Anguage and literature til va adabiyot


ning soxtalashtirilishi, buzilishini kuzatdim



Download 38.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/126
Sana29.08.2021
Hajmi38.34 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
ning soxtalashtirilishi, buzilishini kuzatdim.

Chunonchi nashrdagi: 

Mashaqqatdin yigitni el qari der, –

misrasi darslikda:

Mamlakatdin yigitni el qari der, – 

tarzida yozilgan. 

Yoki Boburning mashhur g‘azalining bir misrasi 

nashrda: 

Sendek menga bir yori jafokor topilmas, – 

bo‘lsa, darslikda mazmunan ters talqin etilgan: 

Sendek menga bir yori vafodor topilmas. 

Ustoz, Navoiy va Bobur ko‘p jildli asarlarida ham 

bu kabi xatoliklar borligidan xabaringiz bor. Buyuk 

tarjimon M.A.Sale qalamiga mansub “Baburname” 

asarida ham yuzlab matnshunoslik va tarjimon 

nuqsonlari aniqlangan... 

– Mumtoz shoirlarimiz asarlaridan darslik-maj-

mualarga matn olishda imloviy xatolarga yo‘l qo‘yish 

matn tayyorlovchi olimlar gunohidan ham og‘irroqdir. 

Chunki mumtoz shoir asarlarini juda oz kitobxonlar 

o‘qiy di. Darslikni esa millionlab o‘quvchilar mutolaa qila-

di. Endi nashrlarda tuzatilmagan ayrim matn islohlariga 

to‘xtalib o‘tsam. Oltmish yildan ortiqroq muddatda o‘n 

marotaba Bobur she’rlari chop etilgan bo‘lsa, quyidagi-

cha ruboiy bosildi: 

 Hijronda, sabo, etdi falakka ohim,

 Gar ul sori borsang bu durur dilxohim. 

 Kim arzi duo niyoz ila qilg‘aysen, 

 Gar so‘rsa men xastani gulrux mohim.

Ko‘plab nashrlarni amalga oshirgan olimlar ushbu 

ruboiyning so‘nggi ikki so‘zini arab yozuvidan kirill va 

lotin yozuviga o‘girishda “oqsash”gan. Buni  uch xil 

talqinda tasavvur etish mumkin:

1. Gar so‘rsa men xastani Gulrux mohim.

2. Gar so‘rsa men xastani gulrux Mohim. 

3. Gar so‘rsa men xastani Gulrux, Mohim. 

Achinarlisi, Boburning ikki serfarzand zavjalarining 

ismi muhtaram olimlar eslariga kelmagan.  

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, yaqinda 

Bobur nomli xalqaro jamoat fondi raisi muhtaram 

Zokirjon Mashrabov sa’y-harakati bilan AQSHning 

Baltimor shtatidagi Volter muzeyida saqlanayotgan 

“Boburnoma”ning qo‘lyozma nusxasi Andijondagi 

“Bobur va dunyo madaniyati” muzeyiga keltirildi. 

Men bu qo‘lyozmani Hindistonning Haydarobod sha-

har Salarjang muzeyida saqlanayotgan, 1905-yilda 

Londonda Anneta Suzanna Beverij xonim nashr et-

tirgan  ksilografik  nusxa  bilan  qiyoslab,  so‘zma-so‘z 

o‘rganib chiqdim. Bunda soha uchun qimmatli yangi-

liklar topildi, bularni matnshunosligimizdagi yutuqlar 

deyishimiz mumkin. 

“Boburnoma”ning dunyoda saqlanayotgan noyob 

o‘n ikki turkiy tildagi nusxasi va barcha dunyo tillari-

ga tarjimasida Bobur tushida Xoja Ubaydulloh Ahrorni 

ko‘rgani va Boburni qo‘lidan ko‘tarib, turkiy tilda “Shayx 

maslahat berdi” degan gapi bor. 

Baltimor nusxasida esa “Shayx Muslihiddin berdi” 

deb yozilgan. 

Barcha asl va tarjima nusxalardagi yuqoridagi gap

Samarqandning ikkinchi marta olinishi Xoja Ubaydulloh 

Ahror ruhiyati homiyligida bo‘lgan, degan fikr ifodalan-

gan. 

Baltimor nusxasidagi matnga ishonsak, bu g‘a-



laba xo‘jandlik avliyo Shayx Muslihiddinning ruhan 

qo‘llab-quvvatlashlari natijasi ekani ma’lum bo‘ladi. 

 

Nashrlardagi “Shayx maslahat berdi” degan gapda 



mavhumlik bor. Chunki bu gap “Qaysi shayx berdi?” 

degan savolga o‘rin qoldiradi. Darhaqiqat, Bobur bu gal 

Samarqandni olish uchun Xo‘janddan harbiy safarga 

otlangan edi.

Boburning tarjima qilingan asarlarida ham matn 

nuqsonlari oz emas. “Boburnoma”ning ruscha tarjimasi 

1948–1993-yillarda to‘rt marta bosilgan. Kamina bu tar-

jimani asl nusxa bilan qiyoslab, yuzlab ilmiy, faktik, xro-

nologik va tarjimaga oid nuqsonlarini tuzatib, 2008-yil-

da “Sharq” nashriyotida e’lon qildim.

Masalan, ma’lumki, kecha-kunduz 1440 minutdan 

iborat. Oldingi nashrlarda bir sutka 440 minut deb 

ko‘rsatilgan va hokazo. Qayd etilgan misollar qay dara-

jada muhimligini ko‘rib turibsiz. Kitoblarni bu kabi xato-

larsiz chop etish galdagi vazifalarimizdandir.


Download 38.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat