Ajiniyoz nomidagi ndpi ning boshlang’ich ta’lim fokulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishining 3-v guruh talabasi matyakubova fazilatning Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil ishi



Download 427,6 Kb.
Sana05.08.2021
Hajmi427,6 Kb.
#139274
Bog'liq
ona t ppt

Mavzu:Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot Reja: 1. Gap bo’laklari. 2. Ega va uning ifodalanishi. Kesim va uning ifodalanishi 3. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari

Gapning bo’laklari

ma’no-vazifasiga ko’ra

ikkiga bo’linadi:

1. bosh bo’laklari

2. ikkinchi darajali bo’laklar

Gapning tuzilish asosini ega va kesim munosabati tashkil etadi. Odatda gap ega va kesim birikuvidan yoki bosh bo’lakning bir o’zidan iborat bo’ladi. Bu bo’laksiz gap tushinchasini tasavvur qilish qiyin.

Gapda mutlaq hokim bo’lib, kesim orqali ifodalanadigan hukm bildiruvchi bo’lak ega deyiladi.

Ega quyidagicha ifodalanadi:

Ega quyidagicha ifodalanadi:

1.Ot bilan:

Alisher Navoiy g’azal mulkining sultoni.

2. Olmosh bilan:

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur.

3. Son bilan:

Ikki yorti-bir butin.

4. Sifatdosh bilan:

Ishlangan tishlaydi.

5. Sifat bilan:

Yaxshi yetar murodga, yomon qolar uyatga.

6. Taqlid so’z bilan:

Ichkaridan odamlarning shov-shovi eshitildi.

7. Birikmalar bilan:

O’ylamay gapirgan og’rimay o’lar.

Eganing belgisini, hukmni tasdiq yoki inkor yo’li bilan ifodalaydigan bosh bo’lak kesim deyiladi.

Fe’l bilan: Men xayol surib ketdim.

Ot bilan: Yaxshining gapi-moy, yomonning gapi-loy.

Sifat bilan: Mehnat qilgan elda aziz.

Son bilan: Ikki o’n besh-bir o’ttiz, ikki-yorti bir butin.

Olmosh bilan: Xolmurodning jonajon o’qituvchisi-o’sha.

Ravish bilan: Bizda a’lochi o’quvchilar ko’p.

Harakat nomi bilan: Sevmoq-sevilmoq.

Modol so’z bilan: O’limdan xabarim bor, lekin bunday ovozalardan xabarim yo’q.

Kesim so’z turkumlari bilan ifodalanishiga ko’ra ikki turga bo’linadi: 1) fe’l kesim, 2) ot kesim

Fe’l kesim. Fe’l va uning tuslangan shakllari ravshdosh shakli bilan ifodalanib kelgan kesim fe’l kesim deyiladi. Masalan: Haydar ota yer ostidan uning yuziga qaradi.

Ot kesim: Fe’ldan boshqa so’zlar bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi.

Ikkinchi darajali bo’laklar bosh bo’laklar orqali ifoda qilingan gapning asosiy mazmunini aniqlab, to’dirib, izohlab keladi.

Gapning ikkinchi bo’laklari uchga bo’linadi.

  • To’ldiruvchi
  • Aniqlovchi
  • Hol

Gapning biron bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, uning ma’nosini to’ldirib keluvchi gap bo’lagi to’ldiruvchi deb ataladi.

Gapning biron bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, uning ma’nosini to’ldirib keluvchi gap bo’lagi to’ldiruvchi deb ataladi.

To’ldiruvchi o’zi tobelanib kelgan gap bo’lagi bilan bog’lanib kelishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

a) vositali to’ldiruvchi

b) vositasiz to’ldiruvchi

Bolalar paraxod modelini yasadilar. Opa, menga o’sha Omonimni kuy, menga o’sha yomonimni kuy.

Menga-vositali to’ldiruvchi

Modelini-vositasiz to’ldiruvchi

Predmetning belgisini bildirgan ikkinchi darajali bo’lak aniqlovchi deyiladi.

Aniqlovchi ikki xil bo’ladi.

- Sifatlovchi aniqlovchi.

- Qaratqich aniqlovchi.

Uning ko’zlari juda chiroyli edi. Bu yerda uning so’zi qaratqich aniqlovchi, chiroyli so’zi sifatlovchi aniqlovchi hisoblanadi.

Odatda fe’l bilan ifodalangan bo’lakka bitishuv yoki boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, undan anglashilgan ish-harakatning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo’lakka hol deyiladi. Hollar ma’nolariga ko’ra bir necha turga bo’linadi. 1) Ravish holi-Qushlar qanot qoqib g’ujirlashardi. 2) Payt hol-Yangi yilgacha yog’ingarchilik kam bo’ladi. 3) O’rin holi-Ministirlikdan telifon qilishardi. 4) Sabab holi-U tortinchog’ligi tufayli g’alati ko’rinadi. 5) Maqsad holi-Tomosha qilish uchun pastga tushishdi 6) Daraja-miqdor holi-Gapni oz so’zla, ishni ko’p ko’zla.

E’tiboringiz uchun rahmat.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 427,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish