rnini o‘yma va chizma naqshlar egalladi, jonli narsalar tasvirini ishlash kamaydi. Shunga qaramay, hind san’ati an’analari o‘z umrini yangi davrda ham davom ettirdi. . Hind ustalari yangi davr memorligi kompozitsiyasini qadimgi hind san’ati an’analari bilan boyitdilar. Islom dini bilan bog‘liq bo’lgan hind masjidlari ham plan hamda tuzilish jihatidan sodda va ratsionaldir. Uch tomoni ustunli ayvonchalar, to‘rtinchi tomoni ustunli nomozgox bo’lib uning g’arb tomonida mehrob joylashgan. Hindistonda qurilgan dastlabki masjidlar badiiy jihatdan sodda bo’lgan. Markazlashgan Boburiylar davlatida yangi shaharlar (Agra, Fatexnur-Sikri) vujudga keldi. Mustahkam devorlar bilan o‘ralgan masjid, maqbara, saroy va bog’lari bo’lgan katta qal’alar yaratildi.

47. Hindiston, Shri-Lanka, Indoneziya me’morchiligining asosiy xususiyatlari.

J: Ibodatxona devorlari bo‘rtma tasvirlar (barelyef va gorelyef) bilan qoplangan. Unda Shiva va uning yo’ldoshi Parvati hayotiga bag’ishlangan voqealar, braxmanizm bilan bog’liq epizodlar tasvirlangan. Ibodatxonaning ichki xonalari hajm jihatdan uncha katta bo’lmay, ularni bezashda ham haykaltaroshlik sanati yetakchi o'rinni egallaydi. Devoriy rassomlik sanati ikkinchi darajali rol o‘ynagan. VIII asrga kelib, ibodatxonalaming, asosan, ikki tipi odat tusiga kirdi. Bulardan birinchisi, shimoliy Hindiston yerlarida qurilgan bo’lib, bu tipdagi ibodatxonalarning tepa tomoni uchi bir oz qayrilgan baland minorali, ikkinchisi esa, zinali, piramidal shakldagi ibodatxonalar boiib, ular ko‘proq janubiy Hindiston yerlarida keng tarqaldi.

48. Yaponiya, Xitoy, Koreya me’morchiligida diniy inshoatlar qurilishi qanday rivojlangan?

J: Yapon me’morchiligining o‘ziga xos uslublaridan biri - yog‘och qurilmalardir (ya’ni ustunlami yog‘ochdan tayyorlash uslubi). Qadimgi davrning eng muhim yodgorliklaridan Isedagi sintoist ibodatxonasi me’moriy kompleksi hisoblanadi, qaysiki yangi eraning 1 asrida yaratilgan. U tog‘li hududda joylashgan va 2 ta ibodatxonadan iborat. "Nayka" ichkisi Ameterasu xudosiga bag‘ishlangan. "Geka" tashqisi Toyonke hosilot xudosiga bag'ishlangan. Binolar yerdan ustunlar bilan ko‘tarilgan va 4 ta qator to‘siqlar bilan qoplangan.

49. Yaponiya, Xitoy, Koreya hududlarga xos asosiy me’moriy inshootlarni tahlil qilib bering.

J: Yapon me’morchiligining o‘ziga xos uslublaridan biri - yog‘och qurilmalardir (ya’ni ustunlami yog‘ochdan tayyorlash uslubi). U hozirgi paytda ham sintoist ibodatxonalar qurilmalarida, dehqon uylari qurilmalarida va bir qism shahar uy-joy qurilishlarida ham saqlanib qolgan. Qadimiy Yapon me’morchiligi namunalarini Itzumo va Ise sintoist ibodatxonalarida ko‘rishimiz mumkin. Qurilishdagi aniq o’lchamlar va simvolik to’ldirishlar qurilishlarni to‘g‘ri va chiroyli yaratish, qurilish maydonlari va tabiiy landshafflardan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. Bunday me’morchilik namunalariga Kiyotodagi Reyyan ibodatxonasi misol bo’ladi. Yaponiyaga Buddizmning Koreya orqali Xitoydan kirib kelishi yangi san’at shakllarini yaratishda asosiy rol o‘ynadi. Xitoy va Koreya ustalari ilk budda masjidlari va monastirlarini qurdilar.

50. Old Osiyo me’morchiligidagi shaharlar haqida umumiy ma’lumot.

J: Old Osiyoda miloddan avvalgi IV ming yillikdan shumerlar o‘rnashadi. Ular Ur, Lagash, Uruk shaharlarini barpo etadilar. Bu shaharlarning xususiyati quyidagicha: shakli asari oval bo‘lgan, ko‘chalar odatda shimoli-g‘arbdan, janubi-sharqqa yo'nalgan bo‘ladi. Nippur — shumerlarning muqqaddas shahari hisoblangan. Asosiy ma’bud — Enlilga bag‘ishlangan edi. Frot qirg‘og'ida bo’lgan. Muqqadasgoh yarim shaharni egallagan bo‘lib, unda ibodatxonalar va zikkurat bo‘lgan. Bu joyda kohinlarning uylari hamda kutubxona bor edi.

51. Old Osiyo me’morchiligida Xorsobod arxitekturasi.

J: Xorsobod - faqat mustahkamlangan devor bilan o‘ralgan uylar majmuasidan iborat shahar; daryo uni kesib o‘tmaydi, chunki u orqali dushman shaharga kirib olishidan qo‘rqishgan. Bunday bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfga shu darajada katta e’tibor berilar ediki, agar shahar o‘rtasidan daryo o‘tgan bo’lsa uning ikkala qirg‘og‘ini ham qal’a chizig‘i bilan mustahkamlashga harakat qilinar edi. Xorsabod saroyi yaxlit to‘siq bilan o‘ralmagan; u daryoning qirg‘oqlaridan birida joylashgan bo’lib, u vohadan panoh topishga yoki Tigr daryosiga yetishga imkon berar edi. Istehkom devorlaridagi ikki darvoza hech qachon bir biriga qarama-qarshi qilib qurilmagan, ko‘rinishini ochib qo‘yish mumkin bo’lishini to'sib qo‘yish uchun, biridan ikkinchisiga o‘tiladigan uylar qurmasllikka harakat qilishar edi.

52. Old Osiyo me’morchiligida istehkom arxitekturasi.

J: Istehkomlar - Bobilning istehkomlari uch qavatli edi. Xorsobodda ikkinchi darajali bo’lgan joyda faqat bitta devor bo’lgan, uning poydevori toshli, usti loyli bo’lib, rejada kvadrat shaklidagi minoralar bilan tugallangan. Barcha qal’alarning devorlari releflarida tishli qilib ko‘rsatilagan; Misrdagi istehkomlarda biz tavsiflagandek xuddi shunday tishli tuynuklar ko'rinadi. Ba’zida devorlaring tishlari tashqi tomondan maskirovka qurilmalari bilan himoyalanar edi, ular qamal paytida qo'yilar va dumaloq qalqondan iborat edi. O ‘z shakli va mustahkamlanish usuliga ko‘ra bu maskirovka qurilmasi harakatlanuvchi (ko‘chma) boiar edi, uni o‘rnatish qulayligiga ko‘ra u oldindan himoya qilar edi (ekran vazifasini bajar edi), goh yuqoridan himoya qilar edi.

53. Midiyaliklarning turar uylarga tahlid qilingan maqbaralari.

J: Midiyaliklarning turar uylarga tahlid qilingan maqbaralari, baland qoyalarga o‘rnatilgan bo’lib, Forslaming so‘ngi davrdagi maqbaralaridan birmuncha farq qiladi. Midiyaliklar ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, forslar tez orada o‘sha davridagi madaniyatlashgan olamning talaygina qismini bosib oladilar va qadimgi Sharq davlatlari orasida eng qudratliligini tashkil etdilar. Fors axmoniylari san’ati va arxitekturasi ulami kuchmanchi halqlarga xos bo'lgan amaliy bezak san’atini nazarga olmaganda an’anasiz yaratildi.

54. Old Osiyodagi Kir maqbarasi haqida ma’lumot?

J: Kir maqbarasi uncha katta boimagan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi xona 6 zinapoyali asosga o‘rnatilgan va 2 nishabli tom bilan yopilgan. Maqbara katta hajmdagi toshlardan terilgan bo’lib, uning umumiy balandligi 11 m teng. Takidlash lozimki, maqbarani yaratishda me’mor qo’llagan uslub yani terilgan toshlar balandligini sekin asta qisqarib borishi, bu su’niy perspektiva masshtabini hosil qilish orqali inshootni o‘zini haqiqiy o’lchamidan ulug‘vor qilib ko‘rsatishdir.

55. Qadimgi Gretsiya me’morchiligi tarixiy-badiiy davri.

J: Odatda, qadimgi Gretsiya me’morchiligi tarixi Mikenaning qulashi va doriylar tomonidan peloponnes, uning janubida joylashgan orollar, Kritning bosib olinishi bilan boshlanadi va er. av. XI asrdan to er. av. I asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

■ Bu tarixiy-badiiy davr to‘rt bosqichdan iborat:

■ 1. Gomer davri (er. av. XI-VIII asrlar).

■ 2. Arxaika davri (er. av. VII-VI asrlar)

■ 3. Klassika davri (er. av. V-IV asrlaming birinchi uch choragi).

■ 4. Ellinizm davri (er. av. IV-I asrlar).

■ GOMER DAVRI ME’MORCHILIGI. Qadimgi Gretsiyatarixining er. av. XI-VIII asrlari Gomer davri deb ataladi. Bu davr arxitekturasi va madaniyatining o'rganishda Gomeming «Iliada» va «Odisseya» dostonlari qimmatli manba hisoblanadi.

■ ARXAIKA DAVRI ME’MORCHILIGI. Er. av. VIII asr oxirla- ridan boshlab, ilk sinfiy jamiyat qaror topa boshiadi. Er. av. VII-VI asrlami arxaik, ya’niy qadimgi (grekcha «arxeyos»-qadimgi demakdir) davr deb nomlanadi.

56. Grek ibodatxonalarining eng keng tarqalgan turi.

J: Grek ibodatxonalarining bir necha tipi bo’lib, bularning ichida eng keng tarqalgan tipi periptr hisobolanadi. Bu tipda qurilgan binoning markaziy qismi muqaddas yer-sella bo’lib, atrofi esa ustunlar bilan o‘ralgan. Grek me’morchiligini bu tipi faqat grek me’morchiligida emas, balki jahon me’morchilik rivojida ham katta rol o‘ynaydi. Bu butun badiiy sistema order nomini oldi (lotincha «ordo» - tuzilish, tartib ma’nosini bildiradi). Order keyinchalik Gretsiya me’ morligining asosiy xususiyatini belgilovchi muhim omilga aylandi. Doriy orderida ishlangan ibodatxona yuqoriga kichrayib boruvchi uchta supacha tarzidagi tosh asos-stereobatga qurilgan.

57. Ion orderi haqida umumiy ma’lumot.

J: Ion orderdi eramizdan avvalgi VII asr oxirlarida paydo bo’lgan. Ion orderida tarnovchali ustunining kapitelini ikki tomonga buralib turgan jingalag sochni eslatuvchi shakl valyuta, exin va abak tashkil etadi. Friz lentasimon qilib ishangan va bezaksiz.

58. Ilk arxaika ibodatxonalari haqida umumiy ma’lumot.

J: Ilk arxaika ibodatxonalari birmuncha past va cho’zinchoq qilib ishangan. Ularning ko’rinishi vazmin va salobatli. Buyuk Gretsiyada arxaik davrda ko’plab doriycha ibodatxonalar qurilgan. Ulardan eng yaxshisi Selunentdagi ibodatxonadir. U Pestemdagi bazilika deb nom olgan.

59. Grek klassik davri me’morchiligi qanday davrlarga bo’linadi?

J: Grek klassikasi davrini shartli ravishda ilk klassika, yuqori va so‘nggi klassika davriga bo’linadi. Ilk klassika eramizdan avvalgi 490- 450-yillardagi eron-grek urushi davriga to‘g‘ri keladi. Bu davr san’atida realistik tendensiyalarning ortib borishi bilan xarakterlanadi. Me’morlikda, asosan, peripter tipidagi ibodatxonalar qurilishi yetakchi o‘rinni egallaydi. Ular ko‘pincha doriy uslubida qurildi. Lekin ularning har biri me’morning ijodiy yondoshishi natijasida o‘ziga xos individual fazilatlar kashf etdi.

60. Parfenon ibodatxonasi arxitekturasi.

J: Parfmenon uzunasiga 17 ustunni old va orqa taraflarida 8 tadan ustunni tashkil qiladi. Binoning o’lchami – 31x70 metrni egallaydi. Ustunlarining balandligi - 10,5 metrni tashkil qiladi.

61. Panteon ibodatxonasi arxitekturasi.

J: Rim me’morchiligining yana muhim yodgorligi - Panteon hisoblanadi. Me’mor Apollodor Damashqiy tomonidan 118-125-yillarda qurilgan bu bino antik dunyoning eng katta gumbli binosi hisoblanadi. Binoning tashqi ko’rinishi sodda, uning old tomonini qizil granitdan ishlangan korinf ustunli peshtoq bezab turadi. Interyer bezatilishiga alohida e’tibor berilgan, poliga marmar yotqizilgan.

62.Rim me’morligining so’nggi muhim yodgorligi? (Makensiya)

J: Rim me’morligining o‘ziga xos tomonlari, uning asosiy tiplari Rim respublikasi davridayoq namoyon bo’ldi. Rimliklar Yunon me’morligining order tizimini qabul qildilar va o‘z faoliyatlarida keng qo’lladilar. Rim me’morligining so’nggi me’morligi Rim forumidagi Maksensi bazilikasidir. 306-312 yillarda qurilgan bu bino antik davrning eng katta fuqarolik me’morligi namunasidir.

63. Rim imperiya arxitekturasi.



J: Qadimgi Rim me’morligi Apenin yarimorollaridagi ko’pgina halqlar, arxitekturasi tasirida rivoj topdi. Uning ravnaqiga, ayniqsa Grek arxitekturasi kuchli ta’sir o’tkazdi. Lekin Rimliklar o’zga xalqlar arxitekturasini o’zlashtirib ,o’rganib uni ijodiy boyitdilar.
Download 41,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish