Amaliyot obyektining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish



Download 278.46 Kb.
bet14/18
Sana28.09.2021
Hajmi278.46 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bank istiqbollari

«Hamkorbank» ATB mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda eng yaxshi banklardan biriga aylanishga intiladi, bank biznesini baraqaror ravishda rivojlantiradi, mijozlar, sheriklar va barcha manfaatdor shaxslar bilan birgalikda o'z oilasi va butun mamlakat foydasiga takomillashib borishga intiladi.

2018-2020 yillar uchun Rivojlanish strategiyasi Bankning barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilab beradi, ular aktivlar va passivlar tuzilmasini diversifikatsiya qilish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, shuningdek Bankni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgandir.

     Bank o‘zining tijorat faoliyatida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil-7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga amal qiladi hamda mijozlar va kontragentlar uchun ham, aksiyadorlar, potensial investorlar va regulyator uchun eng yuksak darajada ochiq bo‘lib qolgan holda, ishonchlilik, likvidlilik va mustaqillik prinsiplariga qat’iy rioya etadi.

     O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son va 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-son Qarorlarining bank tizimini institutsional rivojlantirishni yanada isloh qilish, tijorat banklarining kapitallashuv, barqarorligi va likvidliligi darajasini xalqaro standartlarga muvofiq oshirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari spektrini kengaytirish bo‘yicha ijrosini ta’minlash, shuningdek milliy va xalqaro reyting agentliklaridan yuqori reyting ko‘rsatkichlarini qo‘lga kiritish maqsadida Bankning asosiy strategik ustuvorligi quyidagi strategik vazifalarni bajarishni ta’minlash hisobiga investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdan iborat:

• Raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish.

• CHakana biznesni rivojlantirish.

• Tavakkalchiliklarni va kapitalni boshqarish tizimlari samaradorligini oshirish.

• Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish hamda biznes-jarayonlarni takomillashtirish.

• Banke foydaliligi va rentabelligini oshirish asosida barqaror rivojlanishni ta’minlash.

     Asosiy faoliyat turlari bo‘yicha strategik maqsadlarga erishish bank bozoridagi pozitsiyalarning yanada kuchayishiga olib kelishi lozim, bu Bankka kelgusida ham barqaror va ishonchli Bankning iqtisodiy o‘rnini saqlab qolish, shuningdek bo‘lajak investorlar uchun jozibador bo‘lish imkonini beradi.

   2018-2020 yillar uchun Rivojlanish strategiyasi Bankning barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilashda boshqaruvining samaradorligini oshirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsad qilingan:

1. Bankda korporativ boshqaruvni tartibga soladigan qonunchilik asoslarni takomillashtirish.

2. Bankda korporativ boshqaruv haqidagi tushuncha va korporativ madaniyatni shakllantirish.

3. Bankda kuzatuv kengashining bank faoliyatining samaradorligidagi mas’uliyatini oshirish.

4. Bankda ichki auditni to‘la mustaqilligini ta’minlash.

5. Bank faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarning shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash.

6. Bank korporativ boshqaruvi bo‘yicha reyting tizimini amalda tadbiq tish.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishni ta’minlash, banklar raqobatbardoshligini yanada oshirish borasida amaliyotga yangi yo‘nalishlarni joriy qilish va yuqori samaradorlikka erishishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Respublikamiz moliya-bank tizimining uzluksiz isloh qilinishi uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini xalqaro me’yorlar va andozalarga asosan baholashga nisbatan qo‘yiladigan talablarning ortib borishi tijorat banklarining qator ko‘rsatkichlar tizimiga amal qilish hamda muntazam ravishda o‘z faoliyatlarini nazorat qilishlariga sabab bo‘lmoqda.

Respublika moliya bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‘zaro munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan yaqin sheriklar asosida ishlash, barcha ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta’minlash, eng muhimi bank mijozlarining ishonchini qozonish ATB “Hamkorbank” ning yaqin kelajakdagi ustuvor maqsadlari etib belgilangan.

Hamkorbank” o‘z faoliyati mazmun–mohiyatini mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida faol ishtirok etish, mulkchilikning turli shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi ishonchli hamkor bo‘lish, mijozlarning zamonaviy, sifatli va tezkor bank mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini jahon andozalari darajasida samarali qondirish hamda xalqimizning turmush farovonligini oshirish yo‘lida tinmay xizmat qilishda, deb biladi.




Download 278.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat