Abror to‟rayev


XX asrda jahon siyosati va xalqaro munosabatlar. Hozirgi    zamon



Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/31
Sana29.08.2021
Hajmi0.97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
XX asrda jahon siyosati va xalqaro munosabatlar. Hozirgi    zamon    

xalqaro    munosabatlari    taraqqiyotining    asosiy xususiyatlari 

XX  asrga  kelib  xalqaro  munosabatlar  sohasidagi  siyosiy  tadqiqotlar 

yangi sifat o‗zgarishlariga ega bo‗ldi. Agar o‗tgan asrda xalqaro jarayonlar o‗z 

holicha  rivojalanib,  nazariy  izlanishlar  davlatning  imkoniyat  darajasidagi 

yo‗liga kam ta‘sir etgan bo‗lsa, yangi asrga kelib ilmiy yo‗nalishlarning xalqaro  

munosabatlarga ta‘siri o‗sib bordi. 

Xalqaro  siyosat  nazariyalari  ichida  proletariat  ―dohiylarining‖  dunyo 

tartibotida  inqilobiy  transformatsiya  konsepsiyasi  paydo  bo‗ldi.  Bu  konsepsiya 

uchun  quyidagilar  xarakterlidir:  dunyo  muammolarini  tahlil  qilishga  sinfiy 

nuqtai  nazardan  yondashuv,  davlatning  tashqi  siyosatini  ichki  siyosat  bilan 




 

11 


aloqadorlikda  o‗rganish,  xalqaro  munosabatlarni  har  bir  tarixiy  davrda  aniq 

ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar rivojlanishi qonuniyatlari bilan bog‗liq ekanligi, 

kuchlar joylashuvining obyektiv va subyektiv omillarini tadqiq etish. 

XX asrda xalqao munosabatlar nazariyasining nomarksistik yo‗nalishlari 

ikkita  qutblashgan  oqimlar  asosida  rivojlandi.  Ularni  shartli  ravishda  ―kuchlar 

muvozanati‖,  ―o‗zaro  harakat‖,  ―integratsiya‖larning  turli  muqobil  g‗oyalari, 

deb atash mumkin.  

XX  asr  boshlaridagi  siyosatning  globallashuvi  va  ―imperializm 

ittifoqlari‖ning  shakllanishi  mo‗ljallangan  tamoyillar  to‗g‗risida  fikrlashga 

nisbatan  yangi,  umumdunyoviy  yondashuvlarni  ilgari  surishga  ko‗proq 

imkoniyat  yaratdi.  1904  yilda taniqli ingliz  olimi  Xalfrord  Makkinder o‗zining 

xalqaro jarayonlarni konsepsiyalarda ifodalashga doir qarashlarini e‘lon qildi. u 

keyinchalik "geosiyosat" deb ataldi. Makkinder shunday deb yozgan edi: ―Agar 

kim Sharqiy Evropani boshqarsa, u Yevroosiyoning Xartlendiga (o‗rta erlariga ) 

rahbarlik  qiladi;  agar  kim  Xartlendni  boshqarsa,  Evropa,  Osiyo,  Afrikaning 

dunyo  orollariga  rahbarlik  qiladi,  agar  kim  dunyo  orollarini  boshqarsa,  butun 

dunyoga  rahbarlik  qiladi.  Xartlendga  savdo  liberalizmining  vatani  bo‗lgan 

―orollar  majmuasi‖(Amerika,  Avstraliya,  Okeaniya,  Buyuk  Britaniya)  qarama-

qarsh turadi‖.

3

 



Davlatlarning  ahvoli,  siyosati,  tarixiy  taqdiri  uchun  geografik 

omillarning  ahamiyati  to‗g‗risidagi  g‗oyalar  unumli  nazariyalar  sifatida 

sinovlardan  o‗tdi.  Klassik  misol:  Alp  tog‗ining  geologik  tuzilishi  Italiyadan  

Markaziy  Evropaga tomon yurishlarni qiyinlashtiradi, lekin uning aksi butunlay 

boshqacha  bo‗lib,  u  tarixda  muhim  rol  o‗ynaydi.  Dengizga  chiqish,  tabiiy 

boyliklar, iqlim, shuningdek, chegaralarning joylashuvi, qo‗shnilarning qanday 

bo‗lishi – bularning hammasi davlatlar resurslarini taqsimlashda va ular tashqi 

siyosatini rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. 

Xalqaro  munosabatlarning  bu  modelining  asosiy  kamchiligi  dunyo 

siyosatini 

baravarlashtirishning 

turli 


komponentlaridan 

birini 


mutlaqlashtirishdir.  (K.Xausxoffer  tomonidan  rivojlantirilgan  bu  g‗oyalarda 

nkeyinchalik fashistlar Germaniyasi o‗zining agressiv siyosatini asoslash uchun 

foydalandi).  Irqchilar  qarashlari  bilan  qorishib  ketish  uzoq  vaqt  ―geosiyosat‖  

so‗zining obro‗sini to‗kib keldi. Iiknchi jahon urushi va undan keyingi yillarda 

AQSHda  geosiyosat  g‗oyalarini  faol  ravishda  ishlab  chiqqan  olim  

N.Spaykmendir. Bu g‗oyalar  ―siyosiy realizm‖  maktabi vakillariga kchli ta‘sir 

qildi. 

Xalqaro  siyosatning  nazariy  fikrlash  yo‗nalishlaridan  biri  –  ―siyosiy 

idealizm‖ – AQSHda urushlar o‗rtasidagi davrda rivojlandi. Tadqiqotchilarning 

asosiy qismini xalqaro huquqqa doir mutaxassislar tashkil etganligi uchun ham 

bu maktab umumiy yondashuvlar mazmunini belgalib bera olmadi. 

                                                 

3

 Элементы. Евраазийское обозрение. 1992. №1. – С.6 




 

12 


―Siyosiy  idealizm‖  tarafdorlari  ―kuchlar  muvozanati‖  g‗oyalarini  inkor 

qilib,  ular  dunyo  siyosatini  ―xuquq‖  va  ―axloqiy‖  kategoriyalar  vositasida 

ifodalay boshladi va o‗z modellarini huquqiy asoslarda bo‗lishiga intildi. Uning 

natijalari  Evropa  va  global  voqeliklarni  yaxshi  ifodalay  olmagan  ―ideal‖ 

mezonlar  vositasida  qurishdar  iborat  bo‗ldi.  Bu  davrning  xalqaro 

siyosatshunoslari  xalqaro  tashkilotlar  rolini  oshirib  ko‗rsatib,  ularni  ―kuchlar 

muvozanati‖ga qarama-qarshi qo‗ydi. 

AQSHda XX asr 40-yillarining ikkinchi yarmida ―sovuq urush‖ siyosati 

ta‘sirida ―siyosiy realizm‖ maktabi paydo bo‗ldi. U uzoq davr siyosiy akademik 

majmua  doirasida  hukmronlik  qildi,  xalqaro  masalalar  bilan  shug‗ullanuvchi 

davlat  tuzilmalariga  kuchli  ta‘sir  ko‗rsatdi.  Siyosiy  realizm  va  unga  yaqin 

bo‗lagn  ―strategik tahlil‖  maktabi vakillariga quyidagi olimlar va siyosatchilar 

kiradi: J.Kennan, U.Lippman, Z.Bjezinskiy, R.Straus-Xyupe, J.Boll, U.Rostou, 

G.Kiisenjer,  S.Xantington,  R.Aron  va  maktabning  tan  olingan  nazariyotchisi 

Gans Morgentau, E.Karr va boshqalar. 

Realistlar  dunyodagi  ahvolning  takomillashmaganligi  inson  tabiatidan 

kelib  chiqadigan  kuchlar  harakati  natijasi,  deb  talqin  qilib,  ular  bu  kuchlarga 

qarshi chiqmaslikka chaqirdi. Realistlar tomonidan ―milliy‖ deb atalgan davlat 

manfaatlari  konsepsiyasi  har  tomonlama  puxta  ishlandi.  Doimiy  manfaatlarga 

―milliy  xavfsizlik‖  (tashqi  xavfdan  himoya),  iqtisodiy  manfaatlar  (hamkorlar 

bilan  aloqalarni  saqlash,  eksport  salohiyati  va  xorijiy  investitsiyalarni  oshirib 

borish,  ichki  bozorni  himoya  qilish),  ―dunyo  tartibotini  qullab-quvvatlash 

manfaatlari‖  kabilar  taalluql,  deb  qaraldi.  Shuningdek,  itoat  etuvchi  rolini 

o‗ynovchi yoki bir vaqtning o‗zida paydo bo‗luvchi manfaatlar ham mavjuddir. 

XX asrning 60- yillaridan boshlab siyosiy ralistlarni modernistlar oqimi 

tanqid  tig‗i  ostiga  oldi.  Ular  quyidagi  ayblovlarni  ilgari  surdi:asosiy 

tushunchalarda  (kuchlar  muvozanati,  xavfsizlik  va  boshqalar)  aniqlikning 

etishmasligi;  rivojlanish  tamoyillarini  oldindan  bilish  imkoniyatlarining 

cheklanganligi;sonlar  bilan  bog‗liq  usullardan  foydalanish  imkoniyatlarining 

yo‗qligi. Shuningdek, modernistlar siyosiy realistlarning quyidagi kamchiligiga 

ham e‘tiroz bildirishdi: xalqaro munosabatlar tizimidagi barcha harakatlar ―ikki 

tur  va  yo‗nalishga  qaratiladi-  kuchlar  muvozanatini  buzish  yoki  tiklash‖  yoki 

realistlar olidindan ko‗rish yoki voqeliklarning bir qismidan olingan xulosalarni 

uning boshqa qismlariga yoyishga olib borvchi usullardan foydalanmaydi. 

Dunyoning  bloklarga  bo‗linishi  harbiy-siyosiy  ittifoqlar  ichida 

barqarorlikni  saqlashga  doir  shart-sharoitlar  yaratdi.  Yangi  paydo  bo‗lgan 

vaziyatlar  ixtiloflashuvning  oshishiga  va  o‗nlab  ―qaynoq  nuqtalar‖ning  paydo 

bo‗lishiga,  ba‘zan  harbiy  kuchlar  qo‗llashga  (Tog‗li  Qorabog‗,  Osetiya, 

Abxaziya,  Dnestrbo‗yi,  Yugoslaviya  va  hakozo)  sabab  bo‗ldi.  Klauzevits 

formulasi  Evropada  yana  reallikka  aylana  boshladi.  G‗arb  bilan  Sharq 

o‗rtasidagi raqobatlashuv er sharining ko‗plab davlatlariga nisbatan ustamonlik 

bilan  munosabatlarda  bo‗lish  uchun  imkoniyatlar  yaratdi.  Harakat 




 

13 


maydonlarining qisqarib borishi Shimol bilan Janub o‗rtasidagi munosabatlarda 

ham ma‘lum bir xushyorlik uyg‗otdi. 

Sovuq  urush  siyosatining  tugashi  amalda  o‗zaro  qarama-qarshi 

kurashayotgan  tomonlardan  faqat  biriga  taalluqli  shart-sharoitlarda  ro‗y  berdi. 

Bu  holat  davlatlarning  cheklangan  guruhi  (masalan  ―ettilik‖,  keyinchalik 

―sakkizlik‖) boshchiligida xalqaro rivojlanishni ―bir qutbli dunyo‖ yo‗nalishida 

mo‗ljal olishi uchun ob‘ektiv imkoniyatlar yaratdi. 

Yangi  dunyo  tartiboti  xalqaro  munosabatlar  tizimi  sifatida  xali  oyoqqa 

turish bosqichida bo‗lib, uning tuzilmalari shakllanib bormoqda. BMT faoliyati 

ancha jonlanib, uning institutlari maqsadga muvofiq harakat qila boshladi. 

Shu  bilan  birga,  hozirgi  davrda  xalqaro  munosabatlarning  nisbiy 

rivojlanishiga doir tub o‗zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: 

1.Xalqaro  munosabatlar  mafkuralashuvidan  xalos  bo‗lish  jarayoni.  Jahonda 

bipolyar tizimlarning inqirozi bilan davlatlarni turli guruhlarga bo‗lib turadigan 

mafkuraviy  qarama-qarshiliklar  barham  topdi.  Hozirgi  davrda  mafkuraviy 

ziddiyatlar  o‗zining  murosasiz  harakterini  yo‗qotib  bormoqda,  xalqaro 

munosabatlar asta-sekinlik bilan eski mafkuralarning bosimlaridan qutilmoqda. 

Lekin  bu  bilan  siyosiy  idealizm  g‗alabasi  haqida  gapirishga  hali  vaqt  ertalik 

qiladi. 

Chunki 


Checheniston, 

Yugoslaviya, 

Iroq, 

Afg‗oniston 



kabi 

mamlakatlardagi  voqealar  yangi  radikal  mafkuralarning  kuchayishiga 

moyilligini ko‗rsatmoqda. 

2.Qarama-qashilikdan 

sherikchilik 

va 


hamkorlikka 

o‗tish. 


Xalqaro 

munosabatlarning 

mafkuralashuvdan 

xalos 


bo‗lishijarayonida 

xalqlar 


vadavlatlar  savdo,  iqtisodiy,  o‗zaro  yordam,  madaniy  munosabatlar,  ilmiy 

almashuvlar  kabi  turl  sohalarda  o‗zaro  manfaatli  hamkorlik  qilishining 

maqsadga muvofiq ekanligini anglab bormoqda. 

3.O‗zaro  tiyib  turishning  xalqaro  tizimi  shakllanishi  jahon  siyosatida  kuch  va 

turli  ta‘sirlarni  maqsadga  muvofiq  xolda  joylashtirishga  imkon  yaratmoqda. 

Evropa  mamlakatlari  integratsiyasi  kuchli  davlatlarning  global  yakka  hokimlik 

rejalarini tiyib turish markazlaridan biri sifatida misol bo‗la oladi. 

4.Jahon  siyosatining  demokratlashuvi  va  insoniylashuvi.  Jahon  hamjamiyati 

halqaro  munosabatlarni  har  bir  insonning  hayot  kechirish,  erkinlik,    yaxsht 

turmush  sharoitlariga  ega  bo‗lish  huquqlari  nuqtai  nazaridan  baholanishining 

muhimligini anglab eta boshladi. 

5.Xalqaro 

munosabatlar 

sohasining 

kengayishi. 

Zamonaviy 

xalqaro 

munosabatlar  sohasi  –  iqtisodiy,  siyosiy  va  diplomatik  munosabatlardan  tortib 

to  mutaxassislar  bilan  ijodiy  aloqalar  va  ishtirokchilari  davlat  mansabdorlari, 

siyosiy  partiyalar,  ijtimoiy  harakatlar,  diniy,  madaniy,  sport  va  boshqa 

tashkilotlar bo‗lgan Internet orqali kundalik muloqatlar bilan tutashib ketdi. 

6.Global  muammolarning  barcha  insoniyat  uchun  umumiy  ekanligini  anglash. 

Insoniyat  o‗z  boshiga  tushgan  falokatlar,  tabiiy  xarakterdagi  global  halokatlar 

oqibatida  o‗z  taqdirlarining  umumiy  ekanliklarini,  bir-birlariga  bog‗liq 

ekanligini va aloqadorligini tushinib etdi. Bu holatlar yagona jahon hamjamiyati 



 

14 


yoki  barcha  insoniyat  birlikda  harakat  qiladigan  jahon  tizimi  shakllanishiga 

imkoniyatlar yaratmoqda. 

7.Globallashuv  jarayoni  va  bir  xillikka  intilish.  Hozirgi  globallashuv 

mafkurachilarining  fikricha,  xalqlarni  davlatlarga  bo‗lish  shartli  xarakter  kasb 

etmoqda,  shunday  ekan,  yagona  axborot,  ta‘lim  va  madaniy  kengliklar 

shakllanishiga bog‗liq holda insonlar hayot tarzida universiallik kuzatilmoqda. 

Hozirgi  davrda  faqat  turli  davlatlar  va  mintaqalarning  geografik  alohidaligi 

to‗g‗risidagini  gapirish  mumkin.  Sayyora  turli  kengliklardan  iborat  bo‗lishiga 

qaramay, u ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy  ma‘noda yaxlitlik alomatini namoyon 

qilmoqda. Alohida mamlakat va xalqlar ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining 

turli  tuman  ekanligi  va  xususiyatlaridan  farq  qiladigan  yagona  jahon 

hamjamiyati shakllanmoqda. 

Hozirgi  zamon  xalqaro  munosabatlarining  asosiy  vazifalaridan  biri 

davlatlar  o‗rtasida  bo‗layotgan  nizolarni  hal  etish  yo‗llarini  izlash  bo‗lib 

qolmoqda,  chunki  bu  hol  milliy  manfaatlarning  to‗qnashuvi  asosida  yuzaga 

keladi.  Nizolarning  oliy  ko‗rinishi  urushdir.  Xalqaro  huquq  va  diplomatiya 

asosida  noharbiy  tamoyillar  turishi  kerak.  Nizolarni  harbiy  vositalar  bilan  hal 

etish  sub‘ektiv  va  ob‘ektiv  omillarni  keltirib  chiqaradi.  Chunki  harbiy 

vositalardan  foydalanish  dunyoda  ijtimoiy  va  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy 

nizolarni  kuchaytiradi  va  voqealarning  o‗zgacha  tus  olishiga  sabab  bo‗ladi. 

Bunday  vaziyat  muammoni  hal  etishni  yanada  chigallashtiradi.  Muammolarni 

tinch  yo‗l  bilan  hal  qilishning  yagona  yo‗li  xalqaro  huquq  tamoyillari  va 

me‘yorlariga  asosan  munosabatlar  olib  borishdadir.  Bu  borada  muammolarni 

hal  etish,  qarorlar  qabul  qilish  va  davlatlararo  munosabatlarda  muhim 

strategiyaga ega bo‗lish lozim. 

   Bugungi  kunda  xalqaro  munosabatlar  mazmuni  va  sur‘atiga  davlat 

tomonidan  xalqaro  huquqiy  jihatdan  tartibga  solinishga  yon  bermaydigan 

(bo‗ysunmaydigan)  gumanitar,  axborot  (informatsion),  ilmiy,  etnomadaniy  va 

boshqa  omillarning  ta‘siri  yanada  yaqqol  sezilmoqda.  Nodavlat  subyektlar 

rolining  o‗sishi  hisobiga  xalqaro  munosabatlar  solishtirma  og‗irligining 

qisqargani  bugungi  kunda  tez-tez  tilga  olinmoqda

4

.  Ushbu  munosabatlar 



ta‘sirining  o‗sishi  nafaqat  obro‗li  nodavlat  jamoat  tashkilotlari,  balki  o‗z 

faoliyatida  sub‘ektiv  mafkuraga  tayanadigan  xususiy  tashkilotlar  yo‗nalishida 

ham yuz bermoqda (masalan, Soros fondi). Agarda gap, masalan, yirik davlatlar 

kabi  nufuzli  xalqaro  kuchlar  manfaatlari  bilan  mos  tushadigan  oddiy 

nafsoniyatlar (ambitsiyalar) haqida borayotgan bo‗lsa, yaxshi. Buning natijasida 

bunday  tuzilma  ushbu  davlatning  muayyan  davlatdagi  siyosiy  va  iqtisodiy 

vaziyatga  ta‘sir  etuvchi  vositasi  yoki  ta‘sir  agentiga  aylanadi.

 

Bunday 



birlashmaga  (ittifoqqa)  qarshi  turish  qiyin,  lekin  mumkin,  chunki  bunday 

tuzilmalar  o‗z  maqsadini  yashirishmaydi.  Bunday  tuzilmalar  mafkurasi  ostida 

                                                 

4

 Современные международные отношения. / Под ред. А.В.Торкунова. –М.: Российская политическая 



энциклопедия (РОССПЭН), 2000.-С.70-93. 


 

15 


yashirin  sabab  bo‗lsa,  bunisi  yomon.    Terrorchilik  harakatlarini  qo‗llab-

quvvatlovchi,  uyushtiruvchi,  rejalashtiruvchi,  ularni  amalga  oshirishga 

g‗alamislarcha  undovchi,  terroristlarni  yollaydigan,  tayyorlaydigan  va 

qurollantiradigan,  ularni  moliyaviy  va  moddiy-texnik  jihatdan  ta‘minlaydigan 

tuzilmalar,  ayniqsa,  xavfli.  Bunday  tashkilotlar  turlicha  ko‗rinishda  bo‗lishi 

mumkin  (masalan,  e‘lon  qilinayotgan  maslaklari  diniy,  xayr-saxovat  yoki 

gumanitar mazmun va maqsadga ega bo‗lganda). 

Transmilliy  korporatsiyalar  (TMK)  hozirgi  xalqaro  munosabatlarga  katta 

ta‘sir  ko‗rsatmoqda.  Shuning  uchun  qator  mutaxassislarning  TMK 

globallashgan  dunyoda  suveren  davlatlar  nufuziga  ega  bo‗layotgani 

to‗g‗risidagi  fikrlariga  qo‗shilish  mumkin.  Dunyo  davlatlarining  yalpi  milliy 

mahsulotlariga muvofiq ularning ro‗yxati tuzib chiqilsa va TMK ro‗yxati bilan 

taqqoslansa,  «Jeneral  motorz»  kompaniyasi  iqtisodiy  qudratiga  ko‗ra  23-

o‗rindagi  «davlat»  bo‗lar  ekan,  «Ford»  24-o‗rinda,  «Mitsiu»-25-o‗rin,  keyin 

esa:  «Mitsubisi»  (26),  «Itochu»  (30),  «SHell»  (31),  «Eksson»  (35),  «Su-

mitomo»  (36),  «Toyota»(38),  «Uoll-Mart»  (39),  «Jeneral  elektorik»(44)  va 

boshqalar

5



Xalqaro munosabatlar rivojlanishining hozirgi omillari haqida so‗z ketar 

ekan,  geosiyosat  singari  siyosiy  konsepsiya  to‗g‗risida  gapirmaslik  mumkin 

emas.  Unga  muvofiq  davlatning  tashqi  siyosati  geografik  omillar  (davlatning 

holati, tabiiy resurslari, iqlimi va sh.k.) tomonidan oldindan belgilanadi

6



Tashqi  ekspansiyani  oqlash  uchun,  ayniqsa,  nemis  fashistlari  tomonidan 



foydalanilgan  ―geosiyosat‖  termini  geografik  omillarning  davlat  tashqi 

siyosatiga  (geopolitik  strategiyasi  va  sh.k.)  muayyan  ta‘sirini  bildirish  uchun 

ham qo‗llanadi (hudud, nufuz va boshqalar). 

Sobiq  SSSR  barham  topib,  yangi  mustaqil  davlatlar  tashkil  topgach, 

geosiyosat  ilmiy-amaliy  tahlilning  ommaviy  yo‗nalishlaridan  biriga  aylandi. 

Jahon hamjamiyatida o‗zini va o‗z o‗rnini anglash sharoitida o‗z suverenitetini 

mustahkamlashga  hamda  milliy  ravnaq  topish  maqsadiga  erishishga 

intilayotgan har bir davlat geosiyosiy konsepsiyaga e‘tibor qaratmasligi mumkin 

emas.  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  «O‗zbekiston  XXI 

asr  bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 

kafolatlari»  kitobida  qayd  etganidek,  geosiyosat  dunyo  aloqa  tizimida 

davlatning  tarixiy,  bugungi  va  kelgusi  rolini  tahlil  etishning  muhim  vositasi 

hisoblanadi. Uning fikricha, aynan dunyo ahamiyatiga ega (jahon miqyosidagi) 

jarayonlar  mohiyatini  tushunmaslik,  bir  qator  mamlakatlarda  xavfsizlikka 

tahdidni baholashda etarlicha jiddiy munosabatda bo‗lmaslik, kelajakni bashorat 

qilishdagi  zaiflik, u yoki bu  mamlakatning o‗z  siyosiy  va iqtisodiy  rivojlanish 

                                                 

5

 Уткин А.И. Глобализация: процесс и осмысление. –М. : Логос, 2002, -С.38-39. 



6

  XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga kelgan (F.Ratsel, Germaniya; A.Mexen; AQSh; X.Makkinder, 

Buyuk Brttaniya; R.Chellen, Shvetsiya). Tashqi ekspansiyani oqlash uchun, ayniqsa, nemis fashistlari 

tomonidan foydalanilgan. ―Geopolitika‖ termini geografik omillarning (hudud, nufuz va boshqa.ning) davlat 

tashqi siyosatiga (geopolitik strategiya va shu k.k.) muayyan ta‘sirini bildirish uchun ham qo‗llanilgan. 



 

16 


yo‗lini  tanlab  olib,  ro‗yobga  chiqarish  imkoniyatini  shubha  ostiga  qo‗yadi. 

Prezident ―Bizni o‗rab turgan, xech kim o‗z holicha yashay olmaydigan, hamma 

narsa  ham  bizga  bog‗liq  bo‗lavermaydigan,  yuksak  maqsadlarga  erishish 

yo‗lidagi  intilishimizga  jiddiy  xavf-xatar  solib  turgan  bu  dunyoning  o‗zi 

nimadan  iborat  ekanligini  chuqur  tushunib  olish  juda  muhim‖ligini 

ko‗rsatadi...‖

7




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat