Afv etilganlarning 40 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 39 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayollar, shuningdek, 51 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi



Download 26,28 Kb.
Sana22.01.2020
Hajmi26,28 Kb.
#36500

2018.12 iyunda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi. O‘zAda farmonga sharh e'lon qilindi.

Farmonga muvofiq ilk marotaba muborak Ramazon hayiti munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan 226 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 102 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 71 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 39 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, boshqacha qilib aytganda, 212 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinadi. Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 40 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 39 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayollar, shuningdek, 51 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish, olijanoblik va mehr-muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu fazilatlarning muborak Ramazon oyida yanada yuksak namoyon bo‘lganligining amaliy ifodasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.

Ushbu qaror bozor munosabatlarini keng joriy etish hamda qishloq xo‘jaligida moliyalashtirish va o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash, rentabelligini oshirish, yetishtirilayotgan mahsulot hajmlari barqaror o‘sishini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2018 yil 1 martdan boshlab ishlab chiqaruvchilarning rentabelligi oshishini va yuqori sifatli mahsulotlaryetishtirishni rag‘batlantirishni ta'minlaydigan navlar va klasslar bo‘yicha paxta xom ashyosi va boshoqli don xaridi yuzasidan kafolatlangan davlat narxlarini belgilash, shuningdek, tuproq unumdorligi past va oxirgi 3 yil mobaynida hosildorlik gektariga 15 sentnergacha bo‘lgan yerlarda paxta xom ashyosiga davlat buyurtmasini joylashtirmaslik to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining takliflari asosida ushbu bandga muvofiq bo‘shaydigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini, eng avvalo, ozuqa va moyli ekinlarni joylashtirish, meva-sabzavotchilik va chorvachilik loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida ikki hafta muddatda Hukumat qarorini qabul qiladi.

Qaror bilan

- paxta xom ashyosi va boshoqli don uchun uzil-kesil hisob-kitoblar hosil yig‘ishtiriladigan yilning oxirigacha to‘liq hajmda amalga oshiriladi;

- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga va avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish uchun dizel yoqilg‘isi va EKO dizel yoqilg‘isining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yagona chakana narxlari 2018 yil oxirigacha bo‘lgan davrda amal qiladi;

- mineral o‘g‘itlarni sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida shartlar hisobga olingan holda birja savdolarida amalga oshiriladi;

- fermer xo‘jaliklari va suv iste'molchilari uyushmalarining nasos agregatlari tomonidan iste'mol qilinadigan elektr energiyasi qiymati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Davlat byudjyetidan subsidiyalar hisobiga qoplanadi. Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar oldidagi 2018 yil 1 yanvardagi holatiga ko‘ra hosil bo‘lgan qarzlarini, shu jumladan, ichki tarmoq qarzdorligi hamda byudjyet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzlarini to‘lash muddati hisoblangan penya va jarimalar hisobdan chiqarilgan holda 3 yil muddatga uzaytiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarining byudjyet, davlat maqsadli jamg‘armalari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar oldidagi 2018 yil 1 yanvardagi holatiga ko‘ra hosil bo‘lgan qarzlari, shu jumladan, ichki tarmoq qarzlari bir oy muddatda yalpi xatlovdan o‘tkazilishini, shuningdek, uni tartibga solish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini ta'minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) aylantirish va uni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga berish, paxta tolasiga jahon narxlarining keskin pasayishi ehtimoli uchun paxta tolasiga preyskurant va jahon narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovut summasi hisobiga Jamg‘armaning sug‘urta hisobraqamini shakllantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

- bir hafta muddatda navlar va klasslar bo‘yicha paxta xom ashyosi va boshoqli don xaridining davlat tomonidan kafolatlangan narxlarini tasdiqlashni;

- mineral o‘g‘itlarni birja savdolarida sotishning maxsus shartlarini;

- fermer xo‘jaliklari va suv iste'molchilari uyushmalarining nasos agregatlari iste'mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat byudjyetidan subsidiyalar ajratish tartibini;

- 2018 yil hosili paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish bo‘yicha agrotexnika tadbirlari o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta'minlash uchun Jamg‘armadan ajratiladigan kredit resurslari hajmlarini tumanlar bo‘yicha belgilashni;

- moliyaviy resurslar ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy himoya vositalari hamda boshqa resurslar va xizmatlar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda yetkazib berilishi, tuzilgan shartnomalar shartlariga rioya etilishi, shuningdek, o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi va ajratiladigan kredit resurslari qaytarilishi yuzasidan javobgarlikning aniq sohalari hamda nazorat mexanizmlari belgilanishini;

- Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini; birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning ehtiyojlarini qondirishni hisobga olgan holda 2018 yilda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va sotish balansini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qiladi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga mineral o‘g‘itlar sotuvchi korxonalar uchun 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda yagona soliq to‘lovi stavkasi 2 foiz miqdorda belgilanadi.

Tadbirkorlik sub'yektlari, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar tomonidan olib kelinadigan fosforli o‘g‘itlar, shuningdek, fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan fosforit xom ashyo 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin, bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3571-sonli «Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

Ushbu qaror uzluksiz ta'lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda davlat maktabgacha ta'lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari ayrim toifalarining 2018 yil 1 martdan boshlab – mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari – 30 foizga, 2018 yil 1 sentabrdan boshlab tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma'lumotli o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta'lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda – 30 foizga, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma'lumotli tarbiyachining o‘rinbosarlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari – 20 foizga, maktabgacha ta'lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari – 10 foizga tabaqalashtirib oshiriladi.

Buning natijasida davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida mehnat qilayotgan jami 93555 nafar xodim, shundan 4908 nafar mudir, 3924 nafar oliy ma'lumotli tarbiyachi, 39523 nafar o‘rta maxsus ma'lumotli tarbiyachi, 673 nafar metodist, 3765 nafar defektolog, 1450 nafar psixolog, 33259 nafar tarbiyachi yordamchisi va 7503 nafar musiqa rahbarining ish haqlari sezilarli darajada oshiriladi.

Ushbu qarorda 2018 yil sentabr oyidan boshlab oliy ma'lumotga ega bo‘lgan tayyorlov guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdori umumta'lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, qaror bilan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hamda qishloq joylardagi aholi turmush darajasini inobatga olib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida 2023 yilning 1 yanvarigacha ota-onalar badal to‘lovi miqdorini 50 foizga kamaytirish nazarda tutilgan.

2018 yil 1 martdan boshlab davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq to‘lash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yilda ushbu qarorga muvofiq davlat ta'lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti hisobiga moliyalashtirilishini ta'minlab, 2019 yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutadi, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasini shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining qat'iy ravishda 15 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatadi, davlat maktabgacha ta'lim muassasalari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazardatutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida» 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 32-ilovasiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

22 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakat strategiyasini amalga oshirishga oid «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»dagi Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat matni O‘zA saytida keltirilgan.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi eng muhim dasturiy hujjat bo‘ldi.

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.

2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda asosiy e'tibor «Inson manfaatlar – barchasidan muhim» prinsipi va «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» g‘oyasiga hayotga tatbiq etilishiga qaratildi. Xalq bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalda himoya qilindi.

«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy asoslari sifatida 30dan ortiq qonun va 900dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, shuningdek, har bir davlat organida tashkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha maxsus bo‘linmalar aholi bilan ishlashning sifat jihatidan yangi samarali tizimini shakllantirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, “Elektron hukumat” va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotga ma'muriy ta'sirni qisqartirish hamda boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Sud-huquq tizimida sudlarning haqqoniy mustaqilligini ta'minlash, sud kadrlarini tanlab olishning demokratik va shaffof mexanizmini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Joylarda ma'muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil etilganligi odil sudlovga erishish darajasini oshirish imkonini berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimini isloh qilish, huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktika qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatda jinoyatchilikning umumiy ko‘rsatkichi 15,7 foizga kamayishiga erishildi, 1,2 ming mahallalarda birorta jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Ilgari, asosan xavfsizlikka xavf-xatar va tahdidlar oqibatlariga qarshi kurashish bilan cheklangan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yondashuvlar kontseptual qayta ko‘rib chiqildi. Mazkur muammolarni hal qilishda, birinchi navbatda, yoshlarning huquqiy madaniyati va ma'naviyatini yuksaltirish orqali odamlarning ongi uchun kurashish ustuvor vazifa etib belgilandi.

O‘z taqdirini O‘zbekiston bilan bog‘lagan, mamlakatimiz farovonligi yo‘lida halol va vijdonan mehnat qilayotgan, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga aylanib qolgan fuqarolarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga alohida e'tibor qaratildi. O‘tgan davrda 1 243 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Iqtisodiy sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi, eng avvalo, O‘zbekistonning o‘z majburiyatlarini bajarish va chet el hamkorlarining daromadlarini repatriatsiya qilish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni ta'minlovchi milliy valyuta erkin konvertatsiyasining joriy etilganligi bu borada muhim qadam bo‘ldi.

Davlat byudjyetini shakllantirishning tamomila yangi prinsiplari va mexanizmlari joriy etildi, uning daromad va xarajatlari shaffofligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat aktivlarini boshqarishning samaradorligini oshirish va byudjyetning daromad qismini ko‘paytirishga qaratilgan ishga solinmagan zaxiralardan foydalanish choralari ko‘rildi.

Birinchi bosqichda – uzoq muddatli (10-15 yilga mo‘ljallangan) tarmoq, hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ikkinchi bosqichda – tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini tuzish, uchinchi bosqichda – rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishning mutlaqo yangi tartibi tasdiqlandi.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta'minlash, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish yuzasidan mas'ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildiShaharlar va qishloqlarda umumiy turar joy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunaviy va ko‘p qavatli uylar qurildi. Turar joy qurilishi hajmlari 2010 yilga nisbatan 3,5 baravarga oshdi.

Xalq bilan muloqot natijalari bo‘yicha 11 yillik umumiy o‘rta ta'limni qayta tiklash haqida qaror qabul qilindi, oliy ta'lim muassasalariga qabul qilishning shaffof mexanizmlari joriy etildi

va kvotalar jiddiy ravishda oshirildi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.

Millatlararo tinchlik va totuvlikni, puxta o‘ylangan va o‘zaro manfaatli tashqi siyosat amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilganligi natijasida qo‘shni davlatlar bilan ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yildi, Markaziy Osiyo hududida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Faqat o‘tgan yilda 21 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi, 60 ta davlat vaxalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, 400 dan ortiq kelishuvlarga erishildi, 60 milliard AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi bitimlar imzolandi.

Shu bilan birga, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yakunlari hamda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida o‘tkazilgan ishlarning tanqidiy tahlili aholi farovonligining real o‘sishiga va joylarda ishlar holatining tubdan yaxshilanishiga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolarni ko‘rsatib berdi.

Harakatlar strategiyasi ijrosini ta'minlash yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida – davlat xizmatining nufuzi va samaradorligini oshirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari vazifa va tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mustaqilligini oshirish, markaziy organlarning ayrim vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, ularning sifati va tezkorligini tubdan oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida – fuqarolar shaxsiy hayoti daxlsizligining konstitutsiyaviy kafolatlarini, shu jumladan, tintuv va telefon orqali so‘zlashuvlarni eshitib turishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlashga ko‘maklashish bo‘yicha komissiyani tashkil etish orqali yanada mustahkamlash, milliy xavfsizlik organlari tizimini tubdan islohqilish, vaqtincha saqlash, tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar bilan ta'minlash, patrul xizmatining statsionar postlari sonini optimallashtirish;

iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida – faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik sub'yektlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini va ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini, soliq va bojxona siyosatini, bank-moliya sohasini yanada takomillashtirish, agrar sektorni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga imtiyozlar taqdim qilgan holda individual imtiyozlar berishdan voz kechish, hududlarni faol rivojlantirish;

ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida – ijtimoiy himoya qilish va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy dorixonalarning rivojlangan tarmog‘ini yaratish, aholi bandligi va fuqarolarning real daromadlarini oshirish, «iste'mol savatchasi»ni aniqlash, ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida – O‘zbekiston Respublikasining yangi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qabul qilish, xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish, xorijda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli tashqi siyosatni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi 3454-sonli qarori qabul qilindi.

Prezidentning mazkur qaroriga asosan mamlakatimizning kelgusi yildagi davlat byudjyeti parametrlari belgilanib, daromadlari va xarajatlari miqdori, soliqlarning stavkalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, yurtimizda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasining ikkinchi shkalasi (eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha) 2017 yildagi miqdorda o‘zgarishsiz saqlab qolinib, uchinchi shkalasi (eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha) — 16,5 foiz, to‘rtinchi shkalasi (eng kam ish haqining 10 baravaridan yuqorisi) 22,5 foiz miqdorida, ya'ni o‘tgan yilgiga nisbatan 0,5 foizli punktga pasaytirilgan.

Eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha ya'ni, 172.240 so‘mgacha bo‘lgan daromadlar esa soliqqa tortilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin qizlar bandligini ta'minlashga doir faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 3 fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturini bajarish hamda aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va mehnat organlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining:

aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmini;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini ishsizlarni va band bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashtirishda faol ko‘maklashganligi uchun moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.

2. Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi hamda u 2018 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritiladi.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish har bir organini, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Xotin- qizlar qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘linmalarini butunjahon Internet tarmog‘iga ulagan holda kompyuter bilan hamda Bo‘sh ish o‘rinlarning milliy bazasidan foydalanish imkonini beradigan konfiguratsiya bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radilar.

4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oy muddatda aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasiga bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritish va fuqarolarni ishga joylashtirish to‘g‘risidagi ma'lumotlarni rasmiylashtirish uchun Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasidan foydalanish ko‘nikmalariga o‘qitishni ta'minlaydi.



5. Fuqarolarni ishga joylashtirilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan tasdiqlangan to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma'lumotlarni kiritish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimi 2018 yil 1 apreldan boshlab joriy etiladi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A.Xaitov zimmasiga yuklandi.

Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar ABKM bilan tuzilgan bitimlar asosida aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarni quyidagi yo‘llar bilan ishga joylashtirishga ko‘maklashish ishlarini amalga oshiradilar:

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tegishli hududiy organlarida (keyingi o‘rinlarda FO‘O deb ataladi) yashaydigan va ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, shuningdek, salohiyatli ish beruvchilarni, birinchi navbatda, kichik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari jumlasidan bo‘lgan ish beruvchilarni hisobga olish bo‘yicha ma'lumotlarning yagona axborot bazasini tashkil qilish;

bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma'lumotlarni kiritish.

Aholini ishga joylashtirishga ko‘maklashganlik uchun bitimlar tuzgan ishga joylashtirish bo‘yicha agentlarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar amalga oshiriladi.

To‘lovlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat bozoridagi real vaziyatdan va respublikaning har bir aniq tumani (shahri)dagi bandlik dinamikasidan kelib chiqqan holda, lekin qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

ABKM tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha agentga tegishli ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyin "Ishga joylashtirish" AATdan foydalanish imkoniyati beriladi, ushbu imkoniyat ularga quyidagi huquqlarni beradi:

bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan, shu jumladan bo‘sh ish o‘rinlari bazasidagi vakantsiyalar to‘g‘risidagi axborotni kiritish, o‘zgartirish va chiqarish imkoniyatidan foydalanish;

ishsizlarni va band bo‘lmagan shaxslarni ishga joylashtirishga yo‘llanmani rasmiylashtirish.

"Ishga joylashtirish" AATdan foydalanish uchun ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ABKMga quyidagi maqsadda taqdim etadi:

ABKM bilan ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar o‘rtasida bitim tuzish;

"Ishga joylashtirish" AATga ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar to‘g‘risidagi asosiy ma'lumotlarni (F.I.O., lavozimi va ish joyi, pasportining raqami, STIR, telefon raqami va elektron pochta manzilini) kiritish.

Ro‘yxatdan o‘tkazish va bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan foydalanish uchun ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar majburiy tartibda elektron raqamli imzoni rasmiylashtiradilar.

Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar tomonidan "Ishga joylashtirish" AATga va bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan ishsizlar va band bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritish quyidagi majburiy tartibotlarni o‘z ichiga oladi:

ishga joylashtirish bo‘yicha agentni indentifikatsiya qilish (ERI va maxfiy kod yordamida tizimga kirish);

ish qidirayotgan band bo‘lmagan shaxs to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, uning F.I.O.sini, pasporti raqamini, STIRni, yashash manzilini, jinsi, tug‘ilgan sanasi va joyi, oilaviy ahvoli, qaramog‘idagilarning mavjudligi, ta'lim bo‘yicha olingan ma'lumoti, malakasi va oldingi mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritish;

ish beruvchilardan olingan bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritish, unda aniq bo‘sh lavozim, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori, ma'lumoti darajasiga nisbatan talablar, malakasi, ish tajribasi, shuningdek, tashkilotning majburiy tartibda STIR aniq ko‘rsatiladi.

Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar tomonidan "Ishga joylashtirish" AATga va bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning, shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning to‘g‘ri kiritilganligi tekshiriladi va belgilangan tartibda ABKMning mas'ul xodimi tomonidan tasdiqlanadi.

Bo‘sh ish o‘rinlari bazasida mavjud bo‘lgan ishga joylashtirishga band bo‘lmagan shaxsni yuborishni rasmiylashtirish "Ishga joylashtirish" AATga kiritilgan ma'lumotlarga muvofiq avtomatik ravishda generatsiya qilinadi, so‘ngra bo‘sh ish o‘rni besh ish kuni mobaynida (ishga joylashtirishga berilgan yo‘llanmaning amal qilish sanasiga) zaxira qilib qo‘yilgan hisoblanadi.

Ishga joylashtirishga berilgan yo‘llanma bo‘yicha ishga qabul qilingan taqdirda ishga joylashtirish bo‘yicha agent bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ishga qabul qilish to‘grisidagi buyruqning tartib raqamini kiritishi shart, unda ishni boshlash sanasi ko‘rsatiladi hamda shu vaqtdan boshlab bo‘sh ish o‘rni to‘ldirilgan hisoblanadi va bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan chiqariladi. Keyingi besh kun mobaynida ishga qabul qilish to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda ishga joylashtirishga yo‘llanma avtomatik ravishda o‘z kuchini yo‘qotadi, bo‘sh ish o‘rni esa takroran bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga kiritiladi.

Band bo‘lmagan shaxsni ishga joylashtirishning haqqoniyligi ishga joylashtirish bo‘yicha agent tomonidan "Ishga joylashtirish" AATda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarining har oyda to‘langani to‘g‘risidagi davlat soliq xizmati organlaridan muntazam ravishda olingan ma'lumotlari asosida avtomatik ravishda aniqlanadi. Bunda agar sug‘urta badallari ishga qabul qilish to‘g‘risidagi axborot "Ishga joylashtirish" AATga kiritilgan sanadan boshlab kamida olti oy mobaynida to‘langan taqdirda, har oylik sug‘urta badallari esa qonunchilikda belgilangan miqdorlardan kam bo‘lmagan summada to‘langan taqdirda band bo‘lmagan shaxs ishga joylashtirilgan hisoblanadi.

Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlarga rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lov ishga joylashtirish bo‘yicha agent tomonidan quyidagilar ta'minlangan taqdirda amalga oshiriladi:

"Ishga joylashtirish" AATga va bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar. fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma'lumotlar kiritilgan bo‘lsa, keyinchalik band bo‘lmagan shaxs ko‘rsatilgan bo‘sh o‘ringa ishga joylashsa - ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan to‘lov summasining 100 foizi miqdorida;

band bo‘lmagan shaxs mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bazasida ishga joylashtirilganda, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘sh ish o‘rniga kiritish ishga joylashtirish bo‘yicha agentning ishtirokisiz amalga oshirilgan bo‘lsa - ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan to‘lov summasining 70 foizi miqdorida;

bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma'lumotlar kiritilganda, bunda band bo‘lmagan shaxsni ko‘rsatilgan bo‘sh ish o‘rniga ishga joylashtirish bo‘yicha agentning ishtirokisiz amalga oshirilganda - ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan to‘lov summasining 30 foizi miqdorida to‘lanadi;

yuqorida ko‘rsatilgan barcha holatlarda to‘lovlar bo‘sh ish o‘rniga ishga joylashtirilayotgan shaxs har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan muddatga muvofiq to‘laganda amalga oshiriladi.

Ishga joylashtirish bo‘yicha agentga to‘lovlar quyidagi holatlarda amalga oshirilmaydi:

bo‘sh o‘rinlar bazasiga belgilangan tartibga muvofiq bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga kiritish uchun tegishli ma'lumotlarni majburiy tartibda taqdim etishi kerak bo‘lgan tashkilotlar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritilganda;

"Ishga joylashtirish" AATga aynan u yoki bu shaxs takroran har xil tashkilotlarga oldingi ishga joylashtirilgan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida takroran ishga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi axborot yoxud aynan u yoki bu tashkilotdagi turli lavozimlarga bir necha marta ishga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi axborot kiritilganda;

band bo‘lmagan shaxslar tegishli ma'lumotlarni bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga kiritmasdan ishga joylashtirilganda yoxud ma'lumotlar amalda ishga joylashtirilgandan keyin kiritilganda

O‘zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni arafasida Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilgani haqida xabar berilgani, ta'lim sohasida olib borilayotgan yana bitta katta islohotning amaliy qadamidan darak beradi. Shunday qilib yangi ta'lim vazirligining oldiga bir qator muhim vazifalar qo‘yilmoqda, xususan:

birinchidan, maktabgacha ta'lim sohasida muvofiqlashtirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga tatbiq etish;

ikkinchidan, xalqaro tajribani chuqur o‘rganib, maktabgacha ta'lim yoshida bo‘lgan bolalarning jismoniy va estetik ulg‘ayishi, har tomonlama intellektual axloqiy rivojlanishi uchun keng sharoitlarni yaratish;

uchinchidan, respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich tashkil etiladigan, o‘zaro raqobatda bo‘lgan davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalariga turli imtiyozlarni taqdim etish, soliqlardan qisman ozod etish, tashkil etilgan muassasalar hisobiga bolalarni MTMlarga jalb etib borishni tashkillashtirish;

to‘rtinchidan, amaliyotda zamonaviy o‘quv-pedagogik texnologiyalardan foydalanish; muassasalarda tarbiya va o‘quv jarayonlarini innovatsion metodlar asosida olib borish;

beshinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalarini o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘quv ahamiyatiga ega o‘yinchoq va shu turdagi buyumlar bilan ta'minlash, shuningdek, badiiy adabiyotliklarni yetkazib berish;

oltinchidan, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlar hamda rahbarlarning malakasini oshirish, ularni kasbga qayta tayyorlash;

yettinchidan, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish hamda vazirlikka yangi, malakali xodimlarni ishga jalb etish;



sakkizinchidan, me'yor talablariga mos keluvchi sinfxonalarni tashkil etish, tarbiyalanuvchilar ehtiyoji to‘liq qondiruvchi sharoitlarni yaratish, sog‘lom ovqatlanish dasturini qayta ko‘rib chiqish hamda ularga tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatini yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalar ilgari surilmoqda.

Qarorda aytilishicha, mazkur vazirlik barcha shartnoma, munosabat va sohaga doir masalalar bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi. Aholi yashash joylarida talab va taklif munosabatlarini o‘rganib chiqib, kelgusida butun O‘zbekiston bo‘ylab, maktabgacha ta'lim yoshida bo‘lgan bolalarni ta'lim muassasalariga jalb etish maqsadida, 60, 70, 100, 120 va 150 o‘rinli davlat hamda nodavlat MTM qurilishi rejalashtirilgan
Download 26,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish