Abuzalova M



Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/186
Sana31.07.2021
Hajmi1.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
SO`ZBOSHI 
 
Milliy  istiqlol  o`zbek  xalqiga  nafaqat  siyosiy  va  iqtisodiy  mustaqillk 
bag`ishladi, balki milliy o`zligini anglash va, eng muhimi,  uni jahonga yoyib, 1X-
X1Y  asrlardagi  shuhrati-yu    an‟anasini  sharaf  bilan  davom  ettirish  imkoniyatini 
ham  berdi.  "Bozor  iqtisodiyotiga  o`tishning  o`zbek  modeli",  "Kadrlar 
tayyorlashning  o`zbek  modeli"  kabi  jahonda  shuhrat  qozonayotgan  ijtimoiy-
ma‟naviy  yutuqlar  bilan  bir  qatorda  o`zbek  olimlarining  mustaqil  ilmiy  yutuqlari 
ham ilg`or davlatlar ziyolilarining diqqatini jalb etmoqda. 
SSSR  tarkibida  bo`lgan  turli  millat    vakillarini  ma‟naviy-mafkuraviy 
ruslashtirsh  va  manqurtlashtirishning  muhim  omillaridan  biri  bo`lib  kelgan  
"Ta`lim baynalmilaldir","Grammatika baynalmilaldir" shiorlarining ta‟lim tizimida 
hukmronligiga    O`zbekiston  Respublikasi  mustaqillikning  ilk  qadamlaridayoq  - 
1992-yilda qabul qilingan ta‟lim to`g`risadagi Qonuni bilan chek qo`yilgan bo`lsa-
da,  milliy  ta`lim  mazmunining  amaliy  tatbiqi      ularni  ijtimoiy  bekor  qilinishdan 
ko`ra  ancha  qiyin  va  murakkab    kechmoqda,  chunki  mazkur    mash‟um  shiorlar 
asosidagi  ta‟lim  yarim  asrdan  ko`proq  davr  ichida  xalqimiz  ongini  zaharlab, 
tilining  grammatik  qurilishi  xususiyatlarining  haqqoniy-milliy  talqini  bilan  xalq 
ongiga  sepiladigan  milliylik  urug`larini  cheklab  keldi,  milliy  mafkurasini 
so`ndirmoqchi  bo`ldi.  Bu  aksmilliy  harakatning  tafakkur  va  ongimizdagi  salbiy  
ta`sirini  yo`qotish      uzoq  yillik  maqsadli  va  mashaqqatli    mehnatni  talab  qiladi. 
Tilshunoslik  fanlari  bu  jarayonda  alohida  ahamiyat  va    mavqega  egadir.  Buning 
sababi shundaki, uzoq yillar  davomida milliy til grammatik qurilishuning mutlaq 
milliyligi  SSSR  xalqlaridan  (sobiq  ittifoqning  siyosiy  tuzumiga    tamoman  zid 
ta‟limot sifatida) sir tutib kelindi. Aksincha, mantiq, aniq fanlar singari grammatika 
ham nomilliy fan sifatida baynalmilal shaklda  tahlil etildi va o`qitildi. Vaholanki,   
turli  tillarning  grammatik  qurilishidagi  o`xshashlik  aldamchi,  zohiriy,  yuzaki 
hodisa,  sarobdir  va  grammatika    mohiyatini  chuqur  anglamagan  kishi  tasavvuri 
uchun  xos.  Buni  (o`z  ustozlari  so`zlarini    uqa  olmagan  yoki  uqishni  istamagan  ) 
sovet mafkurachilarining metodologik pirlari  Fridrix Georg Hegel qariyb ikki yuz 
yil  oldin  -  1831-yilda  "Mantiq  fani"  kitobi  muqaddimasida  shunday  so`zlar  bilan 
ifodalagan  edi:  "Mantiq  ham,  grammatika  ham  mohiyatan  ikki  turli  va  ikki  xil 
ahamiyatga  egadir.  Boshlovchilar,  fan  bilan  yuzaki  tanishayotganlar  uchun  u  bir 
narsa  bo`lsa,  fanlarni  o`zlashtirib,  fan  mohiyatini  uqub  unga  qaytadiganlar  uchun 
mantiq  va  grammatika  tamoman    boshqa  olam....O`z  ona  tili  bilan  bir  qatorda 
boshqa  tillarni ham  biladigan, ularning  grammatik  xususiyatlarini  o`zaro qiyoslay 
oladigan  kimsagina  milliy  tilning  grammatik  qurilishida  xalqning  ruhiyati  va 
madaniyati    aks etayotganligini  ocha oladi.   Endi unga  oldin ham    tanish bo`lgan  
quruq  shakl  va  qoidalar        tamoman    boshqa    qiymat  va  qadriyat,  mukammal 
mazmun va tugal mohiyat kasb etadi. Bunday kimsagina grammatika orqali ruhiyat 
– qat`iy mantiqiylik voqelanayotganligini tuya oladi
1
". 
Grammatik qurilishning chuqur milliy tabiati va mohiyatini buyuk daholardan 
birortasi ham  shu  darajada qat`iylik  va  keskinlikda   ta`kidlashmagan. Afsuski, bu 
                                                 
1
 Гегель Г.В.Ф. Наука логики.том 1.М.: Мысль.1970. С.111.
 


fikrni targ`ib etish rasm emas, zeroki bu talqin kattami kichikmi, hokimmi tobemi - 
har  bir  til  grammatikasiga    xalqidek  betakrorlik,  teng  huquqlik  va  mustaqillik, 
milliy iftixor ruhini  beradi. Bu esa hammaga ham yoqavermaydi, zo`ravonlik bilan 
tuzilgan  ko`p  millatli  imperiyalar  uchun  esa  u  o`ta  xavflidir.  Lekin  mustaqil 
taraqqiyot  yo`liga  o`tgan  millatlar  uchun  bu  g`oya      milliy  ravnaq  yo`lchi 
yulduzlaridan  biriga    aylanmog`i  zarur.  Zeroki,  ona  tili  grammatik  qurilishini 
to`g`ri  talqin  qilish  bilan    kimsa  ongidagi  milliy  tafakkur  tarzi  va  milliy  mafkura 
urug`larining  parvarishiga,  ularning  gullab  yashnashiga  erishish  mumkin.  Buning 
uchun ona tili grammatik qurilishi talqini sof  milliy  mohiyatli  bo`lmog`i lozim. 
Bugun  milliy  istiqlol  sharofati  bilan  Vatanimizda  ona  tilimizning  shunday  
talqinini yaratishga mustahkam poydevor yaratildi - ona tilimizning milliy tabiatini 
ochib  berishga    qaratilgan  ilk  tizimlar  ishlab  chiqildi
2
,  jiddiy  qiyinchiliklar  bilan 
bo`lsa-da, ta`lim tizimiga  joriy etilmoqda va ommalashmoqda. Qiyinchiliklarning 
eng  kattasi  shu  yo`nalishdagi  o`quv-metodik  adabiyotlarning    yo`qligidadir. 
Zeroki,  otaxon  tilshunos  O.Azizov,  A.Abduazizov,  A.Irisqulov,  A.Sodiqov, 
S.Usmonovlarning  tilshunoslik  nazariyasi  o`quv  fanidan  darslik  va  qo`llanmalari 
sovet  darsliklari    namunalarida  -  o`zbek  tili  qurilishining  "Grammatika 
baynalmilaldir"  shiori  ostidagi  talqiniga  tayanib    yozilgan.Shuning  uchun  ular  
hozirgi  davr  talablariga  mutlaqo  javob  bermaydi  -  grammatik  talqinlar  yuqorida 
sanab o`tilgan va ta‟lim tizimida amaliyotda bo`lgan  dasturlar bilan uyg`un emas, 
yangilari hali ommalashmagan. 
Qo`lingizdagi bu qo`llanma mavjud darslik  va qo`llanmalardan yangi - milliy 
grammatik  talqinlarga  uyg`unligi  bilan  ajralib  turadi.  Ushbu  qo`llanma  nafaqat 
o`rta  va  oliy  ta`lim  tizimida  amalda  bo`lgan  dasturlar  bilan  uyg`un,  balki 
"Tilshunoslikka  kirish"  o`quv  fani  oldida  turgan  muhim  vazifani  -    kitobxon 
toliblarni yangicha grammatik talqinlarning asosiy atamalari, tushunchalari,  tahlil 
usullari  bilan  tanishtirishni  -  ularni  yangi  tilshunoslik    dunyosiga  olib  kirishni  
bajarishga, milliy grammatik talqinlar orqali ziyolilar ongidagi milliy tafakkur tarzi 
va  mafkura  ko`chatlarini  sug`orishga  ham  xizmat  qiladi.  Bu  kitob  shu 
yo`nalishdagi  ilk  o`quv  qo`llanmasi  bo`lganligi  sababli    kamchiliklardan, 
takomillashtirishni talab etadigan munozarali tomonlardan xoli emas. Qo`llanmani 
mukammallashtirishga  qaratilgan  har  qanday  taklif  va  mulohazalarni  mualliflar 
mamnuniyat bilan qabul qiladilar. 
                              
 
 
                          Professor Hamid Ne`matov 
                           Buxoro. 2005-yil,  16 mart. 
                                                 
2
  Qar.:Умумий  ўрта  таълим    давлат  таълим  стандартлари  ва  ўқув  дастурлари.    Таълим  тараққиѐти 
ахборотномаси.  1999.  1-махсус  сон;  Ҳозирги  ўзбек  адабий  тили.5  220100  -  ўзбек  филологияси  бакалаври  
йўналиши учун намунавий ўқув дастури. Тузувчилар: 
ф.ф.д., профессорлар Ҳ. Неъматов, Н.Маҳмудов, А.Нурмонов, Р. Сайфуллаева. Т.: 2002. 



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat