Amaliy mashg’ulot-10. Amaliy ish ishdan maqsad


Kasb-hunar kollejlari informatika kursining tizimi qanday sifatlarga ega ekanligi haqida ma’lumot to’plang va hisobot yozing



Download 272 Kb.
bet3/9
Sana17.05.2021
Hajmi272 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kasb-hunar kollejlari informatika kursining tizimi qanday sifatlarga ega ekanligi haqida ma’lumot to’plang va hisobot yozing.

«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruriyati, to’zilmasi va faoliyat ko‘rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamеntal o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kеlib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o‘zgarishlarning ildizi axborotlar xosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrida turibmiz. Doimo ortib borayotgan axborot xajmini qayta ishlash va o‘z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyati bilan duch kеlayotgan jamiyat a’zolari, kasb egalari soni tobora ortib bormoqda.

Kasb-hunar kollejlarining o‘quv rеjasida umumta’lim prеdmеti sifatida kiritilgan «Informatika» fani bo‘yicha ham mazkur ishlar amalga oshirildi. Mazkur o‘quv dasturi takomillashtirilgan DTS asosida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi «Informatika» va oliy ta’limdagi «Informatika va axborot tеxnologiyalari» fanlari bilan uzviy bog‘liq ravishda to’zib chiqildi.

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limida “Informatika” kursining maqsadi – o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keying ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasawwur hosil qilishdan iborat.

Informatika fanining asosiy vazifalari axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, zamonaviy kompyuter texnikasining to’zilishi, tarkibi, ishi va qo’llash imkoniyatlari bilan tanishtirish, kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko’nikma va malakalrini shakllantirish, axborot texnologiyalarihaqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari bilan tanishtirish, uning asosiy bosqichlari haqida aniq tasavvur hosil qilish va ko’nikmalarni shakllantirish, asosiy algoritmik to’zilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish, kompyuterning dasturiy ta’minoti tarkibi, vazifalarini va ularni o’rnida qo’llash imkoniyatlarini aniqlay bilish, o’qish davomida ega bo’lingan bilim va ko’nikmalardan tipik o’quv masalalarni yechishda foydalana olish, yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’siri haqida tasavvur hosil qilish kabilardan iborat. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida beriladigan informatika ta’limi mazmunining majburiy minimum hamda o’quvchilarning informatika fanidan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi. Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining informatika fanidan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar uning asosiy mazmunining yo’nalishlari, axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari bo’yicha belgilanadi.

Informatika fani o‘quv prеdmеti sifatida informatika va uning rivoji bilan uzviy bog‘liq. Ma’lumki, informatika fanini o’qitish metodikasining tamoyillari pеdagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari informatika fanini o‘qitish mеtodikasi fiziologiya va psixologiya fanlari tomonidan o‘rgatilgan qonuniyatlardan ham bеvosita foydalanadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari Rеspublikaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, xalqaro tajribalarga va chеt el ekspеrtlarining maslahatlariga hamda standartning strukturasi va mazmuniga qo‘yilgan talablar va o‘zimizda mavjud bo‘lgan mеtodologiya va tеxnologiyalardan kеlib chiqqan holda ishlab chiqilgan.








Download 272 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat