Ароматик углеводородлар



Download 0,63 Mb.
Sana07.08.2021
Hajmi0,63 Mb.
#140959
Bog'liq
dorixona tarmoqlari

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti farmatsiya yo'nalishi 105-A guruh talabasi Ulug'bekov Humoyunning Mutaxassislikka kirish fanidan Mustaqil ishi

Mavzu:Dorixona tarmoqlarining faoliyati

“999” - Dorixonalar tarmog‘i mijozlar ishonchiga sazovor bo‘ldi


O‘zbekistonda turli tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, bu borada muvaffaqiyatga erishayotgan, ish yuritishning zamonaviy asoslarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygani sababli butun boshli tarmoqqa aylanib borayotgan firma va kompaniyalar juda ko‘p. Bunday tadbirkorlik sub'yektlari orasida ovqatlanish shoxobchalari, kiyim-kechak do‘konlari va boshqalar bor. Aholiga dori-darmonlar yetkazib berish sohasida 17 yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan “999” Dorixonalar tarmog‘i shular jumlasidan.

Reja:

1.999 dorixona tarmoqlari haqida

2.O'zbekistonda farmatsevtika: kecha, bugun, ertaga


“999” — bu hozircha Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi dorixonalar tarmog‘i bo‘lib, adolatli narxlarda keng turdagi dori- darmonlar va boshqa farmatsevtika mahsulotlari, shaxsiy gigiyena vositalarini mijozlarga yetkazib beradi. Xushmuomala va o‘z kasbining ustalari bo‘lgan xodimlar mijozlarga malakali xizmat ko‘rsatishadi.

1

Dori-darmonlardan tashqari, mazkur dorixonalar tarmog‘ining istalgan shoxobchasida tibbiy texnikalar, shaxsiy gigiyena vositalari, dorivor o‘simliklar damlamalari, sport ozuqalari hamda bolalar va onalar uchun maxsus mahsulotlarni xarid qilish imkoniga egasiz.



Aytish joizki, “999” Dorixonalar tarmog‘ida xizmat ko‘rsatish yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgani, mijozning talab va istaklariga jiddiy e'tibor berilgani sababli, aholi orasida ko‘p yillik ishonchga ega.

Fikrimizni 18 aprel kuni Toshkent Farmatsevtika Institutida “O‘zbekistonda Farmatsevtika: kecha, bugun va kelajakda!” konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan tanlov natijasi ham isbotlaydi.

O‘zbekiston farmatsevtika sohasida ilk bora tashkil etilgan o‘ziga xos “PHARMCLUB-2017” tanlovida ishlab chiqaruvchilar, dorixonalar va dorixona tarmoqlarining eng taniqli mahsulotlari aniqlandi. Ta'kidlash joizki, “999” Dorixonalar tarmog‘i ahil jamoasining uyushqoqlik bilan rivojlanish yo‘lida olib borayotgan mehnati besamar ketmadi.

Gap shundaki, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakatimizning eng nufuzli dorixona tarmoqlari orasida “999” Dorixonalar tarmog‘i “Yilning eng yaxshi dorixonalar tarmog‘i” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi va haqli ravishda mijozlar ishonchiga sazovor ekanini namoyish etdi.

Tarmoq rahbariyatining ma'lum qilishicha, korxonaning bu darajadagi yutuqlari va xalq ishonchini qozonishidagi eng asosiy omil

– bu, odatda bir biriga qarama-qarshi keluvchi ikki tushunchalar - me'yorlangan narx va mahsulot, xizmatlar yuqori sifatini ta'minlashni o‘z shiori qilib olganligidir. Shu bilan birga xodimlar saviyasi va malakasini doimiy ravishda oshirib borishga jiddiy e'tibor qaratilishidir. Shu maqsadda xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan tajribali mutaxassislar tomonidan maxsus treninglar tashkil etilishini ham qayd etish joiz.

Firma Toshkentdagi dorixonalari safini viloyatlarda ham faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan kengaytirishni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda, Toshkent shahrida firmaning 15ta shoxobchasi mijozlarga bekamu-ko‘st xizmat ko‘rsatmoqda. Korxona xodimlari doimiy izlanishda bo‘lib, rivojlangan davlatlar tajribasini hayotga dadil tatbiq etmoqda. Xususan, Yunusobod tumani, Xurshid ko‘chasida tarmoqning yangi namunadagi shoxobchasi ish boshladi.

Unda dorixona ichidagi maydon ochiq formatda tashkillashtirilgan va retseptsiz beriladigan vositalardan zarurini tanlash

mijozning o‘ziga havola qilinadi. Mijoz o‘zi tanlagan mahsulotni olib, tanishib, xarid qilishga qaror qilsa, g‘aznachiga pulini to‘laydi va olib ketadi. Faqatgina retsept bilan olinadigan dorilar uchun bevosita farmatsevtga uchrashish lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, firma o‘z faoliyatida doimiy mijozlarni qo‘llash programmasi – diskont kartalarni joriy qilgan. Programma ishtirokchilari diskont kartasi yordamida dori-darmonlar qiymatidan 3%, boshqa mahsulotlar qiymatidan esa 5% chegirmaga ega bo‘ladilar.



Xullas, aytish mumkinki, “999” Dorixonalar tarmog‘i – xalq orasida katta ishonchga ega bo‘lgan va O‘zbekistonda dorixonalar sohasini rivojlanishi hamda uni rivojlangan davlatlar standartlariga yaqinlashtirishda katta hissa qo‘shgan korxonadir.
Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish