Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet24/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   207
Savol va topshiriqlar

1. Xorazmda 1917-yil fevralidan keyin avj olgan junbushlar qanday maqsadlarga qaratilgan edi?

2. Yosh xivaliklar qo’lga kiritgan yutuqlarni gapirib bering, ulaming ahamiyati nimadan iborat bo’lgan?

3. Xon va amaldorlaming demokratik yangiliklarga qarshi kurashi nimalarda ko’rinadi?

4. Turkiston bolsheviklarimng Xorazmga tahdidi va tajovuzkorligi bosqichlari jadvalini tuzing.

7-§. BUXORO AMIRLIGIDA ISLOHOTLAR UCHUN KURASH. AJNABIY TAJOVUZKORLIK. AMIR

HOKIMIYATINING AG’DARILISHI

Reja:

1.Islohotlar uchun kurash-ning amaliy bosqichi

2.Vaziyatning keskinlashib borishi.1918 yil mart oyi voqealari.

3.1918-20 yillarda Buxorodagi ijtimoiy- siyosiy ahvol. Amirlikning mahv etilishi.

Rossiyada podsho hoki-miyatining ag’darilishi Buxo-ro amirligida ham ba'zi o’z-garishlar uchun turtki bo’ldi.Amir Said Olimxonning e'tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Buxoro mustaqilligining tiklanganligini tan oldi. Bu haqda kelishuv imzolandi. Amir hukumati Afg’oniston va boshqa yerlar bilan aloqa o’rnatdi. Rossiya-Buxoro aloqalarida ham o’zgarishlar bo’ldi. Buxoroda ish olib borgan siyosiy agent Rossiya hukumati rezidenti deb atala boshlandi. Shuningdek, Buxoro amirligi hududidagi rus posyolkalarida ham ishchi va soldat sovetlari paydo bo’ldi, posyolkalarda siyosiy beqarorlik kelib chiqdi. Bu hol Buxoro-dagi muhitga ham bir-muncha ta'sir ko’rsatdi.

Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy muhit o’zgara boshladi. Hukmron taba-qaning, amir, amaldor-larning cheklanmagan va nazoratsiz boylik ortti-rishlari, sivilizatsiya mu-him ko’rinishlarining bo’lmagani, keng xalq ommasining haq-huquq-sizligi asosli ravishda noroziliklar keltirib chi-qardi. Buning natijasida hamda jadid Yosh buxoroliklar, ilg’or doiralar faoliyati oqibatida jamiyatda tub o’zgarishlarning amalga oshishi yetilib qoldi.

Buxoroning ichki-siyosiy hayoti 1917-yil bahorida yangi pallaga kirdi. Islohotlar, o’zgarishlar zarurligi aniq bo’lib qoldi. Islohotlar o’tkazish g’oyasiga bo’lgan mu-nosabatda mamlakat doiralari asosan ikki oqim — libe-ral-demokratik va konservativ oqimlarga bo’lingan edi. Birinchi oqim Yosh buxoroliklar va ularga yaqin demok-ratik doiralarda tashkil topti. Ular Yosh buxoroliklar islo-hotlar dasturini ishlab chiqishga kirishib, ilg’or g’oyalar va ularni amalga oshirish yo’llari ustida keng fikr almash-moqda edilar. Endi ular islohotlarni amalga oshirishni talab qilib chiqdilar. Bu talablar shu qadar ta'sirchan ediki, amir va Rossiya rezidenti bu jarayon o’zanida ish ko’rishga majbur bo’ldilar. Lekin ular islohotlar masalasi-dan o’z maqsadlari uchun foydalanmoqchi bo’ldilar.

Yosh buxoroliklar tashkiloti Rossiya rezidenti A.Mil-ler bilan aloqa bog’lab, fikr almashdi, Muvaqqat huku-matdan madad kutdi. Amir va qushbegi ham yangi Rossiyani o’z ittifoqchisi deb qaradilar. Ammo qozikalon Burhoniddin (Mirzo Urganjiy), rais Nizomiddinxo’ja va ularning tarafdorlari har qanday o’zgarishlarga qarshi chiqdilar. Amir qozikalon va raisni amalidan bo’shatdi, ularning o’rniga mo"tadil kayfiyatdagi Sharifjon (Sadr Ziyo) va Abdusamadxo’jani tayinladi.

1917-yil 7-aprelda Buxoro Arkining katta binosida amaldorlar, ruhoniylar, Rossiya vakillari, Buxoro va Turkiston jamoatchiligi vakillari yig’inida, shuningdek, Olimxon ishtirokida amir farmoni (manifesti) e'lon qilindi. Poytaxtda obro’li arboblardan iborat mahkamani tuzish, amaldorlar, ularning daromadlari ustidan nazorat o’rnatish, soliqlar tizimini tartibga solish, davlat byudje-tini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma'rifat rivojlanishi uchun qayg’urish va'da qilindi.

Amir manifestining e'lon qilinishi 8-aprelda de-mokratik va konservativ lagerlarning ko’chaga chiqishiga sabab bo’ldi. Demokratik doiralar amir manifesti mam-lakatda tinch yo'1 bilan progressiv o’zgarishlarni amalga oshirish uchun dastlabki qadam, deb qaradilar. Shukrona namoyishi o’tkazishga qaror qilindi. «Yashasin islohot!», degan yalovlar ko’tarildi. Bir necha yuz kishi shahar markazi — passajdan Govkushon va Xiyobon orqali Registonga yurish boshladi. Namoyishchilar boshida F.Xo’jayev, Abdulvohid Burhonov (Munzim), Ota-xo’jayev, Mirbobo, Yusufzoda va boshqa faollar bordilar. Bir necha joyda qisqa mitinglar bo’ldi, namoyishchilarga yangi-yangi guruhlar kelib qo’shildi. Namoyishchilar ko’tarinki kayfiyatda edilar. Shu kuni konservatorlar va mutaassib guruhlar Registonda to’planib, islohotga, yangiliklarga qarshi jangarilik va murosasizlik kayfiyatlar-ini izhor etdilar. Ba'zi amaldorlarga nisbatan, islohot tarafdorlariga qarata dushmanona dag’dag’alar, hay-qiriqlar qildilar. Ularning jazavasi soat sayin kuchayib bordi. Bunday murakkab vaziyatda ikki lagerning to’qnashuvi noxush oqibatlar keltirishi mumkin edi. De-mokratik kayfiyatdagi namoyishchilar boshliqlari Regis-tonga borish niyatidan qaytdilar, namoyishchilarni tar-qalib ketishga daVat etdilar. Tadbir oxirigacha yetkazil-magan bo’lsada, u Buxoro amirligi demokratik o’zgarish-lar, islohotlar uchun yetilmaganligini yaqqol ko’rsatdi. 8-aprel voqealarining yakuni shu bo’ldiki, hukumat-dan konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Dovdirab qolgan amir qozikalon Sharifjon maxdumni lavozimidan bo’shatdi, g’azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo’jani olomon qilib o’ldirdilar; qushbegi Nasrullobek buyrug’i bilan shoir Sadriddin Ayniy, Yosh buxoroliklar Mirbobo, Mirzo Nazrullo 75—150 darra urib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi mana shunday noxushlik bilan yakunlandi.

Vaziyat jiddiylashib bordi.Dovdirab qolgan amir oqibat natijada mutaasib konservatorlarga yon bosdi. Islohotlar amalga oshirilmadi. Yosh buxoroliklar Yangi Buxoro (Kogon), Chorjo’y, Karki, Termizga ko’chib borib namoyishlar, majlislar o’tkazdilar, o’z faoliyatlarini davom ettirdilar.

Rus posyolkalarida siyosiy boshboshdoqlik va iqti-sodiy tanglik avj olib bordi. Amir manifestining e'lon qilinishiga kelgan Samarqand soveti delegatsiyasi a'zosi Mahmudxo’ja Behbudiy va yana bir-ikki musulmon a'zolar marosim o’tgandan so’ng Samarqandga jo’nab ketdilar. Delegatsiyaning boshqa a'zolari esa jo’nab ketishdan bosh tortdilar, bir necha kun davomida Samarqand soveti bilan Yangi Buxoro soveti vakillari o’rtasida to’qnashuvlar bo’ldi.

1917-yil oktabr to’ntarishi natijasida ekstremistik, buzg’unchi unsurlar posyolkalarda hokimiyatni qo’lga oldilar. Harbiy qismlar, qizil gvardiyachilar soni ko'-paytirildi. Bu jiddiy o’zgarishlar mamlakat aholisi ha-yotiga va Yosh buxoroliklar kayfiyatiga salbiy ta'sir ko’r-sata boshladi. Rus posyolkalaridagi garnizonlarning askarlari oziq-ovqat va yem-xashakni Buxoro tumanlari aholisidan tortib olishga kirishdilar. Turli xil qog’oz pullarning qiymati qolmagani natijasida yerli aholi o’z mahsulotlarini bu pullarga sotishni istamadi, soldatlar esa ba'zi joylarda zo’rlik bilan tortib olishgacha bordilar. Chunonchi, 1917-yil 9-oktabrda xabar qilinadiki, «Ter-mizda rus askarlari bilan bozorda savdo qilgan buxoroliklar o’rtasida to’qnashuv yuz berdi, buxoroliklardan o’ldirilganlar bor». Bunday hollar 1918-yilning qish va bahorida jiddiy tus oldi. Bu vaqtga kelib Fitrat Yosh buxoroliklar tashkiloti-ning takomillashgan dasturini ishlab chiqqan va bu dastur tashkilot tomonidan qabul qilingan edi. Unda dehqon-chilik va qishloq xo’jaligi, soliqlar, shuningdek, harbiy tizim, ichki ishlar, sud, yo’Uar, yer osti boyliklari, tashqi siyosat, maorif, vaqf masalalari batafsil ko’rilib ularni sivilizatsiya ruhi va mazmunida yechish taklif qilingan. Bu dastur ham islohotlarni tinch-osoyishta muhitda amalga oshirishni ko’zda tutgan. Unda aholi barcha qat-lamlarining manfaatlari himoya ostiga olingan.

Mana shunday vaziyatda 1918-yil 1-martda Turkiston XKS raisi RKolesov boshchiligidagi harbiy eshe-lonYangi Buxoro (Kogon)ga keldi. Yosh buxoroliklar-ning F.Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Otaxo’jayev, Abdulvohid Burhonov, Qori Yo’ldosh Po’Iatov, Fazliddin Mahsumdan iborat rahbar qo’mitasi Kolesov bilan uchrashdi. Kolesov sharoit bilan tanishib chiqmay, Yosh buxoroliklarning kayfiyatini ham hisobga olmasdan Buxoroga harbiy kuch bilan hamla qilishga qaror qildi.

Yosh buxoroliklar xunrezlikning oldini olishga intilib, amir nomiga ultimatum (talabnoma) yubordilar. Unda islohot dasturi tamoyillari bayon qilingan edi. Lekin voqealar davomi o’zgacha kechdi. Amirdan javobni kut-masdan Kolesov buyrug’i bilan qo’shin, zambaraklar, jami qurol-aslahalar eshelondan tushirilib, hujumga tayyorlandi. Bu qon to’kilishi xavfini tug’dirdi. Amir hukumati darhol ultimatum talablariga roziligini bildirdi. Amirning islohot o’tkazish to’g’risidagi ikkinchi far-monini tayyorlashga kirishildi, ammo 2-martda Buxoroga hujum boshlandi.

Amir hukumati muzokara olib borish bilan birga o’z kuchlarini ham harakatga keltirdi. G’azavotga safarbar qilinganlar Chorjo’ydan Karmanagacha bo’lgan temir yo’lni buzdilar, tajovuzkor qo’shinga har tomonlama hujum qildilar. Kolesov qo’shini qurshovda qoldi, o’q-dorisi tugadi, ahvoli og’irlashdi. Shu kuni — 2-martda amirning ikkinchi farmoni Yangi Buxoro (Kogon)ga yetkazildi. Yosh buxoroliklar qo’mitasi hujumni to’x-tatishni talab qildi. Muzokaralar bir necha kun davom etdi. 1918-yil 25-martda Qiziltepa bitimi imzolandi. Kolesovning tajovuzkorligi sharmandalarcha barbod bo’ldi.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish