Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon Forobiy


O’zMU Tarixi fakulteti 1-kurs magistranti Javohir Bo’ronov



Download 112,5 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2020
Hajmi112,5 Kb.
#53783
1   2   3   4   5
Bog'liq
alloma

O’zMU Tarixi fakulteti 1-kurs magistranti Javohir Bo’ronov


Ahmad Yassaviy (1041-1167)

O'n birinchi asrning yakuni - o'n ikkinchi asrning boshida Xurosonu Movarounnahr zaminida paydo bo'lgan ilk tasavvufiy tariqatlardan birining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy 1041 yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan. Uning vafot etgan vaqti ko'pgina qo'lyozma manbalarda hijriy 562 (1166/67) yil deb yozilgan. Ahmad Yassaviy o’zi tug’ilgan yurtini ,,Ul muborak Turkiston” deb tilga oladi. U ota-onadan juda erta yetim qoladi. Otasi shayx Ibrohim vafot etgach, u bobosi Arslonbobo qo’lida qoladi va dastlabki tasavvufiy ta'limotni Yassida Arslonbobodan oladi. Ma'lum vaqt o'tib ustozining ko'rsatmasi bilan Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniydan ta'lim oladi. Xoja Yusuf rahnamoligida tasavvuf siru sinoatlarini o'rganib, so'ng ona yurti Turkistonga qaytadi va ko'p vaqt o'tmay o'zi kashf etgan talabu mezonlar asosida shogird, muridlar tayyorlay boshlaydi. Ahmad Yassaviyning ota-bobolari silsilasi Muhammad Xanafiyga borib taqaladi.

Rivoyatlarga ko’ra, Yassaviy 63 yoshga yetkach, yer ostidahujra yasatib, “chilla”ga kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, qimmatli hikmatlar yozib, riyozatlar chekib, yer ostida o’tkazgan. Bir rivoyatga ko’ra, u 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda, 133 yil umr ko’rgan.

Yassaviy madaniyatimiz tarixida ilk turkiyzabon mutasavvuf shoir sifatida ham o'zining buyuk izini qoldirgan. Uning turkiy tilda yozilgan tasavvufni targ'ib etuvchi she'riy hikmatlari tilining xalqchilligi, ohangdorligi bilan tezda mashhur bo'lib ketdi.Alisher Navoiy iborasi bilan aytganda, "Turkiston mulkining ulug' Shayx-ul-mashoyixi" hazrati Xoja Ahmad Yassaviy juda ko'p mutasavvuf donishmandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan.

Yassaviya tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo'lmish "Hikmat"da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning ajoyib namunasi bo'lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko'rsatgan hikmatli she'rlar Yassaviya ta'limotidagi poklik, halollik, to'g'rilik, mehr-shafqat, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Olloh taolo visoliga yetishish yo'lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg'or umuminsoniy qadriyatlarni ifoda etadi.

Xoja Ahmad Yassaviy nafaqat Xuroson va Mavorounnahrda,balki butun islom olamidagi eng yuksak maqomli so'fiylik tariqatlaridan biri - Yassaviyaning asoschisidir.Shu bilan birga u turkiyzabon xalqlarning ma'naviy,ijtimoiy dunyoqarasiga ta'sir ko'rsatgan piri komil, buyuk Konfutsiy darajasidagi donishmand, insonparvar shoir sifatida tarixda qoldi. Xoja Ahmad Yassaviy tasavvufning ulug` peshvolaridan biri, u yassaviya tariqatiga asos solganligi va turkiy tilda sodda, xalqchil ulug` she'riyat — so`fiyona adabiyotni boshlab berganligi bilan nomi islom olamida qadrli va mo`'tabardir. Ul zoti sharif islomiy haqiqatlar va tasavvuf ahkomini ajabtovur mahorat bilan omixta etib, shariat-u tariqatni bir butun deb bilib, imon va sadoqat g`oyalarini qizg`in ehtiros yuga kuylagan va afsonaviy Arslonbob timsolida mujassam bo`lmish turkiy avliyolar ruhini piri Xoja Yusuf Hamadoniydan qabul qilgan Xuroson so`fiyona ta'limotiga qo`shib, o`z xalqini yuksak ma'rifat va ilmu irfonga hidoyat etdi.

Xoja Ahmad Yassaviy qarashlari mohiyatini anglash uchun, shubhasiz, tasavvuf ta'limoti ruknlariga murojaat qilish lozimdir. Tasavvuf o`zini anglash va shu orqali Allohni sevib tanish va bilish ilmi hisoblanadi. O`z-o`zini anglash o`z nuqsonlarini, aybu qusurini anglash demakdir. Shunday ekan, tasavvufni insonning o`z vujudi, nafsiga qarshi isyoni, o`z-o`zidan qoniqmaslik noroziligi sifatida talqin etish o`rinlidir. Shayxlarning o`z-o`zini mazammat etishi, surunkali riyozatni bo`yniga olib, maxrumliklarga ko`nishi, hech narsa bilan o`rnini to`ldirib bo`lmaydigan buyuk bir ruhoniy poklik olamiga intilishi shu bilan izohlanadi. Bu riyozat va irodat zikr va samo', jazava va nolalar, munojot va toatlar, ma'naviy suhbatlar, karomat va ishoratlar, chillada chiltanlar bilan suhbat qurish, xilvatda Yor xayoli bilan uns tutmoq, irfoniy kashfiyotlar yo`lidagi tasvirlab bo`lmas zavqu surur nashidasidan iborat bo`lgan.

Alisher Navoiy o’zining “Nasoyimul muhabbat” asarida yozadi: Xoja Ahmad Yassaviy - Turkiston mulkining shayxulmashoyixidur. Maqomoti oily va mashhur, karomoti matavoliy va nomah-sur ermish. Murid va ashob g'oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning ashobidindur. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy bila suhbat tutubtur va Xoja Abdulloh Barqiy (Baraqiy) va Xoja Hasan Andaqiy (Ondoqiy) bilaki Imom Yusuf Hamadoniyning muridlaridurlar, ammo har qaysi biyik marotibg'a etibturlar, musohib bo'lubturlar va ro'zg'or mashoyixidin ko'p buzurgvorlar aning tarbiyatin topibturlar va Shayx Raziuddin Aliyi Lolo Shayxu buzurgvor Shayx Najmiddin Kubro xizmatig'a yetardin burun Xoja Ahmad Yassaviy xizmatida bo'lub erdi va aning xonaqohida aning irshodi bila suluk qilibtur. Va aning (Xoja Ahmad Yassaviyning) mozori Turkistonda Yassi degan yerdaki, aning mavlid va manshaidur voqe' bo'lubtur va Turkiston ahlining qiblai duosidur.

Faxruddin Ali Safiyning “Rashahot ayn al-hayot” (Hayot tomchilari) asarida shunday jumlalarni o’qiymiz: Xoja Yusuf Hamadoniy quddisa sirruhuning xulafolaridan uch-lanchi xalifa erdilar va turklar oni Oto Yassaviy derlar.Va Otonikim,turkey lafzida padarni ayturlar,ulug' mashoyixlarg'a itloq qilurlar. Mavlidi (tug'ilishi) Yassi tururkim, Turkiston baldalaridin bir mashhur shahar turur.Qabri muboraklari ham ul yerda turur.Sohibi oyotu karomoti jalila va marotibu maqomoti rafi'a erdilar. Va olor yoshlikda manzuri nazari kimiyo asari Orslonbob bo'lub erdilarkim,turk mashoyixlarining qudamosidan va olorning uzamolaridan erdilar va oyturlar: Orslonbob hazrati Risolat (Payg'ambarimiz Muhammad) sallallohu alayhi vasallamning bashoratig'a mushtamil bo'lg'on ishoratlari bila olorning tarbiyatlarig'a shug'l etdilar va hazrati Xoja (Ahmad Yassaviy)g'a olor (Orslonbob) ning xizmat va mulozamatlarida taraqqiyoti kulliy voqe' bo'ldi, to Orslonbob qaydi hayotda erdilar Xoja (Ahmad) bar sabili davom olorning mulozamatlarida qiyom ko'rguzdilar. Vafot-laridin so'ng ham olorning ishorotlari bila Buxorog'a keldilar. Va suluklari Xoja Yusufning xizmatlarida tamom bo'lub, darajayi takmil va irshodg'a yetushdilar.

Buxorodan o’z yurti Yassiga qaytgan Ahmad shaharda madrasa masjid xonaqolar qurdirib o’z atrofiga juda ko’p yangi shogirdlar to’playdi. U ana shu shogirdlari orqali o’zi asos solgan “yassaviya’’ tariqatini Turkiston va Shosh atrofidagi viloyatlarga tarqata boshlaydi. Tasavvuvdagi boshqa tariqatlarda bo’lgani singari “Yassaviya’’ tariqatining ham o’ziga xos qat’iy qoidalari bor. Bu qoidalar quidagilarni o’z ichiga oladi:



  1. Murid hech kimsani o’z shayxidan afzal ko’rmasligi,unga mutlaqo taslimiyat izhor etmog’i lozim.

  2. Murid shunchalik zukko va idrokli bo’lishi kerakki,to o’z shayxining barcha rumuz va ishoralarinimukammal anglay bilsin.

  3. Shayxning barcha so’zlari va ishlariga murid sodiq bo’lib,unga mutlaqo mute va mu’taqid bo’lmog’i lozim.

  4. Murid o’z pirining barcha topshiriqlarini chaqqonlik bilan va sidqidildan bajarib uni hamisha rozi qilib yurmog’i lozim.

  5. Murid o’z so’ziga sodiq, va’dasiga rosix bo’lib,o’z piri ko’nglida hech qanday shak-shubha tug’dirmasligi kerak.

  6. Murid o’z va’dasiga vafodor va so’zida ustivor turishi kerak.

  7. Murid o’z ixtiyoridagi barcha mol-mulkni, butun bori yo’g’ini o’z shayxiga nisor etmoq uchun doimo tayyor turmog’i lozim.

  8. Murid o’z shayxining barcha sir-asrorlaridan ogoh bo’lib, uning ifshosini hech vaqt hayoliga keltirmasligi kerak.

  9. Murid o’z shayxining barcha takliflarini nazarda tutmog’i, unig mushkulotini oson qilmog’i, pandu nasihatlarini bajo keltirmog’i shart.

  10. Murid olloh visoli uchun o’z shayxi yo’lida butun moli va jonini nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do’stiga do’st,dushmaniga dushman bo’lib yashamog’i kerak.



Download 112,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish