Organik kimyo:
Organik kimyo fani va uni biologiya bilan bog’lanishi; biologik jarayonlarda organik birikmalarni o’rni va ahamiyati; organik birikmalarni klassifikasiyasi; izomeriya xodisasi; to’yingan, to’yinmagan, asetilen, alisiklik va aromatik uglevodorodlar; spirtlar va fenollar; aldegidlar, ketonlar va karbon kislotalar; geterofunksional birikmalar; izomerlar; azotli organik birikmalar; sintetik va tabiiy polimerlar; geterosiklik birikmalar; organik birikmalar identifikasiya usullari.
Fizik va kolloid kimyo;
Kimyoviy termodinamika elementlari; termodinamikani 1-chi qonuni; termoximiya, Gess qonuni; termodinamikani 2-chi qonuni; termodinamik funksiyalar va potensiallar; eritmalar; eritmalarni kolligativ xususiyatlari; elektrolitlar eritmalari; chegara potensiallari va elektrxarakat kuchlar, galvanik elementlar; eritmalarni elektr o’tkazuvchanligi; kimyoviy reaksiya kinetikasi va kataliz; aktivlashish energiyasi; kimyoviy muvozanat va unga ta’sir qiluvchi faktorlar; dispers tizimlar fizik kimyosining va sirtki xodisalarning asosiy tushunchalari; dispers tizimlar klassifikasiyasi; kolloid birikmalar va ularni olish, optik va elektrik xususiyatlari, qattiq jismlar va suyuqliklar sirtida adsorbsiya; kolloid eritmalar koagulyasiyasi; dispers tizimlar xususiyatlari.
Umumkasbiy fanlar. Umumbiologik kurs: Botanika:
Tuban o’simliklar; kelib chiqishi, evolyusiyasi, eukariot va prokariot vakillar; xujayra tuzilishi, tallom strukturasi; suvo’tlari; zamburug’lar, lishayniklar: sistematik guruhlari, ko’payishi va tarqalishi, ekologik guruhlari, muhim vakillari, ahamiyati.
O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi: yuksak o’simliklarni xujayra tuzilishi; hayot faoliyati mahsulotlari; o’simlik to’qimalari; tuzilishi, turlari, ahamiyati, joylashishi.
O’simlik vegetativ a’zolari tuzilishi va rivojlanishi; gulli o’simliklar biologik turlari; ildiz, tuzilishi, funksiyasi, shoxlanish; poya, tuzilishi, funksiyasi, yog’ochlikni shakllanishi; barg, tuzilishi, funksiyasi, turlari, metamarfozi, o’simliklar ko’payish a’zolari va ko’payish; jinssiz va jinsiy ko’payish; vegetativ ko’payish a’zolari, gulning tuzilishi va uning biologik ahamiyati; to’pgullar; androsey, changning tuzilishi; mikrosporagenez, otalik gametofit rivojlanishi; genisey; urug’kurtak tuzilishi; megasporogenez va onalik gametofit rivojlanishi; changlanish usul va turlari; qo’sh urug’lanish; urug’ni rivojlanishi va klassifikasiyasi; yuksak o’simliklar: xilma–xilligi, tur, urug’, oila. Tartib, sinf, bo’lim sistematik belgilari; yuksak o’simliklarni kelib chiqishi va rivojlanishi; flora haqida tushuncha; kelib chiqishi va evolyusiyasi; flora xaqida tushuncha; kelib chiqishi va evolyusiyasi; flora analizi: turli region floralarini solishtirish; florani vertikal va gorizontal tarqalishi qoidalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |