Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Tabiiy landshaftlar va tabiiy yodgorliklarni muxofaza qilish



Download 0.88 Mb.
bet99/164
Sana31.10.2020
Hajmi0.88 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   164

Tabiiy landshaftlar va tabiiy yodgorliklarni muxofaza qilish.


O’zbekiston tabiatini so’lim va sermanzarali, uning havosi va suvining musaffoligi, shifobaxshligi, ajoyib sharsharalar, qoya, g’or va o’monli maskanlarning mavjudligi, ularning barchasini atrof-muhit bilan yaxlitlikda, landshaftar bilan uyg’unlikda saqlab qolish taqozo etadi. Landshaftlarni o’zgarmagan holda saqlab qolib, ularni muhofaza qilish, bu joylardagi tabiiy jarayonlar va ekologik muvozanatining tabiiyligini, vaqt birligida yuz beradigan o’zgarishlarini o’rganish, tadqiq qilish nuqtai nazaridan ham ahamiyati katta. Respublikada 400 dan ortiq tabiat yodgorliklari mavjud. Jonsiz tabiat yodgorliklari orasida xilma-xil karst relefi shakllari, shu

jumladan, arxeologik ahamiyatga ega bo’lgan g’orlar va tepaliklar, nodir buloqlar, sharsharalar, ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan qoyalar va geologik ochilmalarni muhofaza qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, yer osti landshaftlari, ularning betakror, sehrli va maftunkor manzarali jiddiy muhofazaga muhtojdir. Landshaft-tabiat turkumi bo’lib, iqlim, relef, yer boyliklari, suv, o’simliklar va hayvonlarni o’z ichiga oladi. Landshaft qismlari bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda bo’ladi, uni bir qismining o’zgarishi boshqa qismlarining ham o’zgarishiga olib keladi. “Landshaft” so’zi nemischa so’z bo’lib, joyning turini anglatadi. Akademik L.S.Berg landshaftni quyidagi guruhlarga bo’ladi: chamanzor, o’rmonzor, botqoqlik, sohil, sahro, bog’ va boshqalar. Landshaftlarni madaniy va tabiiy xillarini farqlash mumkin bo’ladi. Madaniy landshaftlarga: ekiladigan yerlar, bog’lar, shahar, qishloq, zavod, poyezd va avtomobil yo’llari va boshqalar kiradi. Odatda tabiiy landshaftni ularning xususiyatlariga ko’ra botanik, geologik, gidrologik turlariga bo’ladilar. Botanik landshaftlarga – ko’p yillik daraxtlar, masalan, archazorlar, geologik landshaftlar turiga – ko’llar, buloqlar, sharsharalar va boshqalar kiradi. Samarqand viloyati va uning tevarak-atrofi tabiati juda go’zaldir. Ayniqsa, Amonqo’ton va Ohaklik tog’ida nihoyatda chiroyli manzaralar, mo’jizakor so’lim oromgohlar mavjud bo’lib, ular nafaqat respublikamiz fuqarolari, balki chet el sayyohlari diqqatini ham o’ziga jalb

etmoqda.


Inson barcha xil landshaftlarni o’zgartira oladi, lekin landshaftlarni tabiiy holatda tarixiy meyoriy yodgorliklar sifatida saqlash, muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. Chunki landshaftlar qiyofasining o’zgarishi odamlarga, hayvonot va o’simliklar olamiga salbiy tasir ko’rsatadi.

Tabiatning nodir obyektlari bazan inson ta’siri tufayli xarob bo’lmoqda, yo’qolmoqda. Respublikamizning go’zal landshaftlarini muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega. Bu betakror go’zallik namunalari Respublikamizda turizmni taraqqiy ettirish maqsadida ishlatilishi va katta foyda keltirishi mumkin. Tabiat landshaftlarini saqlab qolish va ularni o’rganishda qo’riqxonalarni tashkil etilishi katta ahamiyatga egadir. O’zbekistonning ba’zi tog’larida xilma-xil ko’rinishdagi, xususan haykalga o’xshash toshlar uchraydi. Bu toshlar ba’zan nodir va yo’qolib ketgan hayvonlarning ko’rinishini eslatadi. Respublikamizning Ilonsoy, Zarafshon tizma tog’lari, Urgut va boshqa tumanlaridagi tog’larning 40 dan ortiq joylarida turli davrda yashagan va chizilgan hayvonot olami vakillarining rasmlari topilgan. Suratlarda tog’ echkisi, sigirlar, ot, tuya, it va boshqa uy, yirtqich hayvonlar va ularni ovlash usullari o’z aksini topgan. Afrosiyob xarobalarining arxeologik qazilmalarida kishini hayratga soladigan naqshlar topilgan. Tabiiy landshaftlar va tarixiy yodgorliklar, ayniqsa Samarqandning boy me’morchiligi, eksponatlar, tabiat qo’ynidagi kishilar dam oladigan oromgohlarni muhofaza qilish, ularni avaylab-asrash hozirgi kunning muhim tadbirlaridan biri hisoblanadi.


© GOD Vashe Imya


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat