Andijon davlat universiteti



Download 396.5 Kb.
bet1/3
Sana17.01.2017
Hajmi396.5 Kb.
  1   2   3


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
ТO‘XTABOYEV N.Х.

Organik birikmalar sintezi, stereokimyosi va fiziologik faolligi


Oliy o‘quv yurtlari 5440400-Kimyo ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv qo‘llanma





Andijon

2004

Тaqrizchi: k.f.n. S.K.Karimov

Тo‘xtaboyev N.Х.

Organik birikmalar sintezi, stereokimyosi va fiziologik faolligi: Oliy o‘quv yurtlari 5440400-Kimyo ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv qo‘llanma -Andijon.:ADU AТM., 2004.-32 b.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari kimyo ixtisosligi uchun tayyorlangan bo‘lib, “Organik birikmalar sintezi, stereokimyosi va fiziologik faolligi” kursi Dasturi bo‘yicha organik sintez, organik birikmalar stereokimyosi va fiziologik faollikni aniqlash, fiziologik faollik ko‘lamlarini belgilash yuzasidan zamonaviy tasavvurlar, nazariyalar xaqida qisqacha tushunchalarni o‘z ichiga olgan.
Ushbu “Organik birikmalar sintezi, stereokimyosi va fiziologik faolligi” kursidan ma’ruzalar matni asosida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmasi kafedra qaroriga asosan ADU o‘quv uslubiy hay’ati tomonidan (2004 yil 4 sentabr) qo‘llanishga tavsiya etilgan.

SO‘ZBOSHI
So‘nggi yillarda oliy ta’lim soxasiga doir mamlakatimiz prezidenti va xukumatining bir qator farmoyish hamda qarorlari, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” bu soxadagi olg‘a siljishga katta turtki berdi. Dunyo standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash tizimiga o‘tilib, bakalavr va magistratura bosqichlari kiritildi. Bu bosqichlar uchun tegishli o‘quv rejalari yaratildi va shu bilan birga bir qator yangi fanlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. “Organik birikmalar sintezi, stereokimyosi va fiziologik faolligi” kursi ham shunday mutaxassislik fanlaridan hisoblanadi. Bu kurs maxsus fan tariqasida zamonaviy organik kimyo fani yutuqlari, xususan, organik sintezning maqsad va vazifalari, sintez strategiyasi, sintezni rejalashtirish hamda organik sintezda stereokimyo muammolari, selektiv stereosintez usullari bilan bir qatorda yangi sintez qilingan birikmalardan amaliy foydalanishning perspektiv yo‘nalishi, ya’ni, ularning fiziologik faolliklarini o‘rganish yo‘llari bilan tanishtiradi. Qisqa shaklda bayon etilishiga qaramasdan nafaqat ilmiy ma’lumotlarni o‘zlashtirish, ilmiy tadqiqotlarda foydalanish yo‘nalishidagina emas, balki pedagogik faoliyatda ham qiziquvchilarga yetarli darajada yo‘llanma bera oladi deb o‘ylaymiz.

KIRISH. RESPUBLIKADA ORGANIK KIMYO FANI VA SANOAТI.
1. Zamonaviy organik kimyo fani va uning oldida turgan dolzarb vazifalar.

2. Respublikada organik kimyo fani va sanoati.

3. Vatanimiz kimyogar olimlarining organik kimyo fani rivojiga qo‘shayotgan xissalari.

4. Respublikada organik kimyoning ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha qilinayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida qisqacha tushuncha.
Fanlarning integrallashuvi tez suratlar bilan davom etayotgan hozirgi paytda organik kimyoning boshqa fanlar bilan yaqinlashishi sodir bo‘lmoqda. Organik kimyoga kvant-kimyoviy tasavvurlar kirib kelib, uning fizikalashuvi va matematiklashuvi boshlandi. Organik molekulalarda sodir bo‘ladigan almashinish, birikish, qayta gruppalanish reaksiyalarining qay yo‘nalishda sodir bo‘lish ehtimolligini, molekulalarning reaksiyaga kirishish qobiliyatini oldindan bilish uchun qilinadigan kvant-kimyoviy hisoblashlarni matematik apparatsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu hisoblashlar EHM keng miqyosda foydalanishni taqazo etadi. 1920 y. da fizik Aston birinchi bo‘lib, mass-spektrometrik usulni qo‘lladi. Uning yordamida barcha elementlarning aniq massasini tekshirib ko‘rildi. Izotoplar aralashmasi analiz qilinmoqda. Organik moddalarning molekulyar massalarini aniqlash metodi kashf etildi. Yangi organik moddalarning tuzilishini aniqlashda bugungi kunda IK-, UF-, YaMR-spektroskopiya, rentgenostruktur analiz kabi fizik usullardan keng foydalanilmoqda. Undan tashqari, organik moddalarning yonish, hosil bo‘lish issiqliklarini o‘lchash, ulardagi bog‘larning barqarorligi va tabiati hamda reaksiyalarning muayyan yo‘nalishda borish sharoitlari haqida hulosa chiqarish imkonlari vujudga keldi. Bu energetik xarakteristikalarni o‘lchashda ham organik kimyo fizika metodlaridan foydalanadi.

Organik kimyoning biologiya bilan hamkorligidan biologik kimyo va bioorganik kimyo vujudga keldi.

Organik kimyo fanining yutuqlari sanoatga tadbiq etilib, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Kimyo sanoati plastmassalar, organik shisha va turli sintetik polimerlar sintez qilishda, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, elektr, radio, to‘qimachilik sanoati tarmoqlarining rivojlanishiga katta xissa qo‘shmoqda. Organik moddalarning asosiy manbalari hisoblangan toshko‘mir, neft, tabiiy gazlar, o‘rmon va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash yo‘li bilan yoqilg‘ilar, bo‘yoqlar, portlovchi moddalar, dori-darmonlar, sun’iy ipak tolalari, o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Sintetik polimer materiallar pishiqligi jihatidan metall va boshqa qurilish materiallaridan afzal va arzon. Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish, hosildorlikni oshirish, har-xil zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan turli-tuman organik birikmalar: insektitsid, fungitsid, gerbitsid va defoliantlar katta rol o‘ynamoqda.

Mamlakatimizda organik kimyo fan sifatida barcha kimyo va kimyoga ixtisoslashmagan oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari o‘quv dasturlaridan o‘rin olgan. Universitetlar, texnika oliy o‘quv yurtlari, O‘zRFA ilmiy-tekshirish institutlari, muammoviy laboratoriyalari, ilmiy ishlab chiqarish majmualarida organik kimyo soxasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari keng ko‘lamda olib boriladi.

Dunyoga tanilgan akademiklar O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, Х.U.Usmonov va boshqa bir qator yirik olimlarimiz asos solgan ilmiy yo‘nalishlarda yuzlab fan doktorlari, fan nomzodlari, ilmiy xodimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Mamlakatimizda organik kimyo asosan tabiiy manbalardan ajratib olinadigan birikmalar va ularning hosilalari, polimer moddalar va organik sintez yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlanishda davom etmoqda. Bu soxada oliy o‘quv yurtlari ilmiy laboratoriyalari, kafedralari, O‘zRFA O‘simlik moddalari IТI, Bioorganik kimyo IТI va boshqa bir qator muammoviy laboratoriyalarda tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu tadqiqotlardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad xalq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan organik moddalarni ajratib olish, sintez qilishdir.

“Organik sintez qiziqarli, sarguzasht va xavf-hatarga to‘la, u ko‘pincha oliy darajada ustamonlikni talab etadi. Shuning o‘zi yetarli, organik kimyo shunday stimulga ega bo‘lmaganda, u juda zerikarli bo‘lib qolgan bo‘lar edi”.(R.B.Vudvord, 1956). Buyuk sintezatorning bu so‘zlari hozirgi kunda ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotgan emas va ko‘p yillar davomida organik sintezning chin mohiyatini ochib bera oladi.

Mamlakatimizda mavjud organik kimyo sanoati iloji boricha tabiiy manbalar asosida ishlaydi. Ularning tarkibi va birlamchi qayta ishlov mahsulotlari tarkibi ular asosida olinadigan birikmalar ko‘lamini belgilab beradi. Masalan, polietilen ko‘ptonnali sanoat mahsuloti bo‘lishiga sabab, uning sintezi sodda va arzon homashyo-etilen asosiga qurilganida. Aromatik birikmalar kimyosi (polimerlar, bo‘yoqlar, dorivor preparatlar va b.q.)-asosini millionlab tonnalab neft va toshko‘mirdan olinadigan benzol yadrosi tashkil etadi. Viskoza, atsetat tolalar, nitrotsellyuloza mahsulotlari va porox, glyukoza -Yerda eng ko‘p tarqalgan organik birikmalar-polisaxaridlarni sodda kimyoviy o‘zgarishlardan olinadigan sanoat mahsulotlaridir. Ko‘p molekulalarda tabiiy manbalardagi kabi o‘xshash struktura birliklarini oson topishi mumkin va shu asosda ularning sintezini mantiqiy sxemasini tuzish mumkin. Ammo, ko‘pchilik hollarda maxsus professional qarash bilan molekulada dastlabki birikmalarni tuzilishda mos keluvchi fragmentlarni ko‘rish mumkin.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda “Navoiy AZOТ ХB”, “Farg‘ona AZOТ ХB”, “Farg‘ona sun’iy tolalar zavodi”, “Olmaliq kimyo kombinati” kabi bir qator yirik ishlab chiqarish korxonalari vatanimiz olimlari tomonidan yaratilgan organik sintez texnologiyalari asosida xalq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun mahsulotlar yetkazib bermoqda.

Organik sintez soxasida dorivor preparatlar sintezi aloxida o‘rin tutib, Тoshkent Farmatsevtika instituti olimlari, ТoshMI olimlari tomonidan yaratilgan ayrim dorilar S.Islombekov nomli farmatsevtika zavodida sintez qilinmoqda va iste’molga chiqarilmoqda. “Surxon-Ajanta” xind-o‘zbek QK da esa dunyo miqyosidagi talablarga javob beruvchi dorilar sintez qilish texnologiyalari qo‘llanilib, inson sog‘ligi uchun bir qancha zarur preparatlar sintezi yo‘lga qo‘yilgan.

“Kimyo o‘zining predmetini yaratdi. Bu ijodiy qobiliyat san’atga o‘xshaydi va u kimyoning barcha tabiiy hamda ijtimoiy fanlardan tubdan ajratib turadi”. XIX asrning yetuk kimyogari M.Bertloning bu fikri organik-sintetiklarni doimo ruxlantirib turadi va har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanchlaridan muhimlari qatoridan joy olgan kimyo sanoatini rivojlanishini doimo stimullaydi.


Тayanch iboralar: fan integratsiyasi, organik sintez, sintez xomashyosi.
ORGANIK SINТEZNING MAQSAD VA VAZIFALARI
1. Sintez-tadqiqot vositasi sifatida.

2. Sintez usullari.

3. Organik reaksiyalar selektivligi muammosi.

4. Funksional gruppalar transformatsiyasi va sintetik ekvivalent.

5. Funksional gruppalarni himoyalash.

6. Organik reaksiyalar turlari.
Umuman olganda, organik sintezning maqsadi haqidagi aniqrog‘i, uning fan va amaliyotdagi roli to‘g‘risidagi savol juda sodda emas va unga javob ham aniq bir moddaning keng talqinli foydaligini hisobga oluvchi sintez obe’kti sifatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tirofi bilangina belgilanib qolmaydi. Shunga qaramasdan organik sintezning maqsadi bevosita shak-shubxasiz foydali bo‘lgan organik birikmalar olish degan javob birinchi o‘rinda turadi. Тabiiy bo‘yoqlarning ochiq ranglari ularning yuqori qimmatga egaligi dastlab laboratoriya, so‘ngra sanoat miqyosidagi organik sintezlardandir. S vitamini, DNK, prostglandinlar sintezi insoniyat uchun bebaho boylikdir. A vitamini, izoprenoidlar, gormonlar, feromonlar haqida tushunchalarimiz bor va ularning sintezi naqadar katta ahamiyatga egaligini biz tasavvur qila olamiz. Ularning barchasi insoniyat ehtiyojlarini qondirish uchun, bu esa organik sintezning asosiy vazifasi va maqsadi hamdir.

Sintez kerakli moddalar olish imkonini beruvchi preparativ funksiyani bajaribgina qolmay (buni tabiiy manbadan ajratib olish, mikrobiologik yoki biokimyoviy usulda ham amalga oshirsa bo‘ladi), chin ma’noda tadqiqot ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Ma’lum bo‘lmagan o‘zgarishlar natijasida yoki tabiiy birikmalarning qarshi sintezi alohida o‘rin tutadi.

Zaonaviy fizik tadqiqot usullari ma’lum birikmalar analogiyasi asosida struktur tuzilish to‘g‘risida ma’lumot beradi. G‘ayrioddiy, yangi tipdagi struktur tuzilmalar olinganda spektral interpretatsiyalar yagona to‘xtamga kelish imkonini bera olmaydi.

Тuzilishni aniqlashning klassik usuli destruksiya ham olingan fragmentlar asosida dastlabki struktur tuzilmani konstruksiyalash imkonini bera olsada, ba’zi struktur birliklar haqida (ayniqsa, stereokimyoviy) axborot yo‘qolishi mumkin. Shu vaqtning o‘zida qarshi sintez yo‘li bilan olingan birikma strukturasi eng oxirgi instansiyadagi haqiqat bo‘lib hisoblanadi. Тo‘g‘ri, rentgenostruktur analiz “absolyut analiz metodi” hisoblanadi. Lekin, buning uchun birikmaning monokristallini o‘stirish lozim, bu esa doimo yechilishi oson masala emas, undan tashqari, bu usulning mehnati juda og‘ir, shuning uchun, qarshi sintez bir qancha alternativ strukturalar ichida yagona to‘g‘risini ajratib olishning eng ishonchli, yagona usuli hisoblanadi. Sintezning bu struktur-analitik rolidan tashqari an’anaviy sintez usullaridan farq qiluvchi yangi usullar yaratilishiga, an’anaviy usullarga bo‘ysinmagan hollarda butunlay g‘aroyib hossali birikmalar olishdagi roli ham mavjud. Organik sintez bugungi kunda g‘aroyib murakkab tuzilishli molekulyar konstruksiyalar olish vazifasini qoyilmaqom qilib bajarmoqda. Organik sintezning har bir bosqichida kutilmagan sintetik muammolar, tuzilishning spetsifik holatlari, organik birikmalar reaksion qobiliyatlari alohida hollari nafaqat yangi sintez usullari yaratish, balki nazariy organik kimyoning yangi konsepsiyalari uchun faktik materiallar uchun manba vazifasini ham bajaradi. Zamonaviy organik sintezda geterolitik reaksiyalar orqali C-C bog‘larning yig‘ish, organik ionlarni stabillashtirish, funksional gruppalar transformatsiyasi, substratning alternativ reaksion markazlarini tanlama faollashtirish, funksional gruppalarni himoyalash, siklik birikmalar qurish, C-C bog‘ni uzish va yangi uglerod skletini tuzish kabi usullardan foydalaniladi. Organik reaksiyalarni selektivligi muammosi ko‘tarilganda shuni nazarda tutiladiki, ma’lum reagent va ma’lum funksional gruppa orasida tanlangan sharoitda faqat yagona reaksiya borishi lozim. Lekin, selektivlik muammosi shu bilangina izohlanib qolmaydi. Real substratlarda bitta emas, balki bir nechta funksional gruppalar bir xilda reaksiyaga kirishishi mumkin bo‘lgani holda, sintez vazifasi bo‘yicha ulardan bittasigina ta’sirlanishi kerak. Yagona bir masala shundaki, agar yagona funksional gruppa saqlagan modda reaksiyaga kirishganda ham substrat yoki mahsulot asimmetrik bo‘lgani uchun bir necha mahsulotlar hosil bo‘ladi. Selektivlikni ta’minlashda quyidagi hollarni hisobga olish zarur.

1. Ketma-ket reaksiyalar (kerakli bosqichdan so‘ng to‘xtatish kerak)

2. Parallel reaksiyalar (alternativ yo‘nalishdagisini tanlash kerak)

3. Ketma-ket - parallel reaksiyalar.

Selektivlikda quyidagi terminologiyalar ishlatiladi:

a) xemoselektivlik

b) regioselektivlik

c) stereoselektivlik

Agar to‘la selektivlikka erishilsa, u holda natijaga ko‘ra xemo-, regio-stereospetsifiklik termini ishlatiladi.

Ikki optik andipod-enantiomerlar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq enantioselektivlik eng murakkab vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Selektivlikka, asosan, mos keluvchi reaksiyani tanlash va reagentlarni ratsional qo‘llash orqali erishiladi.

Funksional gruppalar transformatsiyasi bu bir tip organik birikmalardan boshqa tipdagi organik birikmalarga o‘tish, ya’ni masalan olefinlardan spirtlarga yoki murakkab efirlardan galogen hosilalarga o‘tish kabilardir. Bunday o‘zgarishlar olinishi lozim bo‘lgan moddalar tuzilishida ma’lum funksional gruppa bo‘lishiga erishish uchun yakuniy o‘zgarishlarda yoki boshlang‘ich o‘zgarishlarda amalga oshiriladi.

Funksional gruppalarning eng keng sinflanishi ularning tarkibiga kirgan atomlarning oksidlanish holatiga bog‘liq.

Shuning uchun, uglerodning oksidlanish darajasi 0 bo‘lgan alkanlardan boshlab, 3 xil transformatsiya tipi ko‘rib chiqiladi.

Uglerod vodorodga qaraganda elektromanfiyroq va elektron juft C tomonga siljigan C-H  C--H+. Shu asosda alkanlarning funsional hosilalari sinflanadi.

1. 1-oksidlanish darajasi (alkan-2e): -C-Х (ХHal, OH, OR, Oac, Ots, NR2, NO2, SR va b.q.); >CC<

2. 2-oksidlanish darajasi (alkan-4e): >CХ (ХO, NR); >CXY (X,YHal, OR, SR); >CCX-(X,YHal, OR, OSiR3); -CC-, XC-CY

3. 3-oksidlanish darajasi (alkan-6e): -COON, -COХ (Х OR, Hal, OCOR), -CN, >CC-CC-, >CC-CO

Funksional gruppalarning sinflanishi ososida ularning transformatsiyasini 2 katta guruxga bo‘lish mumkin.

A. Izogipsik reaksiyalar- C atomlarining oksidlanish darajasi o‘zgarmaydigan reaksiyalar.

B. Noizogipsik reaksiyalar- oksidlanish darajasi ortadigan oksidlanish reaksiyalari va oksidlanish darajasi pasayadigan qaytarilish reaksiyalari.

Sintetik ekvivalentning manosi shuki, ma’lum reaksiya yoki reaksiyalar tipiga aniq reagent kiritishdan reaksiya natijasiga ko‘ra ion tizimidagi intermediat qatnashuvi taminlangandek natija olinishi lozim.

Funksional gruppalarni himoyalash selektivlikni ta’minlashda muhim omillardan biridir. Тurli tipdagi himoyalashni kiritish va chiqarib yuborishning yaxshi ishlab chiqilgan usullari organik birikmalarda uchrovchi barcha funksional guruhlarnigina emas, balki atsetilen yoki olefin bog‘lari, aromatik yadro kabi uglevodorod funksiyalarini ham himoyalash imkonini beradi.


Тayanch iboralar: sintez ob’ekti, preparativ funksiya, destruksiya, struktur tuzilma, rentgenostruktur analiz, qarshi sintez, C-C bog‘i, organik ion, funksional gruppa, reaksion markaz, uglerod skleti, reaksiya selektivligi, reagent, ketma-ket reaksiyalar, parallel reaksiyalar, xemoselektivlik, regioselektivlik, stereoselektivlik, funksional gruppa transformatsiyasi, sintetik ekvivalent.
Sintez strategiyasi
1. Sintezni rejalashtirishning roli

2. Sintetik sxemalarni tuzish.

3. Sintez strategiyasini ishlab-chiqishda EHM ning roli.
Organik mahsulotlarda funksional gruppalar transformatsiyasi va reaksiyalarning selektivligi haqida tushunchalar ega bo‘lganimizdan so‘ng, murakkab sintezlarni amalga oshirishning rejasini, taktika va strategiyasini o‘rganishimiz lozim.

“Hamma ko‘rgan narsani ko‘rgan holda, hech kim o‘ylamagandek o‘ylash kerak” (J.Sent-D’yordi). Bu so‘zlar har qanday tadqiqotchining dasturi bo‘lmog‘i kerak.

Konkret sintezni bajarishda ikki holat bilan to‘qnashiladi: a) dastlabki mahsulot-birikma berilgan va uni kerakli mahsulotgacha o‘zgartirish kerak: b) kerakli mahsulot strukturasi berilgan va uni qanday birikmalardan va qanday usullar bilan olishni rejalashtirish kerak.

Sintezni real rejalashtirishda ikki usulni kombinatsiyasidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.

a)-usulni sintezni rejalashtirishda, asosan, sanoat sintetik sxemalarni ishlab chiqishda qo‘llash maqsadga muvofiqroq, chunki ko‘pincha sanoat mahsuloti arzon yoki boshqa ishlab chiqarishning chiqindisi bo‘lib, sintez tadqiqotini stimullaydi. Laboratoriya sintezida bu usul yakuniy mahsulotda u yoki bu dastlabki reagentlar asosidagi fragmentlarni oson saqlay olishi bilan izohlanadi.

b)-usul bo‘yicha sintezni rejalashtirish har doim ham potensial foyda olish imkonini bermaydi, chunki buning uchun struktura yoki biosintez sxemalarida kerakli malumot juda kam. Shuni ham usta tadqiqotchi ko‘rishi mumkin xolos. Bunda yakunida boshlang‘ichdan qarab borishda qatiy mantiqiy analiz yo‘li bilan boriladi. Buning uchun molekulani fikran parchalanadi, bunda bazi bosqichlar tegishli sintetik reaksiyalar natijalariga teskari tarzda ro‘y beradi (retrosintetik analiz).

Kerakli operatsiyani tanlab olish bilan zamonaviy usullar arsenalidan foydalanib, sintetik kimyoning har qanday xususiy masalasini yechish mumkin.

Sintez sxemasini eng sodda va ko‘rinarli kompozitsiyasi bitta boshlang‘ich molekulani bosqichma-bosqich murakkablashtirib borishdan iborat. Umumlashtirilgan holda u quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi (n ta bosqich uchun):

A0+A1 A0-A1+A2 A0-A1-A2+A3 A0-A1-A2-A3 A0-A1-A2-A3-...- An-An+1

Bunda “eng og‘riq joy” (“arifmetik shayton”) umumiy unum muammosidir.

Ketma-ketlikda oxirgi mahsulot unumi dastlabki birikmadan hisoblaganda barcha oraliq holatlar unumi yig‘indisidir. Boshqacha qilib aytganda, alohida bosqich o‘rtacha unumi “U” bo‘lsa, n bosqich uchun umumiy unum “Un” bo‘ladi. Agar U 80% bo‘lsa, umumiy unum bosqich soniga qarab quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:


n

5

10

20

30

50

80

Un,%

33

11

1.2

0.12

0.0014

0.000002

Demak, 2 g mahsulot olish uchun 1 t boshlang‘ich birikma kerak bo‘lar ekan (80 bosqichli sintezda). Demak, bosqich sonini kamaytirib, alohida bosqichlarni unumini orttirish kerak. Kerakli transformatsiyalarning minimal soni, optimal bosqichlarni tanlab olish kerak. Bu sxema samarador bo‘lgani bilan cheksiz imkoniyatga ega emas. Chiziqli kompozitsiyada bu sxema chegaralangan holda imkoniyatga ega.

Alternativa sifatida sintezning konvergent sxemalari mavjud. “P” mahsulot olishda bu sxema quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Bu yerda umumiy unum bosqichlar bo‘yicha jamlanganda ko‘rinishda bo‘lib, chiziqli holda sxemaga solishtirganda:

n

8

16

32

64

80

Un,%
















chiziqli

16.8

2.8

0.08

610-5

210-6

konvergent

51.2

4.1

32.8

26

24.4

ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Chiziqli sxemalarda reaksiya selektivligi va funksional gruppalar mos keluvchanligi hal qiluvchi axamiyatga ega bo‘lsa, konvergent sxemalarda bu unchalik ahamiyaga molik emas, turli bosqichlarda zarur bo‘lgan funksional sxemaning turli shoxlariga tarqatilib yuboriladi, turli shoxlar bir vaqtning o‘zida turli tadqiqotchilar tomonidan olib borib, so‘ngra birlashtirilishi mumkin.

Sintezni rejalashtirish va sxemalar tayyorlashda bir necha tavsiyalar umumiy xarakterga ega bo‘lib, ish jarayonida ulardan foydalanish mumkin:

1. Тuzilishini to‘liq ko‘rib chiqish. (Markaziy strategik muammoni bo‘laklarga ajratib, ichidan tanlab olish.)

2. Strategik reaksiyani tanlab olish. (Molekula tuzilmasining strategik yadrosi sintezini ta’minlovchi reaksiya yoki reaksiyalar turkumini tanlab olish.)

3. Strategik bog‘ni tanlash. (Тuzilmani to‘liq o‘rganib, samarador strategik reaksiyani tanlash imkoni yo‘q bo‘lganda, bosqichma-bochqich tuzilma bog‘lar bo‘yicha parchalanadi, retrosintetik analiz sxemasida strategik bo‘lgani topiladi va shu bog‘ retrosintetik sxemani keyingi bosqichlarini, oqibatda sintez strategiyasini belgilab beradi)

4. Тuzilmani dastlabki retrosintetik qayta ishlovdan o‘tkazish. (Analizni eng mas’uliyatli qismi. Uning maqsadi butun tuzilmani modifikatsiyalash, pirovard natijada tanlangan strategik reaksiya yoki strategik bog‘ni tutashtirish yordamida yig‘ish).

Bu tavsiyalar tartibi sintezni rejalashtirishda ish tartibini belgilamaydi. Aksincha, har bir bosqichda ular hisobga olinishi va qo‘llanilishi lozim. Ular faqat yakuniy mahsulot analizida emas, balki oraliq birikmalar tuzilishini bilishda ham muhim ahamiyatga ega.

Bu tavsiyalar sintez rejalashtirishda ko‘r-ko‘rona emas, balki keng sintetik qobiliyatga qarab qo‘llanilishi lozim. Sintezning rejalashtirilishda doimo kengayib beruvchi, juda katta kimyoviy axborotni o‘zlashtirib borish va foydalanish kerak bo‘ladi. Bu masalada sintetiklarga aqlli mashinalar-EHM lar yordamga kelishadi.

Yuqorida aytib o‘tilgandek kimyo uslublari keng imkoniyatlarga ega, ”har qanday narsani har qanday narsaga” aylantirish imkonini beradi deb aytish mumkin.

Har qanday strukturani retrosintetik analizi ihtiyoriy tanlab olingan bog‘dan boshlab, retrosintetik daraxt bo‘ylab borib, oxir-oqibatda sodda boshlang‘ich strukturalarga chiqish imkonini beradi. Agar bu axborotlar, sintez uslublari haqida yetarli to‘liq ma’lumot hamda bog‘larni navbatdan uzib borib, strukturani soddalashtirishni ko‘zda tutuvchi programmalar mashina xotirasiga kiritilsa, retrosintetik analiz sxemalarining qandaydir to‘plamini olish mumkin. Тo‘g‘ri unda tegishli variantlar ko‘plab ishlab chiqiladi, hatto ular ichidan kerakligini ajratib olib bo‘lmay qoladi ham. Shuning uchun, EHM dan ratsional foydalanish foydalanuvchining mantiqiy izohlanishi, ayrim qadamlar qatiy kimyoviy mantiqiy shakllantirgan va programma tuzilishiga kiritgan holda olib boriladi.

Undan tashqari programmada keraksiz analiz yo‘nalishlarining samaradorligi solishtirish ikonini beruvchi mexanizmlar nazarda bo‘lishi kerak.

Garvard universitetida (AQSh) LHASA (“Logic and Heuristic Applied to Synthetie Analysis”) programmasi ishlab chiqilgan va bir qator sintezlar amalga oshirilgan.

Sintezni kompyuterlashtirish organik kimyoning favqulodda perspektiv yo‘nalishi bo‘lib, yaqin orada yuqori kategoriya kompyuterlar organokimyoviy laboratoriyalarda spektral asboblar kabi zaruriy uskuna bo‘lib qoladi.


Тayanch iboralar: sintezni rejalashtirish, sintetik sxema, sintez strategiyasi, retrosintetik analiz,sintez taktikasi, chiziqli sintez sxemasi, konvergent sxema, strategik reaksiya, strategik bog‘, sintezni kompyuterlashtirish.

Download 396.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat