Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika



Download 399.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana04.01.2020
Hajmi399.17 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

 

O`ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  XALQ  TA`LIMI  

VAZIRLIGI 

 

AJINIYOZ  NOMIDAGI  NUKUS  DAVLAT  PEDAGOGIKA  



INSTITUTI 

  

                                                                      

Qo`lyozma huquqida        

 

 

Magistratura bo’limi 

 

Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi 

 

 

MADRAXIMOVA   MASTURA  

MAVLANBERGENOVNA 

 

  



Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativlik 

faoliyatini shakllantirish muammolari va metodlari 

 

5A111701 – Boshlang`ich ta`lim  

 

 

Magistr  

akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya 

 

 

 

Ilmiy  rahbar:   

                                                                                           p.f.d. U.Aleuov  

 

 

 

 

Nukus-2014 

 



 



                                   M  U  N  D  A  R  I  J  A 

 

 

 



Kirish………………………………………………………………      

 



 

 

I BOB.  KREATIVLIK  TUSHUNCHASINING  PEDAGOGIK  

MAZMUNI ...................................................................................... 

 



1.1. 

Kreativlik-pedagogik  muammo  sifatida ………………………… 

1.2. 


 Kreativlikning  kontseptual`  analizi ……………………………… 

11 


 

 

II-BOB.  UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK 

KREATIVLIKNING TUTGAN O`RNI…………………………  

 

20 



2.1. 

  Kreativlikning pedagogik tahlili ………………………………….. 

20 

 

2.2. 



 

Ta`lim turlari va unda pedagogning kreativlik faoliyati …………… 

26 

2.3. 


Pedagogik kreativlikning o’qituvchi psixologiyasi bilan 

bog’liqligi............................................................................................ 

32 

 

 



III-BOB.  KREATIVLIK  - INNOVATORLIKNING ASOSI 

SIFATIDA ....................................................................................... 

 

45 



 

3.1. 


Kreativlik - o`qituvchining innovatsion  faoliyatining asosi 

sifatida………………………………………………………………  

 

45 


 

 

3.2 



 

Kreativlik faoliyatining ilmiy tadqiqot natijalari…………………… 

50 

 

3.3. 



 

Boshlang`ich sinf o`qituvchisining kreativ faoliyati mazmuni ……. 

68 

 

 



UMUMIY XULOSALAR …………………………………………  73 

 

 



ILOVALAR ………………………………………………………..  75 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI…………….  82 



 



K    I    R    I    SH 



Mavzuning  dolzarbligi.  O`zbekiston  Respublikasining  ta`lim  sohasini  isloh 

qilishdagi  sa`y  harakatlarining  biri  –  bu  pedagog  kadrlarning  zamon  talablariga 

xamnafas  tarzda  faoliyat  yuritishlari,  har  tomonlama  rivojlangan  komil  shaxsni 

tarbiyalashga doir chukur bilim, ko`nikma,  malaka va madaniyatga ega bo`lishlarini 

talab  etmoqda.  Bu  esa  o`z-o`zidan  ta`lim  va  tarbiya  ishlarining  qonuniyatlarini 

o`rganuvchi  pedagogika  faniga  «kreativlik»  degan  tushunchani  olib  kirdi.  Ayniqsa 

ilmiy  bilimning  bugungi  kundagi  rivojlanishi,  kreativlikning  shaxsni,  jamiatni  va 

davlatni  rivojlantirishga  ta`siri  ushbu  masalasini  ilmiy  pedagogik  nuqtai  nazardan 

chuqur o`rganishni talab etmoqda. 

Ayniqsa  umumta`lim  maktablarida  o`qituvchi  kadrlarning  kreativligini 

rivojlantirishga  bo`lgan  ijtimoiy  buyurtma  vujudga  kelmoqdaki,  bu  borada  ilmiy 

pedagogik  izlanishlar  olib  borish  talab  etiladi.  Shu  bilan  bir  qatorda  kreativlik 

masalasini  ilmiy  tushunishda  turli  fikrlarning  mavjudligi,  yaxlit  xulosaga 

kelinmaganligi  magistrlik  dissertatsiya  ishimiz    mavzusi  dolzarbligining  yana  bir 

ko`rinshi hisoblanadi. 

Vaholanki,  bu  muammo  bugungi  kunga  qadar  ko`plab  G`arb  mamlakatlarida 

hamda  Rossiya  davlatlarida  turlicha  tahlil  etilgan  va  o`rganilgan.  Masalan,  

N.N. Nechaev, Ya.A. Ponomarev,  B.M. Teplov,  D.V. Ushakov  singari  olimlar 

kreativlik  masalasini  umumiy  tarzda  o`rgangan  bo`lsalar,  N.A. Berdyaev, 

V.S. Bibler,  V.N. Drujinin,  P.A. Florenskiylar  kreativlikning  ma`naviy,  psixologik 

jixatlarirni tahlil etgan.  

E.Yu.Artem`eva,  A.Yu.  Agafonov,  M.M. Baxtin,  A.N. Leont`evlarning  ilmiy 

ishlarda  kreativlik  shaxsning  sifati  sifatida  tahlil  etilib,  kreativlikni  tashxis  qilish 

masalalari tahlil etilgan. Ayniqsa kreativlikni tashxis qilish metodlarini ishlab chiqish 

ilm-fan sohasidagi asosiy muammolarning biri hisoblanadi.   

XXI  asrga  kelib  O`zbekiston  Respublikasining  ta`lim  soxasida  ham  ushbu 

termin  ishlatila  boshladi.  Ayniqsa  pedagogika  fanining  alohida  va  yosh  tarmog`i 

sifatida  shakllanib  boshlagan  Innovatsion  pedagogikada  Ushbu  terminga  bod-bod 

duch  kelmoqdamiz.  J.G`.Yo`ldoshev,  R.A.Mavlanova  singari  ko`plab  pedagog 


 

olimlarimizning  ilmiy  ishlarida  kreativlik  –  bu  innovatsion  faoliyatning  alohida 



ko`rsatkichi  sifatida  tahlil  etilgan

R.A.Mavlanova  o`zining  «Boshlang`ich  ta`limda 



pedagogika, innovatsiya, integratsiya» nomli o`quv qo`llanmasida kreativlikning o`zi 

nima, uning shakllanishi masalalariga alohida to’xtab o`tgan. Qo`llanmada kreativlik 

tushunchasining  mazmuni  va  mohiyati  chuqur  tahlil  etilgan.  Ammo  kreativlik 

masalasining  ilmiy-nazariy,  ilmiy-pedagogik  jixatlari  maxsus  ilmiy  tatqiqot  ob`ekti 

sifatida tatqiq etilmagan.  

Ayniqsa  boshlang`ich  ta`lim  –  bu  har  bir  bolaning  hayotida  chuqur  iz 

qoldiruvchi  ta`lim  turidan  biri  bo`lib,  ta`limning  bu  bosqichida  pedagog-

o`qituvchilarga 

katta 

mas`uliyat 



yuklatiladi. 

Ya`ni 


boshlang`ich 

sinf 


o`qituvchilarining  kreativlik  faoliyati  xali  maxsus  o`rganishni  talab  etmoqda.  

Shuning  uchun  ham  Biz  magistrlik  dissertatsiya  ishimizning  mavzusini 



«Boshlang`ich  sinf  o`qituvchilarining  kreativlik  faoliyatini  shakllantirish 

muammolari va metodlari» sifatida shakllantirdik.      

Magistrlik  dissertatsiya  ishining  maqsadi  kreativlik  tushunchasini  ilmiy-

pedagogik  nuqtai  nazardan  o`rganish,  uning  boshlang`ich  sinf  o`qituvchilari 

faoliyatida namoyon bo`lish jixatlarini tahlil etishdan iboratdir. 

Magistrlik dissertatsiya ishining ob`ekti. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining 

kreativlik yo`naltirilganligi. 



Magistrlik  dissertatsiya  ishining  predmeti.  Umumta`lim  maktablarida 

boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativlik faoliyatini rivojlantirish jarayoni.

 

Ishning  ilmiy  farazi:  Boshlang`ich  sinf  o`quvchilarining  kreativlik 

yo`naltirilganligini  qo`yidagi  pedagogik  shart-sharoitlar  asosida  shakllantirish 

mumkin, agarda: 

- boshlang`ich sinf o`qituvchilari tug`ma pedagog sifatida gavdalansa; 

- uzviy va uzluksiz turda o`z sohasidagi yangiliklardan boxabar bo`lib borsa va 

ularni o`zining pedagogik faoliyatida qo`llab borsa; 

- mavjud psixologik to`siqlarni engib o`ta olsa; 

- o`qituvchilarning kreativlik faoliyati raxbariyat tomonidan e`tiborga olinsa va 

qo`llab-quvvatlansa. 


 

Magistrlik  dissertatsiya  ishining  maqsadiga  erishish,  shuningdek,  ishning  



belgilangan  ob`ekti,  predmeti  va  ilmiy  farazidan  kelib  chiqqan  holda  Biz  qo`yidagi  

vazifalarni belgilab odik: 

- «kreativlik» tushunchasini ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etish; 

-   kreativlik  –  bu  pedagog  kadrlarga  xos  shaxsiy  sifat  ekanligini  ilmiy-nazariy 

jixatdan asoslash; 

- kreativlikning komponentlarini aniqlash; 

-  o`qituvchi  shaxsining  kreativligi  bilan  uning  ma`naviy  qiyofasining 

bog`liqligini asoslash  

Bu vazifalarni bajarish uchun Biz ilmiy-tatqiqot ishimizda quyidagi metodlardan 

foydalandik va quyidagilar ishning metodologik asosi sifatida xizmat qildi. 

Magistrlik  dissertatsiya  ishining  metodologik  asoslari:  O`zbekiston 

Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning pedagog kadrlar tayyorlash masalasiga doir 

g`oyalari,  o`qituvchilik  kasbiga  bo`lgan  e`tibori  va  talablari,  O`zbekiston 

Respublikasining milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi, «Ta`lim to’g`risida»gi Qonuni 

va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»,  shuningdek,  mavzuga  doir  ilmiy-pedagogik, 

ilmiy-metodik,  shuningdek,  pedagogika  va  psixologiya  sohasidagi  ilmiy  yangiliklar. 

Shuningdek, psixologiya fanining fundamental tamoyillari (rivojlantirish tamoyili, bir 

butunlilik  tamoyili,  ong  va  faoliyat  birligi  tamoyili),  mavzuga  doir  pedagog  va 

psixolog olimlarning ilmiy qarashlari ilmiy tatqiqot ishimizning nazariy-metodologik 

asosini tashkil etadi. 



Magistrlik dissertatsiya ishining metodlari. Yaratilgan ilmiy farazni tekshirib 

ko`rish  hamda  belgilangan  vazifalarni  bajarish  uchun  qo`yidagi  qator  ilmiy-tatqiqot 

metodlaridan foydalandik: 

-  kreativlik  muammosiga  doir  ijtimoiy-pedagogik,  ijtimoiy-psixologik  va 

metodik adabiyotlarni ilmiy nazariy o`rganish va  analitik tahlil etish; 

- kuzatish, anketa, muammoga doir ma`lumotlarni to`plash va ularni saralash; 

-  matematik-statistik metodlar, xulosalar chiqarish va tavsiyalar berish. 

Ilmiy-tatqiqot ishining bosqichlari.  

Ilmiy-tatqiqot ishlari uchta bosqichda amalga oshirildi: 



 



Birinchi  bosqichda  tanlab  olingan  mavzuning  dolzarbligi  aniqlandi,  mavzuga 

doir pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlil etilib, ilmiy-tatqiqot ishining umumiy 

dastur-rejasi  ishlab  chiqildi.  (Ilova  -1)  Shuningdek,  muammoga  doir  bildirilgan 

olimlarning fikr va mulohazalari tahlil etilib, bibliografik tirtibi ishlab chiqildi. Ilmiy-

tatqiqot  ishining  predmeti  aniqlanib,  ilmiy  farazlar  ilgari  surildi,  ilmiy  tatqiqot 

ishining maqsadi va vazifalari aniqlandi. 



Ikkinchi bosqichda ilmiy adabiyotlar tahlilining natijalari sintez qilindi, maktab 

amaliyotida  o`qituvchilarning  kreativ  faoliyat  yuritishi  o`rganildi,  ular  bilan 

muloqotda bo`lish, tajribalarini o`rganash ishlari amalga oshirildi.   

Uchinchi  bosqichda  ilmiy  izlanish  ishlari  yakuniga  olib  kelindi  va  natijalar 

sarhisob qilindi. Tajriba-sinov ishlari bazasi sifatida

 

Beruniy tumani XTM MMT va 



TM  (Xalq  ta`limi  muassasalari  mutaxassislarini  metodik  ta`minlash  va 

tashkillashtirish  markazi)  qoshidagi    26  -  sonli  umumiy  o`rta  ta`lim  maktabining 

boshlang`ich sinflari belgilab olindi. 

Magistrlik dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi.  

1.

 



Kreativlik  -    bu  shaxsning  individual  xususiyati  bo`lib,  madaniy 

vositalarni 

shaxsiy 

tushunchalaridan 

kelib 

chiqqan 


holda 

qo`llashi 

va 

rivojlantirishidir. 



2.

 

Kreativlik  psixologik  nuqtayi  nazardan  tahlil  etilgan  va  bugungi  kunda 



pedagogik  nuqtayi  nazardan  tadqiq  etishni  talab  etayotgan  muhim  pedagogik 

muammodir.  



Himoyaga olib chiqiladigan holatlar

1.

 



Kreativlik  –  bu  o`qituvchilarni  innovatorlikka  undovchi  pedagogik 

kategoriya hisoblanadi. 

2.

 

Kreativlik  o`qituvchining  kasbiy  va  shaxsiy  sifatining  integratsiyasidir. 



Chunki o`qituvchi tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo`lmas ekan, bunday o`qituvchi 

hech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi.  

3.

 

Kreativlik  o`qituvchilarda  o`z-o`zidan  payda  bo`ladigan  sifat  emas,    u 



o`qituvchining  yangiliklarga  intilishi,  yangiliklarni  o`zlashtirish  va  o`zining 

pedagogik faoliyatida qo`llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni enga 



 

olishi,  innovatsion  yangiliklarni  o`z  faoliyatida  faol,  ijodkorona  foydalana  olish  va 



o`z mualliflik g`oyalariga, echimlarni (evristik) topa olishi bilan bog`liqdir. 

4.

 



O`qituvchining  kreativligining  shakllanishi  «ehtiyojlar,  yo`nalishlar  va 

«Men» kontseptsiya»laridan kelib chiqadi.  



Magistrlik dissertatsiya ishining nazariy va amaliy ahamiyati.     

Boshlang`ich  sinf  o`qituvchilarining  kreativlik  faoliyati  masalasi  pedagogik 

muammo  sifatida  tahlil  etilmoqda.  «Kreativlik»  tushunchasining  ilmiy-pedagogik 

talqini, ta`rifi berilib, uning mazmuni va mohiyati ilmiy-nazariy jihatdan ochib berildi 



Ilmiy  tatqiqot  ishning  aprobatsiyasi.  Ilmiy  tatqiqot  ishlarining  natiyjalari 

ommaviy  axborot  vositalarida,  ilmiy  anjumanlarda  ma`ruzalar  o`qish,  ilmiy 

seminarlarda ishtirok etish bilan amalga oshirildi. Jumladan: 

1. «Taraqqiyot  ko`zgusi» gazetasining 12-sonida «Ustozim kabi» mavzusidagi 

maqola e`lon qilindi. 

2. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tashkil etilgan «Fiziki 

va  ekologiya»  mavzusidagi  ilmiy  -  amaliy  konferentsiyada  «O`quvchilarning 

ekologik  madaniyatini  shakllantirishda  o`qituvchining  kreativlik  faoliyati»  nomli 

ma`ruza  bilan  ishtirok  etildi  hamda  «Eng  yaxshi  maqola»  nomiatsiyasi  buyicha  3-

o`rinni egallashga muvaffaq bo`lindi.  

3.  Berdax  nomidagi  Qoraqalpoq  davlat  universitetida  tashkil  etilgan  «Etnik 

xussiyatlar  va  ta`limni  loyixalashtirish  texnologiyalari»  mavzusidagi    Respublika 

ilmiy-uslubiy  anjumanda  «Ustazdы  ədiuleu  xalqыmыzg`a  tən  qəsiyet»  mavzusidagi 

ma`ruza bilan ishtirok etildi. 

4.  Berdax  nomidagi  Qoraqalpoq  davlat  universitetida  tashkil  etilgan  «Etnik 

xussiyatlar  va  ta`limni  loyixalashtirish  texnologiyalari»  mavzusidagi    Respublika 

ilmiy-uslubiy  anjumanda  «Akmeologiya  –  kreativlik  faoliyatning  in`ikosi  sifatida» 

mavzusidagi  ma`ruzalar  bilan  ishtirok  etildi  va  ilmiy  tatqiqot  ishining  asosiy 

mazmuni keng ommaga etkazildi. 

Magistrlik  dissertatsiya  ishining  tuzilishi.  Mazkur  ilmiy  tatqiqot  ish  kirish, 

uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati hamda ilovalardan iboratdir. 

 


 



I BOB.  KREATIVLIK  TUSHNCHASINING  PEDAGOGIK  MAZMUNI 



 

1.1.  KREATIVLIK   -  PEDAGOGIK  MUAMMO  SIFATIDA 

O`zbekistonning  milliy  taraqqiyotga  qaratilgan  bosh  g`oyasi  -  ozod  va  obod 

Vatan,  erkin  va  farovon  xayot  barpo  etishdir.  Binobarin,  ozod  va  obod  davlatning 

fuqarolari  komillik  sari  intilib  yashash  maqsadini  o`z  oldiga  qo`yadi.  Yurtboshimiz 

I.A.Karimov 

“Yuksak 


ma`naviyat-engilmas 

kuch” 


asarida 

O`zbekiston 

taraqqiyotining  ma`naviy-axloqiy  va  kasbiy  asoslari  to`g`risida  fikr  yuritib,  istiqlol 

sharoitida talaba- yoshlarning bilim asoslarini puxta egallashlari bilan birga mustaqil 

fikrga  ega  bo`lgan,  g`oyaviy,  mafkuraviy  jihatdan  chiniqqan,  kasbiy  mahoratini 

mustaqil  vatanimizning  ravnaqi  yo`lida  fidokorona  safarbar  eta  oladigan  ruhda 

tarbiyalash lozimligini dolzarb vazifa qilib qo`ydi. 

Har  qanday  jamiyatning  iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy  va  madaniy  barqarorligi 

o`sha  jamiyat  fuqarolarining  ma`naviy-axloqiy,  intellektual  va  kasbiy  salohiyati 

darajasiga  bog`liq.  Shunday  ekan,  ma`naviy-axloqiy  va  kasbiy  jihatdan  to`laqonli 

shakllanmagan  shaxsda  o`z  vatani,  millati,  egallagan  kasb-kori  bilan  faxrlanish 

tuyg`usi  sayoz  bo`ladi.  Bu  holat  O`zbekistonning  bozor  munosabatlariga  xos  shart-

sharoitlarida  yaqqol  ko`zga  tashlanmoqda.  Bu  borada  Prezident  I.A.Karimov 

“Ma`naviyat  tarbiyaning  eng  ta`sirchan  quroli  ekan,  undan  oqilona  foydalanish, 

bolalarimizni  vatanparvarlik,  rostgo`ylik,  xaqsevarlikka  o`rgatish  kerak  bo`ladi. 

Aslini  olganda,  axloq  ma`naviyatning  o`zagi.  Inson  axloqi  shunchaki  salom-alik, 

xushmuomaladangina  iborat  emas.  Axloq-bu  avvalo  insof  va  adolat  tuyg`usi,  imon, 

halollik...”¹ ekanligini alohida uqtirib o`tgan. 

Ushbu  metodologik  fikr  va  tadqiqot  ishlanmalarimizdan  kelib  chiqib,  shuni 

aytish  lozimki,  agar o`quvchi o`quv  -  biluv va  tarbiyaviy faoliyatning  maqsadini 



bilmasa,  tarbiyachi  -  o`qituvchi  tomonidan  qo`yilgan  vazifalarni  tushunmaydi 

hamda qabul qilolmaydi. O`quvchining majburiyati qiziqish asosida bo`lmay, balki 

majburiy,  sun`iy  va  lozim  bo`lsa  tazyiq  ostida  sodir  bo`ladi.  O`quvchi  darslik 

mazmunidagi      mavzularni  shunchaki  ko`r-ko`rona  “o`rganish”ga  yoki  ayrim 

munosabatlarni  quruq  yodlab  olishga  majbur  bo`ladi.  “O`qituvchi-o`quvchi  ”  va 



 

“Tarbiyachi-tarbiyalanuvchi”  munosabati  “sub`ekt-sub`ekt”  munosabatlar  darajasiga 



ko`tarilmas  ekan,  o`quvchida  tarbiya  jarayoniga  va  bilim,  ko`nikma,    malakalarini 

egallashga  nisbatan  befarqlik  vujudga  keladi.  Olib  borayotgan  izlanishlarimiz 

o`quvchining  shaxsiy,  sub`ektiv  tafakkuri  rivojiga  asoslangan  mustaqil  fikrini 

shakllantirish  uchun  tarbiyachining  kasbiy  faoliyatini  texnologiyalashtirish

pedagogika fanida yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini ta`kidlaydi.   

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  asarlarida  barkamol  shaxs 

tarbiyasi, uning ma`naviy-axloqiy asoslari, ta`lim-tarbiyaning birligi va uning milliy 

hamda 


umuminsoniy 

mohiyati, 

mustaqillik 

yillarida 

milliy-ma`naviy 

qadriyatlarimizni  tiklashga  qaratilgan  amaliy  harakatlar  mazmuni  atroflicha 

yoritilgan. 

Shu  bilan  bir  qatorda  o`z  mustaqilligiga  erishgan  yurtimizda  kelajak 

avlodlarimiz  bo`lgan  yoshlarga  alohida  e`tibor  berilib,  ularning  har  tomonlama 

rivojlangan  komil  shaxs  hamda  raqobatbardosh  kadrlar  sifatida    shakllanishi  uchun 

barcha  shart-sharoitlar  yaratilmoqda.  Ayniqsa, 2014-yilni  «Salog’lom  bola  yili»  deb 

nomlanishining o`zi yoshlarga berilayotgan e`tibor, ularga samarali ta`lim va tarbiya 

berish  davlat  siyosatining  ustuvor  yo`nalishlaridan  biri  ekanligidan  dalolat  beradi. 

Yurtboshimiz I.A.Karimov o`zining «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch» asarida 

«Biz  xalqimizning  dunyoda  hech  kimdan  kam  bo`lmasligi,  farzandlarimizning  

bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun  bor kuch va 

imkoniyatlarimizni    safarbar  etayotgan  ekanmiz,  bu  borada  ma`naviy  tarbiya  

masalasi,  hech  shubhasiz,  beqiyos  ahamiyat  kasb  etadi.  Agar  biz  bu  masalada 

hushyorlik va sezgirligimizni, qat`iyat va mas`uliyatimizni yo`qotsak, bu o`ta muhim 

ishni  o`z  holiga,  o`zibo`larchilikka  tashlab  qo`yadigan  bo`lsak,  muqaddas 

qadriyatlarimizga  yo`g`irilgan    va  ulardan  oziqlangan  ma`naviyatimizdan,  tarixiy 

xotiramizdan  ayrilib,  oxir-oqibatda  o`zimiz  intilgan  umumbashariy  taraqqiyot 

yo`lidan  chetga  chiqib  qolishimiz  mumkin»,  -  deya  yoshlarimizning  komil  shaxs 

sifatida  shakllanishida  ma`naviy  tarbiyaning  o`rnini  alohida  ta`kidlab  o`tadi.

1

 

Mamlakatimizda o`tkazilayotgan tub islohotlar  ta`lim tizimini ham o`z ichiga olishi 



                                                 

1

 Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma`naviyat.,-2008. 4-bet 



 

10 


tabiiy  hol.  Chunki  bu  tizim  ijtimoiy  sohaning    muhim  tarkibiy  qismi  bo`lishidan 

tashqari,  uning  o`zi  ham    islohotlar  yo`nalishi  va  sur`atiga  katta  ta`sir  o`tkazishi 

mumkin.  Shunday  ekan,  O`zbekiston  Respublikasi  o`zining  ta`lim  sohasidagi 

taraqqiyot  yo`lini  belgilab  oldi.  «Ta`lim  to’g`rsida»gi  Qonun  hamda  «Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi» O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi taraqqiyot 

yo`li  hisoblanib,  uning  uzluksizligini  ta`minlash  davlat  siyosatining  ustuvor 

yo`nalishlaridan  biridir.Ushbu  uzluksiz  tizim  mazmuni  va  mohiyatiga  muvofiq  har 

bir  yosh  avlod  o`z  vaqtini  bekor  o`tkazmasdan,  bilim,  taraqqiyot  sari  intilishi  talab 

etiladi.  Ayniqsa,  bugungi  kundagi  axborot  texnologiyalarining  shiddat  bilan 

rivojlanishi,  O`zbekiston  Respublikasining  rivojlangan  davlatlar  qatorida  taraqqiyot 

sari yuz tutishi bugungi kun o`quvchisi oldiga yangi talablarni qo`ymoqda. Endilikda 

u  faqatgina  maktab  darslari  materiallarini  o`qib  o`rganuvchi  emas,  balki  o`zi  ijodiy 

izlanib, yangi va yangi axborotlarni egallab, bilimlar cho’qqisiga yetishi hamda jahon 

arenasida  boshqa  rivojlangan  davlat  bolalari  bilan  to`la  raqobatga  kirisha  oladigan 

shaxs  sifatida  shakllanishi  talab  etilmoqda.  Bu  esa  pedagogika fani  oldiga  bolalarda 

bilim olish va insoniy fazilatlarni va madaniyat unsurlarini o`zlashtirish kabi muhim 

va  dolzarb  muammoni  qo`ymoqda.  O`quvchi-yoshlarni  bilimdon  va  ma`nan  etuk 

insonlar  sifatida  shakllantirishda  ularning  fanga,  ta`lim  olishga,  bilim  egallashga 

bo`lgan  ichki  psixologik  yo`nalishni  shakllantirishda    pedagog-tarbiyachilarning 

tutgan  o`rni  alohida.  Aynan  o`qituvchi  bolalar  uchun  andoza  sifatida  namoyon 

bo`ladi.  Ayniqsa,  boshlang`ich  sinflarda  birinchi  muallim  bolalar  uchun  ulug`  zot 

sifatida  gavdalanadi  va  bolalar  uchun  andoza  bo`ladi.  Shunday  ekan,  boshlang`ich 

sinf  o`qituvchilarining  kreativligi,  xarakatchanlagi,  bolalarni  tushuna  bilishi, 

kommunikativ  va  pertseptiv  (bolani  tushuna  olish)  qobiliyatlari  bilan  bir  qatorda 

muhim axamiyat kasb etadi. Chunki boshlang`ich sinf o`quvchilarida harakatchanlik, 

qiziquvchanlik  hamda  bilishga  bo`lgan  ishtiyoq  kuchli  bo`lishi  psixolog  olimlar 

tomoniddan  ilmiy  jihatdan  asoslangan.  Faqatgina  bunday  qiziqish  va  ishtiyohlarni 

ijobiy  tomonga  yo`naltirish  talab  etiladi.  Buning  uchun  esa  boshlang`ich  sinf 

o`qituvchilaridan yanada ko`proq izlanishni, ijodkorlikni va novatorlikni talab etadi.  


 

11 


O`qituvchilarning  kreativlik  faoliyati  masalasi  pedagogika  fanida  qanday 

darajada  o`rganilgan,  shular  orasida    boshlang`ich  sinf  o`qituvchilarining  kreativlik 

faoliyat  yuritishi  qanday  darajada,  ularning    kreativlik  faoliyatni  darajalarga  ajratish 

mumkinmi, masala pedagogika  ilmida qanchalik darajada o`rganilgan?! - kabi haqli 

savollar  tug`ilishi  tabiiy.  Ushbu  savollarga  javob  topish  uchun  Biz  magisrlik 

dissertatsiya  ishimizni  shu  masalaga  qaratdik  va  muammoni  ilmiy  jihatdan 

o`rganishni lozim deb topdik. Demak, kreativlik – bu muhim ahamiyatga ega bo`lgan 

pedagogik  muammo  ekan,  bu  borada  izlanishlar  talab  etiladi.  Bu  izlanishlarni  biz 

ushbu bobning ikkinchi qismida alohida bayon etishni lozim deb topdik.  


Download 399.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим