Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


-Mavzu: Atrof muhitning global muammolari



Download 0.88 Mb.
bet102/164
Sana31.10.2020
Hajmi0.88 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   164

16-Mavzu: Atrof muhitning global muammolari.



Reja:
16.1. Hozirgi zamon global ekologik muammolar. 16.2. Barqaror rivojlanish va atrof muhit.

16.3. Xalqaro konvensiyalar.
Tayanch iboralar: atrof muhit ifloslanishi, barqaror rivojlanish, «Rim klubi», Stokgolm konferensiyasi, konvensiya.


    1. Hozirgi zamon global ekologik muammolar.

Hozirgi avlod ko’z o’ngida maxalliy va regional ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Bunda inson tomonidan o’zgartirilgangan tabiatning ijtimoniy taraqqiyotga ta’sirinnng keskin ortishi kuzatiladi. Insoniyat tarixida ekologik inqirozlar ko’plab kuzatilgan. Ulariing natijasida millionlab gektar yerlar cho’lga aylangan. Minglab o’simlik va hayvon turlari qirilib ketgan, o’rmonlariing

mayloni qisqargan, gullab yashnagan sivilizasiyalar inqirozga yuz tutgan. Atrof muhitdagi katta ko’lamidagi salbiy ekologik o’zgarishlar XVII asrdan boshlangan va

XX asriing boshlariga kelib yer yuzidagi ekologik sistemalariing 20% buzilgan. XX asriing ikkinchi yarmiga kelib qisman va to’la buzilgan ekosistemalar xissasi 63% dan oshdi. 1960-yillar oxirida rivojlangan g’arb mamlakatlarda atrof muhitning ifloslanishiga qarshi kuchli jamoatchilik Harakati vujudga kelgan, dastlabki ekologik qonunlar qabul qilingan, mingga yaqin ekologiya va rivojlanish masalaliri bilan shug’ullanadigan tashkilotlar tuzildi. 1998- yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat. Maorif, biznes vakillari «Rim klubi» deb nomlangan nodavlat tashkilotini tuzishdi. Klub a’ozlari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab axvolini muxokama qilish va inqirozdan chikqish yo’llarini o’rganishni asosiy maqsad deb belgiladilar. 1972 -yil 13 –martda «Rim klubi» uchun tayyorlangai

«Rivojlanish chegaralari» ma’ruzasi e’lon qilindi. Ma’ruzada sayyoramiz kelgusi ekologik! holatini bashorat qilish bo’yicha global model taxlil qilingan. Modelda sayorada o’sishni va uning chegarasini belgilaydigan besh asosiy omnl: aholi soni, qishloq, xujalik ishlab chiqarishi, tabiiy resurslar, sanoat ishlab chiqarishi va atrof muhitniig ifloslanishi asos qilib olingan. Ma’ruzada aholi sonining ortishi sur’atlari na iste’mol modeli o’zgarmasa XXI asriing 30- yillariga kelib chuqur ekologik inqirozlar bashorat qilingan.

«Rim klubi»ning e’lon qilingan keyingi global modellarida (1974; 1990; 1992) yangi sharoitlar hisobga olingan, o’sish istiqbollariga, ekologik xalokat xavfiga karashlar o’zgargan. 1972-yil 5-iyunda Stokgolmda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Atrof muhit bo’yicha birinchi Umumjaxon Konferensiyasi o’tkazildi. Unda 11Z davlat vakillari qatnashdilar. Konferensiyada ekologik yo’naltirilgai sotsial-iqtisodiy rivojlanish g’oyasi oldinga surilgan bo’lib, o’nga muvofiq. aholi turmush darajasining ortishi yashash muhitining yomonlashishi va tabiiy sistemalariing buzilishiga yo’l qo’ymasligi lozim. Ekologik rivojlanish davlatlar o’rtasidagi munosabatlar va iqtisodiyotdagi chuqur o’zgarishlar, resurslarii taqsimlash va foydalanish strategiyasida, dunyoning rivojlanishida tub burilishni ko’zda tutadi. Ekologik rivojlanishning asosiy talablari Konfsrensnyada qabul qilin-gai 26 prinsipdan iborat «Stokgolm deklarasiyasi»da keltirilgan. Bu prinsiplardai birida « Har bir inson qulay atrof muhitda yashash xukukiga ega, uning sifati esa insonlarii munosib xayot kechirishga va taraqqiyotga erishadigan darajada bo’lishi kerak» deb takidlanadi. Qabul qilingan

«Tadbirlar rejasi» 109 banddan iborat bo’lib. Unda alohida davlatlar va xalqaro hamjamiyat o’rtasida atrof-muhitni muxofaza qilishning tashkiliy, siyosiy va iktisodiy masalalari yoritilgan. Xalqaro tashkilotlar faoliyatini oshirishga alohida e’tibor ko’rsatilgan. Konferensiya qarori bilan uning ochilish kuni- 5 iyun butunjaxon atrof muhitni muxofaza |qilish kuni deb belgilandi. Konfersnsiyadan so’ng, belgilangan vazifalarii amalga oshirish uchun BMTning Bosh assambleyasi atrof muhit bo’yicha maxsus dasturi-YuNEP (UNYeR)ni tuzdi. YuNEP birinchi navbatda eng dolzarb muammolar- cho’llanish, tuproqlar degradasiyasi, chuchuk suv zaxiralarining kamayishi, okeanlariing ifloslanishi, o’rmonlariing kesilishi, qimmatli hayvon va o’simlik turlarinnng yo’qolishi muammolari bo’yicha takliflar ishlab chiqishi kerak edi. Butunjaxon atrof-muhit jamgarmasi tashkil etildi. Jamgarma BMTga a’zo davlatlariing badali hisobiga rivojlanayotgan mamlakatlarlagi turli ekologik muammolarii xal qilish bo’yicha loyixalarii moliyalashtirishi belgilandi. Stokgolm Konferensiyasidan keyin jaxon hamjamiyati ekologik yo’naltirilgan taraqqiyotga erishish bo’yicha dastlabki qadamlarii tashladi. 1975-yili aholi soni 4 milliard, 1987-yili 5 milliarddan oshdi. Dunyoning turli chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi, Orol dengizining kurishi, Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi qurg’oqchilik, Chernobil AES xalokati, okeanlariing neft maxsulotlari bilan ifloslanishi, «ozon tuynuklari»

muammolari chegara bilmasligi, regional va global oqibatlari bilan namoyon bo’ldi.




    1. Download 0.88 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat