Abror to‟rayev



Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana29.08.2021
Hajmi0.97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
 

 

 

 


 



1.3. MA‟RUZA MATNI 

 

XALQARO SIYOSAT VA XALQARO MUNOSABATLAR 

Reja: 


1.―Xalqaro siyosat‖,  ―xalqaro munosabatlar‖ tushunchalari 

2. XX asrda jahon siyosati va xalqaro munosabatlar.Hozirgi    zamon    xalqaro    

munosabatlari    taraqqiyotining    asosiy xususiyatlari 

3. Xalqaro tashkilotlar va ularning asosiy turlari 

4. O‗zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida. O‗zbekiston Respublikasi tashqi 

siyosatining asosiy tamoyillari 

 

“Xalqaro siyosat”,  “xalqaro munosabatlar” tushunchalari 

Siyosatni  yaxlit  tarzda  to‗liq  tahlil  qilish  uni  ham  milliy,  ham  xalqaro 

darajalarda o‗rganishni taqozo etadi. Ichki siyosat uning turli yo‗nalishlarini va 

ularning  davlat  ichida  amalga  oshirilishini  tahlil  qilish,  milliy  siyosiy 

jarayonning rivojlanishi orqali o‗rganiladi. Xalqaro munosabatlar tizimi — ikki 

va  undan  ortiq  davlatlar  o‗rtasidagi  o‗zaro  faoliyat,  tashqi  siyosat  esa  bir 

millatning,  bir  davlatning  tashqi  hatti-harakatlaridir.  Davlatning  tashqi  siyosati 

ichki  omillarining  ham,  tashqi  omillarining  ham  ta‘siri  ostida  shakllanadi. 

Umuman olganda, ichki ijtimoiy va xalqaro munosabatlar o‗rtasida qalin o‗zaro 

aloqa va o‗zaro munosabat mavjud. 

Xalqaro  munosabatlar  xalqlar,  davlatlar  va  ularning  tizimi  o‗rtasidagi 

aloqalarni  va  o‗zaro  bog‗liqliklarning  yig‗indisini  tavsiflaydi.  Xalqaro 

munosabatlar deganda  odatda  jahon  hamjamiyatining  barcha  asosiy  sub‘ektlari 

o‗rtasidagi  siyosiy,  xo‗jalik-iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy,  valyuta-moliyaviy, 

ijtimoiy,  diplomatik,  huquqiy,  harbiy,  gumanitar  va  kommunikatsiya  aloqalari 

va  munosabatlarining  tizimli  yig‗indisi  tushuniladi.  Jahon  hamjamiyatining 

asosiy sub‘ektlari bo‗lib, eng avvalo, davlatlar va xalqaro tashkilotlar maydonga 

chiqadilar. 

Xalqaro 

munosabatlar 

dunyomizning 

qiyofasini 

va 

tartibini 



shakllantiradi.  Hozirgi  zamon  dunyo  hamjamiyatiga  oshib  borayotgan 

birdamligi  va  kuchayib  borayotgan  xilma-xilligi  xos.  Dunyodagi  o‗zaro  aloqa 

va  bog‗liqlik  xalqlarning  rivojlanishidagi  xilma-xil  o‗ziga  xosliklarning 

saqlanishi  bilan  qo‗shilib  ketmoqda.  Xalqaro  munosabatlar  tizimida 

rivojlanayotgan  demokratlashuv,  insonparvarlik,  qurolsizlanish  tamoyillari 

hozircha  tizimga  ega  emas,  ular  qarshilikka  duch  kelmoqda,  ko‗p  jihatdan 

sub‘ektiv  omillarga  bog‗liq  bo‗lib  qolmoqda.  Hozirgi  dunyo  sharoitlarida 

xalqaro  munosabatlar  ko‗proq  xalqlar  va  odamlar  o‗rtasidagi  o‗zaro 

munosabatlarga aylanmoqda. Biz huquqiy davlatlar tizimining, qutblab Xalqaro 

tashkilotlar  va  uyushmalarning  hamkorligini,  turli  davlatlarning  millionlab 

fuqarolari  o‗rtasidagi  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  aloqalarni  kuzatmoqdamiz.  Dolzarb 

xalqaro  muammolarni  hal  etish  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratib  beruvchi 




 

insoniy  munosabatlarning  noyob  dunyo  tarmog‗i  yuzaga  keldi  deb  aytish 



mumkin. 

 Xalqaro  munosabatlar  —  xavfsizlik,  barqarorlik  va  rivojlanishni 

ta‘minlash  maqsadida  davlatlar,  xalqlar,  xalqaro  tashkilotlar  va  transmilliy 

korporatsiyalar  o‗rtasidagi  o‗zaro  hamkorlik  shakl  va  metodlari,  siyosiy, 

huquqiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar tizimidir.  

―Xalqaro  munosabatlar‖  tushunchasining  ko‗plab  ta‘riflari  mavjud. 

Masalan, xalqaro munosabatlar, bu  

-  davlat  tizimlari  va  davlatlar  o‗rtasidagi  iqtisodiy,  siyosiy,  mafkuraviy, 

huquqiy, diplomatik va boshqa aloqalar hamda munosabatlar, shuningdek jahon 

maydonida  harakatlanuvchi  asosiy  sinflar,  asosiy  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy 

kuchlar, tashkilotlar va jamoatchilik harakatlari, umuman, keng ma‘noda xalqlar 

o‗rtasidagi munosabatlar majmuidir; 

- inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integrasion aloqalar majmui 

1



- davlatlar  va  nodavlat  tashkilotlari,  partiyalar,  kompaniyalar  va  turli 

davlatlarning yuridik shaxslari o‗rtasidagi munosabatlar

2



Bu  ta‘riflarning  hech  biri  obekt  mazmunini  to‗la  ochib  berolmagan. 



Ularning  vazifasi  faqatgina obekt haqida dastlabki tasavvurni berishdan  iborat. 

Shuning uchun tadqiqotchilar xalqaro munosabatlar tushunchasini talqin etishar 

ekan,  nafaqat  unga  mukammal  ta‘rif  berishga,  balki  uning  mohiyati  va 

spesifikasini  aniglab  olishga  yordam  beruvchi  kriteriyalarni  ajratishga 

intilishadi. 

Xalqaro  munosabatlar  tushunchasini  ta‘riflashga  oid  qayd  etilgan 

yondashuvlar  farqli  xulosalarga  olib  kelishi  mumkin  va  bunda  o‗ziga  xos  har 

biri 


ustunlik 

va 


kamchiliklarga 

ega. 


Umuman 

olganda, 

xalqaro 

munosabatlarning  turlicha  tiplari,  ko‗rinishlari,  darajalari  va  holati  to‗g‗risida 

so‗z  yuritish  mumkin.  Xalqaro  munosabatlar  ,  shuningdek  sinfiylik  mezoni, 

hukmronlik va tobelik munosabati, hamkorlik, o‗zaro yordam va o‗zgaruvchan 

munosabatlar asosida tasniflanishi mumkin.Xalqaro munosabatlar: 



ijtimoiy  hayot  sohasi  bo‘yicha  iqtisodiy,  siyosiy,  harbiy-strategik, 

madaniy, mafkuraviy va boshqa munosabatlarga ajratiladi; 



ishtirokchilarga  bog‘liq  ravishda  davlatlararo  munosabatlar,  turlicha 

xalqaro tashkilotlar o‗rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi



intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o‗rta, past) darajalarga 

bo‗linadi; 



geosiyosiy  o‘lchov  asosida  global,  mintaqviy  (Evropa,  Osiyo  va  b.) 

xalqoro o‗zaro ta‘sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi; 

                                                 

1

 Шахназаров Г.Х. Грядущий миропорядок. –М., 1981. –С.19



 

2

 Курс международного права: В 7 т. Т.1. Понятие, предмет и система международного права. –М., 1989. 



– С.10 

 



 



keskinlik  darajasi  nuqtai  nazaridan  -  barqarorlik  va  beqarorlik  holati; 

ishonch  va  dushmanchilik,  hamkorlik  va  nizo,  urush  va  tinchlik  va  hokazolar 

tasniflanadi. 

Xalqaro  munosabatlar  ning  fanga  ma‘lum  barcha  tiplari,  ko‗rinishlari, 

darajalari va holatlari  majmuasi ijtimoiy  munosabatlarning alohida turi sifatida 

namoyon  bo‗lib,  o‗zining  spesifikasi  sababli  xalqaro  munosabatlarning 

ishtirokchisi tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos ijtimoiy munosabatlardan 

farq qiladi.  

Xalqaro  munosabatlar  bir  necha  yo‗nalishdagi  munosabatlarni  qamrab 

oladi:  


  - xalqaro iqtisodiy munosabatlar; 

  - xalqaro siyosiy munosabatlar; 

  - xalqaro madaniy munosabatlar; 

  - xalqaro xuquqiy munosabatlar. 

Xalqaro  munosabatlar  haqida  to‗liq  tasavvur  hosil  qilish  uchun  bu 

masala  falsafiy,  ijtimoiy,  psixologik,  tarixiy,  siyosiy  jihatlardan  tahliliy 

yondoshish  lozim  bo‗ladi.  Bu  hol  tadqiqotchilarning  siyosiy  jarayonlarga, 

voqelik  va  hodisalarga  mustaqil,  tajribaviy  yondashishini  taqozo  qiladi.  Shu 

sababli xalqaro munosabatlarning dolzarb muammolarini tahlil qilishda xalqaro 

siyosat nazariyasi qoidalariga va taraqqiyotning hozirgi bosqichida O‗zbekiston 

Respublikasi uchun ahamiyatli bo‗lgan munosabatlarga urg‗u beriladi. 

Xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari quyidagilardir: 

 



Kuch ishlatmaslik va kuch bilan qo‗rqitmaslik; 

 



CHegaralar daxlsizligi; 

 



Davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish; 

 



Mojarolarni tinch yo‗l bilanbartaraf etish; 

 



Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

 



Insonning asosiy huquq va erkinliklarini hurmat qilish

 



Teng  huquqlilik  va  xalqlarning  o‗z-taqdirini  o‗zi  belgilash 

huquqini hurmat qilish; 

 

Xalqaro huquq me‘yorlariga qat‘iy rioya qilish; 



 

O‗zaro foydali hamkorlik;  



 

Jahon hamjamiyatini qurolsizlantirish. 



Xalqaro  siyosat  xalqaro  huquq  sub‘ektlarini  ularning  manfaatlarini 

muvofiqlashtirish, urush va  tinchlik  masalalarini hal  etish, butun  insoniyatning 

yashab  qolishi,  yalpi  xavfsizlik  va  qurolsizlanishni  ta‘minlash,  global, 

mintaqaviy  va  milliy  nizolarni  hal  etish  va  ularning  oldini  olish,  atrof  muhitni 

muhofaza  qilish,  qoloklik  va  qashshoqlikka,  ochlik  va  kasalliklarga  barham 

berish,  insoniyatning  boshqa  global  muammolarini  hal  etish,  dunyoda  adolatli 

tartib  o‗rnatish  bilan  bog‗liq  bir  maqsadga  yo‗naltirilgan  siyosiy  faoliyatidan 

iboratdir. 




 

10 


Xalqaro siyosat - xalqaro munosabatlarning asosiy sub‘ektlarini umumiy 

bir  maqsadga  yo‗naltirilgan  siyosiy  faoliyati;  BMT  va  jahon  hamjamiyatining 

boshqa qonuniy va barcha tomonidan tan olingan organlari va tashkilotlarining 

faoliyatida o‗z aksini topgan integratsiyalashgan jarayon. 

Xalqaro  siyosat  tuzilmaviy  jihatdan  milliy  davlatlarning  tashqi  siyosiy 

faoliyati, BMT  hamda  davlatlar  va xalqlar  tomonidan  vakolat  berilgan  xalqaro 

ittifoqlar, tashkilotlar va muassasalarning global faoliyatidan iborat. 

Xalqaro  siyosat  sohasi  davlatlar  o‗rtasida  vujudga  kelayotgan  siyosiy 

munosabatlarning  butun  maydonini  qamrab  oladi.  Dunyo  siyosatining  asosiy 

unsurlari  o‗zaro  bog‗liq  bo‗lganligi  tufayli  dunyo  siyosiy  munosabatlari, 

dunyodagi  yagona  siyosiy-davriy  makon  haqida  so‗zlash  mumkin  va  zarur, 

barcha  asosiy  siyosiy  hatti-harakatlar  uning  davomida  yoki  tarkibiy  qismlarida 

yuz  beradi.  Xalqaro  siyosatning  asosiy  ustuvorliklari  insoniyat  va  uning 

sub‘ektlari oldida turgan umumiy muammolarni hal etish zarurati bilan bog‗liq. 

Xalqaro siyosat ikki yoqlamalik xususiyatiga ega: xalqaro munosabatlarning har 

qanday sub‘ekti o‗z manfaatlarini himoya qilar va amalga oshirar ekan, u yoki 

bu  darajada  boshqa  davlatlarning,  jahon  hamjamiyatining  ham  manfaatlarini 

hisobga  olishi  kerak.  Shunga  ko‗ra,  xalqaro  siyosat  uning  subyektlarining  o‗z 

(milliy)  manfaatlari  hamda  butun  insoniyat  oldida  turgan,  etilgan  va  dolzarb 

vazifalar  va  umumiy  maqsadlar  uchun  kurashning  hosilasi  sifatida  namoyon 

bo‗ladi. Uning asosida jahon hamjamiyatida hokimiyatga va ta‘sirga ega bo‗lish 

uchun kurash yotadi. 

Sayyoramizda  buyuk  geografik  kashfiyotlar  zamonidan  beri  o‗zaro 

aloqalarning  global  tizimi  yaratilayapti.  Hozirgi  dunyo  gigant  bir  tizimdan 

iborat  bo‗lib,  unda  uning  turli  jihatlari,  unsurlari  va  bo‗g‗inlari  ziddiyatli 

birlikda  va  o‗zaro  hamkorlikda  faoliyat  ko‗rsatadilar.  Hozirgi  zamonning  eng 

asosiy harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama tobora rivojlanib borayotgan 

ilmiy-texnik  inqilob  bo‗lib,  uning  chegaralari  poyonsizdek  ko‗rinadi.  U  butun 

jahon iqtisodiy va madaniy makonining yaratilishiga birligining hosil bo‗lishiga 

olib  keladi.  Xalqaro  siyosat  sub‘ektlarining  o‗z  manfaatlarini  amalga  oshirish 

maqsadidagi  o‗zaro  faoliyati  siyosiy  jarayonlarning  o‗ziga  xos  tizimini  o‗zida 

mujassam etadi. 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat