Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Ekosistemalarda modda aylanmasi va uning maxsuldorligi



Download 0.88 Mb.
bet86/164
Sana31.10.2020
Hajmi0.88 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   164

Ekosistemalarda modda aylanmasi va uning maxsuldorligi.

Ekosistemada o’simliklar tomonidan vaqt birligi ichida yaratiladigan organik modda miqdori ekosistemaning birlamchi maxsuldorligi deyiladi. Umumiy va sof birlamchi maxsuldorlik farq qilinadi. O’simlik tomonidan vaqt birligi ichida yaratilgan organik moddaning umumiy miqdori umumiy birlamchi maxsuldorlikni tashkil qiladi. Bu maxsuldorlikning bir qismi o’simlikning hayot faoliyatini ushlab turishga sarflanadi va tanada to’planadi. Bu o’sishiga sarflangan qism sof birlamchi maxsuldorlikni hosil qiladi. Sof birlamchi maxsuldorlik konsumentlar uchun energiya zaxirasi bo’lib xizmat qiladi. Vaqt birligi ichida konsumentlar massasining o’sishi ekosistemaning ikkilamchi maxsuldorligini hosil qiladi. Ikkilamchi maxsuldorlik har bir oziq darajasi uchun alohida hisoblab topiladi.

Ekosistemadagi barcha organizmlarning massasi biomassa deb ataladi. Sof birlamchi va ikkilamchi maxsuldorlikning yaratilishi va sarflanish tezligi jihatidan ekosistemalar turli tuman bo’ladi. Lekin barcha ekosistemalar uchun birlamchi va ikkilamchi maxsuldorlikning aniq miqdoriy nisbatlari xos. Har doim vaqt birligi ichida yaratilgan birlamchi biomassa miqdori oziq darajalarning ketma ketligi bo’ylab kamayib boradi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deyladi. Organik moddaning yaratilish tezligi har bir trofik darajadagi organizmlarning biomassasini belgilamaydi. Produtsentlar va konsumentlarning aniq biomassasi shu trofik darajada yaratilgan organik modda va uning keyingi darajaga berilgan miqdorlarining nisbatiga bog’liq. Bundan tashqari biomassa miqdoriga organizmlardagi avlodlar almashinish tezligi ham ta’sir ko’rsatadi.

Quruqlik ekosistemalarida biomassalar piramidasi qonuni amal qiladi, ya’ni o’simliklar biomassasi Har doim o’simlikxo’r hayvonlar biomassasidan, o’simlikxo’r hayvonlar biomassasi esa yirtqichlar biomassasidan yuqori bo’ladi. Turli ekosistemalarda biomassaning o’sish tezligi turlicha bo’ladi. O’rmonlarda biomassa sekinroq o’sadi va yiliga 2-6% ni tashkil qiladi. Utchil o’simliklar xukumron biotsenozlarda yillik maxsuldorlik 40% dan 76% gacha bo’lishi mumkin. Utloklarda o’simliklar tomonidan bir yilda yaratilgan biomassaning 70%i gacha hayvonlar tsmonidan iste’mol qilinsa, o’rmonlarda bu ko’rsatkich o’rtacha 10% ni tashkil qiladi.

Okeanlarda asosiy produtsentlar bir xujayrali suvo’tlar bo’lib, ularda avlodlar almashinishi juda tez. Shuning uchun bir yilda ular uz biomassalariga nisbatan bir necha yuz martagacha ko’p maxsulot yaratadi. Lekin sof birlamchi maxsulot tezda oziq zanjiriga tushadi va suvo’tlar biomassasi juda kam o’sadi. Tez ko’payish hisobiga organik modda zaxirasi doimo yetarli bo’lib turadi. Okeanlarda biomassalar piramidasi qonuni amal qilmaydi. Yuqori trofik darajalarda biomassa ko’proq to’planadi. O’simliklar biomassasi hayvonlar biomassasidan kamroq bo’ladi. Energiya uzatilishi yirtqich-o’lja aloqalari orqali o’tadigan Oziq zanjirlarida sonlar piramidasi qonuni ham amal qiladi, ya’ni individlar soni oziq zanjiri bo’ylab kamayib boradi.


    1. Download 0.88 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat