Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon Forobiy


O’zMU Tarixi fakulteti 1-kurs magistranti Javohir Bo’ronov



Download 112,5 Kb.
bet5/5
Sana28.12.2020
Hajmi112,5 Kb.
#53783
1   2   3   4   5
Bog'liq
alloma

O’zMU Tarixi fakulteti 1-kurs magistranti Javohir Bo’ronov


Sharafiddin Ali Yazdiy va uning “Zafarnoma” asari
Sharafiddin Ali Yazdiy Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining XIV va XV asr boshlaridagi tarixidan bahs yurituvchi mashhur “Zafarnoma” asarining muallifi sifatida tarix zarvaraklarida mangu muhrlangan muarrixlardan bo‘lib, uning hayoti va faoliyati asosan XV asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Sharafiddin Ali Yazdiy Eronning Yazd shahriga qarashli Taft mavzeida (Taft-i-Yazd deb ham atalgan), taxminan XIV asrning oxirgi choragida tug‘ilgan. Uning tarjimai holi haqidagi ma’lumotlar o‘z asarlari va zamondoshlarining asarlarida keltirilgan dalillardan iborat. Uning otasi – Shayx Hoji o‘z davrining yirik olimlaridan sanalib, tariqat ahli – so‘fiylar bilan hamfikr bo‘lgan. Manbalarda aytilishicha, Sharafiddin Ali ham yoshligida Yazd so‘fiylari bilan yaqin aloqada bo‘lgan.

Sharafiddin Ali Yazdiyning bundan keyingi faoliyati haqidagi ma’lumotlar, uning SHerozda Temuriylar saroyida xizmatda bo‘lganligi bilan bog‘liq. Shohruxning o‘g‘li Mirzo Ibrohim Sulton 1414-yili otasi tomonidan Eronning Fors viloyatiga hokim qilib tayinlanadi. 1435-yilgacha Sharafiddin Ali ana shu shahzodaning saroyida xizmat qiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Sharafiddin Alidan qolgan ilmiy adabiy meros adabiyot va til uslubi, she’riyat nazariyasi, ilmi nujum, falsafa, tasavvufning nazariy masalalari bo‘yicha yozilgan asarlardir. “Sharaf” taxallusi bilan she’rlar yozganligi ham ma’lum.

Yazdiyning 1446-yili Hirotga kelgani, bu yerdan Samarqandga, Ulug‘bek huzuriga borganligini ham taxmin qilish mumkin bo‘lsada, biroq bu uzoq vaqt davom etgan emas. Aftidan, Shohrux vafotidan (1447) keyin tez orada Sharafiddin Ali o‘z vatani Taftga qaytib keladi va bu yerda xonaqohga joylashib, umrining oxirigacha shunday yashaydi. U hijriy 858 (1454) yili vafot etadi, shu xonaqohga dafn etiladi. Sharafiddin Ali Yazdiy qalamiga mansub ilmi nujum, she’riyat va tariqat nazariyasiga oid bir qancha asarlar quyidagilardir:

1. “Hulal-i mutarraz dar muammo va lug‘az” (“Muammo va topishmoqlar borasida bezakli joma”).

2. “Muntaxab-i Hulal” (Mazkur asarning qisqartirilgan bayoni).

3. “Mavotin yo manozir dar muammo” (“Muammo fanida turar joy va manzaralar”).

4. “Qunh uz-zod dar ilm-i vaqf-i a’dod” (“Adadlar muvofiqligi ilmida haqiqat cho‘qqisi”).

5. “Al-Kitob fi ilm-i usturlob” (“Usturlob ilmi bo‘yicha kitob”).

6. “Devon-i Sharaf-i Yzzdiy” (“Sharafi Yazdiyning she’rlar to‘plami”).

7. “Haqoyiq at-tahlil” (“Tahlil, ya’ni “Lo iloha illalloh” ning haqiqatlari”).

8. “Sharh-i “Qasida-i burda” (“Qasidai burda”ning sharhi”).

9. “Sharh-i “Asamo-i Alloh” (“Alloh ismlari”ning sharhi”).

10. “Tuhfat ul-faqir va hadyat ul-hakir” (“Faqirning tuhfasiyu haqirning hadyasi”).

11. “Munshaot” (“Xatlar to‘plami”).

12. Maxsus nomga ega bo‘lmagan, ammo Amir Temurning tarixini she’riy bayon etilgan asar.
XV asr tariхiy yozma yodgоrliklari mazmun jihatidan har turli: hujjatlar, sayohatnоmalar, tazkiralar, maqоmоtlar, inshо-yozishmalar va хrkazо. Ular o`sha davr siyosiy tariхini, davlat tuzumini, madaniyatini, tashqi alоqalarini mukammal yoritishda qimmatli manbadir. Tariхnavislar yozgan maхsus asarlarning o`zi ham katta bir ro`yхatni tashkil etadi. Ana shunday manbalar ichida, hоzirgacha еtib kеlgan, fоrs tilida yozilgan. Nizоmiddin Shоmiyning "Zafarnоma", Hоfizi Abro`ning "Zubdat ut-tavоriх" Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnоma", Mu’iniddin Natanziyning "Muntaхab ut-tavоriх", Fasih_ Ahmad Х,avоfiyning "Mujmali Fasihiy", Abdurazzоq Samarqandiyning "Matla’i sa’dayn", Mirхоndning "Ravzat us-safо", Хоndamirning "Habib us-siyar" va Ibn Arabshоhning arab tilida yozilgan "Ajоyib al-maqdur fi navоib Tеmur" asarlaridir. Bu ro`yхatga yana 1404-yili Samarqandda Amir Tеmur huzuriga tashrif buyurgan ispan sayyohi Rui Gоnzalеs dе Klaviхоnning safar хоtiralarini hamda yana bir qancha asarlarni ham kiritish mumkin. Ular оrasida Hоfizi Abro` yozgan "Zubdat ut-tavоriх" (1423-1427-yillarda bitilgan) va Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnоma"si (1424-1425-yilda Shеrоzda yozib tugallangan) tariхiy kеchmishlar bayonining izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi.

Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnоma"si Tеmur saltanatiga оid ma’lumоtlarni ancha batafsil qamrab оlishi bilan bir qatоrda Amir Tеmurdan оldingi davr tariхidan ham bahs etadi (bu qism "Muqaddima" nоmi bilan adabiyotda mashhur.) "Zafarnоma" muallifi "Sharaf" taхullusi bilan yuritilgan Sharafiddin Ali Shayх Hоji Yazdiyning o`g`li bo`lib o`z askarlari tufayli zamоndоshlari оrasida katta shuhrat va оbro` qоzоngan edi. U o`zining yirik tariхiy kitоbi "Zafarnоma"dan tashqari, falsafa, astrоlоgiya, adabiyot va tasavvufning nazariy masalalariga оid asarlar ham yozgan.

O`zbеk mumtоz adabiyotining asоschisi Alishеr Navоiy Sharafiddin Ali Yazdiyning bilimi va asarlariga bahо bеrib, "Mavlоnоning sоib kamоllig`i оlam ahli qоshida musallamdur", dеb yozgan edi. Sharafiddin Ali Erоnning Yazd shahridan uncha uzоq bo`lmagan Taftda tug`ildi. Uning tug`ilgan yili nоma’lum. U 818/1415-1416 va 838/1435-yillar оrasida Shоhruхning o`g`li Ibrоhim Sultоn хizmatida bo`ldi. Sharafiddin Ali Yazdiy o`z asari "Zafarnоma"ning yozilishini o`sha davrning o`qimishli kishisi, adabiyot, tariхning muhibi va bilimdоni bo`lgan ana shu Ibrоhim Sultоn nоmi bilan bоg`laydi. U Fоrs o`lkasi hukmdоri edi. Ibrоhim Sultоn vafоti (838/1435-yil) dan kеyin Sharafiddin Ali Shоhruхning nabirasi — Mirzо Sultоn Muhammad sarоyiga taklif qilinadi. Sultоn Muhammad 846/1442-1443-yilda Sultоniya, Qazvin, Ray va Qumni o`z ichiga оlgan vilоyatga hоkim qilib tayinlangan edi. 849/1445-1446 yilda Sultоn Muhammad Shоhruхning хastaligidan fоydalanib, o`z yaqin kishilarining ig`vоsi bilan (bular оrasida Sharafiddin Ali ham bo`lgan) isyon ko`taradi va Hamadоn, Isfahоnni egallaydi, Shеrоzni qamal qiladi. Isyonchilar orasida bo’lgan Ali Yazdiy gunohidan o’tiladi, Shundan so’ng, u to umrini oxirigacha Yazdda qolib, vafot etgan.

“Zafarnoma” asarini Sohibqiron Temurning mufassal va Xalil Sultonni qisqacha tarini o’z ichiga olgan. Muallif o’z asarini birinchi maqola deb ataydi va Shaohruhga atalgan ikkinchi maqola hamda Ibrohim Sultonga atalgan uchinchi maqolani yozishni ham rejalashtirib qo’yadi. Asar turk xonlarining shajarasi va Chingizxon tarixiga bag’ishlangan (82 varaq) muqaddima bilan boshlanadi. Asarda ko’plab she’rlar Yazdiyning qalamiga mansubdir. Bu asar ko’plab tillarga tarjima qilingan bo’lsada, o’zbek tilida eng mukammal tarzda 1972-yili A.O’rinboyev tomonidan chop etilgan nusxaviy tanqidiy matn hisoblanadi.

Muhammad Ali tarjimasi yagona nodir nusxada mavjud bo‘lib, u Istanbulda, Nuri Usmoniya kutubxonasida 3268 raqam bilan saqlanadi. Bu erga u turk sultoni Mustafo Uchinchi tomonidan hijriy 1171/melodiy 1757 yili vaqf qilingan. Demak, qo‘lyozma u erga oldinroq borib qolgan. Qo‘lyozma hali teran o‘rganilmagan. U haqda faqat venger sharqshunosi Yanosh Ekman 1964 yili qisqagina ma’lumot keltirgan va vatandoshimiz Miyon Buzruk 1927 yiln «Maorif va o‘qituvchi» jurnalida xabar bergan. Biroq, qo‘lyozma sahifalarida bir turk o‘quvchisining lotin harfi bilan hozirgi turk tilida yozgan ayrim so‘zlari va qator belgilari ham bor. Shunga ko‘ra bu qo‘lyozma haqida turkcha biror tadqiqot bo‘lsa kerak deb taxmin qilish mumkin. Lekin o‘sha «turk o‘quvchisi» aslida Yanosh Ekman bo‘lganligi ehtimoli ham tug‘ildi. Qo‘lyozma asl matni sahifalari raqamlanmagan. Lekin o‘sha noma’lum turk, asar bnlan qisqa fursatda tanishibdi shekilli, uni raqamlaganiga ko‘ra qo‘lyozma 319 varaq bo‘lgan.

«Qisqa fursatda tanshish» deyishimizga sabab shuki, asarni tekshirib nashrga tayyorlash jarayonida aniqladikki, uning qo’llab varaqlash nashrini jillanish paytida o‘rni almashgan ekan. Bu varaqlarni tartibi binoan o‘rniga qo‘yishda ularning hammasini “Zafarnoma”ning forscha matn bilan solishtirishga to‘gri keldi. Qo‘lyozmannng 46-varag‘igacha «turk» o‘quvchi qo‘ygan raqamlar mazmun bayoni bilan mos keladn. So‘ng asar jildidagi «turkning varaq raqamlarida nomoslik kelib chiqadi, 47-varaqdan to 65-varaqgacha, yangi 19 varaqdagi hodisalar asarning ancha keyingi qismiga tegishli. Shuning uchun orqadagi varaqlarni oldinga olib, varaqlarni boshqatdan yamash va raqamlashga to‘g‘ri keldi. Xuddi shuningdek 119, 120, 134, 157, 164-varaqlarni tarjima jarayonnda «topib, joyiga qo‘yildi».

Bunday varaq “siljishlari” asarniig keynngi qismida ham ko‘p. Umuman olganda, hammasi bo‘lib 35 qaraqni o‘rni almashgan bo‘lib, ularni forscha matn bilan solishtirib, o‘z joyiga qo‘yildi. Endi asarning tarkibi va mazmuniga kelsak, Muhammad Ali “Zafarnoma” ning forscha matnidagi turk-mo‘gul xalqlarinnng kelib chiqishi haqidagi 82 varaq muqaddimani tushirib qoldirgan. Bundan tashqari bu muallif Sharafuddinning uzundan-uzun muloha za va she’rlarini ham atayin tushirib qoldiradi. Muhammad Ali asar boshida o‘zining qisqa kirish so‘zini keltiradi va asardagi eng birinchi sarlavhasini «Temurbekning mutavallud bo‘lgoni va olamni o‘z jamoli bilan yoruk qilgoni so‘zlari» deb ataydi. Bu esa forscha matnnnng 86-varagidagi sarlavhaga mos keladi. Asar davomida Temurning o‘zi haqida ko‘pdan-ko‘p biografik ma’lumotlar keltirilganligi uchun uni faqat amirning g‘alabalari tavsifi emas, balki hayotnomasi deb atash mumkin. Asarda amirning barcha oila a’zolari va qarindosh-urug‘lari haqida ham ko‘plab ma’lumotlar keltiriladi.

«Zafarnoma» faqat sohibqironning harbiy yurishlarnni maqtab ko‘klarga ko‘tarishdan iborat, desak xato bo‘lardi. Unda inson xarakterlari ham juda yaxshi tavsiflangan. Xususan, Temurning shaxsiy xarakteri Sharafuddin Ali tomonidan zo‘r mahorat bilan ko‘rsatilgan. Muhammad Ali esa o‘zbek tiliga ana shunday sahifalarni yuksak mahorat bilan akslantirgan. Ba’zi sahifalarda Temur qahrining qittiqligi tavsiflanib, uning bu boradagi faoliyati haqqoniy bayon qilingan va uni asoslashga urinishlar seziladi va uning mislsiz olamgirligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, boshqa sahifalarda, chunonchi, qizi Tag‘ayshohning va o‘gli Jahongir mirzoning vafotlariga taalluqli sahifalarda sohibqiron insoniy zaifliklarga ega bo‘lgan kishi ekanli ham ko‘rsatilgan. Lekin ikkala muallif Sharafuddin, Muhammad Ali ham Amir sohibqironning buyuk sherqalbligi, mislsiz qahramonlign, dovyurakligi va bahodurligini katta haqqoniyat va mahorat bilan ko‘rsatgan. Bu sahifalar o‘quvchida zarracha shubha tug‘dirmaydi. Va Temur siymosi ko‘z oldimizda chekinmas, yengilmas va zabardast jangchi sifatida gavdalanadi.

Asarda nafaqat Temur siymosi, balki uning atrofidagi ba’zi boshqa shaxslarni siymolari ham yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Masalan, sohibqironnnng egachisi (opasi) Qutlug Turkon og‘o haqida qisqagina ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa ham, shu ma’lumotlarning o‘zigina uni mushtipar va g‘amxo‘r opa, nafis didli, idrokln va dono hamda jasur va vatanparvar ayol sifatida gavdalantiradi. Bu ayol tili bilan aytilgan bir necha og‘iz so‘zlarning o‘zigina uning butun Eron va Turonda katta qudratga ega bo‘lgan hamda xalqaro siyosatga kuchli ta’sir ko‘rsata oladigan yuksak irodali honima bo‘lganliginini ko‘rsatadi. Uning oti Turkon ogo bo‘lganligi ham bejiz emasdek tuyuladi kishiga.

XV va XVI asrlarda “Zafarnoma” qahramonlik qissasi janrida ikki marta she’riy yo’l bilan o’zbek tilida Lutfiy, fors tilida Abdurahmon Jomiyning jiyani Xotifiy (1521-yil vafot etgan) tomonidan kuylangan edi. XVI asr boshlarida Shayboniylarning dastlabki vakillaridan Kuchkunchixon topshirig’iga muvofiq Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tomonidan “Zafarnoma” o’zbek tiliga tarjima qilingan. Adabiyotlarda Hofiz Muhammad ibn Ahmad al-Ajamiy tomonidan asarning turk tiliga tarjima qilinganligi haqida ham ma’lumot bor. Bulardan tashqari “Zafarnoma” 1822-1823-yillarda Xuvada Xudoyberdi ibn Qo’shmuhammad So’fi al-Xivoqiy tomonidan o’zbek tiliga qisqartirib tarjima qilinganligi ham ma’lum.

XVIII asrdan boshlab “Zafarnoma”ning ayrim qismlari fransuz (Peti de la Kroa, 1713), ingliz (J.Darbi, 1723) va rus tiliga ham tarjima qilingan. Asarning forscha matni esa 1887-1888-yillarda Kalkuttada, 1958-yili Tehronda chop etilgan. Biroq bu nashrlarda asrning “Muqaddima” qismi hamda zaruriy ko’rsatkichlar berilmagan. 1972-yili Toshkentda asarning har ikki qismini qamragan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 4472-raqamli qo’lyozmaning faksimal nashri amalga oshirildi. Bunda tarixiy manbalar ilmiy nashri uchun zaruriy bo’lgan so’zboshi va turli ko’rsatkichlar bilan birga asar matnining har xil nusxalari va nashrlari orasidagi farqlar ham qayd etildi.

Keyingi yillarda Sharqshunoslik institutida”Zafarnoma”ni hozirgi o’zbek tilida ilmiy izohli tarjimasini nashrga tayyorlash ustida ishlar olib borilmoqda. Asarning kichik bir qismi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660-yilligi oldidan, 1994-yilda chop etildi.

Yazdiyning “Zafarnomasi” ko’tarinki uslubda bahodirlik qissasi tarzida yozilgan. Asar “Zafarnomayi Temuriy”, Tarixi jaxonkushoyi Temuriy”, “Fathnomai Sohibqironiy” nomlari bilan ham atalgan bo’lib, Nizomiddin Shomiy asari asosida yozilgan. Lekin Yazdiy asarida ko’plab dalil va hodisalar aniqlab yozilgan. Xalil Sulton hukmronligi yillari voqealarini ham o’z ichiga olgan. Asarning yana bir muhim jihati uning kata muqaddima qismi bo’lib, unda Jo’ji, Chig’atoy uluslari hamda Elxoniylar davlatining Amir Temurgacha bo’lgan tarixi qisqacha bayon etilgan. Muqaddima “Tarixi Jahongiriy” va “Muqaddimai Zafarnoma” nomlari bilan ma’lum. Asar Amir Temur tarixi, uning tavallud topishidan (1336) to Xalil Sulton hukmronligi tugashigacha (1409) bo’lgan davrda Movorounnahr, Fors, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarda kechgan voqealarni o’z ichiga oladi.

Sharafiddin Ali asraining o’ziga xos xususiyati shundaki, u xassos yilnomachi sifatidagina emas, balki iste’dodli adib, mohir bayonchi sifatida ham namoyon bo’ladi. Keyinchalik ulug’ o’zbek shori Alisher Navoiy “Zafarnoma” ni eng mukammal yozilgan risolalardan biri ekanligini qayd etib o’tgan.



O’zMU Tarixi fakulteti 1-kurs magistranti Javohir Bo’ronov
Download 112,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish