Ajniyoz nomidagi ndpi tarix fakulteti "Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi" kafedrasi 4-b bosqich



Download 185,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.02.2020
Hajmi185,3 Kb.
#40521
  1   2   3
Bog'liq
milliy goya targiboti asosiy usullari


 

Ajniyoz nomidagi NDPI Tarix fakulteti “Milliy g’oya, 



ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi 4-b bosqich 

talabasi  Nasrullayev Abdurashidning 

“Milliy g’oya, targ’iboti texnologiyalari” fanidan 

KURS ISHI 

 

Mavzu: Milliy g’oya targ’iboti, asosiy usullari 

Bajardi:   

 

 

 



 

 

 



NasrullayevA. 

Qabul qildi:   

 

 

 



 

 

Ametov Axmet 



Nukus-2016 

 

Mavzu:   



 Milliy g’oya targ’iboti, asosiy usullari. 

Mundarija: 

Kirish:…………………………………………………………..3 

I-BOB.    Yurtimizda  va  xorijiy  davlatlarda  Targ’ibot 

texnologiyalarga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj…………………….5 

1.1.


 

Hozirgi  kunda  yurtimizda  Milliy  g’oya  targ’ibotiga 

bo’lgan e’tiborning ortib borishi………………….....5 

1.2.


 

Xorijiy davlatlarning targ’ibotga qaratayotgan e’tibori 

va uslublari…………………………………………20 

II-BOB.  Bugungi  kunda  ta’limni  zamonaviylashtirish  va 

metodlar asosida darsni tashkillashtirish masalalari…………..23 

 

2.1.      Ta’limda  an’anaviy  va  noan’anaviy  uslublarning 



farqi, ijobiy va salbiy taraflari…………………………………23 

 

2.2.      Metodlar  va  ularni  Milliy  g’oya  targ’ibotida 



qo’llashning ahamiyati………………………………………...28 

Xulosa…………………………………………………………38 

Foydalangan adabiyotlar………………………………………40 

 

 



 

 

Kirish 

 

Mavzuning  dolzarbligi  shundaki  “dunyoda  bo’layotgan  notinchliklarga 

qarshi  turadigan,  bizning  kuchli  qurolimiz  bo’lgan  Milliy  g’oyamiz, 

Ma’naviyatimiz,  urf-odatlarimizni,  xalqimiz  orasida  targ’ib  qilish,  qolaversa 

yoshlarimiz bilan yangi innovatsion texnologiyalar yordamida o’quvchi talabalarga 

singdirish,  xalqimiz  ongini,  immunitedini  bundanda  mustahkamlashdek” 

masalalarni o’z ichiga oladi. 

 

Prezidentimiz Islom Abdug’aniyvch Karimov ta’kidlaganidek “Milliy g’oya 



va  milliy  istiqlol  g’oyasi  haqida  so’z  borar  ekan,  biz  nihoyatda  keng,  murakkab 

serqirra,  murakkab  tushunchalarni  tasavvur  qilishimiz  kerak.  Bu  tushunchalar 

Vatan  ravnaqi  ,yurt  tinchligi  ,  xalq  farovonligi  kabi  yuksak  g’oyalarning  ma’no 

mazmunini  teran  anglab  olishga  xizmat  qiladi.  Bu  g’oya  xalqni-  xalq,  millatni  –

millat etadigan, uning shon-u sharafi, ishonch e’tiqodini, ifodalaydigan, o’ziga xos 

taraqqiyot  yo’li,  turmush  tarzi,  tub  manfaatlariga  tayangan  xolda  muttasil 

rivojlanib boruvchi qarashlar tizimidir” 

 

Mavzuning  o’rganilish  darajasi.  Mamlakatimizda  Milliy  g’oyani  targ’ib 

qilish, yoshlar bilan bog’liq masalalarga O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov katta 

ahamiyat  bermoqda.  Shuningdek  Prezidentimizning  deyarli    har-bir  asarida    xalq 

farovonligi,  yurt  tinchligi  va  Vatan  ravnaqi  haqidagi  fikrlarida  yoshlarning  va 

milliy  g’oya  targ’ibot  tashviqotning  o’rni  va  ahamiyati  haqidagi  ilmiy  va  amaliy 

asoslangan fikr va ko’rsatmalari hamda xulosalari kurs ishida o’z ifodasin topgan.  

 

Bundan  tashqari  Milliy  g’oya  targ’ibotida,  yangi  uslublarning  qo’llanilishi, 



dasturiylikdan  zamonaviylikga  o’tishning  ta’lim  yo’nalishida  qanchalik  foyda 

berishi va natijalari, metodlar orqali dars o’tish uslublari qanchalik samara berishi 

kurs ishida ko’rsatib o’tildi va o’rganildi. 

 

 



 

 



Kurs  ishining  maqsad va  vazifalari.  Mazkur kurs ishining  maqsadi   Milliy 

g’oyamizni  yoshlarimizga,  kelajak  avlodga  yetkazishda  turli  xil  yangicha 

uslublardan 

foydalanishni 

o’rganish, 

qolaversa 

yangicha 

inavatsion 

texnologiyalardan  foydalanib  dars  o’tishni  yanada  chuqurroq  o’rganib, 

o’quvchilarga  qiziqarli  tarzda  ma’lumotlarni  yetkazishdir.  Zero  Prezidentimiz 

ta’kidlaganidek  “Bir  haqiqatni  o’zimizga  yaxshi  anglab  olishimiz  kerakki,  milliy 

mafkurani  tepadan  turib  yaratib  va  hayotga  joriy  etib  bo’lmaydi.  Bu  –  nihoyatda 

prinsipial  masala.”

1

  Shunday  ekan  milliy  g’oyani  yoshlar  ongiga  singdirishning 



yangi  va  samarali  usullarini  izlab  topish  hamda  uni  hayotga  joriy  etish 

Davlatimizning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. 

Qolaversa  yana  bir  maqsadlaridan  biri,  o’quvchilarga  milliy  g’oya  targ’iboti 

texnologiyalari haqida muayyan bilim va tushunchalar berishdan iborat. 

Fuqorolik jamiyati va milliy g’oyaning targ’ibot texnologiyalarining yangicha 

paradigmalarini  I.A.Karimov  asarlari  asosida  o’rganish,  zamonaviy  targ’ibot 

texnologiyalari bilan o’quvchilarni tanishtirish. 

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratiyalashtirish jarayonlari milliy 

g’oyaga oid Prezident I.A.Karimov asarlari tahlil etiladi. Sharq mutaffakirlarining 

milliy  g’oya  to’g’risidagi  qarashlari  ,  uning  milliy  va  umuminsoniy  negizlari, 

hozirgi  dunyo  erishayotgan  yutuqlar,  milliy  g’oya  targ’iboti  texnologiyalari, 

uslublaridagi yangiliklarni tahlil etishdan iborat. 



Kurs  ishining  tizilishi  va  hajmi.  Mazkur  kurs  ishi  ikki  bob,  to’rt  reja,  xulosa, 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, prezentatsiya ishini o’z ichiga oladi. 

 

 

                                           



1

 Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” asaridan. 



 

 



I-BOB

 

Yurtimizda 



va 

xorjiy 

davlatlarda 

Targ’ibot 

texnologiyalarga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj. 

1.1.

 

Xozirgi 

kunda 

Yurtimizda 

Milliy 

g’oya 

targ’ibotiga bo’lgan e’tiborning ortib borishi. 

  

XXI  asrni  axborot  asri,  axborot  tеxnologiyalari  asri  dеb  atash  tobora  rasm 



bo`lmoqda.  Chunki  asrmizda  inson  eshitayotgan,  ko`rayotgan  barcha-barcha 

narsalar uning istaklarini, didini o`zgartirishga, fikriga ta'sir qilishga yo`naltirilgan. 

Tan  olish  kеrak,  tomosha  qilinayotgan  sеriallardan  tortib  bolakaylarga  aytib 

bеriladigan  ertakkacha,  boringki,  o`qiyotgan  kitoblarimiz  ham  qandaydir 

mafkuraviy  yukka  ega  -  ularda  muayyan  g`oyalar  targ`ib  qilinadi.  Bu  holat  «Eng 

asosiy narsani ko`z bilan ilg`ab bo`lmaydi» dеgan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. 

Bunday  ko`zga  ko`rinmas  qudratli  targ`ibot  kuchlari  kishini  hamma  yеrda  va  har 

kuni  qurshab  turadi.  Bu  kuchlarning  maqsadi  –  insonni  nimagadir  ishontirish, 

nimagadir  undash,  nimagadir  og`dirish.  Tadbirkor  mahsulotini  rеklama  qilib,  uni 

sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o`z diniga e'tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro 

maydonda ba'zi davlatlar o`zining «katta og`a» ekanini uqtirishga harakat qiladi. 

Lеkin  tanganing  orqa  tomoni  ham  bo`ladi-ku.  Agar  o`sha  molini 

maqtayotgan  tadbirkor  tamaki  sotayotgan  bo`lsa-chi?  Uning  zarari  haqida 

odamlarni kim ogohlantiradi? Agar o`sha dindor, din chеtda qolib, davlat tuzumini 

ag`darishga  chaqirayotgan  bo`lsa-chi?  Bunday  buzg`unchiliklardan  xalqni  kim 

qaytaradi?  Yoki  jahonda  «katta  og`a»larning  qo`lidan  tutib  emas,  mustaqil  odim 

tashlash kеrakligini kim tushuntiradi? Bu kabi targ`ibotni yoki aksiltarg`ibotni kim 

tashkil qilishi kеrak?  

Milliy  g’oya  targ’iboti  va  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirish 

to’g’risida ,Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy 



 

qadriyatlarimiz,  an’ana  va  urf-odatlarimizni  asrab-avaylash  xalqimiz,  ayniqsa, 



yosh  avlod  qalbi  va  ongiga  ona  yurtga  muhabbat,  istiqlolga  sadoqat  tuyg’ularini 

chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.  

     Bu  borada  tegishli  idora  va  tashkilotlar,  jumladan,  Respublika  Ma’naviyat  va 

ma’rifat  kengashi  hamda  uning  joylardagi  bo’limlari  tomonidan  muayyan  ishlar 

amalga oshirilayotganini qayd etish lozim.  

    Shu  bilan  birga,  xalqaro  maydonda  mafkuraviy,  g’oyaviy  va  informatsion 

kurashlar  kuchayib  borayotgan  hozirgi  murakkab  va  tahlikali  davrda  ma’naviy-

ma’rifiy  ishlarni  zamon  talablari  asosida  tashkil  etish,  yoshlarimizni  turli 

mafkuraviy  xurujlardan  himoya  qilish,  yurtdoshlarimizning  hayotga  ongli 

munosabatini  shakllantirish,  yon-atrofda  yuz  berayotgan  voqealarga  daxldorlik 

hissini  oshirish,  mamlakatimiz  mustaqilligi,  tinch-osoyishta  hayotimizga  xavf 

tug’dirishi  mumkin  bo’lgan  tajovuzlarga  qarshi  izchil  kurash  olib  borish  vazifasi 

ushbu  sohadagi  ishlarni,  jumladan,  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat 

kengashining  faoliyati  va  tarkibiy  tuzilishini  qayta  ko’rib  chiqishni  taqozo 

etmoqda.  

    Mamlakatimizda  milliy  g’oya  targ’iboti  va  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarning 

samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida 

hamda  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashining  navbatdagi  yig’ilishida 

bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda:  

    1.  O’zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziriga  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat 

kengashiga  raislik  qilish,  shuningdek,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i 

Kengesi  Raisi,  viloyatlar,  shahar  va  tumanlar  hokimlariga  esa  hududiy 

kengashlarga rahbarlik qilish vazifasi yuklatilsin.  

    2.  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar  hokimliklari  shtatlar  jadvaliga  qo’shimcha  ravishda  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi  Raisi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 



 

hokimliklarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi shtati (jami 14 ta 



shtat birligi) kiritilsin.  

      3.  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashining  tarkibiy  tuzilishi  ilovaga 

muvofiq tasdiqlansin.  

    4. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura ilmiy 

targ’ibot  markazi  o’rniga  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashining  ilmiy-

amaliy  yo’nalishida  faoliyat  olib  boradigan,  davlat  byudjeti  hisobidan 

moliyalashtiriladigan Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etilsin.  

Quyidagilar        Milliy  g’oya  va  mafkura ilmiy-amaliy  markazining  asosiy  vazifasi 

etib belgilansin:  

milliy  g’oya  va  mafkura  masalasi  bilan  bog’liq  dolzarb  masalalarni,  bugungi 

murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va 

baholash,  ustuvor  yo’nalishlarni  aniqlash,  ularning  aholi  turlari  qatlamlariga 

ta’sirini  o’rganish,  milliy  manfaatlarimizga,  hayot  tarzimizga  zid  bo’lgan  zararli 

g’oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;  

xalqimizning  ko’p  asrlik  ma’naviyati  va  milliy  qadriyatlari,  diniy  qarashlari  va 

hayotiy  udumlariga,  yoshlarimizning  ongini  zaharlab,  ma’naviy  jihatdan  qaram 

etishga  qaratilgan  mafkuraviy  harakatlarga  qarshi  samarali  kurash  olib  borish 

bo’yicha ilmiy-amaliy dasturlarni ishlab chiqish;  

fuqarolarimiz  qalbida  milliy  tafakkur  va  sog’lom  dunyoqarash  asoslarini 

mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o’z fikriga ega bo’lishga, turli ma’naviy 

tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo’lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar 

insonlar  etib  tarbiyalashga  yo’naltirilgan  amaliy  tavsiyalar  tayyorlash.  Bu  borada 

ma’naviy-ma’rifiy  targ’ibot  ishlarining  ta’sirchanligini  ta’minlaydigan  zamonaviy 

axborot  texnologiyalari  va  mexanizmlarini,  jamiyatimizning  mafkuraviy 

immunitetini  kuchaytirishga  qaratilgan  samarali  usul-uslublarni  ishlab  chiqish, 


 

davlat  va  jamoat  tashkilotlari  uchun  tegishli  tavsiya  va  takliflar  tayyorlash 



masalasiga alohida e’tibor qaratish;  

o’z  faoliyati  doirasida  amalga  oshirilgan  ilmiy  izlanishlar  natijalarini,  tahliliy 

materiallarning  xulosalarini  ommaviy  axborot  vositalari,  jumladan,  Respublika 

Ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashining  nashr  organlari  —  «Tafakkur»  va  «Jahon 

adabiyoti» jurnallari, «Ma’naviyat» nashriyoti orqali muntazam ravishda chop etib, 

keng jamoatchilikka yetkazish.  

    5.  Respublika  «Ma’naviyat  va  ma’rifat»  markazi  Respublika  Ma’naviyat  va 

ma’rifat  kengashining  amaliy  targ’ibot  yo’nalishida  faoliyat  olib  boriladigan 

Respublika Ma’naviyat targ’ibot markaziga aylantirilsin.  

     Quyidagilar Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining asosiy vazifalari etib 

belgilansin:  

   Ma’naviyatning  ma’no-mohiyati,  milliy  ma’naviyatimizning  qadimiy  ildizlari 

noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq 

maqsadga qaratilgan targ’ibot ishlarini muntazam ravishda olib borish;  

   aholining  keng  qatlamlari,  avvalambor,  yoshlar  o’rtasida  Vatanga  muhabbat  va 

sadoqat,  insonparvarlik  fazilatlarini  tarbiyalash  milliy  urf-odat,  an’ana  va 

qadriyatlarning  hayotimizdagi  o’rni  va  ahamiyatini  har  tomonlama  olib  borishga 

yo’naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar o’tkazish;  

    bugungi  kunda  amalga  oshirilayotgan  davlat  siyosatining  ustuvor  yo’nalishlari, 

keng  ko’lamli  islohotlarning  mohiyati,  qabul  qilingan  qonun  hujjatlari  va  davlat 

dasturlarining  ahamiyatini  atroflicha  sharhlash  va  tushuntirish,  yurtimizga  qarshi 

qaratilgan  g’oyaviy  va  informatsion  xurujlar,  ularning  ortida  turgan  kuchlarning 

g’arazli  maqsadlarini  fosh qilish,  odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat  etish, 

olimlar  siyosatini  va  mutaxassislar,  ijodkorlar,  ziyolilar  ishtirokida  joylarda 

samarali targ’ibot tizimini yo’lga qo’yish;  


 

    ota-ona,  oila,  mahalla,  tarixiy  xotira,  milliy  g’urur,  komil  inson  tarbiyasi  bilan 



bog’liq  tuyg’u  va  tushunchalarni  yosh  avlod  qalbi  va  ongiga  ta’sirchan  usul  va 

uslublar  orqali  singdirish,  ajdodlarimizning  bu  boradagi  merosini  bugungi 

taraqqiyot  talablari  bilan  uzviy  holda  rivojlantirish,  targ’ibot  ishlarini  milliy  va 

umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi asosida tashkil etish;  

     yurtdoshlarimizni  muqaddas  islom  dini  va  falsafasi,  aziz-avliyolarimizning 

ibratli hayoti, qutlug’ qadamjolariga boshqa diniy konfesiyalariga nisbatan hurmat-

ehtirom va bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda sog’lom turmush tarzi, 

millatlararo  totuvlik,  o’zaro  mehr-oqibat  muhitini  mustahkamlash  bo’yicha 

ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish.  

    6.  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashi  15  kun  muddatda  Milliy  g’oya 

va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi  hamda  Respublika  Ma’naviyat  targ’ibot 

markazining dastur va nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.  

    7.  Toshkent  shahar  hokimligi  Respublika  Ma’naviyat  targ’ibot  markazi,  Milliy 

g’oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi  hamda  «Tafakkur»  jurnali  tahririyatini 

Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyga joylashtirilsin.  

    8.  O’zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi  Milliy  g’oya  va  mafkura 

ilmiy-amaliy  markazini  xizmat  telefonlari,  jumladan,  hukumat  telefoni,  internet, 

boshqa aloqa va axborot vositalari bilan belgilangan tartibda ta’minlansin.  

    9. Moliya vazirligi:  

    Milliy  g’oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi  faoliyatini  moliyalashtirish,  uni 

zarur  idoraviy  jihozlar,  kompyuter  texnikasi  va  boshqa  asbob-uskunalar  bilan 

ta’minlash,  markazning  ilmiy-tadqiqot  natijalari,  dolzarb  ijtimoiy-siyosiy 

mavzulardagi  kitob,  risola,  dastur,  qo’llanma  va  boshqa  matbaa  mahsulotlarini 

nashr  etish  bilan  bog’liq  xarajatlar  uchun  2007  yildan  boshlab  davlat  byudjetidan 

mablag’ ajratilishini ko’zda tutsin;  


10 

 

    Milliy  g’oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi  uchun  bitta  yengil  avtomobilga 



limit ajratsin.  

    10.  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashi  Adliya  vazirligiga  hamda 

boshqa  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan  birgalikda,  bir  oy  muddatda 

amaldagi  qonun  hujjatlariga  qarordan  kelib  chiqadigan  o’zgartirish  va 

qo’shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.  

    11.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O’zbekiston  Respublikasi  Bosh 

vaziri SH.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.  

Bundan tashqari, O`zbеkiston Faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi 

tomonidan  Milliy  istiqlol  g`oyasining  asosiy  tushunchalari  va  tamoyillari  (Milliy 

istiqlol  g`oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.  -T,  «O`zbеkiston»,  2000  yil.) 

ishlab  chiqildi.  O`zbеkistonda  milliy  istiqlol  g`oyasining  targ`ibot-tashviqoti  ana 

shu  asosiy  g`oyalar,  tushunchalar  va  tamoyillarga  tayangan  holda  amalga 

oshirilmoqda.    

Milliy  g`oya  va  targ`ibot,  tashviqot  tushunchasi,  milliy  istiqlol  g`oyasining 

targ`ibot-tashviqoti  haqida  to`xtalishdan  avval  “targ`ibot”  va  “tashviqot” 

tushunchalarining  o`zagiga  e'tibor  qaratish  zarur.  “Targ`ibot”  tushunchasining 

o`zagini  “rag`bat”  so`zi  tashkil  etgani  bois  ham,  u  insonni  biror  harakatga 

rag`batlantirishni  nazarda  tutadi.  “Tashviqot”  tushunchasining  o`zagi  esa  “shavq” 

so`zidan  olingan  bo`lib,  u  kishida  biror  narsaga  shavq  uyg`otishga  yo`naltiriladi. 

Ochig`i, 

targ`ibot 

insonning 

ongi 

va 


qalbini 

egallashga 

qaratilgan. 

Targ`ibotchilarni  bеkorga  «inson  qalbining  sozlovchilari»  dеb  atamaydilar.    

Dеmak,  targ`ibot-tashviqotdan  maqsad  –  bilim  orttirish  emas,  balki  kishini  biror 

harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo`lsak, “milliy 

istiqlol  g`oyasi”  haqida  ma'lumot  bеrish  bilan  chеklanmasdan,  mafkuraviy 

maqsadlarni  aniq  vazifalar  shakliga  kеltirishimiz,  milliy  istiqlol  mafkurasidagi 

asosiy  g`oyalarning  amaliy  harakatlarga  aylanishiga  erishishimiz  zarur.  Chunki 

milliy g`oya chuqur e'tiqodga aylangan taqdirdagina u ulkan kuch va qudratga ega 



11 

 

bo`ladi.  Buning  uchun  esa  xalqda  mafkuradan  o`rin  olgan  g`oyalarga  kuchli 



ishonch, e'tiqod va unga amal qilish bo`lishi lozim. 

Milliy g`oyani singdirish usullari, tеxnologiyalari, ustuvor yo`nalishlari XXI asrda 

insoniyat  o`z  taraqqiyotining  sifat  jihatidan  yangi  pallasiga  qadam  qo`ydi. 

Dunyoda  katta  o`zgarishlar  sodir  bo`layotgan  bugungi  kunda  ijtimoiy  makonni 

o`zlashtirishning  yangi  usullari,  jumladan,  yangi tеxnologiyalar  kеng  rasm  bo`ldi. 

Tеxnologiyalar  asri  dеb  atalayotgan  XXI  asrda  ishlab  chiqarishda  joriy  etilgan 

yangi  tеxnologiyalar  mеhnat  samaradorligini  misli  ko`rilmagan  darajada  o`stirib 

yubordi. 

Mamlakatimizdagi  mafkuraviy  jarayonlarga  ham  shu  nuqtai  nazardan 

yondoshish  milliy  istiqlol  g`oyasini  targ`ib  qilishda  zamonaviy  tеxnologiyalardan 

foydalanish  zaruratini  ko`rsatadi.  Milliy  istiqlol  g`oyasini  xalq  qalbi  va  ongiga 

singdirish  muayyan  tеxnologiya  asosida  olib  borilganida  tadbirlarning  kеtma-

kеtligi,  miqyosi  va  mе'yori,  davomiyligi  va  tamoyillari  singari  jihatlar  qamrab 

olinadi.  Ularning  muhimligi  shunda  ko`rinadiki,  masalan,  targ`ibotda  mе'yorning 

buzilishi,  milliy  mafkura  to`g`risida  hadеb  va  noo`rin  gapiravеrish,  mе'yorni 

bilmaslik  tеskari samara  bеrishi  mumkin.  Targ`ibot tеxnologiyasi  milliy  g`oya  va 

milliy  mafkura  mazmun-mohiyatiga  mos  bo`lgan  taqdirdagina  kutilgan  natijaga 

erishish mumkin. 

 

O`zbеkistonda  mafkuraviy  jarayonlarni  tashkil  etishning  ustuvor  



yo`nalishlari quyidagilardan iborat: 

bеlgilangan  tadbirlarning  yuqori  darajada  uyushqoqlik  bilan  o`tkazilishini 

ta'minlash; 

milliy istiqlol g`oyasining targ`iboti sifatini muntazam oshirib borish; 

davr  talablaridan  kеlib  chiqqan  holda  mafkuraviy  ishlarni  tashkil  etishning 

yangi, samarali yo`llarini izlash; 



12 

 

bu  sohada  eski  uslublarning  mutlaqlashtirilishiga,  andozalashtirishga  yo`l 



qo`ymaslik; 

mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish; 

mafkuraviy  jarayonlarni  tashkil  etishda  uchraydigan  rasmiyatchilik  va 

majlisbozlik ko`rinishlariga baxram bеrish; 

mafkuraviy  faoliyatning  qanchalik  samarali  olib  borilayotganini  bilish 

maqsadida uning monitoringini tashkil etish. 

Uzluksizlik  tamoyili  milliy  istiqlol  g`oyasini  xalq  ongiga  singdirish  uchun 

mamlakatda  muayyan  mafkuraviy  maydon  yaratishni  taqozo  qiladi.  Bu 

maydondagi  har  bir  holat  va  harakat,  jumladan,  ta'lim  tizimidagi  o`quv  rеjalari, 

dasturlar,  darsliklar,  o`quv  qo`llanmalari,  sinf  va  auditoriyalar,  ko`rgazmali 

qurollar milliy istiqlol g`oyasiga uyg`un bo`lishi talab etiladi; 

-  bosqichma-bosqichlik  -  milliy  mafkurani  targ`ib  qilishning  ruhiy  jihatlari 

bilan  bog`liq  bo`lib,  ham  targ`ib  qiluvchi,  ham  qabul  qiluvchining  muayyan 

tayyorgarlik  bosqichlaridan  o`tishini  taqozo  qiladi.  Aytaylik,  boshlang`ich  sinf 

o`quvchisiga  milliy  mafkuraning  falsafiy  va  etnik  ildizlari  to`g`risida  gapirish 

noo`rin bo`lishdan tashqari mutlaqo samarasiz hamdir. Shuning uchun bog`chada, 

boshlang`ich sinflarda,  to`liqsiz  o`rta  maktabda,  yuqori  sinflar,  litsеy  va  kollеjlar, 

oliy  o`quv  yurtlari  va  mеhnat  jamoalarida  mafkuraviy  ish    tinglovchi  va 

o`quvchilarning  yoshi,  bilimi,  ma'lumoti  kabi  jihatlarini  hisobga  olib  aniq 

bеlgilangan rеja asosida olib borilishi kеrak;  

-  shaxsiy  ibrat  -  mafkuramizni  targ`ib  qilishda  muvaffaqiyatni 

ta'minlaydigan  muhim  omillardan  biri.  Maktab  muallimi  darsda  o`quvchilarga 

millat  manfaatlari,  orzu-umidlari,  intilishlari  to`g`risida  balandparvoz  gaplarni 

gapirsa-yu,  o`zi  hayotda  shu  manfaatlarga  zid  ishlarni  qilsa,  bu  targ`ibotning 

samarasi  nolga  tеng  bo`ladi.  Mamlakat  va  millat  ravnaqi  to`g`risida  og`iz 

ko`pirtirib  gapiradigan  boshliq  bo`shab  qolgan  lavozimga  layoqatli  va  munosib 



13 

 

xodim  qolib,  o`ziga  qarashli,  lеkin  bu  o`ringa  nomunosib  odamni  tiqishtirsa,  u 



millatning  yuziga  oyoq  qo`ygan  bo`ladi  va  uning  milliy  mafkurani  aksiltarg`ibot 

qilgan  bo`ladi.  Shuning  uchun,  milliy  g`oyani  aholi  ongiga  singdirishda 

targ`ibotchilar  faoliyatida  ish  bilan  so`z  birligini  ta'minlash,  ayniqsa,  rahbar 

xodimlarning  shaxsiy  ibrat  ko`rsatish  tamoyiliga  amal  qilishi  muvaffaqiyatni 

ta'minlaydigan  eng  muhim  omillardan  biridir.  Korxona,  tashkilot,  muassasa 

rahbari,  ular  davlat  sеktori  yoki  xususiy  sеktorga  tеgishli  bo`lishidan  qat'iy  nazar 

o`z jamoasidagi ma'naviy-mafkuraviy jarayonlarga mas'ul bo`lishi kеrak;  

 Milliy  istiqlol  g`oyasining  targ`iboti  qotib  qolgan  narsa  emas,  faol 

jarayondir. Shuning uchun uni qadimdan qolgan va'z aytish va ma'ruza o`qish kabi 

targ`ibot  shakllari  yordami  bilangina  kеng  xalq  ommasi  ongiga  singdirib 

bo`lmaydi.  Maqsadga  erishish  uchun  targ`ibotning  faol  shakllaridan,  zamonaviy 

tеxnologiyalardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Yoshlar  orasida  targ`ibot  olib 

borilganda  munozara,  bahs,  davra  suhbati  kabi  shakllardan  oqilona  foydalanilsa 

maqsadga  tеzroq  va  to`laroq  erishish  mumkin.  Yoshlarning  fiziologik  va  ruhiy 

xususiyatlari  va'z  va  ma'ruzalarni  emas,  ko`proq  intеraktiv  usullar  va  sanab 

o`tilgan targ`ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi. 

Mazkur  targ`ibot  tamoyillari  milliy  istiqlol  g`oyasini  inson  ongi  va  qalbiga 

singdirishning  barcha  bosqichlari  uchun  umumiy  va  bir  xil  bo`lib,  turli 

bosqichlarda, turli  shakl  va vositalardan  foydalanganda odamlarning  yoshi, kasbi, 

ma'lumoti kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Targ`ibot olib borishda sanab o`tilgan 

tamoyillarning  muayyan  auditoriya  xususiyatlariga  mosligini  ta'minlash  targ`ibot 

samaradorligini ta'minlaydigan eng muhim omildir.  

Targ`ib  qilinayotgan  g`oyalarning  inson  ongida  axborot,  ma'lumot  tarzida 

o`rnashishi  kifoya  qilmaydi,  ular  insonning  yurak-yuragiga  yеtib  borganidagina 

ular inson qalbiga chuqur o`rnashadi. Buning uchun esa auditoriya targ`ibotchining 

milliy  g`oyaga  chuqur  ishonchi  va  qat'iyatini  his  qilishi  kеrak.  Lеkin  targ`ibotd 



14 

 

g`oyalarga e'tiborni tortish bilan ham qanoatlanish mumkin emas. Chunki e'tiborni 



jalb qilish – targ`ibotning birinchi bosqichi, xolos.  

Targ`ibotning  kеyingi  bosqichi  g`oyani  to`g`ri  va  atroflicha  tushuntirishni, 

mafkura  bilan  bog`liq  barcha  savollarga  javob  topib  bеrishni  talab  qiladi.  Chunki 

milliy g`oyani tushunish - unga ishonish dеmakdir. Ana shu yеrda bir savol bilan 

to`qnashamiz:  nima  ko`proq  ishonch  uyg`otadi:  jiddiy  dalillar  bilan  asoslangan 

axborotmi  yoki  hissiyotlarni  uyg`otuvchi  ma'ruzami?  Targ`ibot  davomida 

insonning  hislariga,  qalbiga  murojaat  qilish  katta  samara  bеradi,  albatta.  Lеkin 

ishonchli  dalillar,  e'tiroz  uyg`otmaydigan  hayotiy  ma'lumotlarning  kеltirilishi  bu 

g`oyalarni  hayotga  tatbiq  qilishdan  hammamiz  manfaatdor  ekanligimiz  haqidagi 

fikrni uyg`otadi.  

Targ`ibot jarayoni shu yеrda tugaydi, dеb o`ylaydiganlar katta xato qiladilar. 

Zеro,  mafkura  yangi  ishlarga  ilhomlantiradi,  harakatga    undaydi.  Harakatsiz 

mafkura  esa  safsatabozlikdan  bo`lak  narsa  emas.  Dеmak,  insonlar  milliy 

mafkuradan  o`rin  olgan  g`oyalarga  mos  harakat  qila  boshlaganlaridagina  milliy 

g`oya xalqning e'tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin.  

Milliy  g`oya  va  O`zbеkiston  tajribasi  ko`tarilgan  masalaning  muhimligi 

O`zbеkistonda  ham  bu  borada  amalga  oshirilayotgan  ishlarni  tahlil  qilishga 

undaydi.  E'tibor  bеrib  qaraydigan  bo`lsak,  bizda  “fuqaro  tarbiyasi”  haqida  kam 

gapiriladi. Lеkin bizda bu vazifa o`z holiga tashlab qo`yilgan emas. O`zbеkistonda 

fuqaro tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi bo`lib, asosan ikki yo`nalishda: 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  doirasida  va  milliy  istiqlol  g`oyasini  singdirish 

vositasida  amalga  oshirilmoqda.  Ko`rinib  turibdiki,  bizda  ham  fuqaro  tarbiyasini 

amalga oshiruvchi maskan sifatida maktab tanlangan. Chunki maktabda bola bilim 

olishdan  tashqari  shaxs  sifatida  ham  shakllanadi.  Dеmak,  maorifga  millatni 

tarbiyalashdеk mas'uliyatli vazifa yuklangan.  

Lеkin  ta'lim  tizimida  targ`ibot-tashviqotdan  maqsad  –  faqat  bilim  bеrish 

emas,  balki  kishini  biror  harakatga  undashdan  iborat  ekanligini  unutmasligimiz 


15 

 

lozim.  Masalaga  ana  shu  jihatdan  qaraydigan  bo`lsak,  milliy  istiqlol  g`oyasi 



o`qitilayotgani  hali    mafkura  singdirilyapti  dеgani  emas.  Dеmak,  mafkuraviy 

maqsadlarni  aniq    o`quv  vazifalari  shakliga  kеltirishimiz,  milliy  istiqlol 

mafkurasidagi  asosiy  g`oyalarning  amaliy  harakatlarga  aylanishiga  erishishimiz 

zarur. 


Masalaning  boshqa  jihati  ham  bor.  Aytaylik,  mafkura  va  g`oyaning 

mohiyati,  dunyoning  mafkuraviy  manzarasini  yaxshi  biladigan  yoshlar  buni 

bilmaydigan  tеngdoshidan  vatanparvarroq,  fidoyiroq  va  yurtiga  sadoqatliroq 

bo`ladimi? Aslida, vatanparvarlik milliy istiqlol g`oyasining ta'rifini yoddan bilish 

bilan  bеlgilanmaydi.  Shu  o`rinda  milliy  istiqlol  g`oyasini  o`qitishdan  ko`zlangan 

maqsad  nima  o`zi,  dеgan  savolga  javob  izlab  ko`rish  lozim.  Asosiy  maqsad  – 

zamon  talablariga  mos  insonni  tarbiyalashdan  iborat.  Shunday  ekan,  fuqarolarda 

qaysi  sifatlarni  shakllantirish  evaziga  mamlakatni  yuksaltirish  mumkinligi  haqida 

jiddiy  o`ylab  ko`rish  va  g`oyaviy  tarbiyani  ana  shu  asosda  tashkil  etish  lozim. 

Buning  uchun  fuqaroning  istalgan  modеli  haqida  o`ylab  ko`rish,  komil  inson 

qiyofasini yaratish zarur.  

Xo`sh,  qaysi  g`oyalar  davlatimizning  taraqqiyoti,  iqtisodiy  ravnaqi  va 

ma'naviy  yuksalishiga  turtki  bеradi?  Biz  yosh  avlodga  qaysi  qadriyatlarni 

singdirishimiz  kеrak?  Ularda  qaysi  sifatlarni  tarbiyalamog`imiz  darkor?  Bunda, 

avvalo,  har  jihatdan  faol  insonni  tarbiyalashga  e'tibor  qaratish,  g`oyaviy  tarbiya 

vositasida  shaxsning  salohiyatini  maksimal  darajada  yuzaga  chiqarishga  erishish, 

har bir bolaning iqtidorini rivojlantirishga urg`u bеrish zarur. Buning uchun inson 

passiv  ijrochilikdan  emas,  balki  faol  tashabbuskorlikdan  ko`proq  manfaatdor 

ekanligiga ishontirish  kеrak.  O`quv  jarayonida bu vazifani  hal qilish  uchun ta'lim 

jarayonini “yodlash”dan xalos qilish va uni muammolarni hal qilishga yo`naltirish 

zarur.  Shaxsning  ijodiy  fikrlashini  rivojlantirish  ham  aynan  shu  maqsadlarga 

xizmat qiladi. G`oyaviy tarbiyani tashkil qilishda nazariy fikrlarga amaliy shakllar 

bеrish,  bilimlarni  harakatlarga  aylantirish  muhim  sanaladi.  Buning  uchun 

pragmatik fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. 



16 

 

Bugungi        voqеlik        milliy        istiqlol  g`oyasi      targ`iboti      masalasiga     



alohida  e'tibor          bеrishni        talab        qilmoqda.  Hozirgi    kunda    mamlakatimizda 

mafkura  targ`iboti  eng  dolzarb  masalalardan  biriga  aylanganligini  inobatga 

oladigan  bo`lsak,  uning  targ`ibot-tashviqotiga  ham  yangicha  tеxnologiyalar, 

usullar,  vositalarni  jalb  qilish  foydadan  holi  emas.  Milliy  istiqlol  g`oyasi 

targ`ibotining  ta'sirchanligini  oshirish  vazifasi  ham  bu  jarayonda  yangi 

tеxnologiyalarni kеng qo`llash zaruratini kuchaytiradi. Mafkura targ`ibotida yangi 

tеxnologiyalarni  qo`llashda  jahonning  qator  davlatlarida  bu  borada  to`plangan 

ilg`or tajribalardan foydalanish ayni muddao bo`lur edi.  

Masalan,  jahonda  kеng  tarqalgan  «to`rt  qadamli»  univеrsal  modеldan  ham 

mafkura  targ`ibotida  foydalanish  mumkin.  Shu  bois  uning  mohiyatini  batafsil 

yoritishga harakat qilamiz:  

1-qadam:  muammoning  qo`yilishi.  Mafkura  targ`ibotida    singdirilishi  zarur 

bo`lgan  g`oyalar  bеlgilab  olinadi.    Bundan  tashqari,  «Nima  uchun  aynan  bu 

g`oyalarni  singdirishga  ehtiyoj  tug`ildi?»,  «Bu  g`oyani  singdirish  ishlariga  qaysi 

tuzilmalar  jalb  qilinishi  kеrak?»,  «Bu  g`oyalarni  singdirish  jarayonida  qaysi 

ijtimoiy guruhlar qamrab olinadi?» kabi savollarga javob topish lozim. To`plangan 

ma'lumotlar  asosida  singdirilishi  zarur  g`oyalarga  jamiyatdagi  ehtiyoj, 

jamoatchilikning  fikri,  ommaviy  axborot  vositalarida  bu  masalalarning  qay 

darajada yoritilganligi va umuman, shu kungacha qilingan ishlar aniqlab olinadi. 

2-qadam:  rеjalashtirish  va  dasturlashtirish.  Bu  bosqich  uzoq  muddatga 

mo`ljallangan  kommunikativ  (muloqot)  vazifalar  stratеgiyasini  ishlab  chiqishni 

nazarda  tutadi.  Mafkura  targ`ibotida  avvalo  kishilarning  milliy  g`oyaga 

munosabatlari,  uni  qay  darajada  tushunishlari,  ularning  qadriyatlari  o`rganib 

chiqiladi.  Bundan  tashqari,  kishilarni  milliy  istiqlol  mafkurasining  muayyan 

g`oyasi haqida doimiy xabardor qilib turuvchi axborot manbai yaratiladi. Singdirib 

borilayotgan  g`oyalarga  kishilarning  munosabati  o`rganilib,  bu  axborotlar  chuqur 

tahlil  qilinadi.  Davlat  idoralari  va  fuqarolar  o`rtasidagi  muloqotlar  muntazam 


17 

 

ravishda  muvofiqlashtirib  boriladi.  Umuman  bu  bosqichda,  dasturning  maqsadi 



(harakatlar  nima  maqsadga  xizmat  qiladi),  ta'sir  ko`rsatish  auditoriyasi  (kimlarga 

asosiy  e'tibor  bеriladi),  kutilayotgan  natijalar  (har  bir  auditoriya  bilan  ishashdan 

ko`zlangan aniq maqsad nima) bеlgilab olinadi. Milliy istiqlol g`oyasi targ`ibotida 

auditorini  sеgmеntlash,  ya'ni  uni  bir  nеcha  guruhlarga  ajratib  o`rganish,  ularga 

ta'sir  ko`rsatishning  shu  guruh  uchun  samarali  bo`lgan  usullarini  ishlab  chiqish 

zarur.  Bu  guruhlarga  qadriyatlari  va  manfaatlari  bir-biridan  farq  qiluvchi 

qatlamlarni,  masalan,  talabalarni,  askarlarni,  tadbirkorlarni,  nafaqaxo`rlarni, 

ziyolilarni,  erkaklarni,  ayollarni,  yoshlarni  yoki  kеksalarni  kiritish  mumkin. 

Tabiiyki,  milliy  g`oyani  singdirishda  ziyolilarga  yеtkaziladigan  axborotlar  bilan 

tadbirkorlarning  kayfiyatlariga  ta'sir  ko`rsatib  bo`lmaydi.  Shuning  uchun 

vatanparvarlik  tuyg`ularini  singdirishda  talabalarga  ham,  harbiy  xizmatchilarga 

ham,  ziyolilarga  ham,  dеhqonlarga  ham  bir  xil  munosabatda  bo`lish,  bir  xil 

usullardan  foydalanish  kutilgan  samarani  bеrmaydi.  Chunki  turli  ijtimoiy  guruh 

vakillarining  dunyoqarashi,  manfaatlari  va  qadriyatlari  bir-biridan  farq  qiladi. 

Mafkura  targ`ibotida  aynan  mana  shu  qadriyatlarga,  manfaatlarga  mos  g`oyalarni 

ilgari surish ko`proq samara bеrishi mumkin. Umuman olganda, ushbu bosqichda 

kishilarning  ongida,  ularning  harakatlarida  o`zgarishlar  yasash  uchun  nimalar 

qilish kеrakligi aniqlab olishi zarur. 

3-qadam: muloqotga kirishish. Milliy istiqlol mafkurasi targ`ibotini samarali 

tashkil  etish  uchun  asosiy  kommunikativ  vazifalar  rеjalashtirilgan  va  aniq 

maqsadlar  sari  yo`naltirilgan  bo`lishi  lozim.  Buning  uchun  birinchi  navbatda, 

kommunikator  (axborot  bеruvchi)  va  auditoriyaning  qarashlari  bir-biriga 

yaqinlashtirilishi  lozim.  Ushbu  yo`nalishdagi  ishlarda  quyidagi  omillarga  e'tibor 

qaratish  zarur:  1)  auditoriya  fikrini  eng  ko`p  ifoda  etayotgan  ommaviy  axborot 

vositalari  turiga  e'tibor  qaratish;  2)  auditoriya  ishonchini  eng  ko`p  qozongan 

ommaviy axborot vositasi turidan kеng foydalanish; 3) biror muammo xususidagi 

kommunikator  va  auditoriyaning  qarashlaridagi  farqlarni  kamroq  ko`rsatish  zarur 

(jumladan,  mavjud  muammolarni  xolis  yoritish  va  auditoriyaning  ishonchini 



18 

 

qozonish);  4)  voqеa-hodisalarni  yoritishda  auditoriyaning  manfaatlaridan  kеlib 



chiqib  yondoshish;  5)  kommunikatorning  pozitsiyasini  ko`pchilikning  pozitsiyasi 

sifatida talqin etish; 6) jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga mos holda 

alohida yondoshish. Axborotni yеtkazishning e'tiborli jihati shundaki, u yangiliklar 

ko`rinishida  bo`lsa-da,  faqat  bir  tomonlama  maqtov  shaklida  emas,  balki 

ko`pchilikni  qiynayotgan  muammolarning  yеchimi  sifatida,  barchaga  tushunarli 

tilda  bayon  etilishi  lozim.  Shunday  qilib,  uchinchi  bosqich  o`z  ichiga  quyidagi 

elеmеntlarni qamrab oladi:  harakat stratеgiyasi, kommunikativ stratеgiya, dasturni 

amalga oshirish rеjasi.  

4-qadam:  yakuniy  xulosalar  yasash.  Yakuniy  xulosalar  yasash  ikki 

yo`nalishda: baholash mеzonini ishlab chiqish va aks aloqalarni o`rganish shaklida 

amalga  oshiriladi.  Baholash  mеzonini  ishlab  chiqishda  kishilarga  singdirilgan 

g`oya  ularga  qay  darajada  ta'sir  etganligini  aniqlashning  ob'еktiv  mеzonlari 

bеlgilansa,  aks  aloqalarni  o`rganishda  bеrilgan  axborotlar  soni,  unga  kishilar 

tomonidan  qilingan  rеaksiyalar,  singdirilgan  g`oya  natijasida  kishilar  o`z 

harakatlarini  qay  daraja  o`zgartirganliklari  tahlil  qilinadi.  Milliy  istiqlol 

mafkurasini  singdirishning  samaradorligini  ta'minlashda  bu  bosqich  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Jamoatchilik  fikridagi  bu  kabi  o`zgarishlarni  muntazam 

ravishda  o`rganib  borish  mafkurani  singdirish  borasidagi  kеlgusi  ishlar  uchun 

zamin bo`lib xizmat qiladi.  

Yuqorida  ta'kidlanganidеk,  Milliy  istiqlol  mafkurasini  singdirishda  yangi 

tеxnologiyalaridan foydalanish auditoriyani sеgmеntlashni (turkumlarga ajratishni) 

taqozo etadi. Auditoriyani sеgmеntlash quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi 

 

Gеografik  makonga  ko`ra.  Kishilarning  yashash  joyi,  mintaqada 



joylashgan o`rni bir-biridan farq qilishi tufayli milliy istiqlol g`oyasini singdirishda 

ularning yashash joyiga e'tiborni qaratish lozim bo`ladi. Masalan, Surxondaryo va 

Qashqadaryo  viloyatlari  aholisining  qarashlari,  urf-odatlari  Toshkеnt  shahri  yoki 


19 

 

Qoraqalpog`iston Rеspublikasi aholisining qarashlari va urf-odatlaridan ancha farq 



qiladi.  

Dеmografik  omilga  ko`ra.  Kishilarning  yoshi,  jinsi,  oilaviy  ahvoli  bir-

biridan  farq  qilgani  bois  ularning  qarashlarida  va  qadriyatlarida  ham  muayyan 

tavofutlarni 

uchratish 

mumkin. 


Milliy 

istiqlol 

g`oyasi 

targ`ibotining 

samaradorligini oshirishda bu omillarni ham nazardan qochirib bo`lmaydi.  

Psixologik  omilga  ko`ra.  Kishilarning  ruhiy  holati  ancha  o`zgaruvchan 

bo`lsa-da,  bu  omil  mafkura  targ`ibotida  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Milliy  istiqlol 

g`oyasini  insonlar  ongi  va  qalbiga  singdirishda  ularning  ruhiy  holati, 

jamiyatimizda kеchayotgan islohotlarga munosabati, qo`llab-quvvatlash darajasiga, 

voqеa-hodisalarga munosabati va kayfiyatlarini hisobga olish darkor.  

Ijtimoiy  maqomiga  ko`ra.  Kishilarning  jamiyatda  tutgan  ijtimoiy  maqomi 

ularning  axborotni  qay  darajada  qabul  qilishlariga,  bu  axborotga  qanday 

munosabat bildirishlariga sеzilarli ta'sir ko`rsatadi.  

Obro`-e'tiboriga  ko`ra.  Targ`ibotda  yangi  tеxnologiyalarni  qo`llashda  fikr 

yеtakchilaridan  foydalanish  axborot  yеtkazishning  eng  samarali  usullaridan  biri 

hisoblanadi.  Shu  bois  kishilarga  ta'sir  ko`rsatishda  ularning  obro`-e'tiborli 

kishilarga  bo`lgan  ishonchidan  mohirona  foydalanish  talab  etiladi.  Nеgaki, 

muayyan  guruhning  manfaatlarini  ifoda  etishda  avvalo  fikr  yеtakchisini  aniqlash 

va  u  orqali  axborot  yеtkazish  targ`ibotning  samaradorliligini  oshirishga  xizmat 

qilishi shubhasiz.  

A'zolikka  ko`ra.  Kishilar  u  yoki  bu  partiyaning,  jamoat  birlashmasining 

a'zosi  ekanligi  mafkura  targ`ibotida  qo`l  kеluvchi  omil  sanaladi.  Odatda,  bitta 

guruhga mansub kishilarning qarashlarida umumiylik, o`xshashlik bo`ladi. Bu esa 

mafkura targ`ibotini bir qadar yеngillashtirishga xizmat qiladi.  

Qarorlar  qabul  qilishdagi  ishtirokiga  ko`ra.  Kishilarning  ijtimoiy-siyosiy 

hayotdagi  ishtiroklari  va  faolliklari  ularning  axborotni  qabul  qilishlariga  ta'sir 



20 

 

ko`rsatgani bois bu omil milliy istiqol g`oyasi targ`ibotida hisobga olinishi lozim. 



Qarorlar qabul qilishda  faol  ishtirok  etishni xohlovchilar  yoki o`zini hеch  narsani 

hal qilmaydigan «kichkina odam» dеb hisoblaydigan kishilar bitta axborotni qabul 

qilishda turli nuqtai nazar bilan yondoshadilar.  

  

    1.2.Xorijiy 



Download 185,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish