Alessandro Volta



Download 29,92 Kb.
Sana15.03.2020
Hajmi29,92 Kb.
#42521
Bog'liq
Alessandro Volta

 Alessandro Volta

Alessandro Volta (1745 – 1827) Italiyaning Komo shahrida tug’ilgan. 18 yoshidayoq, zamonaviy fizika masalalari borasida yirik olimlar bilan yozishmalar olib borgan. Shunisi qiziqki, Volta aniq fanlarga ham, badiiy did bilan yondoshgan. Misol uchun u 19 yoshida, o’z zamonasida yuz bergan kimyoviy va fizik kashfiyotlar hamda, ixtirolar haqida, lotin tilida qasida yozgan ekan.

Voltaning birinchi ilmiy ishi 1764 yilda nashrdan chiqqan bo’lib, unda «leyden bankasi» haqida so’z yuritiladi. 1771 yilda esa, Voltaning nisbatan mukammalroq ilmiy risolasi – «Elektrni qo’zg’atish usullarining empirik tadqiqotlari va mshina konstuktsiyasini takomillashtirish» nomi ostida chop etildi. 1774 yildan boshlab Volta ona shahridagi maktablarning birida fizika o’qituvchisi bo’lib ishlay boshlaydi. 1777 yilda u avval, elektroforni, keyinroq kondensatorni ixtiro qiladi. Bu hammasi emas: Voltaning ixtirolari qatorilga yana elektr to’pponcha, vodorod lampasi, hamda evdiometr[1]larni kiritish joiz. Ko’rinib turibdiki, Volta nafaqat yuksak zehnli nazariyotchi, balki, amaliy ixtirolar borasida ham ancha samarador ijod qilgan ekan.

Yuqoridagi kabi ilmiy kashfiyot va ixtirolar, jamoatchilik va ayniqsa davlat rahbarlarining nazaridan chetda qolmadi. 1777 yilda Alessandro Volta Pavia universitetida fizika professori unvoni bilan ishga tayinlandi. Taxminan 1780 yilda u olovli zondni ixtiro qildi. U shaxsan Napoleon tomonidan qo’llab quvvatlanar edi va  Paviya instituti faxriy a’zosi etib saylandi.

1790- yillarda chop etilgan o’zining dastlabki ilmiy maqolalarida Volta, Galvani qarashlarini muhokama qiladi va ularning ko’p qismini yoqlab chiqadi. Lekin, tez orada, Volta, Galvani nazariyasidan chetlasha boshlaydi va u ko’poroq hodisaning fizioliogik nuqtai nazardan emas, balki, fizik asoslari nuqtai nazaridan o’rgana boshlaydi. Avvaliga Volta «Yorilgan qurbaqa shuni ko’rsatmoqdaki, jonzot elektrometri, agar shunday atash o’rinli bo’lsa, boshqa har qanday eng sezgir elektrometrdan ham o’ta sezgirroq» degan xulosani e’lon qiladi. Keyinroq esa, Volta, turli jinsli metallarning tutashuvlarini tadqiq qilishga kirishadi: «Metallarning bunday farqqa ega bo’lishi albatta zaruriy shart; agar, har ikkala metall bir xil bo’lsa, unda, hech bo’lmaganda, ularning o’zro yaqinlashtirish usuli boshqacha bo’lishi kerak...» (ya’ni bir biriga teginadigan sirtini nazarda tutmoqda). Bundan keyingi tajribalar orqali Volta, elektr flyuididida tokning hosil bo’lishiga sabab, turli jinsli metallarning tutashuvi ekanligi, va uni qo’zg’atish uchun, faqat mushaklarning qisqarishi emas, boshqa har qanday, nerv qo’zg’alishlari ham sabab bo’lishi mumkinligini aniqladi. Vanihoyat Volta, kuzatayotgan effektning qutbiy ekanligini sezib qoldi. Metallarning o’rin almashtirilishi orqali amalga oshirilgan tajribada, avval kuzatilgan hodisa endi teskari yo’nalishda sodir bo’lar edi. Alessandro Volta qayd etgan bu faktlar soyasida, Leyden bankasi haqidagi farazlar chippakka chiqa boshlagan edi.

Keyinchalik Volta jonzotlardagi elektr nazariyasini uzil-kesil inkor qildi. U, Galvani effekti uchun fizikaviy asoslarni bayon qilib berdi. Bu haqida uning Kavalloga yozgan maktubida shunday deyiladi:

«... men, jonivorlar elektriga emas, balki, oddiy elektrga taalluqli bo'lgan g’oyat ajoyib qonunni ochdim. Elektr flyuidining harakati oniy emas, razryadning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, har ikkala metallar o’rtasidagi tutashuv saqlanib turgan vaqtda, bu metallar tirik yoki o’lik jonzotga qo’yilganmi, yoki, boshqa nometall, lekin yaxshi o’tkazgich bo'lgan narsalarga, masalan, suv yoki namlangan jismlarga qo’yilganmi – bundan qat’iy nazar doimiy va davomlibo’ladi»

Avvalroq, 1794 yilning 10 fevralida, o’sha Kavalloga yo’llangan boshqa bir xatini Volta to'g'ridan-to'g'ri savol bilan boshlagan edi: «Siz jonzotlarning elektri haqida qanday fikrdasiz? O’zimdan so’rasangiz, men barcha harakat (u elektr hodisalarini nazarda tutmoqda) metallarning dastavval qandaydir nam jism yoki suvning o’ziga tutashuvidan kelib chiqishiga allaqachon ishonch hosil qildim».

Volta, qurbaqa oyoqchalaridagi nervlarning elektr ta’sirida qo’zg’alishi, ular orqali elektr tokining o’tishi bilan bog’liq ekanligini, va bu nerv qo’zg’alishlari, tajribada qo’llanilayotgan metallar juftligining bir-biridan qanchalik masofada joylashganligiga bog’liq ekanligini e’lon qildi. U nerv qo’zg’alishlari, metallar juftligining quyidagicha: Rux, Qalay folga, Qalay plastinka, Qo’rg’oshin, Temir, Latun, turli sifat ko’rsatkichidagi Bronza, Mis, Platina, Oltin, Kumush, Simob, Grafit  tartibdagi ketma-ketligida, bir-biridan qanchalik uzoq masofada joylashsa, shunchalik kuchliroq ro’y berishini ta’kidlaydi. Voltaning ushbu mashhur kuchlanishlar qatori va uning ochgan kuchlanishlar qonuni, ko’rilayotgan effektning yadrosini tashkil qiladi. Voltaga ko’ra, jonivorlarning tana a’zolari «juda passiv, sodda va sezgir elektrometrlardi, ular faol emas, balki, metallar faol bo’lib, metallarning tutshuvi elektr flyuidining paydo bo’lishiga birinchi turtki beradi, bir so’z bilan aytganda, bunday metallar shunchaki o’tkazgichlar yoki elektr uzatgichlar emas, ular elektrning haqiqiy dvigatellari[2]dir...»

O’z maqolalarining birida Volta, tutashuv kuchlanishi g’oyasi unda uch yil avval paydo bo’lgani va 1793 yildayoq metallarning kuchlanish qatorini tasniflagani haqida alohida ta’kidlab yozadi.

Demak, shunday qilib, effekt hosil bo’lishining mohiyati, Voltaning fikriga ko’ra, «Turli navdagi va tasnifdagi o'tkazgichlarning tutashgan va o’zaro teginib turgan joyida elektr flyuidini paydo qila oladigan va uni harakatga keltiradiganmetallarning xususiyatlari bilan asoslanadi. Bundan kelib chiqadiki, ulardan uch yoki undan ortiq turli xillari o'tkazgich zanjir hosil qilsa, masalan ikki xil metallar – kumush va temir, qo’rg’oshin va latun, kumush va rux va ho kazolardan, - bir yoki undan ko’proq, nam o'tkazgichlar sinfiga mansub o'tkazgich ulansa, (bunday o'tkazgichlarga jonzotlarning tana qismlari kiradi), agar, bu o'tkazgich (ya’ni jonzot tanasini nazarda tutyapti) birinchi tasnifdagi o'tkazgichlarning (ya’ni metallarning) o’rtasida joylashsa va ularga tutashsa, buning natijasida bir tomonlama oquvchi doimiy tok hosil bo'ladi, va bunday tokning yo’nalishi, tuashish natijasida tomonlarning qaysi biri kuchliroq ta’sir ko’rsatayotganligiga bog’liq bo'ladi».

Albatta, Volta o’z xulosasini bizning zamonamiz uchun birmuncha murakkab tilda bayon etgan, uni soddaroq tushuntiradigan bo’lsak, ikki xil, (ya’ni ikki xil jinsli) metallarning tutashuvidan, elektr kuchlanishi potentsiali paydo bo'ladi, agar sodda elektr zanjir yig’ib, o’sha metallar tutashuvidan hosil bo'lgan kuchlanishni biror o'tkazgich orqali o‘tkazsak, unda bir tomonlama yo’nalishli doimiy tok hosil bo'ladi. Ya’ni bu – hozirgi oddiy batareyalarning Volta zamonasidagi talqini bo'lgan. Shunga qaramay Volta doimiy tok hosil bo’lishi shartini aniq tushuntirib bergani tahsinga sazovor.  Galvanichilarning raddiyalariga ilmiy javob berarkin, Volta, doimiy tok hosil bo’lishi effektining hech qanday fiziologiyaga bog’liq joyi yo’qligi, aksincha effektning mohiyati butunlay fizik jarayon ekanligini isbotlab berdi. Ungacha tok indikatori sifatida jonivorlardan yoki ularning tana qismlaridan (asosan qurbaqalarda) foydalanishar edi. U tok manbaini tadqiq qilishda o’zining yangi uslubi – kondensatorli elektrometr yordamida, tutashuv (kontakt) potensiallari farqini o’lchashga asoslangan yo’nalishi bilan tirik jonzotlarning tanalarini elektr indikator sifatida qo’llash ishlariga chek qo’ydi. Bu haqida Voltaning 1795 yilda Gren va 1798 yilda Aldinilarga yozgan maktublarida uning o’zi batafsil yozgan edi.



REFERAT

Mavzu: Alessandro Volta



(1745 – 1827)

Bajardi: Sahobiddinov J.

Tekshirdi: ____________
Download 29,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish