Annotatsiya Mazkur dars ishlanmada yangi mavzu hamda o`tilgan mavzuni bir- biriga bog`lashda, yangi mavzu bayonida turli xil didaktik o`yinlar, yangi pedagogik texnologiyalar



Download 0.68 Mb.
Sana07.02.2017
Hajmi0.68 Mb.
Annotatsiya

Mazkur dars ishlanmada yangi mavzu hamda o`tilgan mavzuni bir- biriga bog`lashda, yangi mavzu bayonida turli xil didaktik o`yinlar, yangi pedagogik texnologiyalar, axborot kommunikatsion texnologiyalardan o`rinli va unumli foydalanish usullari ko`rsatib o`tilgan.

Kalit so`zlar: yorug`lik, sinish va qaytish qonuni, qaytish qonuni, diffuz qaytish, tushish burchagi, qaytish burchagi, qaytish qonuni chizmalari, sinish burchagi, nisbiy nur sindirish ko`rsatkichi

Mavzu: Yorug`likning qaytish va sinish qonunlari

  1. Darsning maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Yorug`lik, uning turlari, qaytish va sinish qonunlari nur sindirish ko`rsatkichi haqida umumiy ma`lumot berish orqali o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarni hosil qilish;

  2. Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni yorug`likning kundalik turmushimizdai ahamiyati, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda avtomobillar harakati serqatnov bo`lgan joylarda yorug`likning ahamiyati haqidagi ma`lumot bilan qurollantirish, ajdodlarimizning merosini o`rgatish orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish;

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: mustaqil ravishda kundalik faoliyatda yorug`likdan foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish, o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.

2.Dars tipi: yangi bilimlar beruvchi.

3. Dars shakli: Individual va kichik guruhlarda ishlash.

4.Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;

5. Dars usuli: Noan’anaviy (interfaol mashqlar, “Aqliy hujum” “Muammoli vaziyat”, BBB, “Klaster” usullari orqali o`quvchilarda rivojlantiruvchi muhit yaratish tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar);

6. Dars jihozi: darslik, konspekt, ko`rgazmali qurollar, tarqatmalar, “Rag`bat”, “Ofarin” , rangli kartochkalari qog`ozlar, suvli stakan, qalam yoki shisha tayoqcha, sham, yassi ko`zgu, plakatlar.

Dars rejasi:

1

Tashkiliy qism

4 minut

2

Uy vazifalarini tekshirish

6 minut

3

Yangi mavzuning bayoni

18 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

12 minut

5

O`quvchilarni baholash va uy vazifalarini berish

5 minut

  1. Tashkiliy qismda navbatchi axborot ingliz tilida so`raladi. Shundan so`ng “MY 5 NEWS” rukni o`tkaziladi. Unda o`quvchilar o`zlari eshitgan yangiliklaridan 5 tasini o`rtoqlashadilar.

II. Dars usulini e`lon qilish klaster usulida amalga oshiriladi.

REJA:

  1. Yorug`lik nima? U qanday hosil bo`ladi?

  2. Yorug`likning qanday turlari mavjud?

  3. Tabiiy va sun`iy yorug`lik haqida ma`lumot.

  4. Yor`ug`lik qonunlari

  5. Xulosa

Mavzuni boshlashdan oldin o`quvchilar 3 guruhga ajratib olinadi.

  1. “Beruniy ” guruhi

  2. “Al- Xorazmiy” guruhi

  3. “Mirzo Ulug`bek” guruhi

Guruhlarga aqliy hujum orqali yangi mavzuni tushuntirib berish so`raladi.

O`qituvchi: bugun biz fizika olamimning yana bir cho`qqisiga sirtqi sayohat qilamiz. Maqsad ushbu cho`qqini zabt etish. Buning uchun turli bekatlardan o`tishimiz kerak:

1-bekat. “Taqdimot” dovoni. Bunda guruhlar o`zlari nima uchun bu nomni tanlaganliklarini taqdim qiladilar.

2-bekat. “Chorraha” dovoni. Bu bekatda o`quvchilardan uy vazifalari so`raladi.

3-bekat. “Mushohada” dovoni . Yangi mavzu bayon qilinadi

4-bekat. “Imkoniyat” dovoni. O`quvchilarda olingan bilimni mustahkamlash uchun savollar beriladi.

5-bekat. “Rag`bat ” dovoni. Rag`bat kartoshkalarini ko`proq yig`ish maqsadida guruhlarga masala beriladi.

6-bekat. “Xulosa” dovoni. Dars yakunlanib, mavzu yuzasidan xulosa chiqariladi va o`quvchilarning rag`bat ballari hisoblanib baholanadi.

Sayohat uchun qanday jihozlar zarur?

O`quvchilar diqqatini namoyish stolida turgan jihozlarga qaratamiz. Stol lampasi, sham, lazer yoritgich, piyola, tanga, suv, quyosh rasmi tushirilgan plakatlar.

O`qituvchi : Ayting-chi, bu jihozlarning bir-biri bilan qanday aloqasi bor?

O`quvchilarning fikrlari birma bir tinglanadi va natijada bugungi mavzu topilib yozuv taxtasiga yoziladi.

O`quvchilardan bir donadan oq varoq olish so`raladi va uni uch qismga bo`linib, uchta so`z yoziladi. ”Bilaman”, “Bilib oldim”, “Bilishni xohlayman”. Ushbu bandlar dars davomida to`ldirib boriladi va dars yakunida xulosalanadi. Birinchi bandni to`ldirishdars boshida amalga oshiriladi.

O`qituvchi : Ayting-chi,bolalar, siz yorug`lik haqida nimalarni bilasiz? Ularning aytgan so`zlari ”Bilaman” bandiga yoziladi.

Aziz o`quvchilar, demak bugun “Yorug`lik, yorug`llik qonunlari ” nomli cho`qqiga sayohat qilar ekanmiz va bu cho`qqini zabt etish uchn bir necha dovonlarfan oshib o`tishimiz kerak bo`ladi. Guruhlarga quyidagi savollar bilan murojaat qilamiz.



Birinchi guruhga:

Yorug`likning qaytishi va qaytish qonunlarini tushuntirib berish uchun yorug`lik manbai, ko`zgu, ekran beriladi.



Vazifa: shu qonunni to`liq tushuntirib bering va izohlash uchun yorug`likning qaytishini ko`zgu orqali amaliyotda ko`rsating.

Birinchi vazifa yuzasidan o`quvchilar uchun tushunarsiz bo`lgan qoida va terminlarga o`qituvchi tomonidan qo`shimcha izoh beriladi. Tekis qaytish, ko`zgusimon qaytish, diffuz qaytish, yorug`likning qaytish qonunlariga izoh beriladi.





Ikkinchi guruhga: yoruglikning sinish qonunini tushuntirib berish.

Vazifa: yorug`likning sinish qonunini tushuntirib berish uchun misolla va shaffof idishda suv va qalam beriladi. O`quvchilar suvli shaffof idishga qalam solib va amaliyotda hosil bo`lgan hodisa sinish qonuniga doir misol ekanligini tushuntirib berish jarayonida formula va chizmalarni o`qituvchi yoritib o`ta



Uchinchi guruhga: yorug`lik va undan turmushda, texnikaa, ishlab chiqarishda foydalanish va uning ahamiyati haqida so`zlab berish so`raladi..

Vazifa: yorug`likning ahamiyatini tushuntirish

O`quvchilar javoblari tinglanadi va o`z navbatida “Rag`bat” kartochkalari bilan taqdirlab boriladi.

O`qituvchi: aziz o`quvchilar, keyingi dovonda ol tashlaydibiz bergan javoblaringizdan quyidagi savollarga javob topamiz:


  1. Yorug`likning qaytish qonuni nima?

  2. Yorug`likning sinish qonuni qanday bo`ladi?

  3. Absolyut nur sindirish ko`rsatkichi nima?

Guruhlardan vakillar chiqib, ushbu savollardan birini oladi va jamoa bilan kelishib javob beradilar.o`quvchilar savollarga javob berganlaridan so`ng “Bilib oldim” bandidni to`ldiradilar. Ya`ni:

*qaytish qonuni

*diffuz qaytish

*tushish burchagi, qaytish burchagi

*qaytish qonuni chizmalari

*sinish burchadi

*nisbiy nur sindirish ko`rsatkichi

*nisbiy nur sindirish ko`rsatkichi formulasi

*yorug`likning havoda tarqalish tezligi va havoga nisbatan nur sindirish ko`rsatkichi jadvali

O`qituvchi keyingi 5-“Rag`bat” dovonida darsni mustahkamlash maqsadida uchala guruhga umumiy savol tashlaydi.

Mustahkamlash uchun umumiy masalalar


  1. Tushish burchagi 30 bo`lsa, qaytish burchagi qanchaga teng bo`ladi?

  2. Tushuvchu nur bilan qaytuvchi nur orasidagi burchak 90 bo`lsa tushish burchakali bilan qaytish burchaklari qanchaga teng?

masala

Ber:



Formula



Yechish:

=30

Topish kerak: ?







Javob: 30

So`ngi 6- “Xulosa ” dovonida mavzu yuzasidan xulosalar chiqariladi va ushbu mavzuni o`zlashtirish uchun yana qanday ma`lumotlardan foydalanish lozimligi topshiriq sifatida beriladi. Bu o`quvchilardagi jadvalning “Bilishni xohlayman ” bandi bo`lib, o``uvchilarga qo`shimcha o`qish uchun adabiyotlar ro`yxati beriladi. Darslikdagi 16- mashning 2- va 4- masalalarini yechish va qo`shimcha 5- masalani ham yechishlari mumkin.

Dars davomida o`quvchilar va guruhlar yig`gan rag`bat ballari hisoblanib g`olib guruh va faol o`quvchilar aniqlanadi. Shundan so`ng o`quvchilar bilan darsning qanday tashkil etilganini bilish maqsadida “Termometr usuli” o`yini o`tkaziladi. Unda quyidagi uch xil ko`rinishdagi smaylikdan foydalaniladi:

O`quvchilarning bergan javoblaridan o`qituvchi o`z darsi yuzasidan xulosa chiqrishi mumkin.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent 2010 yil.

2. P.Habibullayev, A.Boydedayev , A.Bahromov , M.Yo’ldasheva Fizika 9-sinf Toshkent 2013 yil.

3. A. Bahromov, M. Yuldasheva “O`qituvchilar uchun metodik qo`llanma” 9-sinf Toshkent 2010 y



4. A.Yusupov, R.Yusupov “Fizikadan savol va masalalar to’plami” Toshkent 2000 yil.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat