QUSH TILI
(Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni asosida)
Drama
T o‘ t i:
Uzoq yo‘lda dono bo‘lmasa sarbon,
Qaydadir yo‘lidan adashgay karvon.
Oldimizda kutar xavf-xatarli yo‘l,
Hudhud, o‘zing bizning sardorimiz bo‘l!
Q u sh l a r (Jo‘r ovozda):
Hudhud, o‘zing bizning sardorimiz bo‘l!
Hudhud, o‘zing bizning sardorimiz bo‘l!
H u d h u d:
Ishonchingiz uchun rahmat hammangga,
Ololmasman bunday ishni zimmamga.
T o‘ t i:
Har jamoatqaki yo‘qtur peshvo,
Yo‘lga ermastur qadam qo‘ymoq ravo.
Sardorlikka o‘zing loyiqsan Hudhud,
Sardor bo‘lsang, bizdan yo‘qolmas umid.
Hudhud mulohaza qiladi.
H u d h u d:
Roziman, men xaylga yo‘l boshqaray,
Bilganimcha qavmni olib boray.
Q u sh l a r:
Hudhud, endi bizga sardorsan o‘zing,
Biz uchun qonundir har bitta so‘zing.
H u d h u d:
Unda qanotingiz yozing jamoat,
Shah sari uchaylik, har dam g‘animat.
Qushlar sahnaning o‘ng tomoniga qarab uchi-
shadi.
Parda yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |