Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


II BOB QUSHLAR NOMI BILAN BOG’LIQ TASVIRIY VOSITALAR



Download 320.5 Kb.
bet2/3
Sana20.01.2017
Hajmi320.5 Kb.
1   2   3

II BOB

QUSHLAR NOMI BILAN BOG’LIQ TASVIRIY VOSITALAR

O’zbek tilida qush nomlari (ornitonimlar) ham o’ziga xos lug’aviy tuzilishga ega.13 Shu kungacha nashr etilgan lug’atlar va zoologiya darsliklaridagi ornitonimlar to’planib, tartib beriladi.

Ornitonimlarga lug’aviy tarkibi, komponenti jihatidan quyidagicha tasnif berish mumkin:

Komponentlaridan biri baliq so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: baliqchi, baliqqiyg’ir, kumushrang baliqchi, baliqchi tumshuqli chig’irtchi, chiyildoq baliqchi, oddiy baliqchi, ingichka tumshuqli baliqchi, baliqchi o’rdak, baliqchi ukki, dengiz baliqchisi, kichik baliqchi, baliqchi qorasimon kaptar, tosh baliqchi, kuluvchi baliqchi kabilar.

Komponentlaridan biri burgut so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: suvburgut, cho’l burguti, katta burgut, ilon burgut, qiyg`ir burgut, baqiroq burgut, baliqko’z burgut, evropa burguti, kichik burgut, dengiz burguti, sor burguti, sariq burgut kabilar.

Komponentlaridan biri dum so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: uzun dumli suv burgut, dumparast, kulrang dumparast, uzun dumli dumparast, uzun dumli qarg’unoq, oqdumli suvburgut, uzun dumli pashshaxo’r, liradum, elpig’ich dumli qushlar, raketa dumli kolibri, ipdum qaldirg’och, keng dumli to’qay chumchug’i, uzun dumli sichqonqush, oq dum moshak, big’izdum, dumli parranda, uzun dumli pomornik, qisqa dumli pomornik kabilar.

Komponentlaridan biri kaptar so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: tog’ kaptari, tog’ ko’k kaptari, ko’k kaptar, gov kaptar, qora kaptar, xonaki kaptar, pochtachi kaptar, dekorativ kaptar, go’shtdor kaptar, buqoq kaptar, yakobin kaptari, tovush kaptari, baliqchi qorasimon kaptar, rim kaptarlari, tojli kaptar, yovvoyi kaptar, qo’ng’ir kaptar, kulrang mallasoch kaptarlar, oq kaptar, ikki tojli kaptar, chinni kaptar, poypoqdor kaptar kabilar.

Komponentlaridan biri suv so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: suv burgut, suv qaldirg’och, suv taroq, suvmoshak, suvkesar, suvchumchuq, suv bulduruq, suv tovug’i, uzun dumli suvburgut, oq dumli suvburgut, suv bo’yida yashaydigan qaldirg’och, suvqizilquyruq, qorasuvkesar, katta suvqizilquyruq kabilar.

Komponentlaridan biri tovuq so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: urushqoq tovuq, bankiv tovuq, yovvoyi tovuq, yovvoyi bankiv tovuqlari, broyler tovuq, jigarrang tovuq, zagorsk tovuq zotlari, italiya oq tovuqlari, kulrang tovuq, toji gulsimon oq tovuq, tovuqsimonlar, uzun oyoqli tovuq, tustovuq, suv tovug’i, rus oq tovug’i, olachipor tovuq, xas tovuq, baqaq tovuq, marjon tovuq, pakana tovuq, sulton tovuq, farang tovuq, g’ul-g’ul tovuq kabilar.

Komponentlaridan biri tumshuq so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: bigiztumshuq, boltatumshuq, archa boltatumshug’i, baliqchi tumshuqli chigirtchi, qora tumshuq chigirtchi, ingichka tumshuqli chigirtchi, qirg’iy tumshuq kolibri, ingichka tumshuqli bo’ronqush, oq tumshuqli g’arg’ara, shox tumshuqli g’arg’ara, qizil tumshuq faeton, ingichka tumshuq to’qay chumchug’i, uzun tumshuqli chegara, ingichka tumshuqli bo’ronqushi, oq tumshuqli to’qimachi kabilar.

Komponentlaridan biri chumchuq so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: dala chumchug’i, sariq chumchuq, sariq tomoq chumchuq, dehqon chumchuq, suv chumchuq, sir chumchuq, tashsir chumchuq, qizil bosh chumchuq, qora tomoq chumchuq, qora yoloqsimon chumchuq, fotma chumchuq, hind chumchug’i, uy chumchug’i, qora boshli sir chumchuq, tog’ chumchuq, baliqchi chumchuq, hashoratxo’r chumchuqsimon qush, shox tumshuqli chumchuq, qichqiruvchi chumchuq, sayroqi chumchuq, yarim sayrovchi chumchuq, saksovul chumchug’i, janub to’qay chumchug’i, botqoq to’qay chumchug’i, ingichka tumshuq to’qay tumshug’i, keng dumli to’qay chumchug’i, qizil to’sh chumchuq, qamish dehqon chumchuq, sahro toshsir chumchuq, oq qanotli to’qay chumchuq, chumchuqmoshak kabilar.

Komponentlaridan biri o’rdak so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: yovvoyi o’rdak, yovvoyi erkak o’rdak, qizilbo’yin o’rdak, oqko’z o’rdak, paxmoq qora o’rdak, xitoy o’rdagi, qora o’rdak, oqbosh o’rdak, asl o’rdak, sho’ng’uvchi’ o’rdak, pekin o’rdagi, muskus o’rdak, oq moskva o’rdagi, hindiston chopqir o’rdagi kabilar.

Komponentlaridan biri qaldirg’och so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: dengiz qaldirg’ochi, jar qaldirg’och, kichik qaldirg’och, suv qaldirg’och, tog’ qaldirg’ochi, tuya qaldirg’och, shahar qaldirg’ochi, qishloq qaldirg’ochi, suv bo’yida yashaydigan qaldirg’och kabilar.

Komponentlaridan biri qanot so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: jarqanot, olaqanot, uzunqanot, qizilqanot, qora olaqanot, oqqanotli, qizilqanotli, temirqanot, yashil qanotli tovus, yoqutqanotli kolibri, popukli uzunqanot, asl uzunqanot, oq qorin uzunqanot, qora uzunqanot, olaqanot suqsur, chag’irqanot o’rdak, qanosiz gagarka kabilar.

Komponentlaridan biri qarg’a so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: go’ng qarg’a, do’ng qarg’a, qo’ng qarg’a, ko’k qarg’a, ola qarg’a, ola qarg’a, cho’l qarg’a, tog’ qarg’asi, qorag’ay qarg’a, qarg’asimonlar, qarg’ashoyi kabilar.

Komponentlaridan biri qush so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: boy qush, vahma qush, jiyron qush, kakku qush, tentak qush, qiz qush, oqqush, saqo qush, yapaloq qush, tuya qush, qora qush, haqqush, to’ti qush, meshkob qush, soya qush, mirzo qush, jannat qush, Braziliya tuyaqushi, asal ko’rsatuvchi qush kabilar.

Komponentlaridan biri g’oz so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: ko’k g’oz, kulrang g’oz, xitoy g’ozi, hind g’ozi, tog’ g’ozi, quralay g’oz, sariq g’oz, qizil g’oz, g’oz qanjir, bo’z g’oz, dala g’ozi, oq peshonali kichik g’oz, xolmogor g’ozi kabilar.

Komponentlari son bilan ifodalangan ornitonimlar. Biz to’plagan materiallarga ko’ra bir, ikki, uch kabi son bildiruvchi so’zlar ornitonim tarkibida qo’llanadi:

komponentlaridan biri bir so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: bir qozon, qizil bir qozon, jingakli bir qozon kabilar.

Komponentlaridan biri ikki so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: ikki tojli kaptar kabi.

Komponentlaridan biri uch so’zi bilan ifodalangan ornitonimlar: uch barmoqli qush, uch barmoqli qizilishton kabi.

Fors tilidan o’zlashgan si (o’ttiz) yoki se (uch) so’zli ornitonimlar: simurg’, semurg’ kabi.

Fors tilidan o’zlashgan hazor (ming) so’zli ornitonimlar: hazor, hazordaston kabilar.

16. O’zbek tilidagi ornitonimlarning bir qismi kishi ismlari (antroponimlar) sifatida ham qo’llaniladi. Ularni ham o’z navbatida quyidagicha ikki kichik guruhga ajratish mumkin:

- bir ornitonimning yakka holda kishi ismi (antroponim) sifatida qo’llanilishi: Qumri, Lochin, To’ti, Toyir, Shoxboz, Samandar, Mayna, Xo’roz, kabilar.

- qo’shma yoki sostavli ornitonimlarning faqat bir komponenti kishi ismi (antroponim) sifatida qo’llanilishi: To’ra+mijoz, Haydar+kokil, Xo’ja+savdogar, Mirzo+qush, Sulton+tovuq, Mirzo+tuyg’un, Ishoq+qush, Imom+ali+qush, Muqaddas+qirg’ovul kabilar.

17. O’zbek ornitonimlarning komponentlaridan biri, jonivor, hasharot nomlari bilan ifodalanganlari ham miqdor jihatidan ancha ko’pchilikni tashkil etadi. Ularni o’z navbatida quyidagicha guruhlash mumkin:

- hasharot nomini bildirgan so’zlarning komponenti sifatida qo’llanilishi: hasharot+xo’r, jannat+ hasharot xo’ri, pashsha+xo’r, uzundumli pashsha+xo’r, pashsha+qoqar kabilar.

- hayvon nomini bildirgan so’zlar (zoonimlar)ning ornitonim komponenti sifatida qo’llanishi: tuya+qush; Avstraliya tuya+ qushi;Afrika tuya+qushi; Afrika ilon+bo’yini,ilon+burgut; tuya+qaldirg`och; baliq+chi; baliq+chi ukki, baqa og’izli tentak qush maymun+qush kabilar.

18. Qo’shma va sostavli ornitonimlarning ma’lum qismi tarkibida organizm nomlari (somatizmlar) komponentlaridan biri bo’lib keladi:

- bosh komponentli ornitonimlar: qizil+bosh, olma+bosh, sariq+bosh jiblajibon, chinqiroq qora+bosh kabilar.

-peshona komponentli ornitonimlar: qora peshona qarqunoq, oq peshonali kichik g’oz, ko’k peshona to’ti kabi.

- quloq komponentli ornitonimlar: quloqdor yapaloqqush, qizilquloq ara kabi.

- ko’z komponentli ornitonimlar: oqko’z o’rdak, ko’zoynakli gaga kabi.

- tomoq komponentli ornitonimlar: qoratomoq chumchuq, sariq tomoq chumchuq, sariqtomoq chittak, qoratomoq bulbul kabi.

- og’iz komponentli ornitonimlar: baqaog’izli tentakqush kabi.

- bel komponentli ornitonimlar: ko’kbel, ko’kbel o’rdak kabi.

- qorin komponentli ornitonimlar: oqqorin uzunqanot ornitonim: qorni qorin bulduruq kabi.

- oyoq komponentli ornitonimlar: qiziloyoq, uzunoyqli tovuq, laylakoyoq, qiziloyoq tuyaqush, qiziloyoq olusha kabi.

- barmoq komponentli ornitonimlar: uch barmoqli qush, uch barmoqli qizilishton, kalta barmoq chumchuq, kalta barmoq qush kabi.

19. qo’shma va sostavli ornitonimlarning ma’lum qismi tarkibida axromatik (asosiy) rang bildiruvchi so’zlar komponentlardan biri bo’lib keladi:

- oq komponentli ornitonimlar: oq jiblajibon, oq laylak, oq chor, oqchorloq, oq qanotli qizilishton, oqqush, oqko’z o’rdak kabi.

- ola komponentli ornitonimlar: olato’g’anoq, olaqanot, olaqarg’a, olahakka, olashaqshaq, olachipor tovuq kabilar.

- ko’k komponentli ornitonimlar: ko’k kaptar, tog’ ko’kkaptari, ko’kbel o’rdak, ko’kg’oz kabilar.

- qizil komponemtli ornitonimlar: qizilquyruq,qora qizilquyruq, qizilbosh, qizilbosh chumchuq, qizilbo’yin, qizilishton kabilar.

- qora komponentli ornitonimlar: qorabovur, qorabuzov, qora jarqaldirg’och, qora peshona, qora qunoq, qoratomoq, qorashaqshaq kabi.

- sariq komponentli ornitonimlar: sariq chumchuq, sariq tomoq, sariqsor kabilar.

- kulrang komponentli ornitonimlar: kulrang pashshaxo’r, kulrang turna, kulrang kaklik, kulrang g’oz kabilar.

- malla komponentli ornitonimlar: malla qo’ton, malla rangli qaldirg’och, mallasoch kaptar kabilar.

- yashil komponentli ornitonimlar: yashil qanotli tovus,yashil qirg`ovul, yashil qizilishton kabilar.

Kabud (t) ar: kabud – ko’k; - tar sifatning orttirma darajasini bildiruvchi qo’shimcha.14

20. Qo’shma va sostavli ornitonimlarning ma’lum qismi tarkibida noaxromatik rang bildiruvchi so’zlar komponentlaridan biri bo’lib keladi:

- jigarrang komponentli ornitonimlar: jigarran olimin

- jezrang komponentli ornitonimlar: shimoliy kavkaz jezrang kurkasi.

- kumushrang komponentli ornitonimlar: kumushrang baliqchi.

- pushti komponentli ornitonim: pushti saqoqqush.

- moviy komponentli ornitonimlar: moviy ko’ktarg’oq.

- olmossimon komponentli ornitonimlar: olmossimon qirg’ovul.

- tillasimon komponentli ornitonimlar: tillasimon qirg’ovul.

21. Qo’shma va sostavli ornitonimlarning ma’lum qismi tarkibida ikkita rang bildiruvchi so’zlar ishtirok etadi:

-qora+ola komponentli ornitonimlar: qora olaqanot;

-qora+qizil komponentli ornitonimlar:qora qizil quyruq,qora qizilishton;

-qora+oq komponentli ornitonimlar: qora oqqush;

-oq+qizil komponentli ornitonimlar: oq qanotli qizilishton;

-yashil+qizil komponentli ornitinimlar: yashil qizilishton;

-moviy+ko`k komponentli ornitonimlar: moviy ko’ktarg’oq;

-ko`k+qora komponentli ornitonimlar: ko’ktosh qorayaloq kabilar.

Shunday qilib, o’zbek tilidagi ornitonimlar lug’aviy tarkibi va kompanentlari jihatidan xilma-xil ko’rinishga ega bo’lib, ularning asosiy qismi ikki komponentli qo’shma so’zlardir. Umumta’lim maktablarida, lisey va kollejlarda, oliy o’quv yurtlarida o’zbek tilining lug’aviy qatlamlari o’rganilar ekan, uning tarkibiy qismi bo’lgan ornitonimlarning tuzilishi, komponent sostavi haqida ham ma’lumotlar berish yoshlarning ona tili boyliklari haqidagi bilim va ko’nikmalarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

“Ko’klam eshik qoqib turibdi. Xabarchi boychechaklar allaqachon bo’y ko’rsatib, qaldirg’ochlarning suyunchli chuldirashi quloqqa chalinyapti. Biroq qushlarning ketigisi yo’q, qayta-qayta avjlanib, yer-u ko’kni qayta zabtiga olishni, borliqni mumkin qadar uzoqroq ilkida saqlab turishni istaydi. Lekin bu urinishlar endi foydasiz. Borliq olam zimiston, qishdan zerikkan, nurafshon ko’klamni sog’ingan, uni yo`qlab, uni quvvatlash harakatida.

Ilk bahorda qaldirg’ochlar birinchi elchi bo’ladi va doimo xabarchi sifatida ta’riflanadi. Qaldirg’ochlarning suyunchli chuldurashi so’z birikmalari bahorning ilk darakchisi sifatida ko’chma ma’noda qo’llanilgan va badiiy tasvir vositalaridan metafora bo’lib ko’chma ma’no hosil qilgan.

Sezib tong bo’yini qushlar uyg’ondi,

Ko’zimga nur tegdi – qushlar uyg’ondi.

Sensiz tun o’tgandi, kun kelar sensiz,

Bedor holimda ham tushlar uyg’ondi.

(Usmon Azim “Fonus” 18-bet)
Gozal tabiatni qushlarsiz tasavvur qilish qiyin. Qushlar tong elchisi. Ularning ertalabki sayrashi kishi ko’ngliga huzur bag’ishlaydi.

Shoir bu satrlarida qushlar nomi bilan “tabiat”, “xalq” uyg’ondi degan ma’noda ta’riflayapti. Qism o’rnida butun, yoki butun o’rnida qismni tushunish bu badiiy tasvir vositalaridan sinekdoxa hodisasi deyiladi.


Kaftlaringda uchgan shu oq kabutar,

Sharbat ola kelsin, yog’ ola kelsin.

Sho’r manglay zaminga solsin-u nazar,

Gullagan, yashnagan bog’ ola kelsin.

Kabutar tinchlik elchisi timsoli sifatida doimo aks etadi. Bu she’rda ham ko’chma ma’nodan hasila ma’no kelib chiqadi. (177-bet)

Oq kabutar elimga tinchlik, rizq-ro`z olib kelsin deb Vatanni doimo gullab-yashnashi va uni ulug’lash lozimligini uqtirmoqda.


E’zozda yashaysan xurram, pokiza,

Ardoqli chamanda so’nmas gul bo’lib.

Bo’ston chiroy ochdi sen-la ming hissa,

Madhing aytmoq burchim bir bo’lib.

(Bog`donli “Sevgi tuhfasi”3-bet)

Bu sherda shoir ona Vatanini ardoqlab kuylamoqda. Vatanni bir chamanga o’xshatsa, o’zini esa uni kuylovchi bulbulga o’xshatgan. Bu albatta ko’chma mazmundagi ma’noda berilmoqda.

Qushlarning tilida faqat bir oyat,

U inson uchun ham ibratdir g’oyat.

Qushlar der: - Ilohim qafasga tushma,

Tushgan bo’lsang gar chiqgil inoyat.

(o`sha asar 134-bet)

Bilamizki, qushlarning ko’pchiligi, ayniqsa, ijobiy ma’nodagi bulbul, kakku, sayroqi, rangli qushchalar, to’tiqush, tustovuq, bedanalar qafasda saqlanadi.

Qushlar nomidan bir orzu, ollohga iltijo va oyat borki, qafasdan ozod bo’lish timsolida. Bu bilan xalqning ozodligi va erkinligi tasvirlanmoqda. Ko’chma ma’noda ular qushlar obrazi orqali tasvirlanmoqda.
Sevinch bilan senga intildim,

Sog’inch bilan senga intildim.

Gulzorga zor tashna bulbuldek,

Ishonch bilan senga intildim.

(o`sha asar 15 bet)

Shoir bu misralarda bulbul, oshiq obrazini ijobiy ma’noda berayapti. Doimo bog’day gulga oshiq bulbul oshno bo’lgan. Bu she’rda badiiy tasvir vositalaridan o’xshatishdek, grammatik vositadan bilan hosil bo’lgan.

Borliq uzra, kuy qoqdi qanot,

Sehri chanqoq dillarga yoqdi.

Mavjli ohang gulchambar taqdi,

Borliq uzra, kuy qoqdi qanot.

(o`sha asar 13-bet)

Leksik vositalardan uzra so’zi bilan o’xshatish hosil bo’lgan. Go’yo borliq o’zga taratgan kuyni qushning qanotiga o’xshatmoqda.

Malak kabi go’zal bir qush,

Tol shoxiga kelib qo’ndi.

Dedim: - qushcha, yonimga tush,

Tosh ko’nglimga alam to’ldi.


Bir oz kuyla, she’ring so’yla,

Mahzun ruhim qanot qoqsin.

Sirli, go’zal nag’malaring,

Amalimning shamin yoqsin.

Shoir bu misralarida qushga bo’lgan o’zining go’zal va nafis murojaatini ifodalagan. Shoirning g’oyaviy niyati misradan-misraga izchil ochila borib, o’ziga xos tasvir uslubi yuzaga keladi. Bu misolda badiiy tasvir vositalaridan murojaat usuli qo’llanilgan.
Qaldirg’och

Deydilar qaygadir o’t kesa albat,

Chumchuq xas tashirmish, qaldirg’ochchi suv.

Balki bu chumchuqning sha’niga to’xmat,

Yong’in nimaligin, balki bilmas u…

(A. Oripov “Tanlangan asarlar”, 91-bet)


Bu misralarda badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish timsolida chumchuq salbiy, qaldirg’och esa ijobiy obrazlar bo’lib, yozuvchi buni noto’g’ri fikrlaydigan insonlar uchun uqtirgandir.
Sen dunyo holiga nazar sol birpas,

Nazar sol ko’zlardan oqqan yoshlarga.

Dunyoda kulbalar yonar har nafas,

U doim muhtojdir qaldirg’ochlarga.


Qaldirg’ochlar doimo tabiat, bahor, baxt va uyg’onish elchisi timsolida tasvirlangan. U xonadonlarga in qurib baxt keltiradi. Doimo biz unga muhtojmiz deb go’zal badiiy tasvir vositalaridan foydalanadi.
Quloqqa chalinsa gohi gohida,

Shunday bir rivoyat, shunday bir o’git.

Nochor-u noiloj qolgan holida,

O’zini toshlarga urarmish burgut.

(O’sha asar, 91-bet)
Shoir she’riyatda qushlardan ko’proq majoziy obraz timsolida foydalanadi. Bu misollarda burgutni ham chorasiz qolishi mumkin deb yana insonga o’xshatgan va eng kuchli, olgir qush misolida doimo burgut gavdalangan.
Mayna

Bog’ning qiy-chuviga quloq tutaman,

Bu yerda turli xil qushlar aylanar.

Sa’va-yu qaldirg’och o’zi bir jahon,

Va lekin ko’payib ketmish maynalar.
Bunday olg’ir qushni ko’rmaganman hech,

Bir cho’qib, o’n qarar – tegar joningga.

Unga farqi yo’qdir kunduzmi yo kech,

Dangal sherik bo’lar dasturxoningga.


Yurishini ko’rsang olifta, satang,

Balki sepib olgan farang atrini.

Musicha eplaydi o’zini arang,

Uchi, yerga urmas sira qadrini.


Ayni pishgan chog’i bog’ingda kishmish,

Egalik qiladi ekkanday o’zi.

Yaxshiyam yo’q unda o’ttiz ikki tish,

Yaxshiyam hamyonni poylamas ko’zi.


Ulgursa er yuzin aylaydi taqir,

So’ngra bir-birin yeb, topadi barham.

Dunyoda insofli qushlar ko’p axir,

Ular soyasida yashar mayna ham.


Shoir “Mayna” she’rida majoziy inson obrazini salbiy ma’noda shakllantirgan. Bu bilan hamma vaqt mevalarni sultonini cho’qilab yurishini tasvirlagan. Bu misolda ham badiiy tasvir vositalaridan sinekdoxani majoziy obraz timsolida ko’rishimiz mumkin.

Burgut


Yosh burgut uchmoqda ko’kka shiddatkor,

Kumush burgutlarning to’zg’itib pari.

Uchmoqda, qalbida mag’rur ishonch bor,

Qaqshatgan qoyalar, choqqilar sari.


Uchmoqda! Qaerga? Choqqiga! Nechun?

Burgutning shiddatin uyg’otgan nima?

Bo’ronli dargohda ne kutar uni,

Qudratli qanotin qo’zg’otgan nima?


O’ynoqi shamollar ila basma-bas,

Ana, qo’ndi burgut eng yuksak joyga!

Cho’qqi uzra mag’rur turdi-yu, birpas,

Yana biron misol qo’zg’aldi. Qayga? ...
Axir ne bo’lardi bersang, tabiat,

Shu buyuk shiddatga yarasha maqsad!


Shoir qushlar nomi bilan bog’liq bu she’rida burgut obrazini tasvirlash bilan birga insonni, ya’ni maqsadsiz harakat qilgan inson obrazini chizib bergan. Bu misralarda anaforik va ritorik so’roqqa misollar topish mumkin. She’riyat yana bu tasviriylik bilan jilolanmoqda

ONA TILIMGA

Ming yillarkim bulbul kalomi,

O’zgarmaydi, yaxlit hamisha.

Ammo sho’rlik to’tining holi,

O’zgalarga taqlid hamisha.


Ona tilim, sen borsan, shaksiz,

Bulbul kuyin she’rga solaman.

Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz,

Men ham to’ti bo’lib qlaman…

Mustaqilligimizdan keyingi ona tilimizni tiklanishi va uning jarangdorligini shoir bulbulga o’xshatadi. To’tiqush esa taqlid qiluvchi sifatida gavdalanadi. Har ikkala obraz ham insonlarga nisbatan majoziydiz.
KAKLIGIM

Tog’lar elchisi deb xush ko’rdim seni,

Qush ichra eng ajib qush ko’rdim seni,

Inja diydoringni tush ko’rdim seni,

Manzili tog’ bilan daryo kakligim.
Oils Bobotog’dan bir tong mahali,

Kelding do’stim bilan meni ko’rgali,

Ziyorat goh inson, goh qushning gali,

Xush kelding, dedim, oh, zebo kakligim.


Kaftimdan behadik donlar terarding,

Tegramda tovlanib yayrab yurarding,

Munchoq ko’zlaringni tikib turarding,

Cho’msam hayollarga goho, kakligim.


Bilmadim ne bo’ldi – ketding bedarak,

Do’rmon bog’larini kezdim jonsarak,

Qushdan do’st topgandim ko’p ko’rdi falak,

Endi qaylardasan, dono kakligim15.


Shoir bu she’rida sayroqi kaklik va uning xush ovozi haqida kuylaydi. Kaklik insonning yaqin do’sti bo’lishi bilan birga Vatanni kuylovchi, tinchlik va muhabbatni tarannum etuvchi qush timsolida gavdalanadi. Bu matnda badiiy tasvir vositalaridan murojaat qo’llangan.

Xullas, biz faqat Abdulla Oripov ilodiga to’xtaldik. Shoir qushlar bilan tillashmoq, ularni tushunib yetish va doimo oshno bo’lish, ulardan majoziy obraz sifatida insonlar tilidan gapirtish uning asosiy mavzularidan biridir.

Qushlar nomi bilan bog’liq badiiy tasvir vositalarini har bir ijodkor shoir ijodida uchratish mumkin. Ularning mavzusi rang-barang bo’lib, o’quvchiga tarbiyaviy ahamiyati kattadir.
XULOSA

O’zbek tili uslubiyatida turli ma’noli matnlar mavjud. Biz shulardan ko’proq badiiy matnga yondashib, mavzuni yoritishga harakat qildik.

Badiiy matn uslubi juda ko’p xilma-xil ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Badiiy matn uslubi muammolariga asarning estetik ta’sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek yangidan-yangi ifoda vositalarini yaratish imkonini beradi. Badiiy matn uslubida til, obraz, xarakter va manzaralarni yaratish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Badiiy nutq obrazliligi bilan boshqa funksional stillardan ajralib turadi.

Badiiy nutqda hayot voqealarining, kishilar faoliyati, hatti-harakati, fikr-o’yi va his-tuyg’ularining obrazlar, manzaralar orqali aks ettirilishi yozuvchining umumxalq tilidan so’z va ifoda vositalarini tanlash va ishlatish mahoratiga bog’liq. Asarning yoki kuchli bir she’rning g’oyaviy mavzusini ochishda jonli so’slashuv nutqi elementlaridan, shevaga oid so’zlardan, arxaizm va kasbga oid so’zlardan foydalanadi. Ayniqsa, she’riyatdagi har bir so’z katta va teran ma’no anglatishi lozim.

Albatta, shoir yoki yozuvchining tili va she’riyati bir xil emas. Badiiy nutq uslubida esa ayniqsa, individual obrazni, so’z va iboralarni tasvirlanayotgan hodisani kitobxonlarning chuqur anglashi va idrok qilishi uchun xizmat qiladi, uning fikriga estetik ta’sir ko’rsatadi.

Shoir she’riyatida so’zdan obraz chizadi va uning xususiyatlaridan foydalanib, o’xshatish, metafora, mubolag’a va sinekdoxa kabilarni keng qo’llaydi.

Men “Qushlar nomi bilan bog’liq tasviriy vositalar va ularning uslubiy xususiyatlari” mavzuidagi malakaviy bitiruv ishimni yozib tugatdim. Men ushbu mavzuni yoritish uchun izlanar ekanman, qushlar nomi bilan bog’liq tasviriy vositalarni ko’plab uchratdim, ayniqsa, nazmiy asarlarda buni juda ham lirik ko’rinishlarga, majoziy obrazlarga va tabiatning chirog’i ekanligiga yana bir karra amin bo’ldim. Buning uchun men ko’proq sheriy to’plamlarga, ya’ni A.Oripov ijodiga murojaat qildim.

Ishning kirish qismi “Badiiy tasvir vositalari va uslubiyat” deb nomlandi. Bunda uslubiyat sohasida erishilgan yutuqlar va hozir o’z poyonini kutib turgan muammolar haqida to’xtaldim. Bitiruv ishimni maqsad va vazifalarni to’laligicha e’tirof etdik. Reja asosida ishni yozishda ko’proq R,Qo’ng’urov, M.Yo’ldoshev, S.Karimov, M.Mirtojiyev, A.Mamajonov, J.Lapasov va R.Suvonovalarning ilmiy tadqiqotlariga tayandim.

Bakalavr bitiruv ishini I bobi “Badiiy asarlarda qushlar obrazi (ornitonimlar) va ularning uslubiy xususiyatlari” deb nomlandi.

Bunda ko’proq badiiy vositalarning tutgan o’rni va ularning uslubiy xususiyatlari haqida to’xtalib, misollar keltirilgan. Ornitonimlarga ham e’tibor qaratilgan va ilmiy maqolalardan foydalanildi.

Badiiy tasvir vositalaridan ko’proq o’xshatishga misollar uchradi, yana frazeologik birliklar haqida mulohazalar ham berildi.

II bob “Qushlar nomi bilan bog’liq tasviriy vositalar” deb nomlangan bo’lib, bunda quyidagi natijalarga keldik:

1. O’zbek tilida ornitonimlar haqida qilingan ilmiy ishlarga qisman to’xtaldi va ularning mohiyati tavsif qilindi;

2. Qushlar nomi bilan bog`liq tasviriy vositalar badiiy matnlardan (nazmiy va nasriy) kuzatildi va misollar to’plandi;

3. To’plangan misollar kartateka qilinib, badiiy tasvir vositalarini turlariga ajratildi va tahlil qilindi. Ko’proq misollar metafora va o’xshatishga mosligi aniqlandi;

4. Kuzatilgam materiallar xulosalandi;



5. Ilmiy ishning oxirida foydalanilgan ijtimoiy va imiy adabiyotlar ilova qilidi.


Download 320.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik