Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 192,5 Kb.
Sana23.09.2021
Hajmi192,5 Kb.
#182266
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org (1)


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti

 2 


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI  



SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI  

 

PEDAGOGIKA FAKULTETI 



 

BOSHLANG’ICH TA’LIM VA TARBIYAVIY ISH YO’NALISHI 

 

«UMUMIY PEDAGOGIKA» FANIDAN 



 

«O’qituvchining shaxsiy va kasbiy xususiyatlari»  

MAVZUSIDAGI 

 

 



 

Bajaruvchi: 1-bosqich talabasi B.Rahmonqulov 

Ilmiy rahbar: Sh.O’roqov  Kurs ishi pedagogika kafedrasida bajarildi.  

 

Kafedra mudiri:   



 

dots. A.Abdumannotov 

 Kurs ishi kafedraning 2013-yil ___ iyunda bo‘lib o‘tgan ___-sonli majlisida 

himoya qilindi va ______ foizga baholandi  

 

 

Komissiya raisi:  _____________   



  

 

A’zolari:   



_____________   

 

 



 

 

_____________   



 

 

 



 

_____________   

 

 

 



 

_____________   

 

SAMARQAND – 2013 



 3 

 

KIRISH ASOSIY QISM  



1.  Pedagogning  insoniy xususiyatlari va pedagoglik kasbining mohiyati  

2 .   Pedagogning kasbiy xususiyatlari 

3. Pedagogning shaxsiy xususiyatlari 

XULOSA 


 

ADABIYOTLAR RO’YXATI  

 

 

 



 

KIRISH 



          Mavzuning    dolzarbligi:  Jamiyatda  pedagogning  tutgan  o‘rni,  davlatning  pedagoglarga  bo‘lgan 

munosabati,  pedagog  o‘qituvchilarning  iqtisodiy-ijtimoiy  ahvoli  o‘sha  davlat, 

mamlakatning  kelajakdagi  rivojlanish  istiqbollarini  belgilab  beradi.  Pedagog  va 

pedagoglik  kasbi  qanchalik  jamiyatda  yuqori  mavqyega  ega  bo‘lsa,  o‘sha 

mamlakatning kelajagi ham porloq bo‘ladi. 

 Agarda  mamlakatda  bo‘lsa  u  davlatning  porloq  kelajagi,  jadal  rivojlanishi 

haqida gap bo‘lishi mumkin emas. 

 Qadimda  ham  pedagoglarning  jamiyat  rivojlanishidagi  yuksak  o‘rnini 

tushunishgan,  ularning  mehnatlarini  qadrlashgan  va  buyuk  so‘z  bilan  ustoz    deb 

atashgan.  Ustozlar  ham  bundan  muqaddas  so‘zga  munosib  bo‘lishga  harakat 

qilishgan va o‘z kuchlari, bilimlari, aqil zakovotlarini yosh avlodga berishgan.  

 Jamiyatda  iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy  va    ma‘naviy  munosabatlar 

o‘zgarganda  bu  jarayonning  istiqloliy  rivojlanishi  bevosita  ta‘lim  tarbiya  tizimi 

isloh  etish  bilan  bog‘liq  holda  ko‘chib  o‘tish  davriga  xos  so‘ngi  o‘n  yil 

mobaynidagi tajribalardan ko‘rinib turibdi. 

 ,,T‘alim to‘g‘risidagi va kadirlar tayorlash milliy dasturi qonunlarda belgilab 

berilganidik,  islohatlarni  muvaffaqiyatli  amalgam  oshirishga  ma‘sul    bo‘lgan 

jamiyat a‘zolari birinchi  galda o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan pedagog kadrlar 

tayorlash dolzarb vazifa bolib qolmoqda. 

Bozor  munosabatlarini  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  yo‘lida  vujudga 

kelayotgan  ma‘naviy  va  moddiy  qiyinchiliklarning  oldini  olishda  hamda  yuzaga 

chiqish ehtimoli bo‘lgan bo‘shliq o‘rnini sog‘lom fikr, yangicha tafakkur g‘oyalari, 

ilmiy  bilimlar  bilan  to‘ldirishda  pedagog  –  ustozning  kasbiy-insoniy 

munosabatlarini  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligi  hayot  jarayonida  o‘z    isbotini 

topdi.  Endigi  asosiy  vazifa  usluksiz  ta‘lim  tuzimida  o‘quvchi  va  talabani  faqat 

o‘qitib,  passiv  tinglovchiga  aylantirish  emas,  balki  ta‘lim  beruvchi  va  ta‘lim 

oluvchi  o‘rtasida    ,,sub‘ekt-sub‘ektlari‖  munosabatlarini  o‘rnatib,  o‘quvchi  va 

 

5 talabani  ta‘lim-tarbiya  jarayonining  faol  ishtirokchisiga  aylantirish  pedagogika 



fanlarining va pedagogiklarning asosiy fazifasi xisoblanadi. 

I.A.Karimov:  «O‘qituvchi va o‘quvchi  munosabatidagi  majburiy  itoatkorlik 

o‘rnini ongli intizom egallash juda qiyin kechayapti. O‘qituvchining bosh vazifasi 

o‘quvchilarda  mustaqil  fikr  yuritish  ko‘nikmalarini  hosil  qilishdan  iboratligini 

ko‘pincha  yaxshi  tushunamiz.  Lekin  afsuski  amalda  tajribamizda  unga  rioya 

qilmaymiz» -deb bejiz ta‘kidlab o‘tilmagan edi. 

 Ayniqsa  milliy  g‘oya  va  milliy  mafkura  asosida  amalga  oshadigan 

rivojlanishga  yoshlarning  ongli  munosabatlarini  shakillantirish  pedagoglar  oldiga 

katta  mas‘uliyat  yuklaydi.  Shundan  kelib  chiqib,  Prezidentimiz    I.A.Karimov 

yuqori  malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan hozirgi kun talablari asolarida 

fikrlay  oladigan  etuk  kadrlarni  tayorlash  –ham  ijtimoiy,  ham  iqtisodiy 

muommolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi-deb alohida uqtirib o‘tgan. 

 Sharqona kasbiy- insoniy munosabatlarni shakillanishi axloqiy tarbiya bilan 

chambarchas  bog‘liq  bo‘lib,  uning  ma‘naviy  asosi  xususida  birinchilar  qatorida 

allomalar,  Xos  Xojib  va  Alisher  Navoiy  tomonidan  fikr  yuritilgan.  Bo‘lajak 

pedagoglarda  kasbiy  madaniy  insoniy  xususiyatlarining  shakillanishida  boy 

ma‘naviy  merosimiz  asoslari  Koshifiy  Abdulla  Avloniy  va  boshqa  kabi 

allomalarimizning ulkan merosini o‘rganish hamda amalga tadbiq etish bugunning, 

ayniqsa pedagogika faning dolzarb vazifasi hisoblanadi. 

 Ushbu  muommoning  ijtimoiy  pedagogic  mohiyati  N.Abdukarimov, 

M.Achilov,  M.Ashurov,  N.Shodiyev,  M.Qurbonov  va  boshqalarning  ilmiy 

izlanishlarida o‘z ifodasini topgan. 

 Ammo  ko‘rib  chiqilgan  tadqiqot  ishlarida  bo‘lajak  pedagogning  kasbiy 

madaniy  va  insoniy  munosabatlarini  shakillantirishi  muammosi  to‘laligicha  o‘z 

echimini  topgan  deb  bo‘lmaydi.  Shu  vaqtga  qadar  ,,Kadrlar  tayorlash  Milliy 

dasturida  belgilab  berilgan‖  mehnat  bozoriga  xos  munosabatlarida  tarbiyachi-

o‘qituvchi  pedagogning  o‘rni  vazifasi,  kasbiy  insoniy  xislatlari  etarlicha 

aniqlanmagan  iqtisodiy  va  ijtimoiy  munosabatlar  echimida  sharqona  kasb 

madanyatining mohiyati etarli ilmiy asosda echilmagan. Bo‘lajak pedagog- talaba 

 6 erkin  shaxs  sifatida  munosabatlar  olamida  o‘zining  kasbiy  -  madaniy,  insoniy 

mavqeyini to‘liq anglab olish imkloniyatiga qodir emas. O‘z echimini kutayotgan 

bu masalalar muommoning dolzarbligini belgilaydi. 

 Shundan  kelib  chiqib,  ushbu  muommoning  qo‘yilishi  va  ilmiy  jihatdan  hal 

etilganligiga  ko‘ra  kurs  ishining    mavzusi  ,,O‘qituvchining  shaxsiy  va  kasbiy 

xususiyatlari‖ deb bilgilanadi. 

 Kurs  ishining  maqsadi  pedagogning  insoniy  ahloqiy  sifatlari  kasbiga  oid 

ko‘nikma va malakalarning mohiyatini asoslab berishdan iborat.           

 Kurs ishing maqsadidan kelib chiqqan holda qo‘ydagi vazifalar belgilanadi: 

1.  Pedagogning  kasbiy-insoniy  xususiyatlarini  nazariy  –  metodologik  va  ijtimoiy 

mohiyatini asoslash. 

2.        Tahlillar  asosida  bo‘lajak  pedagogda  shakillanishi  lozim  bo‘lgan  ijobiy 

hislatlar tizimini aniqlash.  

3.  Pedagogning  kasbiy,  madaniy,  insoniy  xususiyatlarini  takomillashtirish 

bo‘yicha ilmiy-amaliy, uslubiy tavsilotlar ishlab chiqish. 

 Kurs  ishining  metodologik  asosini  milliy  g‘oya  va  milliy  mafkura bo‘yicha 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

Farmonlari, 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

Konstitutsiyasi,  ,,Ta‘lim  to‘g‘risida‖  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  qonunlari 

buyuk  allomalarining  ilmiy  nazariy  ta‘limotlari  va boshqalarni  tashkil  etadi.  Kurs 

ishining  tadqiqot  uslublariga  falsafiy,  pedagogik  psixologik  adabiyotlarni  nazariy 

o`rganish  hamda  tahlil  etish,  og`zaki  va  yozma  so`rovnomalar  o`tkazish;  ilg`or 

pedagogik  tajribalarni  o`rganish:  pedagogik  tajriba:  olingan  ilmiy  pedagogik 

ma‘lumotlarni tahlil kilish kiradi. Kurs ishining bosqichlari:    

 

 

 



 

 

 



 

 



ASOSIY QISM 

1.  Pedagogning  insoniy xususiyatlari va pedagoglik 

kasbining mohiyati. 

      O`qituvchining insoniy xususiyatlari deganda bizning ko`z oldimizga uning 

adolatli,  kechirimli,  boshqalarga  namuna  bo`la  olish,  tashkilotchilik,  bolalarni 

sevish, yaxshilik qilish kabi xususiyatlari namoyon bo`ladi. 

          O`qituvchi  odobining  mohiyati  asosiy  mazmuni  pedagogik  faoliyat  uchun 

muhim bo`lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. 

          Umuminsoniy  va  milliy  axloqiy  fazilatlar  barcha  kishilar  hamma  kasb 

egalari jumladan o`qituvchi tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir. 

          Axloqiy  fazilatlar  mexnat  jarayonida  kishining  hulqi  fe`l-atvorini  tartibga 

solib  turuvchi  qoidalar,  normalar,  talablar,  mezonlar  shaklida  ifodalanadi.  Axloq 

normalari  davlatning  turli  qonunlari  bilan  amalga  oshiriladigan  huquq 

normalaridan  farq  qilib  ommaviy  odat  va  namuna  kuchi  jamiyatchilikning  fikri 

ta`sirida  yuzaga  keladi.  Boshqacha  qilib  aytganda  ijtimoiy  voqelik  shaxs  oldiga 

ma`lum  axloqiy  talablar  qo`yadi  bu  talablar  axloq  normasi  axloqiy  fazilatlar 

shaklida  ifodalanadi.  Jamiyat  o`z  faoliyati  va  istiqboli  uchun  xizmat  qiladigan 

axloq  normalari,  talablari,  mezonlarini  belgilaydi.  O`qituvchi  umuminsoniy  va 

milliy  axloqiy  fazilatlarni  o`zlashtirib  olishi  tajribada  qo`llashi,  o`zining 

dunyoqarashi mafkurasi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. 

Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko`rish natijasida umuminsoniy 

milliy  ahloqiy  sifatlar,  qoidalari,  normalar,  o`qituvchining  o`z  axloqiy  fazilatiga, 

e`tiqodiga aylanadi.  

           Bular muallimning dunyoqarashi fikr va mulohazalari bilan qo`shilib bozor 

iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o`rni va rolini belgilaydi. 

O`qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy 

fazilati  va  e`tiqodiga  aylanishi  lozim.  Axloqiy  e`tiqod  va  sifatlar  o`qituvchining 

dars  berish  jarayonida,  tarbiyaviy  ishlarida,  o`quvchilar,  ota-onalar  va  boshqa 

 8 kishilar  bilan  muomala  munosabatlarida,  kundalik  turmushda  o`zining  shaxsiy 

namunasi  bilan  axloqiy  ta`sir  o`tkazishda  ko`zga  tashlanadi.  Pedagogik  takt 

o`qituvchi axloqining amaliy ko`rinishlaridan biridir. 

           Muallim  xulqining  natijalari  uning  yoshlarga  axloqiy  ta`sirining 

samaradorligida,  axloqiy  tarbiya  sohasida  erishgan  yutuqlarida  namayon  bo`ladi. 

O`qituvchi  odobining  asosiy  sifatlari  umuminsoniy  va  milliy-  axloqiy  fazilatlar, 

tushunchalarga  mos  keladi  va  ularni  pedagogik  faoliyat  bilan  bog`liq  tarzida  bir 

qadar oydinlashiriladi. 

Insonparvarlik, 

vatanparvarlik 

milliy g`urur, 

baynalminalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr qimmat,  ma`suliyat vijdon, 

halollik,  rostgo`ylik,    poklik,  talabchanlik  kabi  axloqiy  fazilatlar  o`qituvchi  

odobida  pedogogik  faoliyati  bilan  bog`liq  ravishda  tahlil  qilinadi  bolalarga 

yaxshilik qilish o`qituvchilik burchi o`qituvchi sha`ni, qadr qimmati, o`qituvchilik 

mas`uliyati,  o`qituvchilik  vijdoni,  talabchan  va  adolatli  bo`lish,  o`qituvchining 

ma`naviy  qiyofasi,  halolligi,  pokligi  rostgo`yligi  kabilar  o`qituvchi  axloqining 

muhim  fazilatlari  hisoblanadi.  Ularni  chuqur  va  puxta  o`zlashtirish  bo`lajak 

o`qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi. 

               Bunday  axloqiy  va  insoniy  xususiyatlarini  tog`ri  amalga  oshira  olgan 

O`qituvchigina    o`zining  haqiqiy  biologik  ekanligini  xis  etadi.  O`qituvchining 

bilimidan bo`lishi, insoniyat ma`naviy boyliklarini ko`paytirishga va uni yoshlarga 

astoydil  o`rgatish,  o`z  ishida  qanoat  hosil  qilish,  o`z  kasbini  bolalarni  dildan 

sevish, berilib ishlash. 

  -Bularning  barchasi  o`quvchi  shaxsining  skakllanishiga  bebaxo  axloqiy 

ta`sir  etadi.  O`qituvchining  bilimdonligi  ham      uning  insoniy  yoki  axloqiy 

xususiyati hisoblanadi. 

Bilimdonlik bu insoniy munosabatlarni go`zallashtiradi. Shuning uchun ham  

o`qituvchi  o`z  ustida  tinimsiz  izlanish  olib  borishi  ya`ni  o`qituvchi  o`z  ustida 

ishlashdan to`xtagan kuni u o`lik hisoblanadi. 

O‘qituvchilik  faoliyati  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  axloqiy  xarakterga  ega. 

Pedagogik  faoliyatning  bunday  xususiyati  barcha  fan  o‘qituvchilariga, 

tarbiyachilar,  sinf  va  maktab  rahbarlariga  birdek  taallukdidir.  Barcha  pedagogik 

 9 xodimlarning  har  bir  so‘zi  va  amaliy  xatti-harakatlari  o‘quvchilarga, 

tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy  va  milliy  axloqni  singdirish  maqsadiga  xizmat 

qilishi  lozim.  Bu  ish  o‘z  navbatida  muallim  va  o‘quvchilardan  axloq  nazariyasi, 

axloqiy  tasavvur  va  tushunchalar,  o‘qituvchi  odobiga  doir  bilimlarini  muntazam 

ravishda oshirib borishni; muhokama, mulohaza qilib, uning mohiyatini tushunish, 

mag‘zini  chaqishni  talab  etadi.  Murakkab  axloqiy  hodisalarning  mohiyatini 

o‘quvchilarga  tushuntirish  mas‘uliyatli  ish  bo‘lib,  buning  uchun  muallim 

o‘quvchilarning yoshi, saviyasiga moye, ular tushunadigan misollarni izlab topishi, 

tanlab olishi kerak. 

Pedagogik  faoliyat  o‘qituvchidan  axloqiy  ma‘rifatli,  yaxshi  xulq  egasi 

bo‘lishni;  axloqiy  tajribaga  ega  bo‘lishni,  o‘z-o‘zini  muntazam  ravishda  axloqiy 

jihatdan  tarbiyalab  borishni  talab  etadi,  shu  bilan  birga  muallim  o‘quvchilarga 

muntazam  ravishda  axloqan  saboq  berib,  ularni  axloqiy  bilimli  qilishi;  bolalarga 

yaxshi  xulqiy  odatlarni  amalda  bajartirib,  mashq  qildirib,  axloqiy  tajriba 

orttirishlariga ko‘maklashishi; o‘quvchilarni ham o‘z-o‘zini tarbiyalab borishlariga 

erishishi zarur. 

Axloqiy ma‘rifat pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi bo‘lib, uning maqsadi 

umuminsoniy  va  milliy  axloqning  mohiyatini,  qonuniyatlarini;  uning  tamoyillari, 

talablari, qoidalariga doir bilimlarni, axloqning odamlar hayotidagi o‘rni va rolini 

muallimning  o‘zi  anglab  olishi  va  tarbiyalanuvchilarga,  o‘quvchilarga 

singdirishdir.  Pedagogik  xodimlarning  hammasi,  barcha  fan  o‘qituvchilarining 

faoliyati  shu  maqsadga  qaratilishi  zarur.  O‘zbekiston  maktablarida  «Odobnoma» 

o‘quv  predmeti  sifatida  o‘qitilayotgani  ham  o‘quvchilarni  axloqiy  ma‘-rifatli 

qilishdek muhim vazifani tuzukroq bajarishga, o‘quvchilarning axloqiy tarbiyasini 

yaxshilashga da‘vat etilgan. 

O‘quvchilarni axloqiy ma‘rifatli qilish bu — ularni axloqqa doir muammolar, 

axloqiy  baho  mezonlari  bilan  tanishtirish;  kishi  biror  ishni  qilayotganida  fikri, 

so‘zi, xulqi, xatti-harakatlarida mas‘uliyatini va erkinlik darajasini bilishi, har bir 

harakatining,  xulq-atvorining  oqibatini  ko‘z  oldiga  keltirish  lozimligini  yoshlarga 

 10 

anglatishdan  iborat.  Shu  tariqa  o‘quvchilar  hayotning  ma‘nosi,  yashashdan maqsad, baxt nima ekanligini anglab olishlari lozim. 



Axloqiy  ma‘rifat  shaxsni  axloqiy  tarbiyalashning  birinchi  bosqichi  bo‘lib, 

yoshlarni axloq to‘g‘risida falsafiy ta‘limotlarning mazmuni va mohiyati, namunali 

axloqiy  g‘oyalar,  tamoyillar,  qoidalar  bilan  tanishti-radi.  Kishi  xulqiga  bilimdan 

ko‘ra  ham  e‘tiqod  ko‘proq  turtki  bo‘ladi.  Axloqiy  bilimlar  hali  e‘tiqod  degani 

emas.  Ayrim  o‘qituvchilar  buning  farqini  ajrata  olmay,  axloqiy  bilim  berishni  — 

axloqiy tarbiya berish deb tushunadilar. Shuning uchun ham ular ko‘pincha bolaga 

nasihat  qilish,  axloqqa  doir  mavzularda  suhbatlar  o‘tkazish  bilan  cheklanib, 

bolalarga yaxshi ishlarni amalda bajartirishga, axloqiy ko‘nikma va malakalar hosil 

qilishga kamroq e‘tibor beradilar. 

Maktablar  tajribasini  kuzatish  shundan  dalolat  beradiki,  o‘quvchilar 

«Odobnoma»  darslarida,  shuningdek  jamiyatshunoslik,  gumanitar  fanlarni  o‘qish 

jarayonida  «axloq»,  «odob»  so‘zlarining  ma‘nosini  bilib  oladilar.  O‘rta  Osiyo 

xalqlarining qadimiy urf-odatlari, axloq-odobi tarixini, Qur‘oni Karim, Hadislarga 

doyr  bilimlarni  o‘rganadilar.  Ona-Vatan  tarixi,  Spitamen,  malika  To‘maris, 

Jaloliddin  Manguberdi,  Amir  Temur  kabi  Vatan  fidoyilarining  jasoratlari  bilan 

tanishadilar. Insoniy munosabatlar odobi — salomlashish va xayrlashish qoidalari, 

so‘zlashuv  odobi  qoidalarini  bilib  oladilar.  Shuningdek,  insoniy  fazilatlar  — 

tozalik,  ozodalik,  poklik,  soch-soqolni  parvarish  qilish,  pardoz-andoz  odobi 

qoidalarini;  halol,  harom  nimaligini,  chekish,  ichkilikbozlik,  giyohvandlik  kabi 

zararli  odatlardan  saklanish  haqidagi  tushunchalarni;  oilaviy  hayot  odobi  va 

psixologiyasiga  doyir  bilimlarni  o‘rganadilar.  Bularning  barchasi  o‘quvchilarni 

axloqiy jihatdan ma‘ri-fatli qilishga qaratilgan. 

Shu  bilan  birga  ularda  umuminsoniy  va  milliy  axloq  qoidalari,  talablariga 

moye  ravishda  harakat  qilish,  ularga  amal  kilish  istagi,  ehtiyoji  ham  shakllangan 

bo‘lishi  zarur.  Odobnoma  mashg‘ulotlarini  hayot  bilan  bog‘lash  maqsadida 

sinfdagi  o‘quvchining  biror  nojo‘ya  xatti-harakatini  hadeb  misol  tariqasida 

keltiraverish ham yaxshi na-tija beravermasligini unutmaslik darkor. 

 

11 



O‘quvchilarni  axloqiy  ma‘rifatli  qilish  vositalaridan  biri  ularga  pand-nasihat berishdir. Nasihatni albatta, o‘rni bilan va me‘yorida ishlatish lozim. Aks holda u 

nasihatbozlikka  aylanib  ketadi.  «Keksalar  sizdek  paytida  unday  qilgan  edilar, 

bunday  qilgan  edilar.  Siz  urush  nimaligini,  qiyinchilik  nimaligini  ko‘rmagansiz, 

bashang  kiyinasiz,  tayyorga  ayyorsiz»  kabi  ta‘na  toshlarini  otish,  minnat  qilish 

yoshlarning  g‘ashini  keltirib,  nafratini  qo‘zg‘atishi  mumkin.  Keksalar  haqida, 

ularning  yaxshi  an‘analari,  odatlari  haqida  gapirish  bilan  birga  yoshlarning  ham 

ibratli,  yaxshi  xulqini  ma‘qullash,  xolisona  baholash  darkor.  Shuni  unutmaslik 

lozimki,  jamiyat  hamma  vaqt  olg‘a  qarab  taraqqiy  etadi.  Yoshlar  ota-onalaridan 

ko‘ra ilgarilab ketadilar. Ular xulqida biror salbiy hodisa yoki odobsizlik uchrasa, 

buning sabablarini aniqlash lozim. Ko‘pincha bolaning yomon xatti-harakatiga ota-

ona, kattalar sabab bo‘lishi, bu noto‘g‘ri tarbiya oqibati ekanligi ma‘lum bo‘ladi. 

Muallim  biror  axloqiy  qusurni  o‘quvchilar  bilan  tahlil  etayotganida,  iloji 

boricha,  sinfda  turgan  o‘quvchini  misol  tariqasida  keltirmasligi  yoki 

«o‘quvchilardan qaysi biri bunga o‘xshaydi» deb, darsni bo‘shroq o‘zlashtiradigan 

yoki  sho‘xroq  bolaga  ishora  qilmasligi  lozim.  Bunday  «axloqiy  ma‘rifat»  bolani 

haqoratlashga aylanishi, yomon oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. 

Bolalarni axloqiy ma‘rifatli qilish uchun muallim o‘quvchilarning hissiyotiga 

ta‘sir  o‘tkazadigan  vositalardan  foydalanishi  kerak.  Bunda  badiiy  adabiyot  juda 

qo‘l  keladi.  Masalan,  Hadislarning  mazmunini  ifodalagan  she‘rlar  —  Alisher 

Navoiyning  «Qirq  hadis»i,  Abdulla  Oripovning  «Haj  daftari»  va  boshqa 

kitoblardan  foydalanish  axloqiy  saboq  mashg‘ulotlarini  jonlantiradi,  tarbiyaviy 

ta‘sirini oshiradi. 

O‘quvchilarni  axloqiy  ma‘rifatli  qilishda  «Odobnoma»  darslari  muhim  rol 

o‘ynaydi. 

O‘zbekiston 

maktablarida 

«Odobnoma» 

darsligi 

bo‘yicha 

o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 

Muallimning  axloqiy-ma‘rifiy  faoliyati  samarali  bo‘lishi  uchun  u,  o‘quvchi 

yoki  talabaning  axloqqa  doir  bilim  darajasidan  xabardor  bo‘lishi  kerak.  Bolalar 

bilan  yakkama-yakka  suhbatlar  o‘tkazish,  savol-javob  kechalarini  tashkil  etish, 

mashg‘ulotlar  jarayonida  axloqqa  doir  savollar  berish  kabilar  bunda  qo‘l  keladi. 

 

12 


O‘qituvchi bolalarni axloqiy ma‘rifatli qilish jarayonida shuni esda tutishi lozimki, «Hayotning  ma‘nosi  nimadan  iborat?»,  «Kimni  baxtli  deyish  mumkin?», 

«Baxtlilikni  «o‘lchaydigan  toshu  tarozi,  mezonlar  bormi?»  kabi  axloqiy 

masalalarga yoshlar hamma vaqt qiziqqanlar va qiziqadilar. 

 

2 .   Pedagogning kasbiy xususiyatlari. 



E`tiqod,  odob,  fuqorolik  burchini  anglash  –  o`qituvchining    asosiy 

xususiyatlaridan biridir . 

    Maktab  o`qituvchisi  o`zi    targ`ib  qilayotgan  idealning  fazilatlarini  shaxsiy 

namunasida 

ko`rsatishi 

kerak. Bolalarga 

mehr-muruvvat 

ko`rsatishdir 

o`qituvchning eng muhim fazilatidir. 

Bu bolalarning hamma  qiliq qilmishlarni  kechirish ularga  xushomadgo‘ylik 

qilish  emas,  balki  talabchanlik  va  qattiqqullik  adolatlilik  bilan  qo`shilgan  mehr-

muhabat bo`lib, ana shu sifatga ega bo`lgan shaxs o`zining ko`p vaqtini va kuchini 

bolalarga  bag`shlaydi.  U  zarur  vaqtda  istaklarini  qurbon  qilib,  bolalar  manfaati 

yo‘lida ehtiyojini cheklashga tayyor turadi. 

           Ijtimoiy faollik va fuqorolik burchini anglash o`qituvchi shaxsiga xos sifat, 

zero haqiqiy pedagog to`la ma`nodagi jamoatchi bo`lib, bolalarga hayotda ijtimoiy 

faol hayotda turishning amaliy namunasini ko`rsatadi. 

           O`qituvchining  muhim  fazilati  –  kishilar  bilan  tez  el  bo`la  olish, 

ko`pchilikka  aralasha  bilish,  ulfatjonlik,  dilkashlik  bo`lib,  bunda  muomala 

madaniyatning  yuksakligini  ifodalaydi.  Chunki  o`qituvchiga  hamisha  odamlar 

bilan  aloqa  qilishga  ular  bilan  ishlashga  to`g`ri  keladi.  O`qituvchi  ishidagi 

muvoffaqiyatini  kundalik  faoliyatida  kattalar  va  bolalar,  ayrim  guruh  va  yakka 

shaxslar  bilan  aloqaga  kirisha    olish  qobiliyatini  taminlaydi.  Aloqalarda, 

faoliyatida  duch  keladigan  turli  xil  voqyealarga  pedagogik  qoidalar  nuqtai 

nazardan  dogmatik  munosabatlarda  bo`lish  emas,  balki  ularni  o`z  holicha  idrok 

etib,  adolatli  baholash,  munosabita  odil  bolish  o`qituvchining  orasini  oshiradi. 

O`qituvchining  odobi,  madaniyati  yuksak  bo`lsagina,  odamlarga  nisbatan 

 

13 



mexribon,  saxovatli    bo`la  oladi,  uni  hamma  hurmat  qiladi.  Buning  uchun  ochiq ko`ngil,  qat`iy  bo`lish,  o`zini  tuta  bilish,  bardoshli  bo`lish  kerak.  Bolalarga 

nisbatan talabchanlik  bo`lish bilan birga o`z  shaxsiga  tanqidiy  nuqtaiy  -  nazardan 

qaray olish kerak. 

O`qituvchining  odobi  umuminsonoy  axloqning  kategoriyalari,  qoidalari  va 

normalarini    ta‘lim-  tarbiya  jarayoniga  xos  xususiyatlari  bilan  uyg`unlashtirib, 

pedagogning  o`quvchilar,  o`qituvchilar    jamoasi  ota-onalar  va  jamoatchilik 

vakillari bilan munosabatida ifodalanadigan kasbiy-axloqiy xususiyatdir. 

  O`qituvchi  pedagogik  etikaning  normalarini  o`zlashtirib  olish  tajribada 

qo`llash, o`zining dunyo qarashi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim. 

Fikirlash  va  his  etish,  turmushda  sinab  ko`rish  natijasida  pedagogik  etikaning 

qoidalari  o`qituvchining  o`z  e‘tiqodiga,  intilishiga,  o`z  axloqiy  sifatiga  aylanadi. 

Bu  axloqiy  e‘tiqod  o`qituvchining  dars  berish  jarayonida,  tarbiyaviy  ishlarida, 

o`qituvchi  va  boshqa  kishilar  bilan  munosabatida,  muomalasida,  kundalik 

turmushida  o`zining  shaxsiy  namunasi  bilan  axloqiy  ta‘sir  o`tkazishda  ko`zga 

tashlanadi.  Pedagogik  takt  o`qituvchi  axloqining  amaliy  ko`rinishlaridandir. 

Muallim  axloqning  natijalari  uning  yoshlarga  axloqiy  ta‘sirining  samaradorligida 

namoyon  bo`ladi.    Pedagogik  etikaning  asosiy  tushunchalari  umuminsoniy  axloq 

kategoriyalariga  mos  keladi  va  ularni  o`qituvchi  faoliyati  bilan  bog`liq  tarzda  bir 

qadar  aniqlanadi.  Pedagogik  etikada  gumanizm,  adolatlik,  vijdonlik,  halollik, 

yaxshilik qilish kabilar o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq ravishda tahlil qilinadi. 

Axloq nazaryasida  yaxshilik  eng  muhim  kategoriya  hisoblanadi  yaxshilik-axloqiy 

ijobiy  fazilat  bo`lib,  normativ  etikaning  idealini    individual  axloqda  ijobiy-xulqiy 

fazilatlarning  mazmunini  inson  faoliyati  yoki  biror  hatti-harakatiga  aks  ettiradi 

yazshilik-kishining  ongi  va  axloqiy  amaliyotida  jamiyat  va  shaxs  manfaatlarining 

birligini aks ettirib  jamiyat va shaxsga manfaat keltiradigan, ijtimoiy tariqqiyotga 

mos  keladigan  tushunchadir.  Pedagogik  etikada  yaxshilik  tushunchasi  o‘quvchi 

faoliyati  bilan  bog‘liq  xolda  aniqlashtiriladi.  Unda  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar 

jaomasining manfatlarining birligi, muallim va o‘quvchi maqsadining birligi talim 

va  tarbiya  samarasi  uchun  kurashning  birligi  aks  etadi.  Yaxshilik  fazilati  ikkala 

 

14 



tomonning  ham  yaxshi  niyatli,  xayrixox,  mehribon  bo`lishini  taqozo  qiladi. Yaxshilik qaror  topishi uchun  yomonlikka  murosasiz  bo`lishi  lozim. Yaxshi  istak 

bilan  xushmuomilalik,  yaxshi  qiliq,  yaxshi  xatti-xarakatning    birligi  zarur.  Shaxs 

ahloqni  xarakterlaydigan  belgilaridan  biri  ma‘suliyatdir.  O`qituvchining 

mas‘uliyati  tushunchasining  butun  mazmunini  saqlagan  holda  muallimning 

faoliyati  va  ta‘lim-tarbiya  jarayonining  aniq  vazifalarni  ham  o`z  ichiga  oladi. 

O`qituvchi  zimmasiga  bola  shaxsini  har  tomonlama  kamol  toptirish  mas‘uliyati 

yuklanadi.  Muallim  o`quvchiga  chuqur  nazariy  bilim  berishi  uni  hayotga, 

mehnatga  tayyorlash  lozim.  Shu  bilan  birga  u  boladagi  mavjud  layoqat  va 

qobilyatlarni payqab, individual munosabatda bo‘lishi unda mavjud bo‘lgan ijobiy-

axloqiy  sifatlarni  avaylab  o‘stirish  darkor.  Muallim  sinfda  jamiyatning  vakili 

sifatida  o‘quvchi  jamoasi  bilan  yolg‘iz  o‘zi  ish  olib  boradi.  Bunday  sharoitda 

o‘qituvchining  mas‘ulyati  uning  xulqini  tartibga  soladigan,  boshqaradigan  kuch 

o‘quvchilarga  tasir  o‘tkazish  darajasining  asosiy  mezoni  xisoblanadi.  Pedagogik 

odobga  ega  bo‘lgan  o‘qituvchi  o‘quvchilar  orasida  obro`  qozonadi.  O‘qituvchi 

qanchalik  ko‘proq  obru  qozonsa,  talim  va  tarbiya  mohiyatan  shunchalik 

muvaffaqiyatliroq  bo‘ladi  va  aksincha,  o‘qirtuvchining  obro`yi  qanchalik  past 

bo`lsa,  uning  bolalarga  ta‘siri  shuncha  bo`sh  va    o`quvchilarni  voyaga  yetkazish 

jarayoni  ham  shuncha  zaif  bo`ladi.  O`qituvchi  har  kuni  o`quvchilar  uchrashadi, 

savol-javob  qiladi,  ularning  yaxshi  ishlarida  maqullaydi.  Bilimini  baholaydi, 

nojo`yi  xatti  -  harakatlari  uchun  tanbeh  beradi.  Albatta  o`qituvchining  fikri, 

mulohazalarida  nisbiylik,  sub‘ektivlik  alomatlari  mavjud.  U  hammaga  aynan 

birdek  juda  to`g`ri  munosabatda  bo`la  olmaslik  mumkin.  Lekin  u  hamma 

o`quvchilarga  nisbatan  xolis  niyatli,  yaxshilik  qilishga  intiluvchi  adolatli  kishi 

ekanligiga barchaning ishonchi komil bo`lmog`i darkor. Sinfda o`qituvchi ―yaxshi 

ko`radigan‖ yomon ko`radigan o`quvchilar bor degan taassurot tug`ilmasligi kerak. 

Xullas  obro`  o`qituvchilik  faoliyati  uchun  zarur  xususiyatidir.  Obro`  kishining 

chuqur  bilimli  yuksak  axloqiy  sifatlari,  hayot  tajribasi,  ilmiy  tadqiqot  va  jamoat 

ishlarida faol ishtirok etishi tufayli orttirilgan, ko`pchilik tomondan e‘tirof  etilgan 

ta‘siri nufuzidir. 

 15 


 

3. Pedagogning shaxsiy xususiyatlari tasnifi.  Pedagog  kasbi  unga  mansub  bo‘lgan  shaxsga  shunday  talab  va  vazifalarni 

qo‘yadiki  ular,  birinchi  navbatda,  faoliyat  ob‘ekti  bo`lgan  bola  shaxsiga  bo`lgan 

munosabatda o`z aksini topishi lozim. Buyuk polyak pedagogini Yamush Karchak 

buni ‗bolalarni sevmoq kerak‘ –deb e‘tirof etgan. Buning uchun esa pedagogning 

o`zi haqiqiy inson bo`lmog`i lozim. Haqiqiy inson esa, birinchi galda, insonparvar, 

ya‘ni  kim  bo`lishidan  qat‘iy  nazar  uni  sevmog`i,  bola  shaxsini  esa  insoniyatning 

kelajagi  sifatida  hurmat  qilmog`i  lozim.  O`zbek  xalqining  pedagog  va  uning 

sifatlari, roli to`g`risida muqaddas donishlari mavjud, ya‘ni ‗ustoz otangday ulug`,  

ustoz ko`rmagan shogird yuz usulda yo‘rg`alar,  ota-ona bolani dunyoga keltiradi, 

lekin ustoz ularni inson qilib tarbiyalaydi  va hokazolar. Ustoz bola shaxsini tarkib 

toptirar  ekan,  uning  o`zi  to`liq  ma‘noda  ijobiy  axloqiy  sifatlarga  ega  bo`lmog`i 

lozom,  ular  quyidagilardan  iborat:  samimiylik  va  beg`arazlik,  bag`rikenglik, 

olijanoblik  va  xushfellik,  kechirimlilik  sofdillik  va  pokizalik  adolatlilik  va 

insoflilik,  hamdardlik  va  hayrixoxlik,  andishalik,  sabr-  toqatlilik,  bosiqlik, 

kamtarinlik,  iltifotlilik,    fidoiylik,  rahimdillilik,  g`amxurlik,  mehribonlik, 

sadoqatlilik, vafodorlilik, mas‘uliyatlilik, aqllilik va boshqalar. Ushbu xususiyatlar 

qanchalik ko`proq darajada ustozda tarkib topgan bo`lsa, uning bolalar o`rtasidagi 

o`rni, obro`yi shunchalik yuqori bo`ladi. Obro`ni pedagoglar esa har qanday o`quv 

muassasaning  faxri  o`quvchilarning  yaqin  maslakdoshi,  do`sti,  haqiqiy  ma`noda 

belgisi  hisoblanadi.  O`quvchilar  bunday  pedagogga  talpinadilar  ular  bilan  turli 

o`quv,  hayotiy  muammolarini  echishga  harakat    qiladilar,  namunali  ustozlarga 

o`xshash uchun ta`qlid qiladilar.  

O`qituvchi  pedagogning  asosiy  xislatlaridan  yana  biri  talab  va  xurmat 

tarozisining to`g`ri his qilish hamda uni muvozanat holatida saqlay bilishdir. Ya‘ni 

o`qituvchi  talabalarga  qanchalik  ko`p  talablar  qo`ysa  uni  shaxsini  shu  talablar 

darajasida  hurmat  qilish  lozim.  Agar  talab  ko`p  bo`lib  hurmat  pasangisi  kamayib 

ketsa,    o`qituvchi  o`z  obro`sini  yo`qota  boshlaydi,  o`quvchi  o`z  faoliyatiga 

 16 

befarqlik  nuqtai  nazarda  qaray  boshlaydi.  Agarki  talabaga  nisbatan  hurmat mazmuni  ko`payib  borsa  unda  o`quvchi  o`zini,  asta-sekinlik  bilan  mag`rurlikka 



erisha  boshlaydi  va  oqibatda  man-manlik  kasaliga  muttalo  bo`lgan  shaxs  tarkib 

topadi. Undan tashqari o`quv jamoasining a‘zolari bunday insonga nisbatan salbiy 

munosabatda bo`lish boshlaydi va oxiri uni ―o`ziniki emas‖,-―muallimni erkatoyi‖ 

sifatida  o`z  jamoalaridan  chetlatadilar. Pedagoglar  asosiy  fazilatlaridan biri bag`ri 

kenglik samimiylik, olijanoblik va xushfellikdir. Ustoz hamma uchun va hammani 

bir  hilda  yaxshi  ko`radigan,  ularning  ijobiy  va  salbiy  harakatlariga  chidash  bera 

oladigan,  hammani  o`z  farzandiday  tan  oladigan  bolalarni  dil  torlariga  yo`l  topa 

oladigan  mehribon,  o`quvchilarni  yaxshi  va  yomon  kunlarida  unga  quvonch 

beradigan  inson  bo`lmog`I  lozim.  Adolatlilik  –  pedagogning  insoniy  sifatlaridan 

biri hisoblanadi. Adolatli pedagog hamma o`quvchilarni bir ko`z bilan ko`radigan, 

hammaga bir xil ko`z bilan qaraydigan insofli, pok yurakli murabbiydir.                 

            O`quvchi  –  tarbiyalanuvchi  ustoz  qo`lida  tarbiya  olar  ekan,  uni  o`zining 

eng  yaqin  kishilardan  biri  deb  hisoblaydi,  u  bilan  ochiq  gaplashgisi  yuragidagi, 

fikrlari  bilan  o`rtoqlashgisi,  o`zining  quvonch  va  dardlari  bilan  hamfikrlashgisi 

keladi.  

           Eng  qizig`i  shundan  iboratki,  o`quvchi  jamoasining  hammasi  o`qituvchini 

―mening  o`qituvchim‖  deb  hisoblaydi,  uni  jamoaning  boshqa  a`zolardan  rashk 

qiladi,  boshqalardan  uni  o`ziga  yaqinroq  oladi.  Pedagog  o`quvchilarning  ushbu 

xususiyatlaridan samarali  foydalanishi lozim,  ya‘ni  o`quvchilarga ikkinchi  ―ota  – 

ona‖  sifatida  mubnosabatda  bo`lmog`i  lozim,  ya‘ni  o`quvchilarni  unga  nisbatan 

bunday munosabatlardan 

ijobiy 


foydalaninishi 

va birinchi 

navbatda, 

o`quvchilarning  unga  nisbatan  g`amxo`r,  mexribon,  raxmdil,  xamdard,  oliyjanob, 

sirdosh, beg`araz  bo`lmog`i  lozim.  Buning  uchun  esa  o`qituvchi  fidoyi  bo`lmog`i 

lozim.  Fidoiylilik  bir  qarashda  o`qituvchining  kasbiy  xususiyatiga  taalluqlidek 

ko`rinadi to`g`ri, pedagog birinchi navbatda o`z hayotiy kasbini yaxshi ko`rmog`i, 

uni  hurmatlashi  ulug`lashi  lozim.  Lekin  pedagog  inson  sifatida  fidoyi  bolmasa  u 

hech  qachon  haqiqiy  pedagog  bo`la  olmaydi.  Pedagoglar  ichida  faqat  olayotgan 

maoshi  –  puli  uchun  ishlayotganlar  qancha?  Fidoyi  pedagog  esa  murabbiylik  – 

 17 

o`qituvchilik.  Kasbi  uchun  o`zini  to`loq  baxshida  etadi  uni  savodi  hurmat  qiladi inson sifatida ushbu kasbga egaligidan faxrlanadi, unga dog‘ tushurmaslika harakat 



qiladi  kasbning  eng  nozik,  qiyin  tomonlarining  egalashiga  harakat  qiladi, 

boshqalarni ham ushbu kasbni egalashlariga har tomonlama yordam beradi. Hayot 

jarayonida  o‘quvchilik,  talabchanlik  yillarini  boshidan  kechirgan  sobiq   

tarbiyalanuvchilarning o`z o‘qituvchi tarbiyachilari to‘g;risida turli xil baholovchi 

fikrlarni  eshitish  mumkin,  ya‘ni  falon  o`qituvchi  yaxshi  edi,  falon  o`qituvchi  esa 

umuman yomon edi va hokazolar. Demak pedagoglar tarbiyalanuvchilar ko‘nglida 

turli  xil  qoldirilgan  ‗yaxshi‘  deb  ataganlar,  o‘quvchilar  yuragiga  haqiqiy  yo‘lni 

topa  olganlar,  ular  o`quvchilarning  namuna  mezoni,hurmat  bayrog‘i,  sirdoshi, 

do`sti  ikkinchi  ota-onasi.  Bunday  pedagoglarning    fe‘l  atvorlari,  hulqi,  hatti 

harakatlari  o`quvchilar  uchun  namuna  belgisi  hisoblanadi,  o`zlari  bilmagan  holda 

taqlid  qilishga  harakat  qiladilar,  o`sha  pedagoglar  singari  ‗yaxshi‘degan  namuna 

olishga  intiladilar  ba‘zan  o‘sha  pedagogning  kasbini  egalashga  ham  moyil 

bo‘ladilar. 

Ba‘zan  tarbiyalanuvchilar  o`z  kasbini  mukammal  biluvchi,  yaxshi  darslar 

beruvchi,  o`z  faniga  nisbatan  talabchan  o`qituvchilar  yomon  deb  ta‘riflaydilar. 

Bunning  mohiyati  nimada.    Bunday  pedagoglar  o`quvchi  qalbiga  yo‘l  topa 

olmagan, o`quvchiing haqiqiy sirdoshi, fikrdoshi bo‘la olmagan o`quvchining  

Intilishlari, qiziqishlari, hislarini  tushuna olmagan,  uning hayotidan  ancha uzoqda 

turgan  kasb  egasidir.    Bunday  pedagogliklarga  o‘quvchi    o`zining  fikirini 

to`yg‘ulari, orzulari bilan o`rtoqlashmaydi, undan uzoqroq yurishga harakat qiladi. 

Bundan  kelib  chiqadigi  tom  ma‘nodagi  pedagog  kasbiy  mahorat    egasi  bo`lishi 

bilan birgalikda inson sifatida ijobiy insoniy fazilatlarga boy va ega bo`lgan shaxs 

bo`lmog`i  lozim.  Faqat  shunday  bo`lgan  taqdirdagina  pedagog  haqiqiy  tarbiya 

ob`ekti  sifatida  tarbiyalanuvchilarga  ijobiy  ta`sir  ko`rsata  oladi  va  natijada 

o`quvchi talablarning komil inson bo`lib tarbiyalanishlariga sababchi bo`ladi. 

O‘qituvchilik  vijdoni  axloqiy  madaniyatlilikning  ifodasidir.  U  faol  ta‘sir 

o‘tkazish  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  bolalarda  vijdon,  sha‘n,  qadr-qimmat  haqidagi 

tasavvurlarni  hosil  qiladi.  Shuning  uchun  ham  o‘qituvchining  vijdoni  doimo  pok 

 18 

bo‘lmog‘i  kerak.  Muallim  hamma  vaqt  o‘z-o‘zini,  o‘z  xatti-harakatlarini o‘quvchilar  va  ota-onalar  ko‘zi  bilan  nazorat  qilib  borishi  darkor.  Muallim 



bolaning  ko‘z  oldida  kelajakning  timsoli  sifatida  namoyon  bo‘lmog‘i  lozim. 

Chunki bugun undan saboq olayotgan o‘quvchilar o‘n besh - yigirma yildan so‘ng 

jamiyat  hayotida,  ijtimoiy  mehnatda  faol  qatnashadi.  Muallim  bugun  qanday 

yashab,  qanday  ishlab,  o‘quvchilarni  qanday  o‘qitgan  bo‘lsa,  uning  timsoli 

o‘quvchilar  uchun  ularning  hayot  yo‘lini  yorituvchi  axloqiy  nur  bo‘lib  xizmat 

qiladi.  Muallimning  o‘z  vijdoniga  qilgan  har  bar  xilof  ishi,  nafaqat  bugun  uning 

atrofidagi  kishilar  uchun,  balki  jamiyatning  kelajagi  uchun  ham  zararlidir. 

Pedagoglik  vijdoni  o‘qituvchidan  faqat  bugunni  emas,  balki  o‘z  o‘quvchilarining 

kelajagini ham o‘ylab qadam bosishni talab etadi. 

O‘qituvchining  kasbiy-axloqiy  fazilatlaridan  biri  talabchan  va  adolatli 

bo‘lishdir.  Muallimning  talabchanligida  uning  bola  shaxsiga  chuqur  hurmati, 

bolaning  kuchi,  qobiliyati  va  imkoniyatlariga  bo‘lgan  ishonchi  ifodalanadi.  Bu 

haqiqiy  insonparvarlikning  namoyon  bo‘lishi,  ya‘ni  rivojlanayotgan  bola  shaxsi 

to‘g‘risida,  jamiyat  uchun  foyda  keltira  oladigan  barkamol  kishini  tarbiyalash 

to‘g‘risida  g‘amxo‘rlikdir.  O‘quvchilar  loqaydlikni  yoqtir-maydilar,  aksincha 

yaxshi  niyat  bilan  oqilona  qilingan  talabchanlik  ularning  muallimga  hurmatini 

oshiradi. 

O‘qituvchi  avvalo  o‘ziga  nisbatan  talabchan  bo‘lmog‘i  kerak,  shundagina 

uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari o‘rinli, samarali bo‘ladi. Muallimning 

talabchanligi  adolatlilik  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lmog‘i  zarur.  Kuch  adolat  va 

haqiqatdadir. Adolat tushunchasining mazmunida haqiqat, poklik, to‘g‘rilik, kuch-

qudrat mujassamdir. 

Adolatlilik  umuminsoniy  va  milliy  axloqimizning  muhim  xislatlaridan 

hisoblanadi.  Islom  ta‘limotida  adolat,  adolatli  bo‘lish  fazilati  yuksak  qadrlanadi. 

Adolat  kishilar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarda odillik  bilan  ish tutishni taqozo 

qiladi.  Adolatlilik  kishida  o‘tkir  akd,  sof  mulohaza,  olijanoblik  va  mardlik  mav-

judligini bildiradi. Adolatli bo‘lish o‘z so‘zida turish, qat‘iylik demakdir. Adolatli 

 

19 



kishiningdili  pok,  ko‘ngli  xotirjam,  o‘zi  xavf-xatar,  kulfatdan  uzoq,  odamlarning ishonchiga sazovor bo‘ladi. 

Adolatlilik  insoniylikning  asosi  hisoblanadi.  Odobli  va  insonparvar  bo‘lish 

uchun  adolatli  bo‘lish  zarur.  Adolat  boshqa  kishilarga  muomala-munosabatda 

namoyon  bo‘ladigan  fazilatdir.  Adolatli  kishi  yaxshi  xulkdi  odam  hisoblanadi. 

Bunday  odam  o‘ziga  ravo  ko‘rmagan  biror  ishni  bosh-qaga  ravo  ko‘rmaydi. 

Adolatlilik  va  insoniylik  kishini  yomon  ishlardan sakdash bilan  birga boshqalarni 

ham  xatoliklardan  asrash,  yaxshi  yo‘lga  solish  uchun  zarurdir.  Adolatli  kishi 

boshka  birovga  yoki jonivorlarga ozor  bermaydi,  zulm  qilmaydi.  Akd-idrok bilan 

ish qiladi. 

O‘qituvchi  odobida  adolatlilik  fazilati  pedagogik  faoliyatning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari  bilan  bog‘liq holda  namoyon  bo‘ladi.  O‘qituvchi  odobida  adolatlilik 

muallimning  xolisligida,  axloqiy  tarbiyalanganlik  darajasida,  o‘quvchilar  xulqini, 

jamoat  ishlariga  munosabatini,  bilimini  baholashda  ko‘rinadi.  Demak,  adolatlilik 

bir  tomondan  muallimning  axloqiy  fazilati  hisoblansa,  ikkinchi  tomondan 

o‘quvchilarga  tarbiyaviy  ta‘sirini  bahrlashning  mezoni  hisoblanadi.  Muallimning 

o‘quvchilarga  va  pedagogik  jarayon  qatnashchilariga  bo‘lgan  munosabati 

manmanlikdan,  noxolislik,  o‘zboshimchalikdan  xoli  bo‘lishi  lozim.  Shundagina  u 

adolatli hisoblanadi. Muallimlik ishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, 

u  har  kuni  o‘quvchilar  bilan  uchrashadi,  ularning  bilimini,  xulqini  baholaydi. 

Yaxshi  ishlarini  rag‘batlantira-di,  nojo‘ya  xatti-harakatlari,  sho‘xliklari  uchun 

tanbeh  beradi.  Albatta,  muallimning  fikr-mulohazalari,  baholarida  nisbiylik 

belgilari mavjud. U hamma bolalarga aynan birdek, juda to‘g‘ri munosabatda bo‘la 

olmasligi  mumkin.  Lekin  o‘qituvchi  hammaga  nisbatan  xolis  niyatli,  yaxshilik 

qilishga  intiluvchi,  bolalarning  kelajagi,  taqdiri  to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  qiluvchi, 

adolatli kishi ekanligiga barcha o‘quvchilarning ishonchi komil bo‘lmog‘i darkor. 

O‘quvchilarda  muallim  «yoqtiradigan»,  «yoqtirmaydigan»  bolalar  bor  degan  fikr 

tug‘ilmasligi kerak. 

O‘qituvchining  savollarini,  javobini,  ba‘zan  juda  g‘alati  bo‘lib  tuyuladigan 

mulohazalarini  diqqat  bilan  tinglash,  unga  to‘g‘ri  yo‘l  ko‘rsatish,  maslahatlar 

 20 


berish,  javobini  odilona  baholash  muhim  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.  O‘qituvchi bolaning  mustaqil  ijodiy  fikrlarini,  to‘g‘ri  javoblarini  ma‘qullashi,  qo‘llab-

quvvatlashi,  rag‘batlantirib  borishi  lozim.  Bolaning  javobi  noto‘g‘ri,  fikrlari 

chalkash,  xato  bo‘lsa,  muallim  buni  o‘quvchiga  yetarli  asoslar  bilan  isbotlab 

ko‘rsatishi  kerak.  U,  o‘z  obro‘sini  pesh  qilib,  «men  shunday  dedimmi,  demak 

shun-day» deb turib olmasligi, balki o‘z fikrini ilmiy dalillar bilan isbotlashi talab 

etiladi. 

O‘qituvchining  ta‘lim-tarbiya  sohasidagi  ijtimoiy  qimmatli  xatti-harakatlari 

adolat mezoni bilan baholanadi. Adolatli muallim, odil ustoz degan nomga sazovor 

bo‘lish  har  bir  o‘qituvchining  sharafli  burchidir.  Muallimning  qandayligi 

ishchanlik  va  axloqiy  fazilatlarda  o‘z  ifodasini  topadi.  Adolatlilik  boshqalarga 

yaxshilik  qilish  fazilati  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Adolat  bo‘lmasa,  yaxshilik 

bo‘lmaydi.  Shuningdek,  yaxshiliksiz  adolat  ham  bo‘lmaydi.  Pedagoglik  odobi 

nuqtai  nazaridan  adolatlilik  bu,  ta‘lim-tarbiya  jarayonini  normal  amalga 

oshirishning  sharti  hamdir.  Pedagoglik  ishida  adolatli  bo‘lish,  bu  o‘quvchining 

ishonchini qozonishdir. Buning uchun esa bolaning qalbidagini, dilidagini bilmoq, 

tushunmoq kerak. 

O‘qituvchining  adolatliligi  bolaning  bilimini  baholashda  ko‘proq  namoyon 

bo‘ladi. Ma‘lumki, umumta‘lim maktablarida o‘quvchining bilimi besh ballik tizim 

asosida baholanadi. Dastur materialini to‘liq o‘zlashtirgan o‘quvchiga «besh» baho 

qo‘yiladi,  mutlaqo  bilmagan  bolaga  «ikki»  baho  qo‘yiladi.  Bodalarning  bilim 

o‘zlashtirishi-ga bo‘lgan qobiliyati, qiziqishlari bir xil emas. Masalan, zehni o‘tkir 

o‘quvchi daryo materialini hyech qiynalmay, bir pasda o‘zlashtirib olishi mumkin. 

Ikkinchi  bola  esa  buning  uchun  ko‘p  mehnat  qilishi,  intilishi  kerak  bo‘ladi. 

Muallim  ana  shu  holatni  e‘tiborga  olmay  ish  tutsa,  o‘quvchiga  nisbatan 

adolatsizlikka  yo‘l  qo‘ygan  bo‘ladi,  uning  qo‘ygan  bahosi  ayrim  bolalarni  olg‘a 

intilishga  da‘vat  etmasligi  mumkin.  Zehni  o‘tkir  bo‘lgani  uchun  mehnat  qilmay, 

kuch  sarflamay  yuqori  baho  olish  bolaning  axloqiga  salbiy  ta‘sir  etib,  aqliy 

rivojlanishiga  to‘sqinlik  qiladi.  Ayrim  zehni  o‘tkir  bolalar  dars  jarayonida 

o‘qituvchining  fikrlarini  to‘liq  o‘zlashtirib  ola-di  va  shu  bilan  cheklanadi.  Uyda 

 21 


dars  tayyorlamaydi.  Natijada  uning  akdiy  rivojlanishi  sekinlashadi.  Va  aksin-cha, intiluvchi, haraqat qiluvchi bolaga bahoni past qo‘yish ham unda o‘z qobiliyati va 

kuchlariga, yaxshi o‘qiy olishga ishonmaslik tuyg‘usini vujudga keltiradi. 

Bolaning  bilimini  baholashda  muallimning  adolat-liligini  o‘quvchilar  ham 

o‘zlaricha  muhokama  qilib,  baholab  boradilar.  Muallim  o‘z  fanidan  biror  bolaga 

hadeb  «ikki»  yoki  «uch»  baho  qo‘yaversa,  bu  bilan  o‘quvchini  qobiliyatsizga 

chiqarib qo‘ygan bo‘ladi, bolada o‘zining insoniy qadrkimmatiga ishonchini, bilim 

egallashda uchraydigan kiyinchiliklarni yengishga intilish tuyg‘usini barbod qilgan 

bo‘ladi.  Muallim  o‘qitish  jarayonida  boladagi  o‘zgarishlarni,  yutuklarini  payqab, 

rag‘batlantirib, uni ruxlantirib borishi kerak. Ayrim muallimlar ilg‘or o‘quvchining 

bilim  o‘zlashtirish  darajasiga  qarab  boshqa  o‘quvchiga  ham  baho  qo‘yadi.  Bir 

maktabda a‘lochi bo‘lib o‘qigan bola boshqa maktabga o‘tganda «uch» oluvchilar 

safiga  tushib  qolishi  ham  mumkin.  Muallim  o‘quvchilar  bilimini  baholashda 

adolatli  bo‘lish  uchun  har  bir  bolaning  bilim  o‘zlashtirishga  sarflagan  kuch-

g‘ayrati, intilishlarini hisobga olishi kerak. 

O‘quvchining  xulqini  baholashda  ham  muallimdan  adolatli  bo‘lish  talab 

etiladi.  Agar  muallim  bolaning  xulq-ini,  xatti-harakatlarini  baholashda  shu  xatti-

harakatlarga  sabab  bo‘lgan  motivlarni  e‘tiborga  olmasa,  adolatsizlikka  yo‘l 

qo‘yadi.  Muallim  yoki  ota-onaning  bolaga  nisbatan  adolatsiz  xatti-harakati, 

munosabati  bolaning  ruhiyatiga  salbiy  ta‘sir  etib,  nevrozga  sabab  bo‘lishi  ham 

mumkin.  (Nevroz—markaziy  asab  sistemasining  buzilishi  natijasida  yuzaga 

keladigan va ichki organlar faoli-yatini susaytiradigan kasallik.) Bola bilan bo‘lgan 

muomala-munosabatlarda  uning  taqsiriga  nisbatan  loqaydlik,  unga  o‘rinsiz 

baqirish, qo‘rqitish, jaxd qilish kabilar shunga olib keladi. 

Agar  o‘qituvchi  qo‘ygan  bahoni  bola  adolatsiz  deb  qabul  qilsa  va  muallim 

bolaning  kundalik  daftariga  shu  bahoni  qo‘yib,  ota-onasiga:  «tegishli  chora 

ko‘rishni»  so‘rab  yozib  yuborsa,  bunday  paytlarda  o‘quvchi  muallimdan 

nafratlanishi,  o‘qishdan  ko‘ngli  sovib,  maktabni  tashlab  ketishi  ham  mumkin. 

Adolatsizlik qilish boshqa sohalarga nisbatan ta‘lim-tarbiya ishiga katta ma‘naviy-

axloqiy  zarar  yetkazadi.  Muallimning  adolatsizligi  bolaning  qalbini  jarohatlaydi, 

 22 


maktabning  sha‘niga  putur  yetkazadi,  kattalarga  bo‘lgan  ishonchini  yo‘qqa chiqaradi.  Shu-ning  uchun  ham  muallimning  har  bir  xatti-harakati,  amaliy  ishlari 

adolatlilik namunasi bo‘lmog‘i kerak. 

Bilimdonlik,  halollik,  rostgo‘ylik  —  o‘qituvchining  muhim  axloqiy  fazilati, 

ma‘naviy  boyligi  hisoblana-di.  Bu  fazilatlar  insoniy  munosabatlarni  go‘zallashti-

radi.  Insonning  moddiy  ehtiyojlari  cheklangan  bo‘ladi  va  to‘la  qondirilishi 

mumkin.  Lekin  ma‘naviy  ehtiyojlar  ma‘naviy  boyliklar  singari  cheksizdir.  Kishi 

insoniyat  yaratgan  ma‘naviy  boyliklarni  qanchalik  ko‘p  o‘zlashtirsa,  uning  shaxsi 

shunchalik barkamol bo‘ladi. 

O‘qituvchining  ma‘naviy  boyligi,  bilimdonligi  xalq  manfaatiga,  yoshlarning 

baxti,  istiqboli,  kelajagiga  qaratilishi,  xizmat  qilishi  zarur.  Mashhur  mutafakkir 

aytganidek,  agar  kishi  faqat  o‘zi  uchungina  ishlasa,  uning  mashhur  olim,  ulug‘ 

donishmand,  ajoyib  shoir  bo‘lishi  mumkin,  lekin  u  hyech  qachon  haqiqiy, 

barkamol  inson  bo‘la  olmaydi.  Buyuk  kishi  bo‘lish  uchun  avvalo  jamiyat 

taraqqiyoti yo‘lida, insoniyatning buyuk orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida 

xizmat  qilmoq  va  buning  uchun  zarur  bo‘lsa,  o‘z  hayotini  ham  qurbon  qilishga 

tayyor turmoq kerak. 

Muallymning  bilimdon  bo‘lishy,  insoniyat  yaratgan  ma‘naviy  boyliklarni 

ko‘paytirishi va uni yoshlarga astoydil o‘rgatishi, o‘z ishidan qanoat hosil qilishi, 

o‘z kasbini, bolalarni dildan sevib, berilib ishlashi — bularning barchasi o‘quvchi 

shaxsining shakllanishiga bebaho axloqiy ta‘sir etadi. 

Har  tomonlama  bilim  va  yuksak  madaniyatga  ega  bo‘lish  o‘qituvchi 

odobining talablaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat kishisining 

ideali  insonning  aqliy  barkamol,  ma‘naviy  boy,  ishbilarmon,  axloq-odobli,  halol, 

rostgo‘y,  o‘zini  tuta  oladigan  bo‘lishini  taqozo  qiladi.  Maktab  o‘quvchilari  bu 

idealga 

inti-ladilar. O‘quvchiga  axloqiy  ta‘sir  o‘tkazishning  samarasi 

o‘qituvchining  chuqur  bilimli,  yuksak  madaniyatli,  barkamol  inson  bo‘lishiga 

bog‘liq.  Muallim  o‘zi  o‘qitadigan  fanni  yaxshi  bilishi  va  undan  tuzukkina  dars 

berishi  bilangina  bunga  erisha  olmaydi.  Haqiqiy  ustoz  o‘z  predmetini  bilish 

bilangina cheklanib qolmay, juda ko‘p narsalarni bilishga, tushunishga, his etishga 

 23 

intilishi  lozim.  Mafkuraviy  hayot,  badiiy  adabiyot,  tasviriy  san‘at,  teatr,  kino, televideniye,  musiqa,  arxitektura,  sport  —  muallim  bularning  barchasidan 



xabardor,  ularni  tushunadigan,  qadrlaydigan  bo‘lishi  talab  etiladi.  O‘qituvchi 

hamma  narsani  ko‘ra  oladigan  bo‘lishi  zarur,  lekin  yuzaki  har  joydan  bir  shingil 

emas, balki, avvalo, o‘z ishini, o‘zi o‘qitadigan fanni puxta bilishi, shu bilan birga 

bilimlarning boshqa sohalariga ham qiziqishi, ulardan xabardor bo‘lishi darkor. 

O‘qituvchilik  faoliyati  uchun  bu  sifatlar  zaruriy  hisoblanadi.  Ilm-fan 

rivojlanib  yangi  texnologiyalar  joriy  etilayotgan  hozirgi  davrda  bolalar  bilim 

oladigan  manbalar  yil  sayin  ko‘payib  bormoqda.  Badiiy  va  ilmiy-ommabop 

kitoblar, gazeta, jurnal, radio va televizion eshittirishlar, muzey va ko‘rgazmalarga 

bolalar  juda  qiziqadilar,  shuning  uchun  ham  muallim  juda  ko‘p  narsani  bilishi, 

hamma  narsadan  xabardor  bo‘lishi  kerak.  O‘qituvchi  madaniyatning  biror 

sohasidan  ham  xabarsiz  qolishi  mumkin  emas.  U  bolani  qiziqtiradigan  barcha 

savollarga  to‘g‘ri,  o‘rinli  javob  qaytarishi  lozim.  O‘z  fanidan  bo-shqa  hyech 

narsaga  qiziqmaydigan  muallim  o‘quvchilar  uchun  ideal  bo‘la  olmaydi.  Jamiyat 

hamma vakt o‘qituvchi madaniyatiga juda katta talablar qo‘yadi. 

O‘qituvchining  ma‘naviy  qiyofasida  halollik,  rost-go‘ylik,  axloqiy  poklik, 

odsiylik  va  kamtarlik  muhim  fazilatlardan  hisoblanadi.  Bu  fazilatlar kishiga  ichki 

go‘zallik,  ma‘naviy  poklik  bag‘ishlaydi,  kishining  qadr-qimmatini  oshiradi. 

Halollik  muallimning  ichki  va  tashki  dunyosining  birligini,  so‘zi  bilan  xatti-

harakati to‘g‘ri kelishini, o‘quvchilarga, hamkasblariga, ota-onalarga ochiq ko‘ngil 

va  samimiy  munosabatini  ifodalovchi  axloqiy  fazilatdir.  U  inson  xarakterining 

mohiyatidan  kelib  chiqadi.  O‘qituvchining  halolligi  o‘z  vazifasini  vijdonan  va 

ongli ravishda bajarishida namoyon bo‘ladi. 

O‘qituvchining  muomala  odobi  O‘zbekistan  maktablarida  ta‘lim-tarbiya 

ishlari,  pedagogik  faoliyatning  samaradorligi,  ta‘sirchanligi  o‘qituvchilar,  ota-

onalar  jamoasi,  oilada  shakllangan  axloqiy  munosabatlarga,  muomala  odobiga 

bog‘liq.  Muallim  ta‘lim-tarbiya  ishlari  jarayonida  o‘quvchilar,  kasbdoshlari,  ota-

onalar  bilan  muomalada  bo‘ladi.  Barkamol  shaxs  sifatida  shakllanayotgan 

o‘quvchidar, kasbdoshlari, ota-onalar muallimning har bir harakati, barcha ishlarini 

 24 

inson  sifatida  kuzatib  boradi,  his  etadi,  axlokiy  jihatdan  baholaydi,  qabul  qiladi yoki  rad  etadi.  Xullas,  ta‘lim-tarbiya  ishlarining  natijasi,  o‘qituvchi  faoliya-tining 



ta‘sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobiga, pedagogik 

jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruxiy holati, kayfiyatiga bog‘liqsir. 

Muomala  odobi  o‘z  tabiati,  mohiyatiga  ko‘ra  ijtimoiy  hodisadir.  Ijtimoiy 

qonuniyatlar  pedagogik  jarayondagi  muomala  odobida  namoyon  bo‘ladi. 

Pedagogik  odob  jamiyatda  qabul  qilingan  ma‘naviy,  umuminsoniy  va  milliy-

axloqiy  qadriyatlarga  asoslanadi.  Ijtimoiy  munosabatlar  pedagogik  jarayonda 

qatnashuvchilar o‘rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi. Ijti-

moiy  munosabatlarning  har  biri  o‘ziga  xos  xususiyatga,  mezonlarga  ega.  Bu 

xususiyat  va  mezonlar  ijtimoiy  fao-liyatning  sohasi,  shaxslararo  aloqalarning 

xarakteri  bilan  belgilanadi.  Muomala  odobi  kishi  bajarishi  lozim  bo‘lgan  axloqiy 

qoidalar  bilan  shaxs  ularni  qay  darajada  qabul  qilishi  o‘rtasidagi,  shaxsiy  va 

ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog‘lanishlarga asoslanadi. 

Muomala  odobi  bevosita  baho  beruvchilik  xususiyatiga  ham  ega.  Axloqiy 

baho  esa  kishilarning  xulqini,  xatti-harakatlarini  nazorat  qiladi,  tartibga  soladi. 

Muomala-munosabatlar kishi o‘z xulqi va faoliyatida axloqiy tamoyillar, qoidalar, 

talablar,  an‘analarga,  urf-odatlarga  qay  darajada  amal  qilayotganiga  qarab 

baholanadi. 

Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobida muallimning axlokiy 

madaniyati, tarbiyalanganlik darajasi aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi 

sifatida  o‘ziga,  o‘z  kasbiga,  o‘quvchilarga,  kasbdoshlariga,  ota-onalarga 

muomalasini  belgilovchi  asosiy  qoidalar,  talablar  mavjud.  Bu  mezonlar  jamiyat, 

davlat  o‘qituvchiga,  ta‘lim-tarbiya  ishlariga  nisbatan  qo‘yayotgan  axloqiy  ta-

lablarga, pedagogik faoliyatning axlokiy xarakteri va xususiyatlariga asoslanadi. 

Pedagogik  jarayonda  muomala  odobi  o‘qituvchining  faoliyatida  namoyon 

bo‘ladi.  O‘qituvchilik  faoliyatiga  qo‘yiladigan  axloqiy  talablar  o‘z  navbatida 

O‘zbekiston Respublikasi yosh avlodni umuminsoniy va milliy-ma‘naviy, madaniy 

qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash  sohasida  kun  tartibiga  qo‘yayotgan  vazifalarga 

bog‘liq.  Ular  pedagogik  jarayondagi  muomala  odobida,  unda  qatnashayotgan 

 25 

kishilarning  xulqi,  xatti-harakatlarida  ifodalanadi.  Bu  xatti-harakatlar  pedagogik jarayon  qatnashchilarining  ta‘lim-tarbiya  maqsadi,  vazifalari,  usul  va  vositalarni, 



axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari shaklida namoyon bo‘ladi. 

Muomala  odobining  tuzilishi  juda  murakkabdir.  U  pedagogik  faoliyatda 

subyekt-obyekt munosabatlari shaklida ifodalanadi. Subyekt-obyekt munosabatlari 

muallim  o‘zining  kasbiy  burchini  bajarayotganida  o‘quvchilar,  kasbdoshlari,  ota-

onalar,  jamoat  tashkilotlarining  vakillari  bilan  o‘qituvchi  o‘rtasidagi  aloqalarda 

vujudga  keladi.  U  o‘zaro  hurmat  darajasi,  ishonch,  talabchanlik,  xayri-xohlik, 

tashabbuskorlik,  o‘zaro  g‘amxo‘rlik,  har  birlarining  inson  sifatida  qadr-qimmatini 

e‘zozlash  kabilarda  namoyon  bo‘ladi.  Ular  o‘kituvchining  pedagogik  faoliyatda 

boshkalar  bilan  muomalasining  xarakterini  baholashga  xizmat  qiladi.  O‘zaro 

ta‘sirlar  o‘quv  ishida,  turmushda,  dam  olish  paytlarida,  oiladagi  muomala-

munosabatlarning xususiyatlarini anikdashga imkon beradi. 

Pedagogik  jarayonning  o‘zida  ham  faoliyatning  turli  sohalarida  turlicha 

muomala-munosabatlar  mavjud.  Masalan,  o‘quv  ishlari  sohasida,  jamoat 

topshiriqlarini  bajarishda,  o‘quvchilar  bilan  sinfdan  tashqari  ishlarda,  dam  olish 

paytlaridagi  muomala,  shuningdek  o‘qituvchi-ning  Vatanga,  xadqqa  bo‘lgan 

munosabati o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning mohiyati shundan iboratki, agar 

o‘qituvchining  bu  muomala-munosabati  o‘z  kasbiy  vazifasini,  burchini  bajarish 

jarayonida  sodir  bo‘lsa,  jamiyat  o‘qituvchining  va  pedagoglik  kasbining  ijtimoiy 

mavqyeini, unga ma‘lum bir huquq va vakolatlar berilganligini nazarda tutadi. 

Pedagogik  etikada  muomala  odobining  biror  jihati,  masalan,  o‘qituvchining 

o‘z kasbiga munosabati, burchi alohida taxdil etilishi mumkin. O‘qituvchilik kasbi 

kishiga  ma‘lum  talablarni  qo‘yadi,  lekin  muallim  bu  talablarni  qanday 

bajarayotgani  bu  talablarda  hali  aks  etmaydi.  O‘qituvchining  pedagogik  faoliyati 

natijalarini  xalq  ta‘limi  bo‘limlari,  maktab  ma‘muriyati,  metodik  birlashma 

xodimlari  baholaydi.  O‘qituvchining  pedagogik  jarayon  qatnashchilari  bilan 

muomalasi  bu  kishilarning  o‘zaro  bir-birlariga  bo‘lgan  shaxsiy  insoniy 

munosabatlari  sifatida  ham  qaraladi,  ular  pedagogik  jarayon  qat-nashchilarining 

 

26 



xatti-harakatlarida,  xulqida,  ish  shakli  va  usullarida  namoyon  bo‘ladi.  Ular o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy baholashlar ham muhim rol o‘ynaydi. 

Pedagogik  jarayonda  o‘qituvchi  axloqiy  munosabatlarning  subyekta 

hisoblanadi.  U  pedagogik  jarayonning  asosiy  kishisi  —  figurasi  sifatida 

o‘quvchilar,  kasbdoshlari,  ota-onalar  bilan  muomalada  bo‘ladi.  Pedagogik  mu-

omala  odobi  tizimida  o‘qituvchi  asosiy  figuradir.  O‘quv-chilar, kasbdoshlari,  ota-

onalar,  pedagoglar  jamoasi  va  jamoat  tashkilotlarining  vakillari  o‘qituvchi  uchun 

pedagogik muomala-munosabatlarning obyekta hisoblanadi. Ular bilan bo‘ladigan 

aloqalar  yosh  avdolga  ta‘lim-tarbiya  berish  vazifalarini  bajarish  jarayonida  sodir 

bo‘ladi.  Bu  muomala  jarayonida  ishtirok  etadigan  kishilar  bir-birlariga  nisbatan 

xayrixoh,  ijobiy  hissiyotda  bo‘lishlari,  bir-birlarining  fazilatlarini  o‘zaro 

baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi. 

Pedagogik  muomala-munosabatlarda  hissiyot  aralashgani  uchun  ularning 

axloqiy  va  ruhiy  jihatlarini  bir-biridan  ajratish  qiyin  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham 

bunday  hodislar  haqida  gapirganda,  odatda  pedagogik  jamoadagi  axloqiy-ruxiy 

vaziyat tushunchasi ishlatiladi. Demak, o‘qituvchining muomala odobi — u aloqa 

qiladigan  odamlar,  muassasalar  bilan  o‘z  kasbiy  vazifasini  bajarayotganda  sodir 

bo‘ladigan  axloqiy  munosabatlar  majmuidir.  Bu  yondoshuv  asosida  pedagogik 

muomala odobini shartli ravishda quyidagi guruxdarga ajratish mumkin: o‘qituvchi 

bilan  o‘quvchilar  o‘rtasidagi  muomala;  o‘qituvchi  bilan  pedagogik  jamoa 

o‘rtasidagi  muomala;  o‘qituvchi bilan ota-onalar o‘rtasidagi  muomala; o‘qituvchi 

bilan maktab rahbarlari o‘rtasidagi muomala. 

Muomala odobida o‘qituvchining axloqiy ongi, axloqiy faoliyatining yetuklik 

darajasi,  axloqiy  ehtiyojlari  va  axloqiy  yo‘nalishlari,  so‘zi  bilan  ishining  birlik 

darajasi, xullas, muallimning faol hayotiy nuqtai nazari namoyon bo‘ladi. 

O‘quvchilar  bilan  muomala  odobi  pedagogik  jarayondagi  aloqalar  tizimida 

o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomala-munosabatlar katta o‘rin egallaydi. 

Bu jarayonda bola insoniyat asrlar davomida to‘plagan bilimlarni, axloqiy tajribani 

egallab oladi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. Unga 

yosh  avlodni  o‘qitish  va  tarbiyalash  vazifasi  yuklatilgan.  Shuning  uchun  ham 

 27 


o‘qituvchiga, uning axloqiy sifatlariga, xulqiga o‘quvchilar bilan muomalasiga nis-batan alohida, yuksak talablar qo‘yiladi. 

Muallim  hayotga  endigina  kirib  kelayotgan,  barkamol  shaxe  sifatida 

shakllanayotgan insonlar — yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi. Bolalar ta‘lim-

tarbiya  jarayonida  umuminsoniy  va  milliy  axloq  normalarini  (me-zonlarini) 

o‘zlashtiradi. O‘kuvchi muomala odobini asosan o‘qituvchi timsolida anglab oladi. 

Sevimli  muallim  bola  uchun  bir  umr  ideal,  ibrat,  namuna  bo‘lib  qolishi  ham 

mumkin. 

Respublikamizo‘qituvchilari  orasida  o‘z  ishining  ustasi,  Xalq  o‘qituvchisi, Xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, yil o‘qituvchisi, deb tan olingan ota-onalar, yoshlar 

e‘zozlab Ustoz deb ataydigan mo‘tabar insonlar ko‘plab topiladi. Ular pedagogik 

ishda  fidoyilik  ko‘rsatib,  muallimlik  burchini  yuksak  darajada  bajarib,  bolalarga 

bilim  berib,  ular  qalbiga  halollik,  go‘zallik,  haqiqat,  odob-axloq  nurini  singdira 

olganliklari,  xushmuomala  bo‘lganlari  uchun  ham  bunday  obro‘  va  xurmatga 

erishganlar. 

Afsuski,  hamma  muallimlar  haqida  ham  shunday  deb  bulmaydi.  O‘zining 

dag‘al  muomalasi  bilan  bolaning  ko‘nglini  o‘qishdan  sovitib,  dilini  o‘rinsiz 

ranjitadi-ganlar  ham  uchrab  turadi.  Pedagogik  amaliyot,  badiiy  adabiyotda  bunga 

misol  bo‘ladigan  dalillar  ko‘p.  Bundaylar  yoshlar  tarbiyasiga,  ularning  axloqiga 

salbiy  ta‘sir  etadilar.  Tarbiyaviy  ishlarga  tuzatish  qiyin  bo‘lgan  darajada  ziyon 

yetkazadilar. 

Barkamol,  ijodkor  shaxsni  shakllantirishga,  tarbiyalashga  doir  axloqiy 

normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o‘tkazish 

shartlaridan  biri  bolaga  bo‘lgan  ishonch  bilan  unga  nisbatan  qo‘yilayotgan 

talablarning birligidadir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko‘p marta sinovdan 

o‘tgan va o‘zini oqlagan.  Muallimlar,  talabalar bilan  o‘tkazilgan  suhbat natijalari 

shundan  dalolat  beradiki,  maktabda  xushmuomala  o‘qituvchilar  bilan  bir  qatorda 

bolalarga  huda-bexudaga  do‘q  urib,  baqirib  muomala  qiladigan  muallimlar  ham 

uchraydi.  Bunday  muomala  jamiyatda  qabul  qilingan  umum-insoniy  va  milliy-

 

28 



axloqiy  normalarga  to‘g‘ri  kelmaydi.  Bunday  o‘qituvchilar  bolalar  orasida  obro‘ orttira olmaydilar. 

Pedagogik  jarayon,  tarbiya  jarayoni,  odamlarning  tabiati  shu  darajada 

murakkabki,  muallim  ba‘zan  istasaistamasa  qo‘pollik  qilishga  «majbur»  bo‘ladi, 

o‘quvchi  muallimning  o‘rinli  talablarini  bajarmayotgan  paytlari-da  u  o‘zini 

tutolmay  qoladi.  Muallim  o‘z  talablarini,  hatto  qo‘pollik  holatini  ham,  bolaga 

yaxshilik  qilyapman  deb  x.isoblaydi,  chunki  bu  ishni  bolaga  bilim  berish,  uni 

to‘g‘ri yo‘lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun qilayotganiga ishonadi. 

Sa‘diy  Sheroziyning  «Guliston»  (Tosh-kent,  1968)  asarining  «Tarbiyaning  ta‘siri 

bayoni»  bobidagi  hikoyatlarda,  Alisher  Navoiyning  «Mahbub  ulqulub»  asaridagi 

«Mudarrislar  to‘g‘risida»,  «Maktabdorlar  to‘g‘risida»gi  maqolalarida  bildirilgan 

mulohazalar bu fikrimizga hamohangdir. 

Bunday  holatlar  ko‘pincha  tarbiyasi  qiyin  bola  bilan  muomala-munosabatlar 

jarayonida  sodir  bo‘ladi.  Shuni  ham  unutmaslik  lozimki,  bunday  bola  odatda, 

nosog‘lom oiladan chiqadi. Bola oiladagi yomon muhitning qurboni bo‘lishi ham 

mumkin.  Tajribali  pedagoglar  tarbiyasi  qiyin  bola  bilan  ishlash,  muomala  kilish 

murakkabligini,  shu  bilan  birga  ular  insoniy  mehrga  zor,  xushmuomalaga, 

e‘tiborga  muhtoj  ekanligini,  bundaylarga  nisbatan  bardoshli,  sabr-toqatli, 

kechirimli bo‘lish zarurligini ham ta‘kidlaydilar. 

Jismoniy  jarohat  olgan  bolani  o‘qituvchi  jazolamas-ligini  hamma  biladi. 

Jismoniy  tarbiya  muallimi  oyog‘i  jarohatlangan  boladan  yugurish  musobaqasida 

qatnashishni talab etmaydi. Bola ba‘zan qalbi, ruhi jarohatlangan holda maktabga 

kelishi  mumkin.  Ta‘lim  jarayonida  buni  hamma  o‘qituvchilar  e‘tiborga  oladimi? 

Afsuski yo‘q. Bola javob berishni xoxdamayapti, dars tayyorlashni istamagan, deb 

hisoblab hamma o‘quvchilarga bir xil talab qo‘yish, bir xil muomala qilish hollari 

ko‘plab  uchraydi.  Ba‘zan  boladan  hatto  u  bajara  olmaydigan  ishlar  ham  talab 

etiladi. Ayrim o‘quvchilar bolaning oilasidagi, ota-onasidagi nuqsonlari uchun ham 

uni ayblashga urinadilar. 

Muallimning  biror  tasodifiy  xatti-harakati  nati-jasida  o‘quvchilarda  u  hakda 

sodir  bo‘lgan  fikr  ham  ta‘lim-tarbiya  jarayoniga  salbiy  ta‘sir  etishi,  muallimning 

 29 


ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va  o‘kituvchi  foydasiga  «hal»  etiladi.  Muallimning  obro‘sini  saqlayman  deb, 

kattalar  ba‘zan  bolaning  qadr-qimmatini  yerga  uradilar,  o‘quvchidan  kechirim 

so‘rashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o‘qituvchining noto‘g‘ri xatti-harakati 

sabab  bo‘lgan.  Muallimlarning  bu  ishi  axloqiy  tarbiya  talabla-riga  to‘g‘ri 

kelmaydi.  Yaxshi  pedagogik  an‘analarni  saqlash  va  ularga  amal  qilish  bilan 

mutaassiblik  o‘rtasidagi  farqni,  o‘qituvchilik  burchini  bajarish  bilan  o‘taketgan 

rasmiyatchilikni  ajrata  bilmoq  lozim.  Muallim  o‘quvchi-lar  bilan  o‘zaro 

muomalasida ko‘tarinki ruh, yaxshi kayfi-yatni saqlay bilishi pedagogik axloqning 

muhim  talablaridan  biridir.  O‘kituvchi  dars  o‘tayotgan  yoki  tarbiyaviy  tadbirni 

bajarayotganida  bolalarning  do‘sti,  maslahatchisi  ekanligini  esda  tutmog‘i  lozim. 

Bu, muallim hamma vat bolalar bilan oshna-og‘aynigarchilik qilaveradi, degan ran 

emas.  Bolalar  ko‘p  o‘tmay  muallimning  xulqidagi  bu  kamchi-likni  payqab  olib, 

uning ustidan kulib yuradilar. 

Muallim  bolani  doskaga  chaqirayotganida  ham  yoki  o‘quvchi  bajargan  ishni 

boshqalarga  namuna  qilib  ko‘rsatayotganida  ham  me‘yorga  amal  qilmog‘i  lozim. 

Agar  yaxshi  o‘qiydigan  bola  hadeb  doskaga  chiqarilaversa,  yoki  har  safar  bir 

bolaning  bajargan  ishi  boshkalarga  namuna  sifatida  ko‘rsa-tilaversa,  bu  axloqiy 

jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladi. 

O‘quv ishining shunday o‘ziga xos axloqiy jihatlari borki, ular muallim bilan 

o‘quvchi  o‘rtasidagi  muomalaga  bevosita  yoki  bavosita  ta‘sir  etadi.  Masalan, 

ta‘lim  ja-rayonida  ishonchning  o‘z  o‘rni  bor:  o‘quvchi  muallim  berayotgan 

bilimlarning  to‘g‘riligi,  haqqoniyligiga  ishonadi,  muallim  bolaning  bu  ishonchiga 

munosib bo‘lishi kerak.  O‘qituvchi ham  bolalar  uning aytganlarini hyech ikkilan-

may  qabul  qilayotganlariga  ishonadi.  Bu  muomala  odobining  umumiy 

tamoyillaridan biridir. 

Respublikamiz  maktablaridagi  ta‘lim-tarbiya  jarayoni  o‘qituvchi  va 

o‘quvchilarning  o‘zaro  bir-birlariga  ishonishlariga  asoslanmog‘i  zarur.  Muallim 

bilan  o‘quvchining  muomala-munosabatlari  ijodiy  xarakterga  ega.  Ishonch  yo‘q 

joyda  ijodkorlik  ham  bo‘lmaydi.  Ishonch,  xurmat,  mehribonlik,  xayrixoxdik 

 30 


talabchanlikni  inkor  etmay-di,  balki  nazarda  tutadi.  Muallimning  qattiqqo‘lligi  va talabchanligi  bolaga axloqiy  ta‘sir o‘tkazishning  zarur  shartlaridan  biridir.  Bolada 

hayotiy  tajriba  yo‘qligi,  irodaviy  sifatlar  yaxshi  shakllanmaganligi  tufayli  ham 

muallim unga nisbatan talabchan bo‘lmog‘i darkor. 

O‘qituvchi  bolaning  imkoniyatlarini,  qobiliyatini  hisobga  olgan  taqsirdagina 

undagi kamchiliklarni bartaraf eta oladi, uning pedagogik talablarini bola bajarishi 

mumkin.  Muallimning  talablari  bolaning  im-koniyat  darajasidan  past  bo‘lsa, 

undagi qobiliyatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi; agar muallimning talablari 

bolaning  qobiliyati  va  imkoniyatlaridan  ortiq  bo‘lsa,  bolada  o‘z  kuchiga 

ishonmaslik,  ishdan  o‘zini  chetga  olish  his-tuyg‘usini  paydo  qiladi.  Muallimning 

qattiq-qo‘lligi  va  talabchanligi  axloqiy  tarbiyaning  boshqa  vo-sitalari  bilan  birga 

olib borilishi kerak. 

Muallim  bilan  o‘quvchi  o‘rtasidagi  muomalani  tartibga  soluvchi  talablardan 

biri  bolaning  xulqini,  muomalasini,  bola  bajargan  ishni  odilona,  to‘g‘ri 

baholashdir.  Bolaning  xulqi,  muomalasi  ko‘pincha  u  qilgan  biror  ish  bilan 

tenglashtiriladi.  Lekin  xatti-harakat  axloqiy  muomalaning  bir  qismidir,  xolos. 

Xulqi,  muomalasida  esa  bolaning  biror  kishi  yoki  narsaga  munosabati  ham 

ifodalanadi.  Bolaning  xulqi,  muomalasi  axloqiy  jihatdan  baholanishi  mumkin. 

Bolaning qilig‘i deganda uning xatti-harakatiga berilgan baho ham nazarda tutiladi. 

«Karim  yaxshi  ish  qilmadi.  O‘ktam  ishni  qoyil  qildi»  degan  iboralar  ko‘p 

ishlatiladi. 

 Muomala o‘z mohiyati va tuzilishiga ko‘ra murakkab axloqiy hodisadir. Unda 

kishining axloqiy ongi (motiv, istak, unga erishish yo‘lini tanlash), axloqiy faoliyat 

(xatti-harakat),  axloqiy  munosabat  (baholash)  va  kishining  unga  munosabati 

namoyon  bo‘ladi.  Shaxsning  niyati  (mayli)  zamirida  uni  u  yoki  bu  maqsadga 

undovchi  manfaatlar  mavjuddir.  Manfaatlar  ijtimoiy  va  shaxsiy  qimmatga  ega 

bo‘lib,  ma‘lum  bir  ehtiyojlardan  hosil  bo‘ladi.  Insonning  maqsadi  doimo 

asoslangan  bo‘ladi.  Sabab  (vaj)  muomala  odobinyng,  xatti-harakatning,  qiliqning 

bir  qismi  bo‘lib,  biror  harakatni  bajarishga  uning  yaxshi  yoki  yomon  ekanligini 

baholashga  asoslanadi.  Motivlar  (sabab,  vaj)  ijtimoiy-qimmatli  yoki  xudbinlik 

 31 


xarakteriga  ega  bo‘lib,  ko‘zlangan  maqsadga  erishish  uchun  vositalar  tanlashga ta‘sir  etadi.  Lekin  axloqiy  maqsadga  faqat  axloqiy  vositalarni  qo‘llash  bilangina 

erishish mumkin. 

Bolalar  hayotida,  ayniqsa  kichik  yoshdagi  bolalar  faoliyatida  va  xulqida 

hissiyotning  ta‘siri  kuchli  bo‘ladi.  Ular  hali  o‘z  xatti-harakatlarining  motivlarini 

to‘la anglab yetmaydilar. Katta yoshdagi o‘quvchilarning xulkida ham vaj-sabablar 

hamma  vaqt  ijobiy  xatti-harakatlarga  olib  kelavermaydi.  Bolalarning  xulqini 

baholashda xatti-hara-katlarning natijasiga  qarab xulosa  chiqarish lozim.  Muallim 

o‘quvchining  o‘z  xatti-harakatlariga,  xulqiga  shaxs-ning  munosabatini  ham 

e‘tiborga  olish  kerak.  O‘qituvchi  bolaning  xulqini,  xatti-harakatini  obyektiv 

baholash  uchun  bolani  bu  ishga  nima  da‘vat  etganini,  nimalar  sa-bab  bo‘lganini 

ham anikdashi lozim. Shundagina axloqiy baho tarbiyaviy qimmatga ega bo‘ladi. 

Bola  harakat  qiladigan  hayotiy  vaziyatlarni,  kutilmagan  holatlarni  oldindan 

aniklash  juda  qiyin.  Bolalarni  xatolardan  mutlaqo  saqlab  qolish  ham  muammo. 

Muallimning  vazifasi  o‘quvchiga  o‘z  xatti-harakatlarining  natijasini  ko‘z  oldiga 

keltira  bilishni  va  o‘z  xulqi  uchun  mas‘ul  ekanligini  tushuntirish,  anglatishdan 

iborat.  Bu  muallimning  dam  olish  paytlarida  ham,  o‘qishdan  tashqari  vaqtlarda 

ham o‘quvchilar bilan o‘zaro muomala odobida ma‘lum axloqiy normalarga rioya 

qilishni talab etadi. 

Pedagogik  faoliyatda  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlar  o‘qituvchi  bilan 

o‘quvchi  o‘rtasidagi  muomalaning  muhim  sohalaridan  biri  hisoblanadi.  Sinfdan 

tashqari  ishlar  o‘z  xususiyatiga  ko‘ra  darsdan  keskin  farq  qiladi.  Bu  ishlar  dars 

singari qat‘iy tartibga tushirilmagani uchun ham muallim va o‘quvchilardan o‘zaro 

nazoratni  kuchaytirishni,  halollik  va  vijdonlilikni,  xolislikni,  axloqiy  mas‘uliyatni 

ko‘proq  talab  etadi.  Shanbaliklar,  safarlar,  ekskursiyalar,  kino-teatrlarga  birga 

borish muallim bilan o‘quvchilarning muomala odobiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. 

Axloqiy  munosabatlar  tizimida  muallimning  o‘quvchilar  jamoasi,  o‘z-o‘zini 

boshqarish  organlari  bilan  muomalasi  muhim  rol  o‘ynaydi.  O‘quvchilarning  o‘z-

o‘zini  boshqarish  tashkilotlari  bolalarni  amaliy  faoliyatga  jalb  etishning  muhim 

yo‘nalishidir. 

 32 


Pedagogik  dalillar  va  ularning  taxdili  shundan  dalolat  beradiki,  muallim o‘quvchilar  bilan  muomalada  ma‘lum  axloqiy  talablar,  mezonlarga  amal  qilishi 

zarur. Bulardan eng muhimlari quyidagilar: 

—pedagogik  faoliyat  jarayonida  muallim  har  bir  o‘quvchining  qadr-

qimmatini inson sifatida hurmat qilish, o‘quvchiga nisbatan ishonch; 

—o‘quvchining  bilimi  va  xulqini  baholashda  talabchan,  adolatli  bo‘lish. 

Muallimning  bolaga  pedagogik  talablari  real,  uning  kuchi,  qobiliyati  va 

imkoniyatlariga  moye  bo‘lishi,  bolalarda  o‘z-o‘ziga  nisbatan  talabchanlik  va 

tanqidiy munosabatni o‘stirish; 

—muallimning bolaga mexribon, g‘amxo‘r bo‘lishi, bolaning shodligiga ham, 

tashvishlariga ham sherik bo‘lish; 

—bola mushkul vaziyatga tushib qolganda unga ko‘maklashish.' Muallimning 

yordami xolis, beg‘araz, beminnat bo‘lishi; 

—pedagogik jarayonda sodir bo‘lib turadigan ziddiyatlar, nizolarni ma‘muriy 

yo‘l  bilan  emas,  balki  axloqiy  mezonlar  asosida  murosaga  kelish  yo‘li  bilan  hal 

etish; 

—sinf  jamoasining  fikr-mulohazalarini  e‘tiborga  olish,  ularga  ishbnch  bilan qarash,  bolaning  xulkiga  baho  berganda  uning  sabablarini,  motivlarini  e‘tiborga 

olish; —sinfda  muallim  «yaxshi  ko‘radigan»,  «yomon  ko‘radi-gan»  o‘quvchilar 

bo‘lmasligi  kerak;  o‘quvchini  biror  xato  xatti-harakati  uchun  yomon  ko‘rib 

qolmaslik;  har  bir  bolaning  yaxshi  fazilatlarini  anikdash,  o‘stirish  va  tarbi-yaviy 

ta‘sir o‘tkazishda unga tayanish; 

—o‘qituvchi  o‘zining  butun  hayoti  va  mehnat  faoliyatida  yomonlikka, 

adolatsizlikka,  nopoklikka,  xulqi  buzukdikka  nisbatan  murosasiz  ekanligini 

ko‘rsatishi; 

 

 



 33 

Xulosa 


 Pedagogik  kasbi  dunyodagi  eng  qadimiy,  sharafli,  o`ta  mas`ulyatli 

mutaxasislik  hisoblanadi.  Uning  ob`ekti  dunyodagi  eng  mu`tabar, ulug‘  mavjudat 

insondir.  Shuning  uchun  ushbu  kasbning  insoniyat  taqdiridagi  roli  juda  muhim, 

ahamiyatlidir.  

O`zbekiston Respublikasi Prezdenti I.A.Karimov pedagoglar haqida  gapirar 

ekan, juda ma`ruzalari asarlarida uning qadr-qimati, insoni shaklantirish borasidagi 

mashaqatli  mehnati  jamiyatdagi  yuksak  o`rni  haqida  ta`kidladi.  Ayniqsa 

mustaqillik  sharoitida  pedagoglarning  davlat,  halq  oldidagi  yuksak  vazifalarini 

yana  ortadi.  Chunki  uning  mrehnati  samarasi,  natijasi  ko`p  tomondan  halqning 

kelajagini belgilab beradi. 

Halqning  kelajagini  tarkib  toptirishdek  vazifani  bajaruvchi  shaxsning  o`zi 

har  tomonlama  rivojlangan,  inson  va  kasb  ustasi  sifatida  mukammallika  erishgan 

faqat  ijobiy  ahloqiy  xislatlarga  ega  bo`lgan,  shaxslarni    yaxshi  tushunadigan  va 

ular  bilan  bir  zumda  munosabatlar  –muloqatlarga  kirisha  oladigan  bo`lishi  lozim. 

Pedagogning  kasbiy  xususiyatlaridan  eng  asosiy  o`z  fanini  mukammal  chuqur 

bo`lishdan  iborat.  Ayniqsa  pedagogika  maxsus  uslubiy  fanlarni  zamon  talablari 

asosida egallagan bo`lishi lozim. 

Pedagog  o`z  faoliyatini  samarali  tashkil  qilish  haqida  o`ylar  ekan  u  doimi 

kasbiy  mahoratini  oshirib  haqiqiy  malaka  darajasigacha  etkazmog`i  lozim.  Shu 

bilan  birgalikda    pedagog hodimlar  o`zlarining kasb-kor va qadr-qimatini himoya 

qilish  haqiqiy  pedagog  nomiga  dog`  tushurmasligi,  davlat  esa  pedagoglarning 

mashaqatli mehnatini ta`minlashi lozim. 

Totalitar  tuzum  davrida  pedagog    o`qituvchilarning  o`z  kasblaridan  boshqa 

ishlarga  ham  jalb  qilish  chalg`itish  holatlari  ham  mavjud  edi.  Mustaqillik 

sharoitida ushbu hollarga chek qo`yish maqsadga muvofiqdir. 

Yuqoridagilar asosida quyidagi xulosa va takliflarni aytish mumkin. 

1)  Pedagoglik kasbi dunyodagi eng qadimiy mag`lubiyatli sharafli hisoblanadi. 

 34 


2) Oqituvchi pedagogning jamiyatdagi iqtisodiy-ma`naviy ahvoli jamiyatning          jadal yoki sust rivojlanishini belgilab beradi. 

      3)Pedagogning kasbiy va insoniy xususiyatlarining   bir-biriga mos   

mutanpsib holda shakilanganliga. 

      4) Pedagogik mahorat o`qituvchi-tarbiyachida qanchalik mukammal  

shakllangan bo`lsa pedagoglik faoliyati samarali bo`ladi. 

  

 



 

  

 



  

 

  



 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 35 



ADABIYOTLAR    RO`YXATI. 

 1.  Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat.  –T; O`zbekiston. 1994 y  155 bet. 

2.  Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. T;   O`zbekiston   1999 yil. 179 bet. 

3.  Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda T; O`zbekiston. 1999 y 76 

bet. 4.  ‗Ta`lim to`g`risidagi qonun‘ 1997 yil 29 avgust. 

5.  ‗Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‘. Qonuni 1997 yil 29 avgust. 

6.  Avloniy A   Turkiy guluston yoxud axloq. T; O`qituvchi 1992 yil. 160 bet. 

7.  Achilov M. Nravestvennoe formirovanie buyshego uchitelya. T. O`qituvchi 

1979 yil 310 bet. 

8.  Ashurov. M.O. Formiravaniy pravstvennix. 

9.  Baranov S.P. va boshqalar Pedagogika O`qituvchi 1979-yil  340 bet. 

10. Mavlonova,  To`raeva,  Holiqberdiyev  Pedagogika  Toshkent;  O`qituvchi 

2002-yil. 384 bet. 

11. Pedagogika tarixidan xrestomatiya T; O`qituvchi 1993-yil. 

12. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi T; O`qituvchi  1994-yil 89-bet. 

13. Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. T;Fan 1994-yil. 136-bet. 

14. Forobiy A.Fozil shahr aholisining fikrlari T. Meros. 1993-yil. 222-bet. 

15. Karchak  Ya  Bolalarni  qanday  sevmoq  kerak.  T.  O`qituvchi.  1969-yil.  89-

bet. 

16. Komil inson haqida to`rt risola N. Komilov tarjimasi. Toshkent. Ma`niviyat. 1997-yil. 276-bet. 



17. Kojushko Ye. Sovremennыy terrorizm. - Minsk, 2000. 

18. Kurt Bartol. Psixologiya kriminalnogo povedeniya. - SPb., 2004. 

19. Mesherekova  B.  G.,  Zinchenko  V.  P.  Bolshoy  psixologicheskiy  slovar.  - 

SPb., 2005. 

20. Minkovskiy G. M. Psixologiya lichnosti prestupnika. - M., 1989. 

21. Olshanski D. V. Psixologiya terrorizma. - SPb., 2002. 

22. Platonov Yu. P. Sosialnaya psixologiya povedeniya. - SPb., 2006. 

23. Psixologiya  o  terrorizme  (materialы  «kruglogo  stola»)//  Psixologicheskiy 

jurnal. - 1995. - № 4. 

24. Tulaganova G. K. Tarbiyasi qiyin o‘smirlar. - T., 2005. 

25. G‘oziyev E. F. Yosh davrlari psixologiyasi. - T., 1994. 

26. G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. T., 2001. - 230 b. 

27. G‘oziyev E. G‘. Umumiy psixologiya. - T., 2010. 

28. http://www. psixologiya.ru 

29. http://www. psixologiya.uz 

30. http://www. pedagogika.uz 



31. http://www. ziyonet.uz 

http://fayllar.org
Download 192,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish