Amaliy ishini bajarish tartibi



Download 18,57 Kb.
Sana02.07.2021
Hajmi18,57 Kb.
#107619
Bog'liq
kurs ishi1


Amaliy ishini bajarish tartibi

  1. Buning uchun dastlab Ijtimoiy Iqtisodiy kartografiya mavzusida karta tanlanadi va o`rganib chiqiladi .

  2. Kartani o`rganish uning nomidan , masshtabidan , kartografik proyeksiyalaridan eng asosisi legendasini o`rganishdan boshlanadi .

  3. Kartaning asosiy maqsadini o`rganishda avval tanlangan kartada qanday obyektlar mavjudligini qoldirmasdan sanab chiqiladi ,so`ngra har bir obyektni o`ziga xos xususiyati xusdud bo`yicha tarqalishi miqdor va sifat ishlari va ularni tasvirlashda ishlatiladigan tasvirlash usullari alohida alohida ko`rib chiqiladi . Asosiysi tanlangan usullarni mohiyati va kamchiliklari ko`rsatilishi shart .

  4. Alohida elementlar o`rganib chiqilgandan keyin konteks o`rganishga o`tiladi unda kartaning elementi geografik asosi mavzudan kelib chiqgan holda kartaning asosiy mzmunini tashkil etadigan elementlarni o`zaro uyg`unligi tahlil qilinadi .

  5. Yuqoridagi ketma-ketliklar asosida yig`ilgan ma`lumotlar jamlanib to`liq bayon qilinadi va karta legendasi kanpanovkada geografik asoslari tanlanib ,natijasi yaratiladi.

Menga berilgan karta Yaponiya davlati ijtimoiy iqtisodiy kartasi berildi.Kartani o`rganish jarayonida uni tahlil qilib 2020 yil malumotlari bilan tanishib chiqdim . Bularga iqlimi , hayvonot olami , geografik o`rni , o`simliklar dunyosi va boshqalarni tahlil qildim.

Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shimolisharqdan janubigʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydon 377,8 ming km². Aholisi 127,8 mln. kishi (2004). Poytaxti — Tokio shahri Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi.

Yaponiya moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi. 30 ming km ga yaqin. Honshu orolning janubiy sohili, Sekoku va Kyushu orollarining qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan oʻralgan.

Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab ayrimayrim joylashgan. Hokkaydo oroldagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi (Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu orolning shimoliy qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulkan — Fujiyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu orolning markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp selyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku orolning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti choʻqqisi), Kyushu orolniki 1788 m (Kuzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995 yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi soʻnmagan. Vulkanli rayonlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.

Iqlimi mussonli, shimolida moʻʼtadil, janubida subtropik, Ryukyu orollarida asosan tropik ikdim. Hokkaydo orolda, Sapporoda yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 22°, Okinavada yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha yillik yogʻin 1800 mm; Hokkaydo orolning sharqida yillik yogʻin 800–1200 mm, Sekoku va Kyushu orollarida 3000 mm, baʼzi joylarda 4000 mm gacha.

Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining uz. 200 km dan oshadi, jumladan, Sinano daryosining uz. 367 km. Tayfun vaqtida daryolar toshadi. Koʻpgina daryolarning suvi sugʻorishga va gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Mayda koʻl koʻp va ular ichimlik suvi manbai boʻlib xizmat qiladi. Eng katta koʻl — Biva (maydon 670,2 km², chuq. 103,8 m).

Tuproqlari shimolida podzol va oʻtloqibotqoq, janubida qoʻngʻir oʻrmon, subtropik va tropiklarda sariq va qizil tuproq. Tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan. Yaponiya hududining 67% oʻrmon va butazorlardan iborat; oʻrmonlarining 41,4% ekib oʻstirilgan. Jami 700 turdan koʻp daraxt va buta hamda 5599 tur oʻt oʻsimligi oʻsadi. Endemik oʻsimlik koʻp. Oʻrmonlar, asosan, igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat.

Yaponiyada sut emizuvchi hayvonlarning 132 turi, qushlarning 490 turi, sudralib yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirgʻoqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning 3000 ga yaqin turi, mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yashaydi.

Aholisining 99% dan koʻpi yaponlar. Hokkaydo orolda mamlakatning eng qadimiy aholisi — aynlar (50 ming kishi atrofida) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreys, xitoy va boshqalar yashaydi. Rasmiy til — yapon tili. Asosiy dinlari — sintoizm va buddizm; konfutsiylik va daosizm aqidalari katta taʼsirga ega. Xristianlik, islom va hinduizmga eʼtiqod qiluvchilar ham mavjud. Xristianlik 16-asr oʻrtalaridan, islom 19-asr oxiridan kirib borgan; xristianlar 1,5 mln.ga yaqin, musulmonlar 100 ming kishi chamasida. 1935 yil Tokio va Kobe shahrilarida dastlabki masjidlar qurilgan. 1956 yildan Yaponiya musulmonlar uyushmasi va 1966 yildan Yaponiya islom markazi mavjud. Aholining 77% shaharlarda yashaydi (2002). Yirik shaharlari: Tokio, Yokohama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto.



Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5,5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1,2 mln. km, shu jumladan, 4,4 ming km tezyurar magistrallar. Yaponiyalarning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "Shinkansen" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km) Honshu va Hokkaydo orollarini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg. tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km.

Aholi salomatligining koʻrsatkichlari boʻyicha Yaponiya jahonda yetakchi oʻrinda turadi. 2001 yil 1,85 mln. oʻrinli 167,5 ming shifoxona va poliklinika boʻlgan (har 100 ming aholiga 1458 oʻrin). Yaponiyada 255,7 ming vrach, 90,8 ming tish vrachi, 217,4 ming farmatsevt faoliyat olib boradi. Har 100 ming kishiga 201,5 vrach toʻgʻri keladi. Yaponiyada oʻz issiq suv manbalariga ega boʻlgan 3023 kurort bor.

Ushbu karta slindirik proeksiyada chizilgan bo`lib , tasvirlash usullaridan belgilar usuli ,areallar usuli , sifatli va miqdorli rang usuli , kartadiogramma usuli, nuqtalar usuli, berilgan.

Belgilar usuli kartalardagi barcha voqea va hodisalar belgilar bilan ko`rsatiladi . Topografik va obzor-topografik kartalarda esa bu belgilar sifatni anglatadi va miqdor ko`rsatkichlarni ifodalamaydi. Mayda masshtabli mavzuli kartalarda ishlatiladigan belgilar topografik kartalardagi belgilardan shakli,mazmuni jihatdan farq qiladi. Belgilar usulida voqea-hodisalarning geografik o`rni , miqdori va sifati ko`rsatilib,ular geometrik,harfli va ko`rgazmali bo`ladi.

Areallar usuli bilan tuzilgan kartalar ham umumgeografik,ham mavzuli kartalardir.Areallar usuli ko`proq maydon va makon bilan bog`liq bo`lganligi uchun ko`proq o`simlik ,zoogeografik , landshaft va geomorfologik kartalarni tuzishda ishlatiladi.

Sifatli va miqdorli rang usullari kartalarda voqea va hodisalar sifat belgilarning rang yoki shtrix chiziqlar bilan tasvirlanishi siflatli rang usuli deb yuritiladi . Bu usul maydonlarni bir xil xususiyatlariga ko`ra bir-biridan farq qilishga asoslanadi .Miqdorli rang usulida miqdor ko`rsatkichlari hudud bo`yicha tarqalgan bo`lishi mumkin. Uning asosida miqdor ko`rsatkich yotadi .

Nuqtalar usuli ushbu usuldan voqea va hodisalarning geografik tarqalishini statistic ma`lumotlar asosida tasvirlashda foydalaniladi . Nuqtalar usulida miqdor va sidat ko`rsatkichlari nuqtalar yordamida tasvirlanadi .



Nuqtalarni joylashtirishda ko`rsatilmoqchi bo`lgan predmetlari haqiqiy tarqalish o`rni hisobga olinishi kerak . Nuqtalar bilan miqdor ko`rsatkichlarigina berilmasdan , geografik tarqalish ham ko`rsatilishi mumkin.
Kartadiagramma siyosiy-ma`muriy va tabiil chegarali hududlarida voqe-hodisalarning miqdor va sifat ko`satkichlari diagrammalar yordamida tasvirlanilsa ,kartadiogramma usuli deyiladi . Kartodiagramma statistic usul hisoblanib ,u bilan turli kartalarni tuzizsh mumkin.Kartodiagrammalar geometric shakllardan iborat bo`lib ,sirtdan qaraganda belgilar usuliga o`xshaydi. Lekin bular orasida kata farq bor . Belgilar usulida voqea – hodisalar ma`lum bir joyga tegishliligi , ya`ni aniq o`rni hamda miqdori ko`rsatilsa , kartadiagrammada ularning mazkur maydonga tegishli miqdorigina ko`rsatiladi.
Download 18,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish