Agrar bozorlar va narxning shakllanishi



Download 480,54 Kb.
bet1/2
Sana14.01.2022
Hajmi480,54 Kb.
#360552
  1   2
Bog'liq
Agrar bozorlar va narxning shakllanishi

Agrar bozorlar va narxning shakllanishi

Reja:

1.Agrar bozorlarning o’rni, tarkibi va vazifalari.

2.Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab va taklif muvozanati, unga ta’sir etuvchi omillar.

3.Agrar bozorlarda narxning shakllanish mexanizmi.

4. Agrar bozorlarni rivojlantirishda infratuzilmaning ahamiyati.


1.Agrar bozorlarning o’rni, tarkibi va vazifalari.

Agrar va oziq-ovqat bozorini rivojlantirish va aholini o’z shaxsiy ishlab chiqarishi hisobiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, har bir inson uchun ularga jismoniy va iqtisodiy ega bo’lish imkoniyati asosiy muammolardan biriga aylanmoqda va uning nazariy asoslarini istiqbolda rivojlantirish kun tartibiga qo’yilmoqda.

“Agrar va oziq-ovqat” bozori atamasi ostida uchta tarkibiy qism birligini mavjudligini tushunish lozim: birinchidan, qishloq xo’jalik mahsuloti, xom-ashyosi va oziq-ovqati ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari o’rtasidagi o’ziga xos mexanizm mavjud. Bunda iqtisodiy faoliyat oriyentirlari bo’lib mahsulot narxlari xizmat qiladi; ikkinchidan, bozor mexanizmi, bozor infratuzilmasi, jamiyatning muayyan demokratik ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini nazarda tutadigan, hamda davlat tomonidan tartibga solishga yo’naltirilgan agrar siyosatini taxmin qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy tizim; uchinchidan, qishloq xo’jalik mahsuloti, xom-ashyosi va oziq-ovqatini oldi-sotdi harakatlari bevosita amalga oshiriladigan makon.

Iste’molchiga yo’naltirilganlik, ishtirokchilar o’zaro munosabatlarining raqobat xarakteri, xususiy manfaat ustuvorligi. Ularning ayrimlari mazkur bozorda kuchliroq namoyon bo’ladi, bu qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq, birinchidan, agrar texnologiyalarning tabiiy omillar – ob-havo, iqlim, o’simlik va hayvonlar fiziologiyasi bilan qalin aloqasi, ikkinchidan – agrar hamjamiyatlarda iqtisodiy va ijtimoiy-demografik jarayonlarning qo’shilishi.

Qayd etish joizki, agrar va oziq-ovqat bozoridagi tovar ayirboshlash tizimli jarayonida bir tomondan, to’lov qobiliyatga ega talabni ta’minlaydigan, unga bog’liq holda bozor kon’yunkturasi shakllanadi, assortiment va tovar sifati aniqlanadi, xaridorlar; ikkinchi tomondan – qishloq xo’jalik mahsuloti, xom-ashyosi va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar (taklif) ishtirok etadi. Ushbu o’zaro bog’liq va o’zaro faoliyat yurituvchi tomonlar o’rtasidagi munosabatlar vaqt va makon ichida barqaror emas. Ularning o’zaro faoliyati natijasi sifatida narx xizmat qiladi va u o’zgarishlarga duchor. Taklif yetarlicha bo’lmaganda yoki talab qondirilmaganda (tanqislik), narx yanada yuqoriroq taklif yoki kichikroq talab yuzaga kelmaguncha o’sib boradi. Taklif yuqori bo’lganda esa (ortiqchalik), aksincha, pasayib borayotgan narxlar talabni rag’batlantiradi va taklifni kamaytiradi. Shunday qilib, narxlar, bozorga kelib tushayotgan oziq-ovqat hajmini tartibga soladi. Ushbu munosabat bilan oziq-ovqat bozori rivojlanishining asosiy omillari sifatida talab, taklif, narx va raqobat xizmat qiladi.

Talab va taklif agrar va oziq-ovqat bozori rivojlanishining asosiy omillari bo’la turib, ular ham o’z navbatida ko’p sonli tashqi va ichki omillar ta’siriga duch keladi, ularning qatoriga ishlab chiqarish texnologiyasi va iste’molchilar didi, mamlakatdagi ob-havo sharoitlari va siyosiy iqlim, soliq siyosati va milliy valyutaning ayirboshlash kursi, aholi sonining o’zgarishi va h. kiritish mumkin. Ammo ularning har biri narxga talab yoki taklif orqali ta’sir ko’rsatadi.

Agrar va oziq-ovqat bozorida oziq-ovqat talabi shakllanishini, uning kelib tushushi manbalariga (joriy shaxsiy ishlab chiqarishidan, zaxiradan, importdan) bog’liq holda ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Doimiy o’zgaruvchan tashqi muhitda agrar va oziq-ovqat bozorining rivojlanishi, eng istalgan natija sifatida, mamlakat aholisini, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni, demografik xususiyatlarni, mehnat faoliyati turi va ovqatlanishning milliy an’analarini hisobga olgan tuzilmasi bilan mintaqalar bo’yicha differensiasiya qilingan, sifatli oziq-ovqat bilan o’zini-o’zi ta’minlash darajasini oshirishni nazarda tutadi.

Mamlakat aholisining oziq-ovqat ta’minoti agrar ishlab chiqarish sohasidagi oqilona mehnat taqsimoti va ASM xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishga, taklifda mahalliy va import mahsuloti birikmasiga, oziq-ovqat mahsulotlarining xususiy savdosida hyech qanday to’siqlar yo’qligiga, hamda samarali tashqi savdo siyosatiga asoslangan bo’lishi lozim. Bunda mamlakat aholisining oziq-ovqat tizimi deganda, qishloq xo’jalik mahsuloti, xom-ashyosi va oziq-ovqati ishlab chiqarish va aylanmasining barcha bosqichlarini qamrab olgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yig’indisi tushuniladi. Mazkur tizim faoliyat yuritishining samaradorligi faqatgina agrar va oziq-ovqat bozori barcha xo’jalik yuritish subyektlarining mustahkam faoliyatida mumkin bo’ladi, bunda barcha hududlarning resurslari va o’zini-o’zi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash qobiliyati hisobga olinishi lozim.

Agrar va oziq-ovqat bozorining rivojlanish muammosi ko’pincha agrar emas, balki majmuaviy va yuzaga kelgan makroiqtisodiy vaziyat bilan bevosita bog’liq bo’lib, u esa, o’z navbatida, quyidagilar bilan belgilanadi: O’zbekiston Respublikasi eksportining ayrim tovarlariga jahon narxlari ichki va tashqi kon’yunkturasining yomonlashuvi va import oziq-ovqat narxining oshishi, bu qishloq xo’jaligining davlat investisiyalariga bog’liqligini kuchaytiradi va qishloq aholisi daromadlarining qisqarishiga olib keladi; tabiiy-iqlim sharoitlari, ular qishloq xo’jaligini yuritish intensivligi pasayishida uning investisiyaviy jozibadorligini pasaytiradi; qishloqni ijtimoiy ko’rimsizligi va qishloq bilan shahar o’rtasidagi hayot darajasi o’rtasidagi uzilish kattalashib borishi; xalqaro savdo-siyosiy; agrar va oziq-ovqat bozori va qishloq xo’jalik faoliyatini tartibga solish, hamda yerga mulkchilik huquqini rasmiylashtirish bilan bog’liq qiyinchiliklar bo’yicha qonunchilik bazasining takomillashmaganligi bilan tavsiflanadigan huquqiy muhit.

Agrar va oziq-ovqat bozori rivojlanishining bosh xususiyatlaridan quyidagilarni ajratib o’tish mumkin: aholining oziq-ovqatlarga bo’lgan to’lov qobiliyatiga ega talabi shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan, yuzaga kelgan makroiqtisodiy sharoitlar; daromadlar darajasi bo’yicha aholining katta differensiasiyasi; yer-iqlim va texnogen omillar; agrar vasanoat ishlab chiqarishi resurs salohiyatining holati va mamlakat ASMda hududiy mehnat taqsimotining rivojlanishi; oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini kiritish va chiqarish bo’yicha oziq-ovqat va xom-ashy mintaqalararo va davlatlararo aloqalar.


Download 480,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish