Amir temurning harbiy taktik san’ati. «Umumiy taktika»



Download 206,95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.11.2019
Hajmi206,95 Kb.
#26793
Bog'liq
amir temurning harbiy taktik sanati


AMIR TEMURNING HARBIY TAKTIK SAN’ATI. 

  

                          



                                                            «Umumiy taktika»  sikli katta o‘qituvchisi 

                                          mayor    A.T. Tursunbekov. 



 

Amir  Temurning  asosiy  harbiy  yurishlarida  harbiy  taktik  san’atning 

rivojlanishi. Sohibqironning sarkardalik san’ati. 

Amir  Temurning  sarkardalik  iste’dodi  uning  To‘xtamishga  qarshi  va 

Hindistondagi  yurishlari  chog‘ida  hamda  turk  sultoni  Boyazid  Yildirimga  qarshi 

kurashlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. 

Amir  Temurning  To‘xtamishga  qarshi  uchta  yurishidan  (1389,  1391,  1395  y.) 

ikkita  oxirgisi,  ayniqsa  1395  yilda  uni  Terek  daryosi  bo‘yida  tor­mor  etilishi  harbiy 

san’atning rivojlanishi nuqtai nazaridan katta e’tiborga sazovordir. 

Bu harbiy yurish va jangning asosiy natijasi va sabog‘i quyidagilardir: 

1.  Amir  Temurning  qo‘shini  og‘ir  va  murakkab  sharoitlarda  rejalashtirilgan 

yurishni  amalga  oshirdi,  bunda  faqat  cho‘l  hududlaridan  bosib  o‘tilgan  yo‘l  2500 

kilometrdan oshib ketdi.  

2.  Amir  Temur  qo‘shini  safarning  og‘ir  va  harakatlanish  qiyin  bo‘lgan 

uchastkalaridan dushmanga sezdirmasdan o‘tdi. 

3.  O‘zining  mohirona  manyovrlari  bilan  Amir  Temur  To‘xtamishning  qo‘shinini 

Azov bo‘ylaridan qo‘shimcha  madad kuchlari kelishi  ehtimoli  bo‘lgan  janub tomondan 

kesib qo‘ydi. 

4.  Sohibqiron o‘zining mohir harakatlari tufayli To‘xtamishni katta jangga kirishga 

majbur etdi va shu bilan uni og‘ir safarni amalga oshirgan Amir Temur qo‘shinini holdan 

toydirishga qaratilgan kichik urushlarni olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. 

5.  Safar  chog‘ida  Amir  Temur  armiyasi  katta  va  kichik  suv  to‘siqlaridan  kechib 

o‘tdi.  Bunda  sayoz  kechuv  joylaridan  (brodlar),  ko‘priklardan  va  suzib  o‘tish  usulidan 

foydalanildi. 

6.  Qunduzcha  jangida  Amir  Temur  birinchi  bo‘lib  o‘z  qo‘shinini  etti  qismga 

bo‘lishdek yangi jangovar tartibni qo‘lladi. Qudratli zaxira ham ajratildi. 

7.  Jangdan  oldin  Sohibqiron  dushmanning  ruhiy  holatiga  putur  etkazishga 

qaratilgan ruhiy hujumni o‘tkazdi. 

8.  Jang natijasini zaxiraning jangga kiritilishi va Amir Temurning qanotdan bergan 

qudratli zarbasi hal qildi. 

9.  Dushmanni  ta’qib  etish  shunday  shiddat  bilan  olib  borildiki,  u  bir  joyga 

yig‘ilishga ulgurmasdan tarqalib ketdi yoki tor

mor etildi. 



SHunday qilib, Amir Temur qo‘shinining jangovar tartibi uchta chiziqni o‘z ichiga 

olgan: birinchi – avangard, ikkinchi – asosiy kuchlar va uchinchi – zaxira. 

Birinchi  chiziqni  engil  qurollangan  jangchilar  tashkil  etib,  ular  jangni 

boshlaganlar,  dushmanning  jangovar  tartibini  tarqatib  yuborganlar  va  uning  safida 

parokandalikni  keltirib  chiqarganlar.  Ikkinchi  chiziq  qo‘shinlari  og‘ir  qurollar  bilan 

qurollanganlar  va  ular  dushmanning  hujumini  qaytarishlari  kerak  bo‘lgan.  Markazda 

saflangan qo‘l qo‘shinning asosini tashkil etgan va  ko‘p  hollarda  jangning  taqdirini  hal 


qilgan.  Engil  piyodalar  bo‘linmalari  asosiy  avangardning,  markazning,  chap  va  o‘ng 

qanotlardan oldinda joylashgan. O‘ng va chap qanot avangardlari hamda arergard faqat 

otliq qo‘shinlardan iborat bo‘lgan. 

   Harbiy  san’atning  rivojlanishi  nuqtai  nazaridan  To‘xtamish  bilan  bo‘lib 

o‘tgan  urush,  ayniqsa  1395  yildagi  Terek  daryosi  bo‘yidagi  jang  quyidagi 

xususiyatlarga ega: 

1)  Amir  Temur  qo‘llagan  harbiy  hiylasi  tufayli  hech  qanday  xatarsiz  va 

yo‘qotishlarsiz o‘z qo‘shinini Terek daryosidan olib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. 

2)  Jang  arafasida  Amir  Temur  o‘z  lagerini  jihozladi  va  uni  dushmanning  tungi 

ehtimoliy hujumini qaytarish uchun tayyorladi. 

3)  Bu jangda ikkala tomon ham o‘z qo‘shinini etti qismga bo‘lib safladi. 

4)  Amir  Temurning  jangovar  tartibi  chuqur  qilib  yaratildi  va  mudofaaning 

barqarorligini va hujumning samaradorligini ta’minladi. 

5)  Jang davomida Amir Temurning qo‘shini turli xil taktik usullarni – tezlik bilan 

hujumga o‘tish, pistirmalar, quranlar (aravalardan yaratilgan to‘siq) yaratish, otliqlarning 

piyoda tartibda jangga o‘tishlari va boshqalarni juda samarali qo‘lladi. 

6)  Amir  Temur  qo‘shinning  samarali  o‘zaro  hamkorligini  tashkil  etib  murakkab 

vaziyatdan chiqib ketishni ta’minladi va keyinchalik muqarrar g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

7)  O‘ng  qanotda  bosh  zarba  berish  yo‘nalishini  to‘g‘ri  tanlash  eng  murakkab 

vaziyatda jangning natijasini hal qildi. 

8)  Bu jang o‘rta asrlarning eng yirik janglaridan biri bo‘ldi. 

9)  Natijada  Oltin  O‘rdaning  qudratiga  qaqshatqich  zarba  berildi,  shundan  keyin  u 

avvalgi qudratini tiklay olmadi.   

  

Harbiy san’atning rivojlanishi nuqtai nazaridan Hindistonga uyushtirilgan 

harbiy safarning natijalari quyidagilar: 

1)  qo‘shin  uch  kolonnaga  bo‘linib,  keng  front  bo‘ylab  harakat  qildi.  Oldinga 

jo‘natilgan o‘ng qanot Hindistonga hujum qilish uchun tayanch bazasini yaratishi kerak 

edi; 


2)  Amir  Temur  qo‘shini  og‘ir  va  murakkab  sharoitlarda  Hindiqush  tog‘laridan 

oshib o‘tdi; 

3)  qo‘shin  keng  va  toshqin  daryolarni  kechib  o‘tdi.  Daryolardan  kechib  o‘tish 

uchun kechuvning turli xil usullari qo‘llanildi: ko‘priklar, qayiqlar, suzib o‘tish; 

4)  o‘tish  qiyin  bo‘lgan  joylarda  joylashgan,  kuchli  mustahkamlangan  qal’alarni 

egallashda Sohibqiron dushmanni qisqa muddatlarda taslim bo‘lishga majburlovchi juda 

samarali usullarni qo‘lladi; 

5)  Sohibqironning jangchilari birinchi bor jangovar fillardek dahshatli kuch bilan 

jang olib bordilar. Fillarga qarshi mohirona qo‘llanilgan vositalar tufayli jangovar fillar 

qochdi va o‘zining jangchilarini yanchib tashladi; 

6)  jangdan  oldin  Sohibqironning  jangchilari  hind  qo‘shinlarining  ehtimoliy 

hujumlarini qaytarish uchun lager qurdilar;  

7)  g‘alabaga erishishda qismlarning o‘rtasida o‘rnatilgan yaxshi o‘zaro hamkorlik 

va o‘z vaqtida ularni zaxira kuchlari bilan qo‘llab­quvvatlash muhim rol o‘ynadi; 

8)  hal qiluvchi zarba dushman jangovar tartibining markaziga berildi; 

9)  jangning natijasida dushmanning ruhi tushib ketdi va u Dehlining mudofaasini 

tashkil qila olmadi, shahar Amir Temur qo‘shinlari tomonidan jangsiz egallandi. 


Jangning birinchi davri – jangovar tartibning qanotlaridagi janglar. Boyazidning 

qo‘shini safardan toliqqanidan foydalanib, Sohibqiron birinchi bo‘lib engil otliqlar bilan 

zarba  berdi,  keyin  esa  o‘ng  qanot  avangardining  serblarning  qatoriga  qilgan  hujumi 

muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. SHundan keyin butun o‘ng qanot jangga kiritildi va serblarning 

qatorlarini  chap  qanotdan  va  front  ortidan  o‘rab  oldi,  lekin  serblar  ayovsiz  qarshilik 

ko‘rsatishda davom etdilar. CHap qanot avangardi boshida muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi, 

chunki  18  minglik  yollangan  tatar  otryadlari  Amir  Temur  tomoniga  o‘tdi.  Boyazidning 

o‘g‘li Sulaymon qo‘mondonligidagi  turk qo‘shinining o‘ng qanoti chekinishni boshladi. 

SHu paytda Amir Temur, serb ritsarlarini turklarning asosiy kuchlaridan ajratib qo‘yish 

uchun  ikkinchi  chiziqdagi  qo‘shinlarni  jangga  kiritdi,  lekin  serblar  yorib  o‘tishga  va 

yanicharlar otryadi bilan birlashishga muvaffaq bo‘ldilar. 

Jangning  ikkinchi  davri  –  Amir  Temur  qo‘shini  tomonidan  turk  qo‘shinining 

asosiy kuchlarini qurshovga olinishi.

  

Amir  Temur  zaxirani  jangga  tashladi,  u  turklarning  asosiy  kuchlarini  qurshovga 



ola  boshladi.  Serb  ritsarlari  g‘arb  tomonga  chekina  boshladi.  Amir  Temur  qo‘shinlari  

yanicharlarni  qurshovga  olishni  osonlik  bilan  oxiriga  etkazdilar,  ularni  yanchib 

tashladilar, Boyazidni esa asirga oldilar. 

Jangning uchinchi davri – turk qo‘shinlarining qolgan­qutganlarini ta’qib qilish.  

Sulaymon  qo‘mondonligidagi  turk  qo‘shinlarining  qolgan­qutganlarini  ta’qib 

qilish  uchun  Amir  Temur  30  mingta  jangchini  ajratdi,  ularning  4  mingtasi  otlarda 

beshinchi  sutkada  Brussaga  etib  keldi.  Sulaymon  o‘zining  kichik  bir  otryadi  bilan 

kemalarga o‘tirib suzib ketishga zo‘rg‘a ulgurdi. 

Jangning  to‘rtinchi  davri  –  Kichik  Osiyoning  g‘arbiy  O‘rta  er  dengizi  qismini 

bosib  olinishi.  Sulton  Boyazidning  asosiy  kuchlarini  tor­mor  etganidan  keyin  Amir 

Temur  qo‘shini  turk  qo‘shinlarining  qolgan­qutganlarini  ta’qib  qildi  va  Kichik 

Osiyoning O‘rta er dengizi qirg‘oqbo‘ylariga chiqdi. 

Amir  Temurning  harbiy  san’ati  haqida  gap  borganda,  uning  armiyasidagi  taktika 

va strategiya qat’iyligi bilan ajralib turishini alohida ta’kidlab o‘tmasdan bo‘lmaydi. Bu 

kurashning strategik asoslarini faol hujumkor harakatlar va urush olib borishning usullari 

va shakllarini chuqur bilish tashkil etdi. 

Buyuk Sohibqiron harbiy san’atida tezkorlik manyovr taktikasi muhim ahamiyatga 

egadir.  Amir  Temur  mana  shu  doimo  uni  mag‘lubiyatlardan  asragan  va    g‘alabaga 

etaklagan marsh­manyovrlarning ustasi edi. 

Amir Temur jang maydonida to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritish uchun taktik darajada 

tez­tez  o‘z  qo‘shinini  manyovr  qilib  turdi.  Amir  Temurda  jang  davomida  kerakli  joyda 

kerakli  vaqtda  etib  kelish  qobiliyati  bor  edi.  Bu  hammasi  unga  to‘g‘ri  va  o‘z  vaqtida 

qaror qabul qilishga va o‘z buyruqlarini bajarilishini nazorat qilishga imkon yaratdi. 

SHu  bilan  birga,  buyuk  sarkarda,  urushda  muvaffaqiyatga  erishishda  hamda 

strategik  va  operativ­taktik  rejalarni  amalga  oshirishdagi  muhim    omil  –  armiyaning 

qattiq  markazlashgan  boshqaruvida  deb  hisobladi.  Markazlashgan  boshqaruvning 

ma’nosi  –  armiyaning  hamma  qismlari  yagona  qo‘mondonlikka  bo‘ysunishidadir. 

Barcha  amirlar  bosh  qo‘mondonga  bo‘ysungan  edilar  va  o‘z  majburiyatlarini  aniq 

bajardilar.  «Eskadron  boshliqlariga  men  buyruqlarimni  o‘ta  aniqlik  bilan  bajarishni 

buyurdim. Boshliq yoki oddiy jangchi agarda mening topshiriqlarimni bajarishdan bosh 

tortsa yoki uni buzsa, qattiq jazoga tortdim», deb yozilgan edi «Temur tuzuklari»da. 


Amir Temur taktika va strategiyani ishlab chiqqan buyuk sarkardalardan biridir. U 

bahssiz donishmand davlat arbobi va iste’dodli sarkardalikni o‘zida mujassam etgan, o‘z 

zamonasining muvaffaqiyatli va kuchli harbiy boshlig‘i edi. 

Amir  Temurning  tarixiy  buyukligi  unga  tarixning  o‘zi  tomonidan  yuklatilgan  bir 

qator vazifalarni bajarganligidadir. 

Birinchi  vazifa  –  O‘rta  Osiyo  hududini  yagona  markazlashgan  davlatga 

birlashtirish. 



Ikkinchi vazifa – Amir Temur tomonidan Oltin O‘rdaning tor­mor etilishi bo‘lib, 

shundan keyin cho‘l davlati o‘zining avvalgi qudratini tiklay olmadi. Bu, o‘z navbatida, 

uning  hokimiyatini  rus  knyazliklari  ustidan  kuchsizlanishiga  va  birlashgan  Moskva 

Rusini mo‘g‘ullar zulmidan to‘lig‘icha ozod bo‘lishini tezlashtirdi. 



Uchinchi  vazifa  –  Amir  Temurning  1402  yilda  Anqara  yaqinida  usmoniylar 

sultoni  Boyazidning  ustidan  qozonilgan  g‘alabasi  bilan  bog‘liq.  Usmoniylar  davlati 

armiyasini tor­mor etib, Amir Temur shu bilan uni kichik davlatlarga bo‘lib tashladi. Bu 

davlatning yana yagona bir davlatga birlashishiga uzoq 50 yil talab qilindi. 

Mana  shu    yarim  asrlik  davr  SHarqiy  va  Markaziy  evropa  xalqlari  uchun  juda 

muhim  bo‘ldi.  U  usmoniylarning g‘arbga  ekspansiyasini  yarim  asrga kechiktirdi. Mana 

shu  vaqt  mobaynida  evropaning  tarqoq  davlatlari  o‘z  qudratlarini  ancha  mustahkamlab 

oldilar.   



 

Download 206,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish