Aqsh uchun Ikkinchi jahon urushi natijalari



Download 27,85 Kb.
bet1/10
Sana15.06.2022
Hajmi27,85 Kb.
#673260
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AQSh 2-JU keyin

Mavzu: AQSh ikkinchi jahon urushidan keying yillarda


Reja:
1. Garri Trumen ichki va tashqi siyosati
2. “Marshall rejasi” va uning mohiyati
3. NATO(Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti)ning tuzulishi

AQSH uchun Ikkinchi jahon urushi natijalari
Ikkinchi jahon urushida AQSH Yevropa singari katta yo`qotishlarni boshdan kechirmadi. To`rt yillik harbiy harakatlar davrida AQSh tomonidan 300 ming kishi halok bo`ldi. Ko`rilgan moddiy zarar — 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu, urushga aloqador barcha mamlakatlar yo`qotishining 0,4 foizi demakdir. Ayni paytda urush Amerika kompaniyalarining misli ko`rilmagan darajada boyishiga olib keldi. Sanoat ishlab chiqarishi ikki martadan ko`proq ko`paydi. Amerika biznesining sof foydasi 47 mlrd. dollarni tashkil etdi, bundan tashqari boshqa mamlakatlarning AQSHdan olgan qarzi 41 mlrd. dollarni tashkil etdi va amerikalik biznesmenlar bundan katta foiz miqdorida foyda ko`rdi. Amerika hukumatiga gitlerchilar Germaniyasining barcha oltin zaxirasi o`tdi. AQSHda saqlash uchun boshqa mamlakatlardan olib kelingan oltin miqdori butun jahondagi oltin zaxirasining 65 foizini tashkil etdi. Dollar xalqaro to`lov va hisob-kitoblarda asosiy valyuta bo`lib qoldi, bu esa o`z navbatida dollar kursining ko`tarilishiga hamda uning butun dunyo bo`ylab tarqalishiga olib keldi. Harbiy buyurtmalar Amerika sanoati va flotining tez sur'atlarda o`sishiga sababchi bo`ldi. 1947-yil butun jahon sanoat ishlab chiqarishining 54 foizi AQSH hisobiga to`g`ri keldi. Dengiz flotining yuki urush davrida 5 baravar oshdi va eksport hajmi ham 5 marta ko`paydi. AQSH dunyodagi birinchi raqamli dengiz hukmroniga aylandi.

Harbiy Sanoat Kompleksining tashkil topishi
Yadro qurolini ishlab chiqarish Amerika iqtisodining asosiy tarmog`i' bo`lib qoldi. U o`z ishiga ko`plab zavod, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, universitetlarni qamrab oldi. Kompyuter texnikasining rivojlanishi, mashinasozlik, energetikaning jadal rivojlanishi ham atom ishlab chiqarishi bilan bog`liq edi. AQSHda harbiy biznesning rivojlanishi va urushdan keyingi qurollanish poygasi Amerikada harbiy-sanoat kompleksi (HSK)ning tashkil etilishiga sabab bo`ldi. U davlatning harbiy harakatlari to`xtovsiz o`sishi va imkon qadar ko`p daromad olishdan manfaatdor bo`lgan hukmdor sinfning turli guruhlarini ifodalaydi. HSKning asosiy komponentlarini qurol ishlab chiqaruvchi sanoat va harbiy korporatsiyalar, harbiy vazirliklar hamda bir qator davlat va siyosiy tashkilotlar tashkil etadi.
Harbiy-sanoat kompleksi (HSK) — harbiy mahsulot ishlab chiqaruvchi, harbiy kuchlar qurilishini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, yangi qurollanish tiziminl tashkil etuvchi sanoat korxonalari va bir qism davlat apparati birlashmasi.
HSK o`ziga xos "davlatdagi davlat" bo`lib qoldi. U mamlakat iqtisodida katta rol o`ynaydi. Chunki, o`z ixtiyoridagi katta mablag` iqtisodining davlat boshqaruvi muhim mexanizmi bo`lib xizmat qiladi.
HSK yadrosi — yirik harbiy-sanoat korporatsiyalari sanaladi. Ular qurol ishlab chiqarishni monopollashtirgan Pentagonning bosh pudratchisidir.
Pentagon (yunoncha so`z bo`lib — beshburchak degan ma'noni anglatadi) — AQSH harbiy muassasasi. U joylashgan bino beshburchak shaklida qurilgan.


Download 27,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish