Amaliy matematika va axborot texnologiyalari


Guliston Davlat Universiteti



Download 21,36 Mb.
bet3/6
Sana26.02.2022
Hajmi21,36 Mb.
#471689
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Onorqulov Mirzohid Amaliyot

Guliston Davlat Universiteti
Axborot texnologiyalari” fakulteti “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 10-18 guruh talabasi Onorqulov Mirzohidning Mirzaobod tumani 29-maktab da o’tkazilgan o`quv amaliyot bo’yicha


HISOBOTI
Men 2021-yil 6-sentyabrdan 2021-yilning 26-dekabriga qadar haftaning har juma va shanba kunlari to‘liq o‘tkazadigan o`quv amaliyot davrida Mirzaobod tumani 29-maktabda o`quv amaliyotda bo‘ldim.
Amaliyotni birinchi kuni “Axborot texnologiyalari” fakultetining “Amaliy matematika va Axborot texnologiyalari” kafedrasida tashkil etilgan o`quv amaliyotga bag‘ishlangan konferensiyada qatnashdim. Bu konferentsiyadan asosan, o`quv amaliyotni maqsadi, vazifalari va amaliyotni tashkil etishni asosiy tamoyillari haqida professor-o‘qituvchilarimiz yordamida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Ertasi kuni pedagogik amaliyotga borilayotgan Mirzaobod tumani 29-maktab ning ichki tartib qoidalari, joylashgan xududi, boriladigan transport vositasi, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqdim.
Universitetdan o`quv amaliyot rahbari ________________________bizga dars o‘tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar, sinf rahbarini faoliyati va amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida metodik yordam berdi.
Kundalik daftar, barcha amaliyotga oid hujjatlarni tartib bilan yuritib, to‘ldirishni boshladim. Informatika fanidan muddatli mavzu rejani informatika fani o'qituvchisi __________________dan oldim. (1-2-chorak uchun). Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish tartibini o’rganib, direktor, ilmiy bo'lim mudiri, ma’naviy-marifiy ishlari bo'yicha muovin bilan tanishib, suhbatlashdim va ichki tartib qoidalarga amaliyot davrida bo‘ysunishimizni takidladi.
Amaliyotni birinchi haftasida o'qituvchilar kengashi va metodik kengashning ish tartibi bilan tanishib, o‘zimga biriktirilgan ­­­­­­­­­­­­­­­_____________________________sinf rahbarligi ostidagi ___- sinf jamoasi o’quvchilar bilan tanishdim. Sinf rahbarida mavjud tarbiyaviy ish rejasi bilan ham tanishib chiqdim. Guruh o‘quvchilar jamoasining pedagogik - psixologik xususiyatlarini muntazam o‘rganib bordim.
Amaliyot davomida informatika, geografiya, ingliz tili, kimyo, tarix, adabiyot, huquqshunoslik, rus tili, matematika, biologiya, kabi va boshqa darslarini kuzatib, tahlil daftarimga qayd qilib bordim. Bunda deyarli hech qanday qiyinchilikka uchramadim.
Har kuni dars jarayonini tahlil qilib bordim. O‘qituvchi egallashi kerak bo‘lgan jihatlami o‘zlashtirishga harakat qilib bordim. Bulardan tashqari ___-sinfda o'tkazilishi mo'ljallangan darsdan tashqari ishlarning mazmuni bilan ham tanishib chiqdim.
Informatik fanidan o‘tiladigan sinov darslariga tayyorgarlik ko‘rib, zaruriy darsning reja matnini tayyorlab va loyihalashtirib chiqdim.
Informatik fani bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar, maktab fan to‘garaklari, badiiy havaskorlik va kasb-xunarga yo‘naltirish, informatika faninig texnik qoidalariga rioya qilgan holda jismoniy tarbiya va sport ishlarining yo‘lga qo'yilish jarayonini o'rganib chiqdim va tasavvurga ega bo‘ldim.
Men o‘tishni rejalashtirgan o‘quv mashg’ulotlarim uchun ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallar, taqdimot slaydlarini tayyorlab, o‘quvchilarga mavzuni yanada tushunarliroq va qiziqarliroq bo'lishi uchun qo'limdan kelganicha harakat qildim.
Informatika fanidan talab darajasida loyihalashtirilgan ochiq darslar tayyorladim va o‘tkazib berdim. Namunali tarzda tayyorlangan ko‘rgazma vositalarda dars jarayonida o‘quvchilarga mavzu tushuntirishda foydalandim. Guruhdagi iqtidorli o‘quvchilar bilan muloqotga kirishib, fanga, o‘qishga va kasbga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rgandim. O‘z oldimga qo‘ygan natijalarga erishdim.
Kuzatishlarimda shu narsa ayon bo‘ldiki, 30 tadan ko‘p sonli o'quvchisi bor sinfda tartibsizlik va shovqin ko‘tarilishi ehtimoli yuqori ekan.
Unversitet sharoitida bilim olish va kasb egallashlari haqida 11- sinf o'quvchilari bilan suhbatlashdim. O‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar asosida yetarlicha ma’lumotlar berib o‘tdim. Bundan o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.
O'zlashtirishi sust va tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan muloqotga kirishib, ularni individual-psixilogik xususiyatlarini o‘rganishda, tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijobiy va salbiy omillar aniqlash, o‘quvchiga pedagogik - psixologik tashxis qo‘yish va tavsif yozishda biroz qiyinchiliklar bo‘ldi.
Maktabning ota-onalar kengashi ishi mazmuni bilan tanishdim. Maktabning bu yo‘nalishdagi an’analarini ham o‘rgandim. Ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik ishlarining mazmuni, shakllari va usullari bilan tanishib chiqdim. O‘zimga biriktirilgan ___-sinfning ota-onalar kengashi ishi bilan ham tanishib chiqdim.
Sinf jamoasiga va bitta o‘quvchiga pedagogik - psixologik tavsifnoma tayyorlashda pedagogika va psixologiya bo‘yicha metodist bilan maslahatlashgan holda 9-sinf jamoasiga va sinfdagi namunali o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma yozdim. Buning uchun amaliyot davomida sinfdagi o‘quvchilaming darslarga qanday munosabatda ekanliklarini, bir-birlari bilan qanday munosabatda bo‘lishlarini, ijtimoiy foydali mehnat jarayonidagi ishtirokini, mavjud tartib- qoidalarga amal qilishlarini, ijtimoiy muhit, ota-onalar va jamoatchilikning ta’siri kabilarni kuzatib bordim.
Amaliyot jarayonida dars tahlil qilishni, shaxsiy ish reja, hujjatlanii yuritishni o‘rgandim. Darsdan tashqari tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy foydali ishlarning o‘tkazish jarayonini o‘rgandim. Men maktabda va boshqa bir qancha tajribali o‘qituvchilar darslarini tahlil qildim.
Amaliyotga kelgan kunimdan amaliyot oxirigacha kundalik daftar yuritdim. Men ushbu amaliyot jarayonida o‘qituvchi sifatida dars o‘tish texnologiyasini, o‘zini tutishni, o‘quvchilar bilan muomila jarayonini o‘rgandim.
Men pedagogik amaliyot vaqtida o‘qituvchilik kasbining qanchalik sharafli kasb ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lishga bor shijoatim bilan harakat qilaman. Menga yaqindan yordam bergan maktab ma’muriyatiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Download 21,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish