KİRİSh
O`zbekiston Respublikasining talim to`g’risidagi qonuni va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” da “O`quv tarbiyaviy jarayonni ilg’or Innovacioni
texnologiyalar bilan taminlash” zarurligi takidlangan . Shuning uchun ham biz
bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini bugungi kundagi eng dolzarb
muammolardan biri “Akademik litsey matematikasini pedogogik texnologiyalar
asosida o`qitish” muammosiga bag’ishladik.
Bitiruv malakaviy ishimizning o`rganish obekti sifatida akademik litseylarda
matematika fanini o`qitish jarayoni tanlandi.
O`qituvchi o`quvchilarni faollashtiradigan, o`zi va o`rganuvchi uchun qulay
bo`lgan yo`llarni, usul va uslublarni, o`qitish shakllari, metod va vaziyatlarni
izlaydi, zamonaviy pedogogik texnologiyaga suyanib, o`quv jarayonini
samaradorligini oshiradi. O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatib, o`quv
jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi.
Shu boisdan ham, pedogogik texnologiya, didaktik texnologiya, talim
texnologiyalariga o`quv jarayoniga eng samaradorli vositalar deb qaralmoqda.
Ulardan dunyo pedogogik amaliyotida keng foydalanilmoqda.
Hozirgi kundagi eng dolzarb masala va vazifa talim standartlarini o`quv
jarayoniga tadbiq etishdan iboratdir.
Tadqiqot maqsadi - akademik litsey matematika talimi samarodorligini
oshirishda Innovacioni texnologiyalarning o`rnini ko`rsatish.
Tadqiqot predmeti - Innovacioni texnologiyalarning matematik talimda
o`rni.
Tadqiqot vazifalari:
1) Innovacioni texnologiyalarning talim samaradorligini ko`rsatish.
2) Innovacioni texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlarini ochish.
3) Innovacioni texnologiya loyixalarini tahlil kilish.
4) Akademik litsey matematika fanlarini innovacioni texnologiyalar asosida
o`qitish imkoniyatlarini ochirish.
5) Amaliy mashg’ulotlarda innovacion texnologiyalarni qo`llash yuzasidan
ishlanmalar tayyorlash.
Pedogogik texnologiya hozirda barcha pedogogik kasblar hamda talim-
tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog’liq
kasblarning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy pedogogik texnologiyalardan barcha
pedogoglar xabardor bo`lishlari zarur. Shularni xisobga olgan holda biz bitiruv
malakaviy ishimizda innovacioni texnologiyalar va xususiy innovacioni
texnologiyalar haqida to`liq malumot berishga, akademik litsey matematikasini
dars jarayonida innovacioni texnologiyalar asosida o`tishning bazi bir usullari,
uning ijobiy natijalarini to`liq yoritib berishga harakat qildik.