Amir Temur va Temuriylar davridagi odob-axloq va tarbiyasi to’g’risidagi

Download 19,24 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi19,24 Kb.
#550175
Bog'liq
Amir Temur va Temuriylar davridagi odob

“Amir Temur va Temuriylar davridagi odob-axloq va tarbiyasi to’g’risidagi”.
Sohibqiron Amir Temur ulug' zot sifatida.
Ma'lumki, Sohibqiron Amir Temur qalamiga mansub "Temur tuzuklari" asari buyuk bobokalonimiz tarixini o'rganishdagi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar- siz Sohibqiron va uning davri haqidagi bilimlarimiz sayoz bo'lib qolar edi. Sohibqiron bobomiz shunday degan ekanlar "Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi". Shu hikmatning isboti o'laroq, "Temur tuzuklari" ne-ne taloto'plarni boshdan kechirib, avlodlarga etib keldi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu asarning asl nusxasi turkiy tilda yozilgan. Ammo bizning davrimizga qadar uning fors tilidagi nusxalari saqlanib qolgan. Ushbu nodir asar o'tgan asrning 60-yillarida sharq tillarining bilimdoni Alixonto'ra Sog'uniy tomonidan o'zbekchaga mahorat bilan o'girilgan. O'sha tahlikali zamonda "Temur tuzuklari"ni xalqqa qaytarish - qilich tig'iga barmoq urishdek xatarli edi. Buning uchun chinakam temuriy jasorat va jur'at lozim edi.
Ajdodlari asli andijonlik to'ralardan bo'lgan Alixonto'ra Sog'uniy Bolosog'un shahrida, Shokirxonto'ra xonadonida 1885 yil 21 martda dunyoga kelgan. "Sog'uniy" taxallusi Bolosog'un shahri nomidan olingan.
"Tuzuklar"ning bosilishidan tug'ilgan vahimalar bosilmay turiboq, Tojikistonda chiqadigan "Sadoi Sharq" jurnalida o'zini "olim" sanovchi ikki kimsaning maqolasi bosiladi. Maqolada "Tuzuklar"ga nisbatan g'arazli va o'ta kaltafahmlarcha salbiy munosabat bildirilgan edi. Bu maqola "Guliston" jurnaliga jiddiy ayblar qo'yayotganligi sababli, jurnal xodimlari uni hazrat Sog'uniyga ko'rsatishga majbur bo'ladilar. Alloma maqolani jim tinglaydida, javobiga bir haftadan so'ng kelishlarini tayinlaydi. Aytilgan vaqtda jurnal xodimi kelib, hazrat Sog'uniy yozgan javob xatini oladi. "Oltin kitob himoyaga muhtoj emas, ammo..." deb nomlangan ushbu javob, ta'bir joiz bo'lsa, temuriy zarbaning ilmdagi aksi edi! O'n bir varaqli, keskin va fosh etuvchi javobni bitishda yuzlab noyob ilmiy manbalardan foydalanilgan edi. Javob xati ushbu bayt bilan nihoyalangan:

Tosh urib sindirsa oltin kosani,
Toshning qadri oshmagay, oltin bahosi tushmagay.
Javob xatining zalvori shunchalik ediki, uni Tojikistonning o'sha paytdagi rahbari bo'lgan Rasulovga yetkazadilar. U kishi Markaziy qo'mita byurosi nomidan "Sadoi Sharq" jurnali va har ikki tanqidchining beadab maqolasi uchun Sharof Rashidovga uzr aytgani xabari keladi.
Alixonto'ra Sog'uniy Sohibqiron Amir Temur nomini nihoyatda ulug' hurmat-ehtirom bilan tilga oladi: "... bu jahon qahramoni, islom olamining ulug' qo'mondoni, butkul turk ulusining faxrlanarlik buyuk sultoni, Qur'ondagi "Allohga va uning payg'ambari Muhammadga va ham o'zlaringdan bo'lgan podshohlarga itoat qilinglar", degan Alloh hukmicha, Turkiston va boshqa bo'ysung'an mamlakatlarga haqiqiy sha'riy va qonuniy podshoh ekanligi shak-shubhasizdir". Alixonto'ra Sog'uniy Amir Temur qo'llanmasini zo'r hurmat va ehtiros bilan tarjima qilar ekan, asarni aytib turib ko'chirtirish jarayonida Temurning hayratomuz fikr va iboralaridan ta'sirlanib, goho sukut saqlar, goho ho'ng-ho'ng yig'lashlari atrofdagilarga ta'sir qilmay qolmasdi.
Amir Temurning odob-axloq, ta'lim - tarbiya to’g'risidagi o’gitlari.
Amir Temur ko'ragon ibn amir Tarag'ay 1336 yilning 9 aprelida o'sha paytlardagi Kesh (Shahrisabz) ga qarashli Xojailg'or (bu qishloq hozir Yakkabog' tumaniga qaraydi) qishlog'ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag'ay o'ziga to'q, badavlat kishi edi. Lekin bo'lajak sohibqiron tavallud topgan paytda Qozonxon (1333-1346) huzurida kichik bir mansabga ega edi. Amirning onasi Tegina Begim Buxorolik "Sadr ash sha'ri'a-shariat" ulug'i, taniqli olim Ubaydullohning qizi bo'lgan. O’sha paytda Kesh va unga tobe' yerlarning bekligi esa Amir Tarag'ayning og'asi Hoji Barlosning qo'lida edi.
"Zubdat at-tavorix"(Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh ibn Abdurashid-laqabi Hofizi Abdu, vafoti 830427 y.) da yozilishicha, shajaraning Amir Sohibqiron tarmog'i Chingizxon ajdodlaridan Tumanoyxon (Tumanxon) farzandlaridan boshlab ajraldi. Jumladan, Qobilxon Jahongir podshoh Chingizxonning III-chi otasi va uning birodari Qachuloy no'yon esa, Amir Sohibqironning sakkizinchi otasidir.
Barloslar qabilasining nomi ham Qachuloy no'yondan bosh-langan. Chingizxon o'zining ikkinchi o'g'li Chig'atoyxonni Turkiston va Movarounnahr mamlakatlariga hukmdor qilib
tayinlaganda, amir Sohibqironning beshinchi otasi Qarachor no'yon uning lashkarboshisi bo'lgan va "amir ul-umaro" ("amirlar amiri”) degan unvon olgan.
Keyinchalik Chig'atoy ulusida hokimiyat uchun ichki nizolar kuchayib ketganligi sababli, Qarachor no'yonning farzandlari va qavm-qarindoshlari Kesh viloyatiga kelib, o'rnashib, shu yerda yashab qolganlar, uning avlodlari o'sha viloyatni boshqarganlar, "Zubdat at-tavorix"da Qarachor no'yonning farzandlari ko'p bo'lganligi qayd etilib, ulardan o'n to'qqiz o'g'ilning nomini, shu o'g'illardan tarqalgan keyingi avlodning mashhurroqlarini sanab, ayrimlarining shajarasi to o'zi yashab turgan davrgacha davom ettirilgan va ularning qanday mavqeni egallab turganliklari qayd etiladi. Jumladan, Qarachor no'yonning oltinchi o'g'li Injil no'yon bo'lgan va uning farzandlaridan biri Iylangiz no'yon (Ilangiz)dir. Bu no'yonning bir necha farzandlari bo'lib, ulardan biri Sohibqironning bobosi Burkul no'yondir. Uning ikki o'g'li bo'lgan: biri-Bolta, ikkinchisi Tarag'ay no'yon" ya'ni Amir Temurning otasi. Tarag’ay no'yonning to'rt o'g'li va ikki qizi bor edi: o'g'illari - Amir Temur, Suyurg'atmish, Olamshayx, Jo'gi no'yon, qizlari - Qutlug' Turkon og'a, Sherbik og'a, Amir Temur farzandlar orasida to’ng’ichi bo'lgan Amir Temur yoshlikdan ilm ahliga juda katta e'tibor bergan.

Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur odob-axloq, iymon, e'tiqod, ta'lim-tarbiyada o'zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o'zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o'gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko'zdan kechirish kifoya. Bular "Tuzuki Temuriy" ("Temur tuzuklari"), "Malfuzoti Temuriy” ("Temurning aytganlari") va "Voqioti Temuriy" ("Temurnnng boshidan kechirganlari") nomi bilan jahonga mashhur bo'lgan asarlarni XV asr muarrixi Fosih Ahmad Havofiyning "Mujmal-i Fosixiy", Nizomuddin Shomiy (tug'ilgan va vafot etgan yili ma'lum emas) va Sharafiddin Ali Yazdiylarning mashhur "Zafar-nomasi", ibn Arabshoh (1389-1450)ning "Ajoyib ulmaqdur fiaxbori Temur" (Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari), Salohiddin ibn Mullo Aloiddin hoja Eshonning (Salohiddin Toshkandiy)

qalamiga mansub "Temurnoma" (Amir Temur ko'ragon jangnomasi, 1908) kabilar shular jumlasidan. Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmad Temurning o'zi amal qilgan o'n bir sifatni yuksak baxolaydi.
Birinchi sifat: "Men sifatlarimning eng avvalgi deb beg'arazlikni tushundim. Hammaga
Birinchi sifat: "Men sifatlarimning eng avvalgi deb beg'arazlikni tushundim. Hammaga
ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim boyni kambag'aldan ustun qo'ymadim."
Ikkinchi sifat: "Men har doim Islomga qat'iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug’langan shaxslarga hurmat bilan qaradim."
Uchinchi sifat: "Men kambag’allarga ko'p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to'g'ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim."
To'rtiichi sifat. "Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf'’ yetkurdim. Bunda birovga nohaq ozor etkazmadim va mendan yordam so'rab kelganlarni ko'kragidan itarmadim. Qur'ondan parvardigorning Alloxning amriga bo'ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini o'zimga farz bilib, o’qib oldim va umr bo'yi barcha yumushlarimda unga amal qildim."
Beshinchi sifat: "Islomga taalluqli ishlarini men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qo'yib keldim. Avval tangri itoatini ado etib bo'lgandan keyingina kundalik ishlarga qo'l urdim."
Oltinchi sifat: "Barcha so'zlarimda doim haqiqatgo'ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo xaqidagi etishganlarimdagi haqiqatni yolg'ondan ajrata bildim."
Yettinchi sifat: "Men har kimgaki va'da bersam, unga vafo qildim. Hargiz va'daga xilof ish qilmadim. Men doimo va'dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo'lishimni va kimsaga jabr etkazmasligimni angladim."
Sakkizinchi sifat: "Doimo o'zimni Allohning erdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigorning yoki uning noiblarining iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasiz
Sakkizinchi sifat: "Doimo o'zimni Allohning erdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigorning yoki uning noiblarining iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasiz
unnng bandalarnning hech biriga zarar etkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga
ham birdek xayriya qilishga intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega bo'lishga intilmadim va shuningdek hech qachon ko'proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir Husayn bilan bo'lgan voqea menga ibratli bo'ldi. O’z fuqarolarnning mol-mulkiga nisbatan ochko'zligi pirovardida uni halo-katga olib keldi".
To'qqizinchi sifat: "Men har doim tangrimning amrini va uning payg’ambarlarini hadislarini to'la ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo'sunlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o'zimni tiydim. Payg'ambar va uning
sahobalarini o'zimning yagona va eng yaxshi do'stlarim deb bildim."
O’ninchi sifat: "Men har doim insof bayrog'ini baland yahshiardim va iymon tarqatishni o'z buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men inson bir onadan tug'ilgan deb ishonganman. Shuning uchun mustahkam qudratga tayangan qudrat buyuk bo'ladi".
O’n birinchi sifat: "Men doim saidlarga extirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e'zozlardim. Bu kishilarni doimo majlislarimga chaqirardim. Ularni din masalasi yuzasidan aytganlarini diqqat bilan tinglab olardim va unga amal qilardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi."
Shunday qilib, sohibqiron Amir Temurnnng ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma'no o'gitlarining har bir mazmun va ma'no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida axamiyat kasb etadi, ularni hadsiz xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Amir Temur ibratlaridan namunalar
Amir Temur ibratlaridan namunalar
. . . Bizkim - mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim millatlarning eng qadimiy va eng ulug'i Turkning Bosh bo'g'ini bo'lamiz.
. . . Saltanat ishlarida to'rt narsaga amal kilgin, ya'ni:
1. Kengash.
2. Mashvaratu maslahat.
3. Qat'iy qaror; tadbirkorlik, xushyorlik.
4. Ehtiyotkorlik.
Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto'g'ri bo'lgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan so'zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltiradi. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo'lmaysan. Shuni ham bilishing kerakki, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo'lgay, yana bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko'rib ko'rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi
shart bo'lgan tadbirlarning ta'rifidan va zikridan so'ng (shuni ta'kidlash lozimki qat'iylik, sabr, chidamlilik sog'ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshiyrilur.
Davlat ishlariniig to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvrat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
Davlat ishlariniig to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvrat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
* * *
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azim qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-miiglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa ham aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
* * *
Bir ishga kirishmay turib, undan qutilib chiqish yo'llarini mo'ljallab qo'y,
* * *
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
Yerga etkur sabo, kim makr qilmishdir mang’a,
Yerga etkur sabo, kim makr qilmishdir mang’a,
Qildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun ang'a.
* * *
Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim Zolimlar otkazgan ashyoviy na jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin ularni shariatga muvofiq odamlar o'rtasida muxokama qildlin va bir gunohkorning o’rniga boshqasiga jabr-zulm o'tkazmadim.
* * *
Shijoatli kishilarni do'st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
* * *
Ulamo bilan suhbatda bo'l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.
***
Millatning dardlariga darmon bo’l...
BISMILLAHIR ROHMANIR RAHIM
BISMILLAHIR ROHMANIR RAHIM
1
Saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto‘g‘ri bo‘lgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan so‘zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgay. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik
bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan. Shuni ham bilishing kerakkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo‘lgay, yana bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko‘rib ko‘rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlarning ta’rifidan va zikridan so‘ng shuni ta’kidlash lozimki qat’iylik, sabr, chidamlilik, sog‘ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur.
Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
G’anim lashkarini yengish qo‘shinning ko‘pligidan, mag‘lub bo‘lish esa sipohning kamligidan bo‘lmaydi. Balki g‘olib bo‘lmokdik Tangrining madadi va bandasining tadbiri bilandir.
Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik ishni qilishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, ikkovidan barobar qutulish chorasi topilmagach, bir xatarini ixtiyor etmoq kerak.
Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘l qo‘y.
Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘l qo‘y.
Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
Kengash ikki turli bo‘lur: biri — til uchida aytilgani, ikkinchisi — yurakdan chiqqani. Til
uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.
Amirlarim agar yarashdan so‘z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko‘rardim, agar urushga moyil bo‘lsalar, uning naf’ va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko‘rardim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, shuni ixtiyor qilardim. Sipohni ikkilantiradigan [turumsiz] kengashni eshitishdan saqlanardim. Qaysi kishi aqlga siqqan bir ishni kuyinib gapirsa, suyib eshitar edim. Kimki oqilona gaplarni erlarcha keskinlik bilan so‘zlasa, unga ham quloq solardim. Har kimdan so‘z olib kengash so‘rar edim. Lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari haqida o‘ylab ko‘rgach, to‘g‘ri va savoblirog‘ini tanlab olardim.
Download 19,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish