Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr"



Download 19.47 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi19.47 Kb.

Aim.uz

Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidagi hikoyatlarda insondagi ayrim illatlar xususida
Avezova Mavluda- O`zbek tili va adabiyoti fakulteti

3- ‘‘B’’ guruh talabasi

Ilmiy rahbar: dotsent T.R. Xo`jayev

Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni ulug` mutafakkir shoirning butun ijodiy faoliyati davomida ilgari surilgan ilg`or falsafiy qarashlarni umumlashtirib,

ularga yakun yasaydigan asar sifatida muallif ijodida o`ziga xos o`rin egallaydi. Asarda faqat tasavvufiy-falsafiy g`oyalar emas, balki axloqiy- ta’limiy yo`nalishdagi turli fikrlar ham keltiriladi.“Lison ut-tayr” dostonidagi hikoyatlar insonning ma’naviy kamolotga yetishishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

“Navoiy hikoyalari mavzui,g`oyaviy mazmuni, obrazlari va badiiy uslubi jihatdan xilma- xildir.Ularning ko`pchiligi odob-axloq, ilm-ma’rifat, insof-adolat, sevgi va sadoqat, mehnat va mehmondo`stlik kabi masalalarga bag`ishlangan dunyoviy hikoyatlardir (Bunday hikoyalar “Nasoyim ul-muhabbat”, “Tarixi anbiyo va hukamo” kabi asarlar sirasidan ham sezilarli o`rin olgan).”1

Asarda 65 ta hikoyat mavjud bo`lib, ular hikoya ichida hikoya shaklida qushlar tilidan bayon etiladi.Adabiyotshunos Sh.Sharipov o`zining “Lison ut-tayr haqiqati”

kitobida doston tarkibiga kirgan hikoyatlarni mavzu jihatdan quyidagi guruhlarga ajratadi :

“ 1. Ijtimoiy-siyosiy va falsafiy mazmundagi hikoyatlar.

2. Din va tasavvuf vakillari, ularning ba’zi muhim qarashlariga oid hikoyatlar.

3.Axloqiy- ta’limiy hikoyatlar.

4. Ishq-muhabbat mavzuidagi hikoyatlar.”2

Biz odob-axloq masalalariga bag`ishlangan hikoyatlarga asosiy e’tiborimizni

qaratdik.Dostonda keltirilgan hikoyatlarning katta qismini axloqiy-ta’limiy ruhdagi hikoyatlar tashkil etadi.Navoiy kishilarda mavjud bo`lgan turli salbiy xususiyatlarni, ya’ni uquvsizlik, xasislik, ilmsizlik, dangasalik va mol-dunyoga mehr berish qanday oqibatlarga olib kelishini turli hikoyatlar orqali aytib o`tadi.Masalan, asarda uquvsiz bog`bon, tanbal kishi, soxta gavharfurush, Muqbil va Mudbir,mechkay polvon, bir umr xazina izlagan telba kishi, hind savdogari, xomxayol qalandar kabi 20 ga yaqin hikoyatlarda insonlarga xos bo`lgan turli illatlar ko`rsatib o`tiladi :

“Bog`bone bor edi bas behunar,

Bog`bonlik san’atidin bexabar.

Ne shajar payvand qilmoq shevasi,

Kim halovat hosil etkay mevasi.”3

Uquvsiz bog`bon haqidagi hikoyat asarning XLIV bobida Hudhud tomonidan Qumriga aytiladi.Bog`bon bog`bonlik san’atidan bexabar bo`lib, u na daraxt payvand qilib, undan huzur-halovat beruvchi meva olishni, na ularni parvarish qilishni bilardi.Oxiri uni ilon chaqib o`ldiradi.Navoiy bu bilan har kim o`ziga mos

ilm, odob- axloqqa ega bo`lishi kerakligini aytmoqchi bo`ladi.

Dostonning XLVII bobida bir tanbal kishi haqidagi hikoyat keltirilgan.

Xalq ichinda bor edi beg`ayrate,

Elga beg`ayratlig`idin hayrate. (63-bet)

Bu hikoyatda insonga xos eng yomon illatlardan biri bo`lgan ishyoqmaslik, tanballikning oqibati qanday bo`lishini ko`rsatib o`tiladi.Insonlarning beradigan yeguligi evaziga musht yeb, oxir joyida turolmay qoladi.Boshqa bir hikoyat oson xazina topishga urinish va uning oqibati haqida:

Bor edi bir mulk aro devonae,

Kecha- kunduz maskani vayronae.

Ganj umidi birla umrin o`tkozib,

Har dam ul vayrona bir yonin qozib.(76-bet)

Navoiy inson axloqidagi eng yomon illatlardan biri bu - bir umr boylik to`plash uchun yashashi deya aytadi va bu hikoyatda bir umr xazina qazib topishga umid qilgan devona kishi keltirib o`tiladi.Oxiri maqsadiga erishib, hatto Qorun xazinasiga teng qirq xumni topadi, telba buni ko`rib hushidan ketadi.Bir kishi kelib uni o`ldirib, boylikka ega bo`lib oladi.Shuni aytish mumkinki, inson faqatgina xazinaga yetishni maqsad qilib olsa, u o`ziga berilgan hayotidan ham ajralib qolishi mumkin.Shunday ekan, inson mol-dunyoga hirs qo`ymasligi kerak.

Navoiy Muqbil bilan Mudbir haqidagi hikoyatda ikki xil qiyofadagi insonni, ya`ni Muqbil odob-axloqqa ega,kamtar,bilimli,dono kishi; Mudbir esa xudbin hamda ilmsiz insonlarning umumiy obrazi sifatida keltirib o`tadi.

Muqbil aytur erdi ahlillohdin,

Dinda xayli komilu ogohdin.

Ahli nuqsondin edi Mudbirg`a so`z,

O`ylakim but vasfidin kofirg`a so`z.(67-bet)

“Lison ut-tayr” dostonining XXXV bobida Hudhud tomonidan To`tiga yashil chakmon tashlab olgan bir g`ofil kishi haqida hikoyat beriladi:

Gah karomotin qilib el ichra naql,

Gah etib zohir tariqi sharu aql.

Aylabon bu nav yuz afsunu dam,

Olg`uchi yo luqmae, yo bir diram.(55-bet)

Bunda buzuq nafsi va yolg`onchiligi insonni qanaqa ahvolga solishi aytib o`tiladi.

“Nafsni yengish- yomon xulqlardan qutilish degan gap.Odam takabburlik,zo`ravonlik yo`lini tutmay, yaxshilik sari intilsa, unda ulug`lik va

donishmandlikdan boshqa narsa topolmaysiz.U o`zidagi johiliyatlardan voz kechsa, habibulloh, ya’ni ollohning do`sti- Muhammad payg`ambar kabi boru-yo`qdan ogoh bo`ladi.”4



Xullas, Navoiy dostonda Hudhud tilidan keltirilgan hikoyatlarning ko`pchiligi inson odob-axloqi,uning ma`naviy kamolotga yetishi uchun muhim hisoblanib, har bir kishini turli yomon illatlardan uzoqroq yurishga va faqat ezgu amallar qilishga undaydi!

1 Mallayev N. “Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti”.Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi,2015. 201-bet.

2 Sharipov Sh. “Lison ut-tayr haqiqati”. Toshkent: “Ma’naviyat”, 1998 .43-bet.

3 Alisher Navoiy. “Lison ut-tayr” . Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.61-bet.

4 S.Olim. “Ishq, oshiq va ma’shuq”.Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1992. 37-bet.

Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik