Amaliy Nurimova Dildora Mavzu: Zafar Diyor va Shukur Sa’dulla ijodi



Download 11.8 Kb.
bet2/2
Sana07.04.2021
Hajmi11.8 Kb.
1   2
Butun umrim sening porloq hayotingga!

Asar yoshlarning ilm-fanga, kasb-hunarga, ona-Vatanga muhabbat va sadoqat ruhi bilan sugʻorilgan.

 Zafar Diyorning oʻttizinchi yillar ijodi vatanparvarlik, baynalmilallik va mehnatsevarlik tuygʻularini aks ettiruvchi asarlarining koʻpligi bilan xarakterlidir. Bu xil asarlar yoshlar xarakterini shakllantirishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabatidir. Bu jihatdan uning “Binafsha”, “Navbahor”, “Qushlar haqida qoʻshiq”, “Kapalak” singari sheʼrlari ahamiyatlidir.

Rang-barang gullarni, turli-tuman qushlarni sevgan shoir bolalar ruhiyatini chuqur tahlil etib, ularni ham ona tabiatni sevishga va parvarish qilishga ruhlantiradi. Shoir bolalarda qushlarga muhabbat hissini uygʻota oladigan quvnoq vazn, oʻynoqi misralar yaratadi. Shu maqsadda soʻzlarning xilma-xil takroridan, misralarni esa mayakovskiychasiga tizib, tasvirning ohangdorlik jarangini, kuchini yanada oshiradi:

Hoy qushlar,

qushlar,

qushlar,

Qanot qoqib kelinglar, saʼva,

mayna,

bulbullar.

Sizga termular koʻzlar…

Bizga ortiq yoqadi Quvnoq qoʻshiq-kuyingiz!

(“Qushlar haqida qoʻshiq”)
Shukur Sa’dulla - shoir, dramaturg, nosir, tarjimon va noshir, kichkintoylarning ruhiy olami va yosh xususiyatlarini chuqur bilgan, insonning kelajak taqdiriga, hayot yo‘liga ko‘p hollarda bolalagidayoq tamal toshi qo‘yilishi dolzarb masala ekanligini uqtira olgan noyob qalb egasidir.

Bolalik qisqa muddatda kechsa-da, uning taassurotlari, yodi umrbod esda qoladi. Jizzaxdagi Narimonov nomli maktabda o‘qib yurganidayoq badiiy adabiyotga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan Sh.Sa’dulla o‘z ijodini 30-yillardan boshlaydi. 1932-yilda bosmadan chiqqan «Hayqiriq» nomli ilk to‘plami yosh shoirning kelajagiga umid va ishonch uyg‘otadi. Shundan keyin ketma-ket «Uch ayiq», «Ayyor chumchuq», «Sen nima qilding?», «Shohista», «Dumsiz tulkilar» to‘plamlari e’lon qilinadi.

Kichkintoylarning ruhiy olami va yosh xususiyatlarini chuqur bilgan Sh.Sa’dulla asarlarining katta qismini syujetli, voqeaband she’rlar tashkil etadi.

Sinchiklab ko‘zdan kechirilsa, Sh.Sa’dulla she’rlaridagi voqeabandlik xalq og‘zaki ijodining samarali ta’siri natijasi ekanini fahmlash qiyin emas. Darhaqiqat, shoir qator xalq ertaklarini qayta ishlab, «Dumsiz tulkilar», «Ikki sandiq», «Uch tulki», «Qarg‘avoy», «Tulki bilan Turna» nomlari ostida chop ettiradi. O‘zi ham «Ikki donishmand», «Ayyor chumchuq», «Laqma it», «Och bo‘ri, sho‘x qo‘zi va qirchang‘i» kabi talay ertaklar yaratadi.

Adibning «Kachal polvon», «Yoriltosh» asarlari ham xalq og‘zaki ijodidan ruhlanib yozilgan. Kezi kelganda, shoirning «Tulki bilan g‘ozlar», «Mitti», «Uloqcha», «Bola bilan to‘rg‘ay», «Chuchvara qaynaydi», «To‘rt fasl» kabi she’rlariga tarbiyaviy ruhni nihoyatda ustalik bilan singdirgani holda «Ozoda», «Mening ayam», «Dastyor qiz» singari ayrim asarlarida quruq pand-nasihat darajasiga tushirib, qo‘yganini ham ta’kidlash zarur.

Adibning «Komandirning boshidan kechirganlari», «Kachal polvon», «Aziz qishlog‘im» qissalari o‘zbek va rus tillarida qayta-qayta nashr qilindi. «Yoriltosh», «Afsonani yenggan qiz» ertak-pesalari uzoq yillar teatrlarimiz sahnasidan tushmadi.



Sh.Sa’dulla ko‘p qirrali ijodkor edi. Jahon va rus adabiyotining namoyandalaridan G.X.Andersenning qator ertaklari, A.Pushkin, S.Marshak, S.Mixalkov, K.Chukovskiyning she’r va ertaklari, L.Tolstoy, B.Jitkov, V.Oseyevalarning qissa va hikoyalari Shukur Sa’dulla tarjimasida o‘qib kelinmoqda
Download 11.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat