Amaliy ish №1 Mavzu: Xalq xo‘jaligidagi kasblar, ularning tasnifi. (2 soat) Ishdan maqsad



Download 54,5 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi54,5 Kb.
#440201
Bog'liq
KHY Amaliy-1 lot


AMALIY ISH №1
Mavzu: Xalq xo‘jaligidagi kasblar, ularning tasnifi.
(2 soat)


Ishdan maqsad: O‘quvchilarni halq ho‘jaligini tuzilishi bilan yaqindan tanishtirish.
Ishga oid nazariy ma’lumotlar
Mehnat mazmunini qator omillar jumladan; kasb xususiyatlari bilan belgilanadi. Kasb maxsus tayyorgarlikni taqazo etadigan mehnat turidir. Korxonalarda turli kasb egalari mehnat qiladilar. Ularning asosiy eng ko‘p qismi ishchilardan iborat. Ishchilarning ko‘pchiligi korxonani asosiy mahsulotini tayyorlaydilar. Masalan: stanoklarda detalga ishlov beradilar (tokarlar, frezalar, avtomatliniyalarni operatorlari va boshqalar) buyumlarni yig‘adilar, sozlaydilar (sleser yig‘uvchilar, radio apparatini sozlovchilar va boshqalar) bular asosiy ishchilar hisoblanadi, yana boshqa ishchilar (remonchilar, elektromontyorlar, kontrillar va xokaza).
Asbob anjomlarga xizmat ko‘rsatish.
Texnikani remont qilish, material va asboblarni ish o‘rinlariga, tayyorlangan detallarni yig‘uv sehlariga keltirish, buyumlarni sifatini tekshirish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadilar. Ular mahsulotlarni tayyorlashda bevosita qatnashmaydilar, balki buning uchun zarur sharoitni yaratadilar.
Asosiy ishlab chiqarishga xizmat kshrsatadilar. Korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarni texnikaviy boshqarish, mashinalar, priborlar va aparatlarini yangi turlarini loyxalash texnologik jarayonni ishlab chiqish kabi ishlarni muhandis texnik hodimlar texnologlar, konstruktorlar va boshqa mutaxasislar amalga oshiradi.
Korxonalarda ishchilar injener xodimlardan tashqari xizmatchilar (ma’muriy idora va xo‘jalik ishlarini boshqaruvchilar) korxonada turli kasblarni o‘rganadilar, shogirdlar kichik yordamchi xodimlar ham faoliyat ko‘rsatadi. Ishchi mehnatning mazmuni uning malakasi bilan belgilanadi.
Malaka-kishi biror mehnat faoliyati turiga tayyorgarlik darajsi, ma’lum murakkablikdagi mehnatni bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar majmui ko‘p kasblardagi ishchilarni malaka darajasi razryad bilan belgilanadi. Malaka darajasi qancha yuqori bo‘lsa razryad ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Masalan umumta’lim maktablarida ishchi kasblar bo‘yicha 1-2 razryad, kasb-hunar kollejlarida 3-4 razryad, korxonada ishlayotgan o‘z malakasini oshirib ishchilar 5-6 razryad olishlari mumkin. Bir qancha kasblar (haydovchi va boshqalar) uchun malaka darajasi klass bilan belgilanadi. Bunday holda 1-klass malakaning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Bularni aniqlash uchun maxsus ta’rif jadval mavjud bo‘lib, ularda tipaviy ishlar ro‘yxati holida u yoki bu darajada malakali mumaxasislarni bilim va ko‘nikmalarga qo‘yiladigan talablar ifodalangan.
Razryadlar (klasslar) toifalar berish, malaka imtihonlarni natijalariga qarab malaka kamissiyasi tamonidan amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan qurollanganiga ko‘ra qo‘l mehnati mehanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan mehnat bir-biridan farqlanadi.
Qo‘l mehnati (masalan; qo‘l bilan bajariladigan) ortish, tushirish, transport ishlari, jihozlarni remont qilish va sozlash qo‘lda yig‘ish va hokazolarda qo‘l asboblaridan foydalaniladi. Mehanizatsiyalashgan mehnat (masalan; qo‘l yoki mehanik, uzatmali stanokda ishlov berish avtamatlashni, ekskavatori boshqarish va hokazo) qo‘lda boshqariladigan mashinalarni qo‘llashni taqazo etadi.
Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rangbarang kasblar olamida qanday qilib mo‘ljal olish kerak? Hayot yo‘lini mehnat faoliyatini to‘g‘ri boshlash uchun qaysi kasbni tanlagan ma’qul? Bu ishda kasblar klassifikatsiyasi sizga yaxshi yordam berishi mumkin,
Ko‘pgina predmetlarni o‘rganish chog‘ida siz har xil oddiy va murakkab ob’ektlar, faktlar, voqea-hodisalar va boshqa shunga o‘xshash narsalar qanday sistemalashtirilishini bilib olgansiz. Masalan, o‘simlik va hayvon organizmlari tiplarga, turkumlarga, turlarga. oilalarga, otryadlarga birlashtiriladi.
Kasblar klassifikatsiyasi uchun har xil belgilarni asos qilib olish mumkin. Masalan, ularning nomlari boshlanadigan birinchi harflar bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin. Bu xuddi lug‘atlarning tuzilishiga o‘xshagan bo‘ladi. To‘g‘ri, bunday klassifikatsiyadan kasb tanlash uchun foydalanish unchalik qulay bo‘lmaydi, chunki kasb tanlash uchun eng avvalo o‘sha kasbning nomini bilish kerak. Hamma gap shundaki, ko‘p hollarda kasbning nomi, uning qanday atalishi kasb tanlayotgan kishiga ma’lum bo‘lmaydi. Masalan, aytaylik, siz yaxshi rasm chizasiz, bu mashg‘ulot sizga juda yoqadi va siz bundan keyin ham o‘zingizdagi mana shu rasm chizish qobiliyati kerak bo‘ladigan joyda ishlashni xohlaysiz. Xo‘sh, aytingchi, siz gazmol ishlab chiqarishda rasmlardan nusxa ko‘chiruvchi degan kasb borligini, poligrafiyada — dizayner, kolorist, retushyor kasbi, badiiy-zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalarda inkrustator kasbi borligini bilasizmi? Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.
Kasblarni yana ular xalq xo‘jaligining qaysi sohasiga taalluqli ekanligiga qarab ham joylashtirib chiqish mumkin. Bunday klassifikatsiya korxonalar va o‘kuv yurtlarining rahbarlari uchun qulay bo‘lsa ham, lekin kasb tanlayotgan kishiga unchalik qo‘l kelmaydi. CHindan ham, masalan, birgina tikuvchilik sanoatining o‘zida modeler-konstruktorlar, texnologik jihozlarni sozlovchilar, chilangarlar, gazmolni saralaydigan xisobchi-tanlovchilar, qirquvchilar, tikuvchi-motoristlar, buxgalterlar, ektisodchilar, singari juda ko‘p kasblar mavjud. Lekin kishining shaxsiy fazilatlari (qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari, hosil qilgan tajribasi) bilan sanoatning bir tarmog‘idagi kasblarni butunlay qamrab olish mumkinmi? Albatta, yo‘k. SHuning uchun ham tarmoq belgilari bo‘yicha tuzilgan klassifikatsiyadan emas, balki odamning o‘zidan, ya’ni mehnatda bevosita ishtirok etadigan kishining o‘zidan kelib chiqadigan belgilarga qarab tuzib chiqilgan klassifikatsiyadan foydalanish kasb tanlayotgan kishi uchun qulay bo‘ladi.
CHindan ham, odam ishlayotgan vaqtda uning diqqat-e’tibori sohaga emas (bu soha qanchalik yaxshi, obro‘-e’tiborli va boshqa ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramay), balki mehnat predmeti (ob’ekti) ga qaratilgan bo‘ladi. Mana shu predmetni ishlatib, nimadir qilish kerak (bu endi mehnatning maqsadi bo‘ladi). Har qanday mehnatda qurollar, vositalar mavjuddir. Nihoyat, odam uchun uning qanday sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga egadir. Kasb tanlashni o‘ylayotgan kishi uchun qulay bo‘lgan kasblar klassifikatsiyasi mana shu to‘rtta belgiga qarab tuziladi.
Sxematik tarzda olganda, bunday klassifikatsiyani to‘rt qavatli yaruslardan iborat piramida shaklida tasavvur qilish mumkin. Uning yaruslari: kasblarning tiplari; kasblarning turkumlari; kasblarning bulimlari; kasblarning gruppalaridan iborat bo‘ladi (1 –rasm). Eng yuqorida bo‘sh qoldirilgan to‘g‘ri burchak sizning bo‘lajak kasbingizga mo‘ljallangan.

Kasblarning gruppalari (BONM)

















KASBLARNING GRUPPALARI (BONM)









KASBLARNING BO‘LIMLARI (RMAF)









KASBLARNING TURKUMLARI (GPI)






KASBLARNING TIPLARI (PTCHZX)



1- rasm. Kasblar klassifikatsiyasini ko‘rsatuvchi sxema


Ushbu sxemani siz o‘zingizning kelajakdagi mehnat yo‘lingizni tanlayotganingizda o‘ylab olishingizga imkon beradigan, asta-sekin pastdan yukoriga qarab chiqib borishingiz mumkin bo‘lgan (kasb tipini aniklashdan boshlab uning turkumini muhokama qilishga utish va hokazo) bir “pillapoya” sifatida qarash mumkin.


1. Kasblarni kanday belgilarga qarab klassifikatsiya qilish mumkin?
2. Nima uchun kasblar klassifikatsinsini bilish zarur?
Nazorat savollari

  1. Korxonalardagi asosiy ishchikuchi va ular haqida ma’lumot.

  2. Ishchilar malakasi darajasi va razryadlar haqida tushuncha.

  3. Mehnat turlari va ularni bir-biridan farqi.

Adabiyotlar
1.K.Davletov “Mehnat va kasb ta’lim-tarbiyasidan amaliy mashg‘ulotlar” Toshkent, O‘qituvchi – 1995.
2.K.Davletov, I.CHichikov “O‘qituvchilarni kasb tanlashga yo‘llash” Toshkent,O‘qituvchi – 1988 . 3.L.V.Botyakova va boshqalar “Kasbga yo‘naltirish o‘quv-metodika kabineti” Toshkent, O‘qituvchi- 1989
Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish