Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


SH. XOLMIRZAYEV. Saylanma. 3 jildlik. Hikoyalar. 1-jild. – Toshkent, 2003. – 448 b



Download 0,98 Mb.
bet10/11
Sana03.02.2017
Hajmi0,98 Mb.
#1712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11



SH. XOLMIRZAYEV. Saylanma. 3 jildlik. Hikoyalar. 1-jild. – Toshkent, 2003. – 448 b.



Sarlavha

Matndagi sarlavha qatnashgan jumla

Matnda ishlatilgan sarlavha-til birligi soni

So`z – sarlavhalar

1.

Ko`ngil

Gap… gap ko`ngilda, tushundingmi? – dedi.

1

2.

Sog`inch

- Azimjom! Sizni… sog`indim! Eshitayapsizmi?

2

3.

Ko`kboy

Ko`kboy bo`la qolsin. Qoraboy, Oqboy deydilar-ku. Bu - ko`k.

1

4.

Yosuman

Ha, yomon odamlar, yosumanlar bor hayotda!

1

5.

Bahor

Bibigul yoz, bahor oqshomlari shu deraza yonida kitob o`qib o`tiradi.

1

6.

Jo`raboshi

MMS

-

7.

Sayr

Jo`ra bola–chaqasi bilan qishloqqa kelgan vaqtda tog`ning xushhavo joylariga o`rtoqlari bilan sayrga chiqadi

1

8.

Farzand

MMS



9.

Qariya

MMS



10.

Odam

Odam o`lim ostonasida birdan kuch yig`adi ekan. Sham ham so`nish oldidan birdan alanga olib yonadi-ku? Keyin so`nadi…

2

11.

Podachi

Ho`kiz esa, qassob qo`lida pichoqni ko`rib itoatkorlik bilan bo`ynini cho`zgan qo`ydek, boshini tuproqqa qo`yib, olaygan ko`zlarini podachiga tikdi.

1

12.

Qaytish

MMS



So`z birikmasi – sarlavhalar

1.

Yozilmagan so`z- boshiga ilova

Xo`sh, yozilmagan so`z boshiga ilovani shu yerda tugatsam ham bo`ladi.

1

2.

Notanish odam

Kamardan chiqarkanman nota-nish odamni ko`rdim.

1

3.

Olis yulduzlar ostida

MMS



4.

Yovvoyi gul

Ko`payib ketadi. Bu yovvoyi gul, kiyiko`t

1

5.

Sirli millisioner

MMS



6.

Bir guzar odamlari

MMS



7.

Kechagi kun kecha

MMS



8.

Oy yorug`ida

MMS



9.

O`t egasi

MMS



10.

Jarga uchgan odam

MMS



11.

Uchinchi hamroh

MMS



12.

Kulgan bilan kuldirgan

MMS



13.

“O`zbekning soddasi”

“O`zbekning soddasi”ga havasim kelib ketdi.

1

14.

Ora yo`l

MMS



15.

Tikan orasidagi odam

MMS



16.

Arpali qishlog`ida

MMS



17.

Keksa g`ijjakchi

MMS



18.

Shudring tushgan bedazor

MMS



19.

Cho`loq turna

MMS



20.

Ona yurt

MMS



21.

Olam tortilish qonuni

MMS



22.

Qush tili

MMS



23.

Yangi zot

Ishning qaltis tomoni ham bor edi: yangi zot yaralmay, yo otasi, yo onasiga tortib ketishi, yoki uch-to`rt yildan keyin aynishi mumkin edi.

1

24.

Hayot abadiy

MMS



25.

Og`ir tosh ko`cha

MMS



Gap – sarlavhalar

1.

Bir ko`rgan tanish

MMS



2.

Ikki ko`rgan bilish

MMS



3.

Nimadir yo`q bo`ldi

Tushundilarki, oralaridan nimadir… nimadir yo`q bo`lgan!

1

4.

Olma yemadim

MMS



5.

Qorbobo keldi

MMS



6.

Ahad Mirzo yig`ladi

Ahad Mirzo shu kecha G`olibni qo`lida pichoq bilan ko`p izladi, so`ng yig`ladi: raykomga boraymi, yo machitgami?

1

7.

Boychechak ochildi

MMS



8.

Zov ostida adashuv

MMS



9.

Biz kech qolib yuramiz

MMS



10.

Ukki sayrayapti

MMS



11.

Nasib yetsa

MMS



12.

Bahor o`tdi

MMS



13.

Baxtli bo`linglar

- Baxtli bo`linglar! – dedi. Ko`zlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi.

1

14.

Bodom qishda gulladi

Pastdagi daraxt bodom ekan! Gullapti! – o`rnidan turmoqchi bo`ldi. – Ana qarang! Ana… gullapti…- So`ng bo`shashdi. – Lekin sovuq uradi.

1


MUNDARIJA

Kirish. Ishning umumiy tavsifi............................................................................4

1. PUBLISISTIK USLUB (GAZETA TILI) va

BADIIY USLUBNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI.............................9

1.1. Tilshunosliklarda funksional (xususan,

publisistik va badiiy) uslublarning o`rganilishi...................................................9

1.2. Publisistik uslub (gazeta tili)ning

lingvistik xususiyatlari. .....................................................................................21

1.3. Badiiy uslubning lingvistik xususiyatlari........................................27

1.4. Sarlavha funksiyasi. .........................................................................32


2. GAZETA SARLAVHASI STILISTIKASI...................................................35

2.1. So`z - sarlavha stilistikasi.................................................................35

2.2. So`z birikmasi va gap – sarlavhalar stilistikasi................................45

2.3. Maqol va frazeologizm – sarlavhalar stilistikasi. ............................67


3. HIKOYA JANRI SARLAVHASI STILISTIKASI.....................................80

3.1. So`z - sarlavha stilistikasi................................................................83

3.2. So`z birikmasi va gap – sarlavhalar stilistikasi...............................88

3.3. Maqol va frazeologizm – sarlavhalar stilistikasi.............................94


XULOSA...............................................................................................96

ADABIYOTLAR..................................................................................99

ILOVALAR..........................................................................................104

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti

o`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek tilshunosligi kafedrasining

5A220102 – Lingvistika (O`zbek tili) mutaxassisligi magistranti

Bekqulova Shohista Rustamovnaning «Sarlavha stilistikasi

(gazeta va badiiy asar(hikoya)lar materiallari asosida)»

mavzuidagi magistr akademik darajasini olish uchun

yozilgan dissertasiya haqida ilmiy rahbar
MULOHAZASI
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tub islohotlar sabab OAKda janrlar imkoniyatlaridan keng foydalanish, materiallarning mazmun-mundarijasini boyi-tish, axborotlarning ta’sirchanligini oshirish sohalarida katta ijobiy o`zgarishlar yuz berdi. Gazeta sarlavhalarining o`ziga xosligini ta’minlashga, ularning reklamaliligini oshirishga xizmat qiluvchi til vositalaridan foydalanishga e’tibor kuchaydi. Sarlavha ta’sirchanlikni oshirishda gazeta tilida muhim stilistik vosita hisoblanadi. Istiqlol yillari gazeta sarlavhalarining stilistik xususiyatlarini o`rganish sohasida maxsus ilmiy tadqiqotning hozircha yaratilmaganligi bu sohada izlanishlar olib borishni taqozo etadi.

Jamiyat uchun munosib fuqarolarni, eng muhimi, barkamol insonlarning tarbiyasida badiiy adabiyotning o`rni nihoyatda katta. U inson ongiga tez ta’sir eta oladigan va uni har tomonlama tarbiyalaydigan vositalardan biridir. Badiiy asarlar orasida mazmunli va ixcham janrlardan biri hikoyaning ahamiyati juda kattaligini e’tiborga olganda, ularni o`qimishli qilish, o`quvchi e’tiborini tortishda sarlavhaning muhim o`rin tutishini unutmaslik lozim. Hikoya sarlavhalarining stilistik xususiyatlari, ularning ta’sirchanlikni ifodalashdagi alohida imkoniyatlari maxsus tadqiq etilmagan.

O`zbek tilshunosligida keyingi yillar gazetalari materiallari asosida gazeta sarlavhalarining uslubiy xususiyatlari, matn bilan uyg’un-ligi, adabiy me’yorga rioya qilish kabi muammolar maxsus o`rganilgan emas. Shuningdek, badiiy asar, xususan, hikoyalarning sarlavhalari maxsus tad-qiqot obyekti bo`lgan emas.

Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti o`zbek tilshunosligi kafedrasining 2011-2015 yillarga mo`ljallangan “O`zbek tili birlik-larining funksional-pragmatik va semantik-uslubiy tahlili (sinxron va diaxron aspekt)» mavzuidagi ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “Ommaviy axborot vositalarida o`zbek tili birliklarining funksional-semantik va pragmatik tahlili” bandiga asosan bajarildi.

Magistrlik dissertasiyasida “Xalq so`zi”, “Zarafshon”, “Samarqand”, “Da-rakchi” gazetalari va o`zbek hikoyanavislari, xususan, Abdulla Qahhor, G’afur G’ulom, Shukur Xolmirzayev hikoyalari materiallaridan foydalanildi. Magistrlik dissertasiyasida sarlavhaning gazeta tilida ta’sirchanlik va reklamalilikni ta’min-lashda hamda badiiy asar(hikoya)da mavzuni yoritish va ifodalashdagi stilistik xususiyatlarini tadqiq etish maqsad qilib olingan edi.

Bekqulova Shohista Rustamovna reja asosida o`zbek tilshunosligida mavjud gazeta tili va gazeta sarlavhalari, badiiy uslub va uning janrlariga doir ko`plab nazariy va o`quv manbalarini o`rgandi, gazetalardan faktik materiallar to`pladi. Ularni tegishli maslahatlarimiz asosida tasnifladi va quyidagi masalalarni imkoniyati darajasida yoritib berishga harakat qildi: 1. So`zlar, xususan, ot, sifat so`z turkumiga oid til birliklari ixcham, mazmunli gazeta va hikoya sarlavhasi bo`la olishini hamda matnga xos axborotni o`zida qisman jamlab ifodalashini tegishli misollar asosida ko`rsatib bera oldi. 2. So`z birikmasi, xususan, qaratqich-qaralmish konstruksiyalarning fikrni ixcham, ravon, mazmunli ifodalashdagi imkoniyatlarini yoritishga urindi. Ayniqsa, bunday birikmalarda qaratqich kelishigi qo`shimchasining tushirilishi, ya’ni belgisiz qo`llanishi ham gazeta tili talablariga mosligini faktlar asosida ko`rsatib berdi. 3. Tugallangan fikrni ifodalab ko`rsatish jihatidan hikoya va gazeta matni mazmunini ixcham ifodalashda gapning imkoni-yatlari juda kattaligini hisobga olib, darak, so`roq, buyruq va undov gaplarning sarlavha sifatidagi xususiyatlari bo`yicha aniq misollar asosida tegishli tahlillarini bayon qildi. Ayniqsa, sodda gaplar, to`liqsiz gaplarning sarlavha sifatidagi o`ziga xosliklarini ko`rsata oldi. 4. Frazeologizm va xalq maqollarining sarlavha sifatida imkoniyatlari kattaligini, gazetaning ommabopligini yanada oshirishda ularning rolini va hikoya sarlavhalaridagi o`rnini misollar asosida yoritib berishga harakat qildi.

Bekqulova Shohista Rustamovna o`zinig qobiliyatli ekanligini isbot qilib berdi va talab darajasidagi magistrlik dissertasiyasini rasmiylashtirdi. Bu ishni yozishida izchil izlanishi, magistrantlar an’anaviy ilmiy konferensiyalarida ma’ruza bilan muvaffaqiyatli chiqish qilishi va turli ilmiy to`plamlarda quyidagi ilmiy maqolalarini nashr ettir-ganligi katta yordam berdi:

1. Bekqulova Sh. Gazeta fraziologizm - sarlovhalari stilistikasi. // “Ayub G’ulomov va o’zbek tilshunosligi masalalari” ilmiy maqolalar to’plami. – Toshkent, 2012, 150-153-betlar.

2. Abdusaidov A., Bekqulova Sh. Gazeta maqol-sarlavhalarining xususiyati va matn bilan uyg’unligi. // “Zamonaviy o’zbek tili muammolari” ilmiy maqolalar to’plami. - Samarqand, 2011, 77-83-betlar.

3. Abdusaidov A, Bekqulova Sh. Davlat tili adabiy me’yorlarining gazeta sarlavhasiga tatbiqi. // ”Davlat tili haqida”gi qonun: muammo va yechim. Ilmiy maqolalar to’plami. - Samarqand, 2011, - 56-59-betlar.

4.Bekqulova Sh. Frazeologizm-sarlvahalar gazeta tilida stilistik vosita sifatida.// ”Davlat tili haqida”gi qonun: muammo va yechim. Ilmiy maqolalar to’plami. - Samarqand, 2011, 44-48-betlar.

5. Bekqulova Sh. Hikoya sarlavhasi stilistikasi. // O`zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati masalalari. Professssor Rahmatulla Qo`ng’urov tug’ilgan kunning 80 yilliga bag’ishlangan ilmiy anjuman materiallari. –Samarqand, 2013(Nashrga topshirilgan).

Umuman, Bekqulova Shohista Rustamovnaning bajargan ishi magistr-lik dissertasiyasi talablariga javob beradi va uni YaDAKga himoya uchun tavsiya etish mumkin, deb hisoblayman. Uni munosib himoya qilishiga ishonch bildiraman.

Ilmiy rahbar

SamDU o`zbek tilshunosligi kafedrasi

mudiri, filologiya fanlari doktori,

professor Abduvali ABDUSAIDOV

20 may 2013 yil

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti

o`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek tilshunosligi kafedrasining

5A220102 – Lingvistika (O`zbek tili) mutaxassisligi magistranti

Bekqulova Shohista Rustamovnaning «Sarlavha stilistikasi

(gazeta va badiiy asar(hikoya)lar materiallari asosida)»

mavzuidagi magistr akademik darajasini olish

uchun yozilgan dissertasiyasiga
TAQRIZ

Hozirgi globallashuv jarayoni, axborot oqimi nihoyatda kuchaygan davrda uni tezkor, aniq, mazmunli, qisqa va ta’sirchan ifodalash eng muhim muammolardan biriga aylanib boraveradi. Ma’lumki, ommaviy axborot vositalari(OAV)ning jamiyatdagi roli ulkan. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tub islohotlar sabab OAVda janrlar imkoniyatlaridan keng foydalanish, materiallarning mazmun-mundarijasini boyitish, axbo-rotlarning ta’sirchanligini oshirish sohalarida katta ijobiy o`zgarishlar yuz berdi. Gazeta sarlavhalarining o`ziga xosligini ta’minlashga, ularning reklamaliligini oshirishga xizmat qiluvchi til vositalaridan foyda-lanishga e’tibor kuchaydi. Sarlavha ta’sirchanlikni oshirishda gazeta tili-da muhim stilistik vosita hisoblanadi. Istiqlol yillari gazeta sarlav-halarining stilistik xususiyatlarini o`rganish sohasida maxsus ilmiy tadqiqotning hozircha yaratilmaganligi bu sohada izlanishlar olib bori-shni taqozo etadi. Barkamol insonlar, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida badiiy adabiyotning o`rni nihoyatda katta. U inson ongiga tez ta’sir eta oladigan va uni har tomonlama tarbiyalaydigan vositalardan biridir. Badiiy asarlar orasida mazmunli va ixcham janrlardan biri hikoyaning ahamiyati juda kattaligini e’tiborga olganda, ularni o`qimishli qilish, o`quvchi e’ti-borini tortishda sarlavhaning muhim o`rin tutishini unutmaslik lozim. Hikoya sarlavhalarining stilistik xususiyatlari, ularning ta’sirchanlikni ifodalashdagi alohida imkoniyatlari maxsus tadqiq etilmagan. O`zbek tilshunosligi, jurnalistikasi va adabiyotshunosligida mavzu doirasida qimmatli tadqiqotlar yaratilganligi e’tiborga molikdir.

Bekqulova Shohista Rustamovning magistrlik dissertasiyasida “Xalq so`zi”, “Zarafshon”, “Samarqand”, “Darakchi” gazetalari va o`zbek hikoyana-vislari, xususan, Abdulla Qahhor, G’afur G’ulom, Shukur Xolmirzayev hikoyalari materiallaridan foydalanib, sarlavha stilistikasining maxsus o`rganilishini qo`llab-quvvatlash mumkin. Tadqiqotda sarlavhaning gazeta tilida ta’sirchanlik va reklamalilikni ta’minlashda hamda badiiy asar (hikoya)da mavzuni yoritish hamda ifodalashdagi stilistik xususiyatlarini tadqiq etish maqsad qilib olingan. Belgilab olingan maqsad va vazifalar asosida quyidagi “Himoyaga olib chiqilgan masalalar” dissertant tomonidan ilmiy asosda yaxshi tahlil etilganligini qayd etish mumkin:

- Tilshunosliklarda, jumladan, o`zbek tilshunosligida funksional uslublar atroflicha o`rganilgan, publisistik uslub (gazeta tili) va badiiy uslubning lingvistik xususiyatlari tahlil etilganiga qaramasdan, uslub-lararo aloqalar, ularning o`ziga xos va o`xshash tomonlarini qiyosiy tadqiq etish sohasida muammolar mavjud.

- Sarlavha funksiyasiga ko`ra publisistik uslub va badiiy uslubda tegishli xoslangan vazifalarni bajaradi.

- Gazeta sarlavhasining so`z, so`z birikmasi, gap, maqol va fraze-ologizm kabi til birliklari bilan ifodalanishi o`ziga xos stilistik jihatlarga ega.

- Badiiy asar, xususan, hikoyalar sarlavhalarining til birliklari bilan ifodalanishidagi stilistik xususiyatlari ham alohida e’tiborni tortadi.

- Gazeta va hikoya sarlavhalari mavzuni ifodalash, mazmunni yoritish, ixchamlik nuqtai nazaridan hamda uslubiy maqsadlarni amalga oshirish jihatidan o`xshash va farqli xususiyatlarga ega.

- Sarlavhani to`g’ri tanlash o`zbek tilning keng imkoniyatlarini namoyon qilish, nutq madaniyatini oshirish, ta’sirchanlik va reklamalilikni ta’minashga xizmat qiladi.

Qayd etilgan masalalar dissertasiyaning “Ishning umumiy tavsifi”, “Publisistik uslub (gazeta tili) va badiiy uslubning lingvistik xususiyatlari” nomli birinchi bob, “Gazeta sarlavhasi stilistikasi”(2-bob) va “Hikoya janri stilistikasi” (3-bob)da ilmiy asosli yoritib berilgan. Ish ilmiy xulosalariga ega.

Magistrant Bekqulova Shohista Rustamovna mavzuga doir nazariy manbalarni atroflicha o`rganish, ularni saralab, umumlashtirish, tahlil qilish va munosabat bildirishga harakat qilgan. Nazariy manbalarni o`rga-nish asosida ko`plab faktlarni to`plagan, ularni ma’lum mezonlar asosida saralab, yuqori saviyada tahlil qila olgan.

Dissertant ikki yil magistratura ta’lim jarayonida olgan bilim-larini ilmiy tadqiqot ishini bajarishga to`la qaratib, talablar dara-jasidagi mazkur ishni tayyorlay olgan. O`zMU va SamDU ilmiy maqolalar to`plamlarida nashr etilgan maqolalarida dissertasiya mavzusi doirasidagi tadqiqotlari natijalari o`z aksini topgan. Dissertasiya natijalaridan amaliyotda, xususan, o`quv jarayonida va yosh jurnalistlarni tayyorlashda keng foydalanish mumkin.

Mazkur ishning yutuqlarini ko`plab sanash mumkin. Lekin ayrim e’tibortalab o`rinlar ham bor. Masalan: 1. Gazeta sarlavhalari qismi ilmiy asosli yoritilgan bo`lsa-da, ba’zi o`rinlarda misollar ko`plab keltirilib, sanalgan, xolos. 2. Hikoya sarlavhasi stilistikasi uchun tanlangan materiallar yaxshi, lekin o`zbek hikoyachiligida mavjud ko`plab boshqa mualliflar asarlariga ham murojaat etish lozim edi. 3. Istak tarzida qayd etish mumkinki, kelgusida mazkur tadqiqot funksional uslublararo aloqa va til birliklarining xoslanishi nuqtai nazaridan yanada kengroq tahlil etilishi kerak, deb hisoblaymiz. Mavzuni kelgusida doktorlik ishi sifatida kengroq tadqiq qilish dissertantning o`ziga havola.

Umuman, 5A220102 – Lingvistika (O`zbek tili) mutaxassisligi magis-tranti Bekqulova Shohista Rustamovnaning «Sarlavha stilistikasi (gazeta va badiiy asar(hikoya)lar materiallari asosida)» mavzuidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan tadqiqoti magistrlik dissetasiyasiga qo`yiladigan talablarga javob beradi va uni YaDAK himoyasi natijalariga ko`ra yuqori baholash mumkin, deb hisblayman.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish