Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Download 23,8 Kb.
Sana07.04.2021
Hajmi23,8 Kb.
#62907
Bog'liq
nurimova dil.sessiyaoraliq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavr ta’lim yo‘nalishi sirtqi bo‘lim 1-kurs talabalarining

ONA TILI VA ADABIYoT

fanidan


O'zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari”

mavzusida tayyorlagan



SESSIYAORALIQ NAZORAT ISHI

Tayyorlagan: Nurimova Dildora
Qabul qiluvchi: S.Matyakupov

NUKUS – 2020

Mavzu : O'zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari


Reja:

I.Kirish:

bolalar adabiyoti haqida qisqacha.

II.Asosiy qism:
a)bolalar adabiyotining rivojlanish tarixi;.

b)hozirgi davr bolalar adabiyoti;

c)pedagogika fani bilan uzviy bog'liqligi.

III.Xulosa:
Bolalar adabiyotining hayotimizda tutgan o'rni.

O'zbek oilalarida kitobga muxabbat ,uni asrab avaylash va kitobxonlik qadimiy an'analaridan biri bo'lib,xalqimiz ma'naviy kamolotida muhim o'rin tutadi.O'qish bola dunyoqarashining shakllanishiga,ularning aqliy , axloqiy va estetik tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi.Bugunning bolasini kitob o'qishga majburlash bilan hech narsaga erishib bo'lmaydi.Chunki ularning nazarida bundanda qiziqarli ermaklar ko'p.Avvalo bolaning qalbida kitob o'qishga qiziqishni shakllantirish kerak.Kitob o'qish mobaynida bola ko'plab darsliklar ,adabiyotlar,har xil asarlar o'qiydi.Bu ularning savodini oshirishda ham xizmat qiladi.Boy va rang barang og'zaki xalq ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manbaa bo'lib xizmat qiladi. Bu yerda yana bir narsani takidlab o'tish kerak : badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan ham uzviy bog'liq. Bu jihatdan Mahmud Koshgariyning "Devoni lugotit turk" asarini eslab o'tish o'rinlidir. XI asrining buyuk tilshunosi olimi bu kitobda bizga ko'p malumotlar beradi. Unda XI asrida adabiyoti bilan birga avvalgi zamonlarda paydo bo'lib og'izdan og'izga avloddan avlodga ko'chib yurgan qo'shiq va lirik sherlardan namunalar. Alisher Navoiy "Hayratul abror" dostonining 40-bobida rostgo'ylikning ajoyib fazilat ekanligini yozdi. Har kim o'ziga to'g'rilik(halollik)ni odat qilgandan keyin charxning teskri aynalgani bilan nima ishi bor? Yo'l ancha tog'ri bo'lsa (manzil) shuncha yaqin. Nayza to'g'ri bo'lganidan doim yuqori otiladi. O'tgan asrning 20-yillarida Fitrat Cho'lpon G'ayratiy Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng o'rin oladi . Kattalar adabiyotining jo'sgqin kuychisi Usmin Nosir o'zining " Bog'im " she'rida inson mehnat qilsa bog' yaratsa uning mehnati hech qachon yo'q bo'lmadligini ayniqsa u bog' barpo qiladigan bo'lsa uning dov daraxt mangulikka daxldor ekanligini quyidagicha tarifladi: bolalarni mehnat qilishga,bog'rog'larni ko'paytirishga chog'ladi.

Bolalar adabiyoti yildan yilga shakllanib ko'zga tashlana boshladi. Ayniqsa bu yillarda yuqoridagi qalamoshlarning safiga Z. Diyor,M.Fayziy,I.Muslim,A.Raxmat,M.Oqilova kelib qo'shilishi katta voqea bo'ldi. Ular bolalarning yahshi o'qishiga ilm-fan nurlariga baxramand bo'lishga davrning haqiiqy o'g'il qizlari bo'lib kamol topishiga targ'ib etadilar. Bolalar adabiyoti yildan yilga shakllanib bordi. 30-yillarga kelib o'zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo'ladi. Poeziya (Zafar Diyor,Muslim,Shukur Sadulla…Quddus Muhammadiy) proza(Majid, Fayziy,Oppoqova)dramaturgiya(Z.Diyor,Darjiya Oppoqova) sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy,Gofur Gulom,Hamid Olimjon,Oybek,Shokir,Sulaymon,Elbek ham o'zbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga o'z hissalarini qo'shdilar. "Muborak" she'r va hikoyalar,to'plamlari,"Mashinist" poemasi "Baxtli yoshlik" drammasi "Jo'natish" hikoyalari,"S.Jo'raning "Fidokor" Ilyos Muslimning "Osuv" , "Zaxarxandalar" to'plamlari, Shukur Sadullaning "Hayqiriq" to'plamlari bolalar uchun bosilib chiqildi. Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko'plab asarlar o'zbek tiliga tarjima qilindi. Buning natijasida o'zbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa "Yosh turkistonliklar" "Bolalar yo'ldoshi' "Bolalar dunyosi" "O'zgaruvchi yoshlar" "Yosh kuch" kabi nashrlarning yo'lga qo'yilishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab bo'ldi. Bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik,maktab hayoti,ona yurt tabiati,xalqlar dostligi,ilm,hunar, va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan keng o'rin oladi. Xalqimizda "ona yurting omon bo'lsa rangu roying somon bo'lmas" degan naql bor. Ikkinchi jaxon urushi yillarida Oybek,Hamid Olimjon,Gafur Gulom,Sobir Sadulla,Uygun,Maqsud Shayxzoda,Zafar Diyor,Gayratiy,Mirtemir,Ilyos Muslim va boshqalar fashist bosqinchilarning yer bilan yakson bo'lishiga komil ishonch g'oyasi bilan yo'g'rilganl asarlar yaratdilar. Bu davr bolalar adabiyotining asosiy mavzusini urush davridagi xalq qahramonlarining fashist bosqinchilarga qarshi jasoratga to'la kurashi "Xat" , "Sen yetim emassan" "Vatan haqida" "Yigitlarga" "Kurash nechun" "Kapitan Gastello" ,"Vatan haqida qo'shiq" ,"Onamning aytganlari" kabi asarlarda o'z ifodasini topgan. Urushdan so'ng bolalar sheriyatida ona Vatan,go'zal diyor,hur olkamiz to'grisida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. "Yashna, Vatan" "Obod o'lkam" ,"Yurtimizning yuragi" ,"o'lkamizning tongi otmoqda" , "Ona degan so'z" - bu mavzuda yaratilgan she'rlarni sanagan bilan tamom bo'lmas. Abdulla Oripovning "Dehqon bobo va o'n ikki bolakay qissasi"she'rida bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo'lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo'ldi. O'zbek bolalar sheriyatida O'zbekiston haqida ko'plab asarlar bor. A.Oripov ularni takrorlamasdan o'ziga xos original asar yozgan. She'r qahramonlari o'n ikki viloyatdan chiqqan a"lochi,jamoatchi oquvchi bolalar. Ular o'z joylarining tarixini yaxshi bilishadi. Poyezdda o'zlariga hamroh bo'lgan boboning savollariga lo'nda qilib javob berishadi. O'zbekistondagi har bir viloyatning o'ziga xos boyligi,shaharlari,bag'rikeng odamlari kitobxon ko'z o'ngida bir bir gavdalanadi.Shoilarimiz o'z asarlarida bolalarni mehnatkash bo'lishga,mehnat ahlini hurmat qilishga,ularning peshona terlari evaziga bunyod etilgan narsalarni ezozlashga,asrab avaylashga da'vat qiluvchi she'rlari bilan kitobxon mehrini qozonmaqdalar. Bolalarni bog'cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ishlardan hisoblanadi. Bolalar inodkorlari bu masalaga alohida e'tibor bermoqdalar. " Kichkina bogbon haqida doston", "Suv bilan suhbat ", " Yuksak tog",keng o'tloq va mard o'rtoq haqida qissa" ,(Z.Diyor) ," To'rt fasl" ,(Sh.Sadulla) "Bizning bog'ga kelinglar" (G.Gulom") "Boychechak" (Uyg"un) "O'rik gullaganda"(Hamid Olimjon) "Yurtimiz tabiati" "Tilla qongiz" (I.Muslim) "Qanotli do'stlar"(Q.Muhammadiy) "Baxor,Tog' manzarasi,suv" (Q.Hikmat) va boshqalar shular jumlasidandir.Bular orasida Shukur Sadullaning"Kichkina qushcha" asari alohida ajralaib turadi. Unda bolalarning qushlarga bo'lgan mehri,g'amxo'rligi misralar qatiga chuqur singdiriladi.Bolalar shoiri Olim Mahkam o'ziga o'zi talabchan qalamkashlardan biri.U o'zining har bir asarini qayta qayta ishlaydi. Tilining sodda,badiiy,mukammal bo'lishiga katta ahamiyat beradi. Bugungi o'zbek bolalar sheriyati haqida gap ketar ekan maktab hayotini aks ettiradigan asarlar haqida alohida to'xtalib o'tish kerak. Hamma narsa o'qishga,maktabga bog'liq. Odatda bolalar orzular qanotida yashaydi." Endi katta bolaman" she'rida bolaning orzu niyati nihoyatda buyuk-tezroq o'sib ulg"ayib maktab o'quvchisi bo'lish:

Bultur edim oltida,

Yoshim yetmay qoldi-da,

Maktabga yozishmadi,

O'qishga olishmadi.

Hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyotida she'riyat rivojlangani kabi nasrdan ham salmoqli asarlar yuzaga keldi. Yozuvchilarning yangidan yangi avlodlari kamol topdi. Ayniqsa,hikoyachilik o'sdi. Bolalarning yoshi,qiziqishi,dunyoqarashiga to'la javob bera oladigan hikoyalar bunyod etildi. Juda ko'plab hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari o'z ifodasini topmoqda. Bolalar qissachiligida ham ko'plab yahshi asarlar yaratildi. Bu davr bolalari qissachiligining mavzu doirasi juda kengaydi. Kattalarning mehnati ,ularning jasoratlari"Yonar daryo", ikkinchi jaxon urushida ishtirok etish "Rustamjonning sarguzashtlari" tobora gullab yashnab borayotgan go'zal shaharlarimiz va bag'rikeng,insonparvar odamlarimiz "Komandirning boshidan kechirganlari" . Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol o'ynaydi. Hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyotida,bolalar adabiyotshunosligi va adabiy tanqid ham pog'onama pog'ona rivojlandi. Bir qator darslik ,qo'llanma,majmua,monografiya,kitoblar yozildi. Shu zaylda hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda. U yangi yozuvchilar va yangi asarlar bilan tobora boyib bormoqda. Bir so'z bilan aytganda bu adabiyot mustaqil o'zbekistonimizning gullab yashnashi uchun xizmat qilmoqda.

Yana bir muhim narsa borki biz bo'lajak o'qituvchilar uchun bolalarning, ayniqsa maktabga ilk qadam qo'ygan bolaning ko'nglida mehr , sahiylik urug'ini ekish asosiy manzillarimizdan hisoblanadi. Albatta ularning ko'ngliga yo'l -shirin so'zlik. Bu esa albatta xalq og'zaki va yozma ijodining o'rni ham salmoqli darajada bilinib turadi. Zeroki,so'zsiz hayotimizni tasavvur qilolmaganimizdek,adabiyot(adab)siz ham tasavvur qilolmaymiz!
Download 23,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish