Adabiyot Sana: Mavzu: Ezopning hayoti va ijodi Darsning ta’limiy maqsadi : O’quvchilarda Ezop. «Yovvoyi echkilar»



Download 1,43 Mb.
bet1/2
Sana29.09.2019
Hajmi1,43 Mb.
#22787
  1   2
Bog'liq
ezop dars ishlanma

5-”Ye” sinf Adabiyot

Sana: ________

Mavzu: Ezopning hayoti va ijodi

Darsning ta’limiy maqsadi : O’quvchilarda Ezop. «Yovvoyi echkilar», «Kiyik bilan tokzor»,«Bo‘ri bilan laylak», «Eshak bilan baqalar», «Ustiga tuz yuklangan eshak», «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» masallar haqida tushuncha berish,uning mohiyatini, maqsad va vazifalarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tushuntirish va yangi mavzu bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirish, o’quvchilarni chiroyli va xatosiz yozishga o’rgatish

Darsning tarbiyaviy maqsadi : O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o’quvchilarning o’z Adabiyotga bo’lgan mehr muhabbatlarini oshirish, tozalik va ozodalik sog’liq garovi ekanligi haqida eslatmoqlik. do’stlik, hamkorlik tuyg’ularini singdirish;

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi : O’quvchilarga til ijtimoiy hodisa haqida buyuk bobolar merosiga qiziqish uyg’otish haqidagi bilimlarini rivojlantirish . og’zaki nutq madaniyatini rivojlantirish , buyuk bobolar merosiga qiziqish uyg’otish haqidagi bilimlarini rivojlantirish
Darsning turi: yangi bilimlar berish.
Darsda foydalaniladigan metodlar: ijodiy ish asosida, muammoli metod. «Fikriy hujum», ” Aqliy hujum ”

Darsning jihozi: turli xil rasmlar.ko’rgazma va tarqatma materiallar , electron darslik

Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism;

a) tozalikka e’tibor berish

b) salomlashish

c) davomatni aniqlash



II . Uy vazifalarini tekshirish.

O’tilgan mavzular bo’yicha savol – javob :



a ) Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlar ma’nosi haqida gapirib bering ?

b ) Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlar imlosi haqida gapirib bering ?

c ) Bosh va kichik harflar haqida nimalarni bilasiz ?

III. Yangi mavzuning bayoni.

Ezop degani kim, qabilida savol tugilishi tabiiy. Bu savollarga javob topish uchun qadimiy Yunonistonga, ya’ni hozirgi dunyo xaritalariga Gretsiya, Makedoniya nomi ostida kiritilgan mamlakatlar va o‘sha atroflardagi ko‘hna davlatlar, shaharlar tarixiga murojaat qilishimiz kerak.

Rivoyatlarga ko‘ra, miloddan avvalgi VT asrlarda Yunonistonda qul- dorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand boiib, uni Ezop deb atashgan ekan. Uning asli kelib chiqishi o‘sha davrlardagi Frigiya mamlakatidan boiib, urushlar natijasida qul qilib olinib, Yunonistonga kelib qolgan. Aql-u farosati, topqirligi bilan o‘z xo‘jayinlarining mushkullarini oson qilib, hurmat va e’tibor qozongan. Hatto shaharlami bosqinlardan asrab, podshohlarni qirg‘in-barot urushlardan to‘xtatib qolgan. Oxir-oqibat o‘zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan, so‘ng Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko‘tarilgan. Keyinroq, haqgo‘yligi, adolatparastligi, kinoyali achchiq tili uchun ko‘rolmagan, hasadgo‘y dushmanlari uni Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib yuborib, o‘ldirganlar.

Ezop hayoti haqidagi ma’lumotlar o‘sha davrdagi va undan keyingi asrlardagi solnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan ri- voyatlar, ibratli hikoyatlar orqali yetib kelgan. Uning 500 ga yaqin masallari qadim davrlardayoq jamlanib, «Ezop masallari» nomi ostida kitob qilingan va donishmandlik o‘gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan.



«Ulug‘ masalchi»ning o‘zi haqida rivoyatlar ham juda ibratomuz. Masalan, ulaming birida hikoya qilinishicha, Ezopning xo‘jayini safarga otlanar ekan, o‘z qullariga yuklami bo‘Ub olib, ko‘tarib ketishlari lozim- ligini buyuradi. Ezop ulaming oldiga kelib, o‘ziga yengilroq yuk berishlarini iltimos qilganida, qullar uning o‘zi tanlab olishiga mxsat beradilar. Ezop borib, to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan qutini tanlaydi. Atrofidagilar barchasi undan kulib, yengil narsa so‘rab, eng og‘ir yukni tanlagani uchun ahmoq deya masxara qiladilar. Xo‘jayini uning og‘ir yukka o‘zini urganini ko‘rib, Ezopni maqtab qo‘yadi. AsUda Ezop olis safarga ketayotganlarini sezib, uzoqni ko‘zlab ish tutgan edi.

Anchagina yo‘lni bosib, kun peshinga yetganda, barcha to‘xtab, ovqatlanishga o‘tiradilar. Shunda Ezop ko‘tarib kelgan qutidan barchaga non ulashib, yukini ikki barobar yengillashtiradi. Kechga borib, yana yo‘lda ovqatga unnaganlarida, qutining ichidagi qolgan nonlami ham ulashib, yukidan tamomila xoU bo‘lib oladi-yu boshqa qullar manzilgacha olgan yukini qiynalib ko‘tarishda davom etsa, Ezop qup-qumq qutini yelkalab, oldinda o‘ynoqlab, chopib boradi.



Yoki rivoyat aytuvchilar yana shunday ibratli voqeani hikoya qiladilar:

Ezopning xo‘jayini, Samos oroliga yetib kelishgach, uni shu yerlik mashhur faylasuf Ksanfga sotadi. Ezop Ksanfni eng og‘ir vaziyatlarda qutqarib, hech kim yecholmaydigan jumboqlami yechib, xo‘jasiga sadoqat ko‘rsatadi. Ammo Ksanf o‘ta yengiltak, kaltafahm odam edi. Kunlaming birida u o‘z og‘aynilari bilan maishat qilib o‘tirib, mast holatda inson hamma narsaga qodir deb da’vo qilib qoladi. Shunda og‘aynilaridan biri Ksanfni mot qilish uchun «Inson dengizni ichib yuborishi mumkinmi?» deb so‘raydi. «Nega mumkin emas, mana men ham dengizni ichib yuborishim mumkin» deya Ksanf katta ketadi. U o‘zini bilmaydigan darajada mast edi. Shunda og‘aynisi u bilan garov o‘ynab, kim yutqazsa, o‘zida bor barcha mol-mulkini g‘olib boiganga beradi, deb kelishadilar. Ertasi kuni Ksanfning uyiga garov bog‘- lashgan og‘aynisi shahaming obroii odamlarini guvohlikka chaqirib, birga boshlab keladi. Ksanf Ezopning oyoqlariga yiqilib, qutqarib qolishini so‘raydi. Shunda Ezop xo‘jayiniga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib aytadiki, «Sen o‘z so‘zlaringdan qaytma. Dengiz bo‘yiga borib, barcha guvohlarning oldida senga bir kosa dengiz suvidan olib berishlarini buyur va og‘ayningdan garov shartlarini yana bir bor so‘rab ol. Shundan keyin ularga ayt, dengizga juda ko‘p daryo va irmoqlaming suvlari quyiladi. Men faqat dengiz suvini ichishga garov bogiash- ganman. Shuning uchun og‘aynim awal o‘sha daryo va irmoqlar suvini ajratib bersin, ana undan keyin men dengizni ichaman». Shunday qilib, Ksanf faylasuf Ezopning yordami bilan garovda yutib chiqadi. Biroq xavfdan qutulgach, unga yordam bergani uchun o‘zini qullikdan xalos etishini so‘ragan Ezopni arzimas bahona topib, kaltaklashga buyuradi.




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish