Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi



Download 1,45 Mb.
Sana09.09.2017
Hajmi1,45 Mb.
#20690
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O’RTA MAXSUS KASB- HUNAR TA’LIMI MARKAZI
ANDIJON VILOYATI HOKIMLIGI

O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI QOSHIDAGI

2-AKADEMIK LITSEY





Ona tili va adabiyot kafedrasi
Adabiyot fanidan

2-bosqich uchun

ANDIJON 2012

Tuzuvchi: Ch.Mo’minova
Taqrizchi: Sh.Usmonova

Ma’ruza matni “Ona tili va adabiyot” kafedrasining 2012 yil yig’ilishida ma’qullangan va chop etilgan.


Kafedra mudiri: G.Ahmedova

O’quv – uslubiy majmua

REJASI:

1. DTS


2. O’quv reja

3. Fanning namunaviy dasturi

4. Fanning ishchi dasturi

5. Fanning taqvimiy ish rejasi

6. Fanning ma`ruzalar matni

(har bir ma`ruza uchun alohida

a) Texnologik karta

b) Ma`ruza matni)

7. Glossariy

8. Fan bo’yicha uslubiy ishlanmalar

9. Mustaqil ta`lim ishlanmasi

10. Foydalanilgan adabiyotlar

2001-yil 3-avgust N° 7/3

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining tayyorlov yo'nalishlari bo'yicha tarmoq standartlarini tasdiqlash to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 13-maydagi “0'zbekiston Respublikasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lirnini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 204-sonli, 2000-yil 16- oktabrdagi “0'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 400- sonli qarorlarining bajarilishini, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini zamon talablari asosida tarmoq ta'lim standartlari bilan ta'minlash va uni o'quv jarayoniga joriy qilish maqsadida Oliy va O'rta maxsus ta'lim Vazirligi Hay'ati

QAROR QILADI:

1. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi O'rta maxsus, kasb-hunar


ta'lirnini rivojlantirish instituti tomonidan qayta ishlangan, 1998—1999,1999-2000,2000-2001o'quv yillarida tajriba-sinovdan o'tkazilgan yo'nalishlarning tarmoq standartlari 1- ilovaga muvofiq;

Akademik litseylarning chuqurlashtirilgan fanlari bo'yicha tarmoq standartlari 2- ilovaga muvofiq;

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidagi tayyorlov yo'nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi 3- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


  1. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida tarmoq standartlari 2001-yilning 1- sentabridan o'quv jarayoniga joriy etilsin.

  2. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi Davlat ta'lim standartlari bo'limi (O. L. Musurmanov)ga:

— o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining tayyorlov yo'nalishlari tarmoq standartlarini o'rnatilgan tartibda ro'yxatga olish topshirilsin.

4. Moliya va iqtisodiyot bo'limi (A. Ergashev)ga:

— tarmoq standartlari, o'quv reja va dasturlarini chop etish uchun sarflanadigan mablag'larni ajratish choralarini ko'rish yuklatilsin.

5. O'quv adabiyotlari nashrini rejalashtirish, nashr qilish va ta'minot bo'limi


(A. Avliyoqulov)ga:

— tasdiqlangan tarmoq standartlari va o'quv dasturlarini o'z vaqtida chop etilishini ta'minlash topshirilsin.

6. Mazkur qarorni bajarilishinini nazorat qilish o'rta maxsus,kasb-hunar ta'limi Markazi rahbarining birinchi o'rinbosari X.F.Masudov zimmasiga yuklatilsin.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri S. G'ULOMOV

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

DAVLAT TA`LIM STANDARTLAR

O’zbekiston uzluksiz ta`lim davlat standartlari tizimi


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM

Adabiyot qoidalari fani bo’yicha oquvchilarning tayyorgarlik darajasi va

zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yiladigan
TALABLAR

Andijon 2012



Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda “Ta'lim to'g'risida” gi qonunga muvofiq ta'lim bosqichlari yangi tizimga o'tmoqda. Jumladan, umumta'lim maktablaridan so'ng, uch yillik akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari iste'molga kiritildi. Bu yoshlaming fan asoslarini jiddiyroq va puxtaroq egallashlari uchun muhim omildir. Ayniqsa, akademik litseylar bu borada alohida ahamiyat kasb etadi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da bu borada shunday deyiladi:

Akademik litsey davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maxsus ta'lim beradi. O'quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intelektual rivojlanishi chuqur sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta'lim olishini ta'minlaydi”.



Akademik litseylarda o'quvchilar o'zlari tanlab olgan ta'lim yo'nalishi bo'yicha (aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar, xorijiy filologiya) saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o'rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko'nikmalarini o'zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu ko'nikmalarni muayyan Oliy ta'lim muassasalarida o'qishni davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro'yobga chiqarishlari mumkin.

Akademik litseylar uchun tuzilgan ushbu dasturda ayni ana shu qoidalar asos qilib olindi. Xususan, ta'lim bosqichlari orasidagi uzviylik hamda uzluksizlikka alohida ahamiyat berildi.

Adabiy materiallarni tanlashda o'quvchilarning jadal intelektual rivojlanishiga, ularning dunyoqarashining kengayishiga, estetik didlarning oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan asarlarni qamrab olishga alohida e'tibor berildi.

Akademik litseylar ta'lim bosqichidagi yangi hodisa. Ayni paytda ularning sohalar bo'yicha turlari ham shakllanib kelmoqda. Hech shubhasizki, akademik litseylar o'quvchilari aqliy qobiliyati, ijodiy iqtidoriga ko'ra eng salohiyatli yoshlarimizdan iborat bo'ladi. Shunga ko'ra ham ulardagi talab va ehtiyojlarining yuqori darajada bo'lishi tabiiy. Ana shu real sharoitni hisobga olgan holda ularga barcha fanlardan, jumladan, adabiyotdan ham atroflicha bilim berilishi talab etiladi. Dasturni tuzishda ana shu holatga ham alohida e'tibor berildi. Bu o'quvchilarning oliy o'quv yurtlarida o'qishni davom ettirish uchun ham mustahkam zamin tayyorlaydi.

Mustaqilligimiz sharofati bilan ijtimoiy-ma'naviy hodisalarga yondoshish, ularni baholash yangi asoslarga ko'chirildi. Milliy mafkura ijtimoiy hayotga tobora mustahkamroq singib bormoqda. Shunga ko'ra ijtimoiy ong k&'rinishlaridan biri bo'lgan adabiyotni, xususan badiiy adabiyotni tushunish, talqin qilish ham eski qoliplarga sig'may, qolishi, eskicha andazalarni rad etishi tabiiy. Xuddi shuning uchun ham adabiyotni tahlil etishda uning badiiy-estetik tabiatidan kelib chiqish bugunning ustuvor yo'li bo'lmog'i kerak. Busiz, yoshlarimizda badiiy adabiyotga, so'z san'atiga bo'lgan muhabbatni shakllantirish va o'stirish mumkin bo'lmaydi. Ana shu holat akademik litseylarda adabiyot o'qitishning asosiy maqsadini belgilash imkonini beradi. Bu o'quvchilardagi yuksak badiiy-estetik didni shakllantirishdan iboratdir.

Ushbu maqsadni amalga oshirish o'z-o'zicha bo'lmasligi aniq. Buning uchun bir qator vazifalar amalga oshirilmog'i lozim. Bular:

  • badiiy asarni o'qib, uni idrok etishga bo'lgan qiziqishiarni shakllantirish va o'stirish;

  • badiiy asarlarning matnidagi o'ziga xosliklarni his etish ko'nikma va malakalarni shakllantirish;

  • yosh va yo'nalish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda badiiy asarni dastlabki tahlil qilishni o'rganish;

  • badiiy matn bilan tanishuv, shuningdek, tahlil asosida og'zaki va yozma nutq malakalarni takomillashtirish va rivojlantirish va boshqalar.

Ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun adabiy manba va materiallarning o'zi kamlik qiladi. Bu yerdagi eng asosiy holat o'qituvchi va o'quvchi hamkorligiga bog'liq. Har qanday asarning badiiy tahlili eng zamonaviy texnologiya va usullarga tayansa, shuningdek, pedagogik jarayondagi barcha qatnashchilarning to'la faolligi ta'minlansagina tegishli samara beradi. Aks holda hech qanday ijobiy natijaga erishish mumkin bo'lmaydi.

Shu o'rinda o'quvchilarning passiv tinglovchi darajasida qolib ketmasligi, balki ularning faol musohib, o'z nuqtayi nazari va shaxsiy fikriga ega bo'lgan kitobxon darajasiga ko'tarish zaruriyatini ta'kidlash joiz. Bu birinchi navbatda o'quvchining kitobxonlik madaniyati bilan bog'liq. Kitobxon o'quvchilarni tarbiyalash esa yana o'qituvchi shaxsi, uning shaxsiy tajribasi, uquvi, ijodkorligiga chambarchas aloqadordir. Demak, o'qituvchi va o'quvchi hamkorligini real hayot, ta'lim jarayonining o'zi ham taqozo etadi.

Dasturda badiiy asarni tahlil etishdagi mavjud mafkuraviy andozalar bilan yondoshishga barharn berilib, adabiy asarga sof badiiy-estetik hodisa sifatida qaraldi hamda tahlil jarayonidagi asosiy mezon sifatida ana shu holatga tayanildi.

Ma'lumki har bir yangi va yaxshi badiiy asar birinchi navbatda badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o'ziga xos hodisadir. Bu asarning kim tomonidan yaratilgani emas, balki badiiyat olamiga nima berganligi muhimdir. Shunga ko'ra badiiy kashfiyotlarning qaysi davrda yuz berishidan qat'i nazar umumiy adabiy jarayondagi o'rnini belgilash muhimdir.

Adabiyotni tushunish, his etish bir qator o'ziga xosliklarga ega. Ayniqsa, badiiy so'z sehrini, so'zning mo'jizaviy qudratini, ta'sir kuchini sezish, his etish o'z-o'zicha yuzaga kelmaydi. O'quvchi tomonidan ma'nosiga yetilmagan, mag'zini chaqish qiyin bo'lgan bir so'z, bir ibora, bir jumla bo'lar ekan, uning badiiy matnni, demakki, umuman asarni ham tushunishida dastlabki g'ov paydo bo'ladi. To ana shu g'ov olib tashlanmas ekan, bundan keyingi ravon yo'llar haqida gapirish hani mumkin bo'lmaydi. Shunga ko'ra so'z ustida ishlash, so'zdagi ma'no nozikliklari va tovlanishlarini kuzatib borish kundalik, qiziqarli yumushga, yanada aniqrog'i odatga aylantirilmog'i kerak. Bu o'quvchilardagi mustaqil fikrlash ko'nikmasining takomillashuviga xizmat qiladi.

Ma'lumki, akademik litseylar o'quvchilari o'qishni muayyan oliy ta'lim muassasalarida davom ettirishi mumkin. Shunga ko'ra dasturda fandagi, ayniqsa, adabiyotshunoslik va adabiyot tarixi fanidan so'nggi yutuq va ma'lumotlardan foydalanishga harakat qilindi.

Akademik litseylarning ta'lim yo'nalishi bo'yicha xilma-xilligi (aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar, xorijiy filologiya) adabiy tahlilning ham sohalashtirilishini, tabaqalashtirilishini taqozo etadi. Albatta, aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar, xorijiy filologiya yo'nalishidagi litsey o'quvchilari uchun bir xildagi tahlil nojoizdir. Aniq va tabiiy fanlar yo'nalishidagi akademik litseylarda mavjud badiiy tahlil o'z-o'zicha ijtimoiy-gumanitar va xorijiy filologiya yo'nalishidagi o'quvchilar ehtiyojini qondirmasligi tabiiy. Bu yerda tahlil jarayonida badiiy-estetik qonuniyatlarning o'ziga xos jihatlariga ko'proq va chuqurroq e'tibor talab etiladi. Har qanday holda ham badiiy tahlil usullarining nihoyatda xilma-xilligini nazarda tutish va ulardan ko'proq foydalanish tegishli samara beradi. Muhimi badiiy asardagi asosiy unsur va vositalar o'quvchilar ongiga yetkazish, ana shu unsur va vositalarning o'rni va ahamiyatini o'quvchilar tomonidan chuqur idrok etilishiga erishish kerak.



Alisher Navoiy

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ma'lumot. Navoiyning bolaligi,uning o'qishga nisbatan nihoyatda yuksak ixlosi. Navoiy haqida uning zamondoshlari. Navoiy — davlat arbobi. Navoiyning ilmiy asarlari haqida qisqacha ma'lumot,




Alisher Navoiy — hassos shoir. Uning lirik merosi o'zbek she'riyatining cho'qqisi ekanligi. Alisher Navoiy zullisonayn shoir.

Navoiy — lirikasi. «Xazoyin ul-ma'oniy» haqida ma'lumot. Navoiy ijodida ishq mavzusi. Uning dunyoviy va tasavvufiy talqini. Adib ijodida do'stlik, erk, adolat, vafo, sadoqat, poklik va insoniy kamolot g'oyalarining tarannumi «Mehr ko'p ko'rguzdum ammo...», «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur...», «Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas» g'azallari.

Navoiy ruboiylari. «G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish», «Zohid, senga hur menga jonona kerak» ruboiylari tahlili.

Navoiy qit'alarida falsafiy teranlik mavjudligi. «Jahon ganjig'a shoh erur ajdaho», «Kamol et kasbkim, olam uyidin», «Navoiy she'ri to'qqiz baytu o'n bir baytu» qit'alari tahlili.

Navoiy fardlarida hayotiy hikmat va inson ruhiyatining o'ziga xos tarzdagi ifodasi.

Navoiyning epik asarlari. «Hamsa». Sharqdagi hamsachilik an'analarining rivojida Alisher Navoiyning roli. «Hamsa» dostonlarining mantiqiy aloqadorligi. Ularda dunyoviy va tasavvufiy g'oyalarning aks etishi. Dostonlarda ishq, vatan, vatanparvarlik, adolat, mehnatsevarlik g'oyalarining ulug'lanishi.



XV asming ikkinchi yarmi XVI asrlar adabiyoti

XV asrning ikkinchi yarmida madaniy hayotdagi yuksalishlar. Temur an'analarining temuriy shahzodalar tomonidan davom ettirilishi.

Shu davrdagi adabiy janrlar rang-barangligi. Samarqand va Hirotning ilm-ma'rifat va madaniyat markaziga aylanishi. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik ilmining rivoji. («Funun ul-balog'a», «Muhokamat ul-lug'atayn», «Mezon ul-avzon», «Majolis un-nafois», «Muxtasar») Shayboniylar sulolasining tarix maydoniga kelishi. Shayboniyxonning hayoti va ijodi haqida ma'lumot. Uning lirik merosi. Uning asarlarida an'ana va kashfiyot uyg'unligi. Shayboniyxon asarlarining tili.

Husayn Boyqaro

Husayn Boyqaroning hayoti va ijodi haqida ma'lumot. Husayn Boyqoro zamondoshlari tavsifida (Alisher Navoiy, Xondamir, Bobur).

Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy munosabatlari.

Husayn adibning taxallusi ekanligi. Shoir asarlarida dunyoviy running ustunligi.

G'azallarining yagona vaznda yozilgani.

«Men hilol o'ldum g'amingdin, sen quyoshsan, ey sanam», «Ey jafo tig'i, kelib majruh ko'ksimni yoru» g'azallari tahlili. Ularda shoir mahoratining namoyon bo'lishi.

«Risolai Husayn Boyqaro»-o'zbek nasrining namunasi sifatida. Unda Abdurahmon Jomiy va Navoiy ta'rifi.

Husayniy ijodining ma'rifiy-badiiy ahamiyati.



Muhammad Solih

Muhammad Solihning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot. Uning taqdiridagi murakkab hayotiy holatlar. Adibning temuriylar va Shayboniyxonga munosabati, buning sabablari. Ushbu holatning adib asarlaridagi ifodasi.

Muhammad Solih-zullisonayn shoir. Uning dostonnavislik mahorati. «Shayboniy-noma» tarixiy doston sifatida. Uning birinchi o'zbek jangnomasi ekanligi.

Dostondagi obrazlar tizimi.

Obrazlar talqinida obyektiv va subyektiv holatlar, nuqtayi nazarlaminc aks etishi. Buning sabablari.

Asarning tili va badiiy-tasviriy vositalari.



Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida ma'lumot. Bobur haqida zamondoshlari va undan keyingi buyuk shaxslar. Yagona markazlashgan davlat tuzish yo'lidagi urinishlar. Bobur — Shayboniyxor ziddiyatlari.

Boburning «Hind sori yuzlanishi».

Bobur devoni haqidagi ma'lumot, undagi adabiy janrlar sanog'i.

«Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu», «Jonimdin o'zs yori vafodor topmadim», «Xazon yaprog'i yanglig' gul yuzung hajrid sarg'ardim» g'azallari.

Boburning ruboiy, qit'a tuyuq, masnaviy va muxammaslari haqi umumiy ma'lumot.

Bobur she'riyatidagi badiiy san'atlar.

Bobur-aruzshunos ohm. «Muxtasar» haqida ma'lumot, Asanv o'zbek adabiyotshunosligi va aruzshunosligi tarixidagi o'rni.

Bobur-buyuk nosir. «Boburnoma» - o'zbek mumtoz nasrini nodir namunasi, uning tarix, tabiatshunoslik, jug'rofiya, elatshunosi adabiyot va san'at tarixiga oid nodir manba ekanligi. «Boburnoma» memuar asar. Undagi tarixiy shaxslar (Alisher Navoiy, Kamolid Behzod, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon) tasviri.

Bobur asardagi voqealar ishtirokchisi va bosh qahramon sifatida

«Boburnoma»ning ilmiy-ma'rifiy hamda badiiy ahamiyati.

Badiiy adabiyotda Bobur obrazi.



Xoja

Xoja — Ibodula Said Poshoxo'ja Abdulvahhobxo'ja o'g'lining taxallusi ekanligi. Uning tarjimayi holiga oid maiumotlarning ozligi. Xoja — mohir nosir. Uning «Miftoh ul-adl» hamda «Gulzor» asarlari haqida umumiy ma'lumot. Ulardagi hikoyalarning g'oyaviy-badiiy xususiyatlari. Hikoyalarda adolatparvarlik, rostlik, sadoqat, insonga mehr va muhabbat tuyg'ularining samimiy ifodasi.

«Luqmoni hakim», «Bahromgo'r va cho'pon», «Sulton Mahmud G'aznaviy» hikoyalari tahlili. Hikoyalar kompozitsiyasi va tili. Ularda og'zaki ijodga hamohanglikning aks etishi.

XVII asr — XIX asrning birinchi yarmi o'zbek adabiyoti

XVII—XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmi davrida ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o'ziga xos xususiyatlar. Xiva, Buxoro va Qo'qon xonliklarining shakllanishi. Ularda adabiyot va sa'nat rivoji.

Abulg'ozi Bahodirning hayoti va ijodi. Uning «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlari o'zbek nasrining namunasi sifatida. Bu asarlarning ma'rifiy va badiiy ahamiyati.

Shu davrda yaratilgan me'morchilik obidalari. Tazkiralar-madaniy hayot oyinasi sifatida. (Mutribiyning «Tazkirat ul-shuaro», Muhammad Bade' Maleho Samarqandiyning «Muzakkir ul-ashob» tazkiralari).

Adabiyotda mavzu qamrovining kengayishi. Hajviy-tanqidiy asarlar salmog'ining ortishi. Shu davrdagi adabiy aloqalar va tarjimachilik haqida qisqacha ma'lumot.



Turdi Farog'iy

Turdi Farog'iyning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot. Turdining adabiy merosi. Uning ijodidagi tanqidiy ruh. Buning sababalari.

«Bir sori azm ayla, joyi nomusulmondir bu mulk» g'azalining tahlili. Unda mavjud ijtimoiy tuzum tanqidining bosh mavqe tutishi.

Subxonqulixon haqidagi hajviyada mavjud tuzum adolatsizlik, boshboshdoqlik tanqidi. Unda Subhonqulixon shaxsiga xos va xos bo'lmagan xislatlar ifodasi.

Turdi she'rlarining janr xususiyatlari, badiiyati, tili.
Adibning «Arzimas» g'azali. Uning dunyo foniyligi, inson axloqi va taqdiri borasida bahs etishi. G'azaldagi qofiya, radif, vazn, badiiy-tasviriy vositalarning o'ziga xosligi.

«Sabot ul-ojizin» — axloqiy-didaktik asar.



Boborahim Mashrab

Boborahim Mashrabning hayoti va ijodi haqida ma'lumot. Mashrab siymosiga yondoshuvning o'ziga xosligi. Mashrab taxallusli boshqa shoirlar.

Boborahim Mashrab va o'tmishdagi adiblar. Mashrab tazminlari. Boborahim Mashrab va xalq og'zaki ijodi.

Mashrab lirikasi. She'riyatidagi janrlar rang-barangligi. Mashrab lirikasida tasavvuf ohanglarining namoyon bo'lishi.

«Bu tani xokiyniyu ruhi ravonni na qilay», «Ishq mazhabiga taqvoyu toat chidayolmas», «Malaksan yo bashar, yo huru g'ilmonsan, bilib bo'lmas», «Hech kima ma'lum emas holi parishonim mening» g'azallari tahlili. Ularda insoniy dard va iztiroblarning falsafiy teranlik va chuqur mushohada asosida ifodalanishi.

Mashrab she'riyatining mavzu doirasi, ruhi, uslubi, tili, badiiy-tasviriy vositalari.



Huvaydo

Xo'janazar G'oyibnazar o'g'li Huvaydoning tarjimayi holiga oid ma'lumotlar. Uning devonidagi asosiy janrlar (g'azal, masnaviy, ruboiy).

«Kimga borib dod etay zulmi falakdin dodni», «Hech kishiga so'zlamasdin dod etturdi falak» g'azallarning tahlili.

«Rohati dil» — axloqiy-didaktik doston.



Uvaysiy

Jahonotin Uvaysiyning hayoti va ijodi haqida ma'lumot. Uvaysiy asarlarida avtobiografik ma'lumotlar. Ular orqali shoira hayotiga oid jiddiy hodisalar haqidagi ma'lumotlarning yetib kelganligi.

Uvaysiy va Nodira hamkorligi.

Uvaysiy she'riyatida ayollarga xos ichki tuyg'ular axloq-odob, iztirob va kechinmalarning yorqin ifodalanishi. Shoira dostonlari haqida qisqacha ma'lumot.

«Zamona kulfatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi», «Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman» g'azallaridagi zamonga munosabat hamda shoir shaxsiyatining namoyon bo'lishi.

Shoira asarlarining badiiy xususiyatlari.



Amiriy

Amir Umarxon-— Amiriyning hayoti va ijodi haqida ma'lumot. Amir Umarxon ma'rifatparvar hukmdor va hassos shoir sifatida. Uning mamlakat farovonligi, milliy madaniyat va san'at ravnaqi yo'lidagi xizmatlari

Amiriy va Qo'qon adabiy muhiti. Amiriy va shoira Nodira. Arniriy devoni haqida ma'lumot. Devoning janriy tarkibi.

Amiriy sheriyatining mavzu qamrovi «Qoshingg'a teguzmagil qalamni», «Lab uyur takallumg'a, zulfingni parishon qil» g'azallaridagi nozik shoirona kuzatishlar va ularning badiiy talqini.


Nodira

Nodiraning hayoti va ijodi haqida ma'lumot. Nodira qismati.

Nodira -zullisonayn shoira. Uning ijodiy merosi. Nodiraning taxalluslari.

Nodira she'riyatida nozik va hassos qalb egasiga xos ifodalarning namoyon bo'lishi.

Nodira ijodida Navoiy, Hofiz, Fuzuliy, Bedil an'analarining davom etishi.

Shoira asarlarida ishq-muhabbat, hijron iztiroblari, ayriliq og'riqlarining real hayotiy asoslarga tayanishi. Ularning badiiy tasirchanligi.

«Tiyradur subhi nashotim, soqiyo, keltur sharob», «Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat», «Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit», «Kel dahrni imtihon etib ket» g'azallari tahlili.

Gulxaniy

Gulxaniyning hayoti va ijodi haqida ma'lumot. Gulxaniyning og'ir turmushi va buning asarlaridagi badiiy ifodasi.

Gulxaniyning ijodiy merosi. Uning ikki tilda ijod qilganligi.

«Zarbulmasal»-o'zbek adabiyotidagi yangi hodisa. Uning tarkibidagi maqol va masallar.

«Zarbulmasal»ning badiiy tili.

Gulxaniy va xalq og'zaki ijodi. Asarda qoliplovchi hikoya usulidan foydalanishdagi mahoratning namoyon bo'lishi.



Maxmur

Maxmurning asli ismi Mahmud ekanligi. Uning XVIII asr oxiri XIX boshlarida yashab ijod etgan shoir Mulla Shermuhammad Akmalning farzandi ekanligi. Maxmurning tahsil yillari.

Maxmur ijodida turii qiyinchiliklaridan norozilik ohanglarining aks etishi. «Aylading» muxammasining tahlili. Unda yuksak insoniy dard-iztiroblarning oddiy va sodda ifodalanishi. She'rning «shiru shakar»lik xususiyati. Maxmurning o'zbek satira janri rivojiga qo'shgan hissasi. («Munojot ba dargohi qoziyul-hojot», «Qurama», «Qozi Muhammad Rajab hajviyasi», «Hoji Niyoz»).

Adibning kulgi yaratish mahorati.



Munis

Shermuhammad Munisning hayoti va ijodi. Munis — shoir, tarixchi va xattot. Uning 1778- yilda Qiyot (Xorazm) qishlog'ida Avazbiy mirob oilasida tug'ilgani. Ibtidoiy ta'limni qishloqda, madrasa ta'limini Xivada olgani. Adibning asarlaridagi biografik ma'lumotlar.

«Munis ul-ushshoq» devonining tarkibi. Undagi janrlar xilma-xiligi va mavzu qamrovi.

«Yutubon bu zamonda qon shuaro», «Base g'am boridin chekmish og'irni» g'azallari tahlili. Ularda ijtimoiy hayotning realistik tasviri ifodalanganligi.



Ogahiy

Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li Ogahiyning hayoti va ijodi haqida ma'lumot.

Uning o'zbek mumtoz adabiyotida tutgan o'rni. Ogahiy -shoir, tarixchi, tarjimon.

Ogahiyning link merosi. «Taviz ul-oshiqin» devonining tarkibi. Unda mumtoz adabiyotning o'nto'qqizjanri mujassamlashganligi. Ogahiy g'azal ustasi sifatida. Ogahiy g'azallarining mavzu ko'lami. Ulardagi ijtimoiy ohanglarining ustuvor mavqei.

«Davrondin agar, ey dil, etsa senga bir rohat», «Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasin, netay», «Bizkibu kun jahon aro kishvari faqr shohimiz» g'azalari tahlili. Ogahiy Sadiy tarjimoni sifatida. Ogahiyning tarixiy asarlari haqida ma'lumot.
XIX asrni ikkinchi yarmi XX asr boshlari adabiyoti

Shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sharoit va madaniy hayot. Turkistonning Rossiya tomonidan istilo qilinishi. Shu davrda yaratilgan tarixiy-badiiy asarlarda zamonaviy hodisalar ifodasi.

Milliy-ozodlik harakatlari (1892, 1898, 1916) hamda uning badiiy adabiyotda ifodalanishi. Ma'rifatparvarlik ijtimoiy-madaniy oqim sifatida. Ma'rifatparvarlarning yangi fan, maorif, madaniyat targ'ibotchilari ekanligi.

Adabiyotda tanqidiy running ustuvor mavqe egallashi (Muqimiy, Zavqiy, Avaz O'tar). Yangicha ma'rifat targ'ibi va talqini (Furqat, Behbudiy, Avloniy).

Milliy uyg'onish davrining boshlanishi. Bunda adabiyotning roli (Fitrat, Qodiriy, Cho'lpon).

Muqimiy

Muhammad Aminxo'ja Muqimiyning hayoti va ijodi haqida ma'lumot.

Muqimiy lirikasi.

Muqimiy murabbalari («Emdi sendek, jonu, jonon qaydadir») Muqimiy g'azallarida tabiat tasviri («Navbahor, ochildi gullar, sabza

bo'ldi bog'lar»). Muqimiy she'riyatida oshiq dil izhorlari («Ayrilmasun»).

Shoirning ijtimoiy norozilik ifoda etilgan asarlari («Toleim»). Muqi-

miyning badiiy mahorati.

Furqat

Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqatning hayoti va ijodi haqida ma'lumot.

Furqat — ma'rifatparvar adib. Furqat lirikasi. Shoir she'rlarida bahor va go'zallik tasviri. Ulardagi hayotbaxsh ohanglar talqini («Kelinchak», «Na bo'ldi, nigoro»). Adib asarlarida yuksak insoniy xislatlar, boy ma'naviyatning ulug'lanishi («Bormasmiz»). Furqat she'riyatida g'urbat, vatan va vatanparvarlik, erk va ozodlik g'oyalarining ifodasi. «Adashganman» g'azali, «Adashganman» muxammasi, «Sayding qo'ya ber, sayyod» musaddasi. Furqatning badiiy mahorati.

Zavqiy

Zavqiyning hayoti va ijodi haqida ma'lumot.

Zavqiy lirikasi. Uning ijodida hajviy yo'nalishning asosiy o'rin tutishi.

«Zamon kimniki», «Muncha ko'p», «Nasihat»,

«Ahli rasta» hajviyasining realistik xususiyatlari. Unda adib mahoratining namoyon bo'lishi.

«Qahatchilik» dostoni ijtimoiy hayotning real badiiy ifodasi sifatida.



Xulosa

Madaniy meros va hozirgi davr. O'tmish adabiy merosining olamshumul ahamiyati. Unda o'zbek milliy ruhiyatining aks etgani. Madaniy merosning yoshlar tarbiyasidagi o'rni va ahamiyati.



O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablar

O'quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:



  • XV—XX asrlar oralig'idagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar va ularning xalq hayotiga, madaniyat va sa'nat rivojiga ta'sirini;

  • dasturda ko'rsatilgan adiblar tarjimayi holidagi asosiy holatlarni;

  • o'tilgan asarlarning yetakchi g'oyaviy-badiiy xususiyatlajini;

  • mumtoz matnlarni lug'at yordamida sharhlashni;

  • turli qo'shimcha manbalar: lug'atlar, ma'lumotnomalar, qomus va matbuot nashrlaridan foydalana olishni;

  • mumtoz matnlarni ifodali o'qiy olishni.

II bosqichda adabiyot bo'yicha bajariladigan og'zaki va yozma ishlarning turlari

Og'zaki ishlar: sinfda o'rganilgan yoki mustaqil o'qilgan mumtoz badiiy asarlarning janrini aniqlash, ularning asosiy belgilarini ayta olish. O'rganilgan asar qahramonlarining yetakchi xususiyatlarini tavsiflay olish.

Mumtoz she'riy asarlarni ifodali o'qiy olish.



Yozma ishlar: muayyan mumtoz matn ustida ishlab, unga oid reja tuza olish, reja asosida izchil insho yozish. Asarlardan ko'chirmalar olish va ulardan o'rinli foydalana bilish. Matndagi yetakchi badiiy-tasviriy vositalarni aniqlash.

Ayrim obrazlarga alohida yoki qiyosiy insho yozish. Hayotiy hodisalarga, adabiy-badiiy unsurlarga mustaqil nuqtayi nazarini bayon eta olish.


Yod olinishi lozim boigan asarlar

Alisher Navoiy. «Mehr ko'p ko'rguzdum, ammo» g'azali. «G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish», «Zohid, senga huru menga jonona kerak» ruboiylari.

Husayn Boyqaro. «Men hilol o'ldum g'amingdin, sen quyoshsan, ey sanam» g'azali.

Zahiriddin Muhammad Bobur. «Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu» g'azali.

Turdi Farog'iy. «Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondir bu mulk» g'azali.

Boborahim Mashrab. «Hech kima ma'lum emas holi parishonim mening» g'azali.

Uvaysiy. «Zamona kulfatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi».

Amiriy. «Qoshing'a teguzmagil qalamni» g'azali.

Munis. «Yutubon bu zamonda qon shuaro» g'azali.

Ogahiy. «Bizki bugun jahon aro kishvari faqr shohimiz» g'azali.

Zavqiy. «Ahli rasta» hajviyasidan parcha

O`zbek adabiyoti fanidan II bosqich barcha yo`nalishlar uchun o`quv dasturi






Mavzularning nomlanishi

Ma`ruza

Seminar

Jami

1

Alisher Navoiy hayoti va ijodi

6

6

12

2

XV asming II yarmi XVI asrlar adabiyoti.

Muhammad Shayboniy



1

1

2

3

Husayn Boyqaro

1

1

2

4

Muhammad Solih

1

1

2

5

Bobur hayoti va ijodi. “Boburnoma ”asari

3

3

6

6

Majlisiy

1

1

2

7

Xoja

1

1

2

8

XVII-XIX asr birinchi yarmi o'zbek adabiyoti

1

1

2

9

Turdi

1

1

2

10

So'fi Ollohyor

1

1

2

11

Boborohim Mashrab

2

2

4

12

Huvaydo

1

1

2

13

Uvaysiy

1

1

2

14

Amiriy

1

1

2

15

Nodira

1

1

2

16

Gulxaniy

1

1

2

17

Maxmur

1

1

2

18

Munis

1

1

2

19

Ogahiy

2

2

4

20

XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshi o'zbek adabiyoti

1

1

2

21

Muqimiy hajviyoti

1

1

2

22

Furqat lirikasi


2

2

4

23

Zavqiy lirikasi. “Qahatchilik” dostoni

1

1

2

24

Og`zaki va yozma ishlar




12

12

25

Takrorlash

1

1

2

26

Jami:

34

46

80

Istiqlol mumtoz adabiyotni puxta o’rganishga imkoniyat yaratdi. Endilikda mumtoz adabiyot namunalarini o’zligicha adabiyotning bosh masalalaridan biri bo’lgan badiyat qonunlari asosida o’rganish zarur.

O’zbek mumtoz adabiyot tarixida XIV-XVI asr adabiyot alohida o’rin tutadi.bu davrda jahon madaniyatiga katta xissa qo’shgan Аtoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Navoiy singari ulkan ijodkorlar yashab ijod etgan. Bu davrda turkiy til davlat tili darajasiga ko’tarildi, dunyoviy adabiyot rivojlandi, mumtoz adabiyot o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Turkiy adabiyot boshqa xalqlar adabiyot bilan mustaxkam aloqada bo’ldi.

Bu davrning muhim xususiyati shundaki, bu davrda Navoiy va Bobur hayoti ijodi o’rganildi. Bugunning talabi shundaki faqat adabiyotshunosgina emas, ziyoli sanalgan har bir inson bu kabi ijodkorlar ijodi bilan yaqindan tanish bo’lmog’i zarur. Chunki ular ijodi go’zallikning, badiyatning yuksak na'munalari bo’lib, insonni kamolot sari еtaklashga hizmat qildi.

Sho’ro siyosati bizni ana Shunday imkoniyatdan maxrum etdi. Ulug’ Shoirlar ijodi kam va chala xolda nashr etildi. Sho’ro davrida asarlarning nashri bo’yicha Navoiyning 42-o’rinda turishini qanday izohlash mumkin. O’zbek mumtoz adabiyotni istiqlol g’oyalari asosida o’rganuvchi darsliklar, qo’llanmalar xali yaratilgani yo’q. Mavjud darslik va qo’llanmalardagi ko’pgina masalalar istiqlol qoyalariga ziddir. Masalan, Amir Tеmur, Xo’ja Ahror haqidagi qarashlar yoki Navoiy progrеssiv adabiyot vakili dеb qaralishi kabidir.

Ta'lim jarayonidagi ana shu ochiqlikni to’ldirish uchun XV- asr adabiyot tarixiga oid ma’ruza matnlari yaratildi. Unda davr adabiyot istiqlol g’oyalari bidyat qonunlari asosida o’rganildi. Muallif bu ish orqali talabalarni qadriyatlarni chuqur bilishiga mumtoz adabiyotni g’oyalarini hosil qilishni maqsad qilgan.

Adabiyot darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
“Noqobil o`qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi qo`yadi,

Yaxshi o`qituvchi esa uni topishga o`rgatadi.”

(Nemis pedagogi Distergev)

Yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg`usini shakilllantirishda , ularda milliy iftihor tuyg`usini tarkib toptirishda, tariximizga, ajdodlarga hurmat ruhini uyg`otishda adabiyotning o`rni beqiyosdir. Ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun bugungi kun o`qituvchisi ilg`or tajriba yutuqlari bilan qurollangan bo`lishi kerak. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ro`yobga chiqarishning ikkinchi bosqichi ham ta`lim mazmuniga yangi pedagogik texnologiyalarni keng qamrovda olib kirish vazifasini qo`ymoqda. O'zbekiston Respublikasi istiqlol mafkurasini yaratishdek muqaddas vazifani kun tartibiga qo'ydi. Milliy istiqlol mafkurasi esa, eng avvalo, unutilib ketgan qadriyatlarimizni tiklashdan, ajdodlarimiz merosini o'rganishdan boshlanadi.

Allomalarimizning kelajak binosiga maktabda poydevor qo'yiladi, degan gaplari rad etib bo'lmas haqiqatdir.

Adabiyot darslarida turli usullardan va dars modellaridan unumli foydalanish, mavzu bo`yicha o`quv elementlarining murakkabligini yengillatishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin.

Klasster (axborotni yoyish usuli)

Bu usulning asosiy vazifasi o`rganilayotgan ob`ekt talabalar faoliyatini pedagogik voqelikni qismlarga ajratgan holda o`zlashtirishga yo`naltiriladi, unda ko`p variantlilik asosida tushuncha ham hodisalarning o`zaro ichki va tashqi bog`lanishlarini aniqlash ko`nikmalarini shakllantiradi. Bu usuldan foydalanish uchun talabalarni kichik guruhlarga ajratish talab etiladi. Har bir guruhda mavzuga oid alohida o`quv elementlari tanlanadi. Buning uchun xonada darslik, o`quv qo`llanmalari, ma`ruza matnlari va turli manbalar bo`lishi kerak. O`qituvchi alohida o`quv elementlarni o`zlashtirish uchun 15-20 daqiqa vaqt ajratadi. O`quvchilarni ma`lumotlarni o`zlashtirgandan so`ng doskaga kalit so`zlar yoziladi va guruhlarda barcha talabalar o`z variyantlarini qog`ozga yozishadi. Fikrlar umumlashtiriladi va yakuniy xulosalar qayd etiladi.

Klaster tuzish bosqichlari.


  1. Kalit so`zlar o`qituvchi tomonidan yo`ziladi.

  2. O`quv elementiga tegishli fikrlar aniq fe`l bilan ifodalanib yoziladi.

  3. Asosiy g`oya va tushunchalar o`tasidagi aloqadorlik chizmalarda ko`rsatiladi.

  4. Kichik guruhlardagi barcha talabalar o`z variantlarini qog`ozga yozishadi.

  5. Fikrlar umumlashtiriladi.

  6. O`qituvchi talabalar faoliyatini nazorat qiladi va ob`yektiv baholaydi.

Bu usulning qulay tomoni shundaki, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga va so`z boyligini oshirishga katta yordam beradi.

Sinkvеyn (axborotni yigish) usuli

Mеtodni qo`llash jarayonida talabalardagi tarqoq axborotli jarayonlar asta-sеkin boskichma-boskich yo`naltirilgan axborotli jarayonga aylantirib boriladi. Ya'ni, o`rganilmagan bilimlar mavzuni urganish davomida o`rganiladi, muayyan ob'еktiv voqеlik to`g`risida yakdil fikrga kеlinadi. Buning uchun talabalarda bеsh imkoniyat mavjud bo`ladi. Ya'ni sinkvеyn bеsh qatordan iborat o`ziga xos "oq shе'r" (qofiyasiz) bo`lib, o`rganilayotgan mavzuga oid tushunchalar (hodisa, jarayon, voqеa) qat'iyan kеtma-kеtlikda yozib chiqiladi. Sin­kvеyn orqali talabalar o`z fikrlarini to`plash, ularni ixcham ifodalash, turli muloxazalarni sintеzlash va mavzu bo`yicha turli xulosalarni Takomillashtirishga o`rganishadi,

Sinkvеyn tuzish tartibi:

1.Birinchi qatorda mavzuga oid bosh g`oya (tayanch tushuncha) bir so`z (ot) bilan qayd etiladi.

Ikkinchi qatorda bosh g`oya ikki sifat bilan ifodalanadi.

Uchinchi qatorda mavzuga ot tushunchalar (jarayonlar) uchta so`z bilan bayon qilinadi.

To`rtinchi qatorda mavzuga oid fikr (nazariya, fakt)-lar to`rtta so`zdan iborat bo`lishi lozim.

So`nggi qatorga mavzu mohiyatini oydinlashtiriladigan (yoki ma'no jixatidan yaqin bo`lg`an) bitta so`z yoziladi.

Bu kеtma-kеtlikni quyidagi chiziqlar yordamida loyihalash mumkin.

1.___________ topshiriq

2.____ _____ ____.

3.___ ______ _____

4.____ ____ ____ ____

5.____ natija

Odatda, sinkvеyn mavzu boyicha biror muammoli vaziyatni еchish yoki aloxida o`quv elеmentlarini mukammallashtirishda talaba tafakkurini charxlash uchun tuziladi. Agar birinchi qatordagi mavzu so`z turkumi - ot orqali ifodalansa, ikkinchi qatorda topshiriqning muhim xossalarini bеlgi-lovchi bir juft sifatni talablar oylashi, ko`p variantli javoblardan eng maqbulini olishi lozim bo`ladi. Kеyingi qatorlarga yoziladigan javob so`zlar ham talabaning tеzkor fikrlashi natijasida topilib ko`zlangan maqsad -yakuniy natijaga erishiladi.


Aqliy hujum usuli

Dars jarayonida “aqliy hujum” dan to`g`ri foydalanish ijodiy fikrlashni manbai hisoblanadi.Bu usuldan ta'lim mazmunini o`zgartirish jarayonida, ishlab chiqarish mu-ammolari еchimini topishda ham foydalanish mumkin. Dastlab gurux, yig`ilib, ular oldiga muammo qo`yiladi. Bu muammo еchimi to`g`risida ishtirokchilar o`z fikrlarini bildiprishadi. Bu bosqichda hеch kimning o`zgalar g`oyasiga «hujum» qilishi yoki baholashiga haqqi yoq. Dеmak, "aqliy hujum" da qisqa vaqtda o`nlab g`oyalarning yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo`ladi. Aslida, g`oyalar soni muhum emas, ular muammoli еchimi uchungina asos bo`ladi. Bu mеtod shartlaridan biri qatnashuvchilarning har biri tashqi ta'sirsiz faol ishtirokchi bo`lishi kеrak.

Shunday qilib, "aqliy hujum" qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin:

- olg`a surilgan g`oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi;

- ish sifatga emas, songa qaratiladi, g`oyalar qancha ko`p

bo`lsa shuncha yaxshi;

- istalgan g`oyani mumkin qadar mukamallashtirish va

rivojlantirish mumkin;

-muammo yеchimidan g`oyalar ham qo`llab-quvvatlanadi;

-barcha g`oyalarning asosiy mavzulari (farazlari) yozib olinadi;

-"hujum" vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;

- savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar bеrish ko`zda tutiladi.

Vazifasi. "Aqliy hujum" qiyin vaziyatdan qutulish choralarini topishga, muammoni chеgarasini kеngaytirishga, fikrlar xilma-xilligiga erishishga va tafakkur doirasini kеngaytirishga imkon bеradi. Eng asosiysi, muammoni еchish jarayonida ijodiy hamkorlik kuchayib, guruh, (audito­riya) yanada jipslashadi. Bu usuldan adabiyot darslarida biror obraz xarakteriga baho berishda yoki ijobiy va salbiy xarakterlarni tahlil qilishda unumli foydalanish mumkin.





Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish