Abror to‟rayev


Hukumatlararo  tashkilotlar



Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana29.08.2021
Hajmi0.97 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Hukumatlararo  tashkilotlar  hech  bo‗lmaganda  quyidagi  belgilarga  ega 

bo‗lishlari lozim:  

 xalqaro  huquqqa  muvofiq  tuzilishi.  Har  qanday  hukumatlararo  tashkilot 



huquqiy  asosda  tashkil  topmog‗i  lozim,  xususan,  tashkilot  alohida  bir 

davlatning  va  umuman,  xalqaro  hamjamiyatning  manfaatlariga  zarar 

etkazmasligi zarur; 

 xalqaro  shartnoma  (konvensiya,  bitim,  trakt,  protokol  va  sh.k.)  asosida 



tashkil  topishi.  Bunday  shartnoma  tarafdorlari  suveren  davlatlar  hisoblanadi, 

keyingi paytlarda esa hukumatlararo tashkilotlar ham shular qatoriga kirmoqda 

(Masalan, EI ko‗pchilik baliq ovlovchi tashkilotlarning a‘zosi sanaladi). 

 xalqaro  tashkilotlarni  tuzishdan  maqsad  u  yoki  bu  sohada  davlatlarning 



kuchini birlashtirishdan iborat: siyosiy (OBSE), harbiy (NATO), iqtisodiy (ES), 

valyuta-moliyaviy  (XVF)  va  boshqalar.  Ammo  BMT  kabi  tashkilot  qariyb 

barcha  sohada  davlatlarning  faoliyatini  muvofiqlashtirishi  lozim.  Bunday 

vaziyatda  xalqaro  tashkilot  a‘zo-davlatlar  o‗rtasida  vositachi  bo‗lib  o‗rtaga 

chiqadi.  Ba‘zan  davlatlar  xalqaro  munosabatlarning  eng  qiyin  masalalarini 

muhokama va hal qilish uchun xalqaro tashkilotga topshiradilar

 

har bir hukumatlararo tashkilot tegishli tashkiliy tuzilmaga ega bo‗lmog‗i 



lozim. Ushbu alomat guyoki tashkilotning doimiy xarakterini tasdiqlaydi va shu 

tariqa uni ko‗psonli boshqa xalqaro hamkorlik forumlaridan farqlaydi; 




 

21 


 hukumatlararo  tashkilotlar  shtab-kvartiraga,  mustaqil  davlatlar  va 

yordamchi organlar siymosida a‘zolarga ega bo‗ladilar; 

 



hukumatlararo  tashkilotning  ta‘sis  hujjatlarida  umumiy  shaklda 

mustahkamlangan  huquq  va  majburiyatlarining  mavjud  bo‗lishi.  Xalqaro 

tashkilot o‗z vakolatini amalga oshira olmaydi, lekin mustaqil xalqaro huquq va 

majburiyatlarga  ega,  ya‘ni  a‘zo-davlatlar  ixtiyoridan  farqli  ravishda  muxtor 

xohish-irodaga ega bo‗ladi. Bu belgi har qanday tashkilot o‗z faoliyati sohasida 

a‘zo-davlatlar  tomonidan  unga  yuklangan  huquq  va  mavjburiyatlarni  bajarish 

vositasini mustaqil tanlashi mumkinligini bildiradi. 

Shunday  qilib,  yuqorida  bayon  qilingan  belgilarga  ega  bo‗lgan  xalqaro 

tashkilot xalqaro hukumatlararo tashkilot sanaladi. 

Hukumatlararo  bitim  (kelishuv)lar  asosida  tasdiqlanmagan  har  qanday 

xalqaro tashkilot  xalqaro nohukumat tashkilot hisoblanadi. Bunday tashkilotlar 

eng kamida bitta davlat tomonidan e‘tirof qilingan bo‗lishi, ammo kamida ikki 

davlatda  o‗z  faoliyatini  amalga  oshirishi  lozim.  Bu  kabi  tashkilotlar  ta‘sis 

hujjatlari  asosida  tashkil  qilinmoqda  va  hozirgi  paytda  dunyoda  ularning  soni 

8000  ming  atrofidadir.  Xalqaro  nohukumat  tashkilotlar  hozirgi  xalqaro 

munosabatlarning  barcha  yo‗nalishlarida  faol  ishtirok  etmoqda,  bir  qator 

sohalarda  esa  ular  hatto  yetakchi  hisoblanadi  (masalan:  insonparvarlik, 

beg‗arazlik,  mustaqillik  va  ko‗ngillilik  Qizil  xoch  qo‗mitasi  faoliyatining 

tamoyillari sanaladi va u davlatlarning turli sohalardagi hamkorligiga katta hissa 

qo‗shdi). 

Xalqaro  hukumatlararo  va  nohukumat  tashkilotlari  o‗rtasidagi  farqlarga 

qaramasdan  ular  faol  hamkorlik  qilishmoqda.  Maslahatlashuv  maqomi  bunday 

hamkorlikning asosiy shakli hisoblanadi. 

Xalqaro  tashkilotlar  xalqaro  tizimni  boshqarishning  alohida  shaklini 

yaratmoqdaki,  bu  shakl  davlatlarning  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  sohalardagi 

manfaatlarining  o‗zaro bog‗liqliqligi va qo‗shilib ketishi kuchayib borayotgani 

tufayli  zarurdir.  Xalqaro  tashkilotlar  transchegaraviy  siyosiy  jarayonning 

institutsional  doiralarini  shakllantiradi,  unda  ko‗psonli  davlat  va 

hamjamiyatlarning  davlat  yoki  nodavlat  aktyorlari  ishtirok  etishadi.  Xalqaro 

hukumatlararo  tashkilotlar  ikkilamchi  va  yasama  bo‗ladi,  chunki  ular  xalqaro 

huquqning birlamchi (boshlang‗ich) sub‘ektlari — davlatlar tomonidan tuzilgan, 

xalqaro  huquqning  sub‘ektlari  hisoblanadi.  Umuman,  Xalqaro  hukumatlararo 

tashkilotlar  siyosiy  sohada  davlat  butkul  va  to‗lig‗icha  o‗ziga  ololmaydigan 

boshqaruvning  ma‘lum  funksiyasini  o‗z  zimmasiga  oladi.  Xalqaro  nohukumat 

tashkilotlar xalqaro xususiy huquqning sub‘ektlari hisoblanadi. 

Bugungi  kunda  xalqaro  tashkilotlar  bir  qator  muhim  vazifalarni 

bajarmoqda. Masalan, xalqaro tashkilot katta bo‗lmagan davlatlarning kollektiv 

tashkiloti  uchun  qulay  joyni  o‗zida  ifoda  etadi.  Dunyodagi  barcha  mustaqil 

davlatlarning yarmidan ko‗pi — kichik va kuchsiz davlatlar bo‗lib, ular xalqaro 

huquqning  suveren  va  teng  huquqli  sub‘ektlar  hisoblanadi.  Biroq  amalda  ular 

xalqaro  maydonda  kuchlarini  birlashtirishlari  tufayli  o‗z  manfaatlarini 



 

22 


ta‘minlashlari mumkin. Xalqaro tashkilotlar kichik davlatlar uchun instutsional 

shakllar  yaratmoqdalar.  Kichik  davlatlar  kelgusida  ushbu  shakllar  orqali  o‗z 

manfaatlarini  himoya  qilishlari  uchun  ular  yordamida  dastlab  maxsus 

birlashmalar tuzishlari mumkin. Ko‗pchilik xalqaro tashkilotlar «bitta mamlakat 

— bitta ovoz» tamoyiliga ko‗ra ish tutishlari sababli bu hol qaror qabul qilishda 

ancha ko‗pchilik ovoz olish zaruratini yuzaga keltiradi. Natijada kichik davlatlar 

ovoz  berish  natijalari  va  muayyan  rezolyusiyalarning  mazmun-mundarijasiga 

nisbatan  kattagina  ta‘sir  kuchiga  ega  bo‗lishlari  mumkin,  bu,  tabiiyki, 

diplomatik  munosabatlar  va  o‗zaro  hamjihatlikning  rivojlanishida  ijobiy  omil 

hisoblanadi. 

Shunday  qilib,  xalqaro  tashkilotlar  rolining  oshishi  turli  bahs-

munozaralarni  hal  qilishda  ham,  harbiy  mojarolarni  bartaraf  etishda  ham 

davlatlar uchun muayyan kafolatlarni yaratadi. Xalqaro tashkilotlarning tuzilishi 

va  mavjud  bo‗lishi  butun  insoniyatni  yaqinlashtirishga  keng  imkoniyatlar 

ochadi va sivilizatsiyaning yanada tez taraqqiy etishiga yordam beradi. 

Birinchi  jahon  urushidan  keyin  siyosiy  tusdagi  Millatlar  ligasi,  Xalqaro 

mehnat  tashkiloti  singari  tuzilmalar  tashkil  etila  boshlagan  bo‗lsa,  Ikkinchi 

jahon  urushidan  keyingi  davrda  mamlakatlarning  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy, 

madaniy  sohalardagi  hamkorligi  va  yalpi  xavfsizlikni  ta‘minlash  maqsadida 

ta‘sis etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi siyosiy tashkilot paydo bo‗ldi. 

Ushbu  tashkilot  tarkibiga  kiruvchi  ixtisoslashtirilgan  organ  va  institutlar 

rivojlanishi  barobarida  turli  sohalarda  davlatlararo  hamkorlikni  kengaytirishga 

yo‗naltirilgan  mintaqalararo  va  mintaqaviy  hukumatlararo  tashkilotlar  tuzila 

boshladi.  Dunyoning  24  ta  rivojlangan  mamlakatini  birlashtirgan  Iqtisodiy 

hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkiloti  (1960),  Evropa  Kengashi  (1949),  Evropa 

ko‗mir  va  po‗lat  birlashmasi  (1951),  Evropa  iqtisodiy  hamjamiyati  (Umumiy 

bozor,  1957),  atom  energiyasi  bo‗yicha  Evropa  hamjamiyati  (Evratom,  1957), 

Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EAST, 1960), Arab davlatlari ligasi (1945), 

Amerika  davlatlari  tashkiloti  (1948),  Afrika  birligi  tashkiloti  (1963)  va 

boshqalar  shular  jumlasidandir. 1945  yildan  e‘tiboran bunday  tashkilotlar soni 

ikki  baravarga  oshdi.  Masalan,  1970  yillar  boshiga  kelib  ularning  soni  220  ta 

bo‗lsa  1970  yillar  o‗rtalarida  260  taga  etdi,  hozirgi  vaqtda  esa  ular  400  dan 

ortiqdir. 

BMT doirasidagi tashkilotlar va ularda xizmat qiluvchi xodimlar sonining 

ortib  borishi  davlatlar  o‗rtasidagi  aloqalar  va  ko‗p  tomonlama  hamkorlikning 

uzluksiz  ravishda  kengayib  borayotganidan  dalolat  beradi.  Bundan  tashqari, 

ushbu  tashkilotlar  muassis  davlatlarga  nisbatan  muayyan  muxtoriyatni  qo‗lga 

kiritgani  sababli  ularni    nazorat  etish  qiyinlashadi.  Bu  ularning  davlatlararo 

munosabatlarning  turli  sohalariga  muntazam  ta‘sir  o‗tkazish  imkonini  beradi. 

Shu ma‘noda bu tashkilotlar xalqaro institut vazifasini o‗taydi. 

Xalqaro tashkilotlar bir qancha  turlarga  bo‗linadi. Ulardan  birortasi  ham 

mukammal emasligi olimlar tomonidan tan olingan bo‗lsa-da, ana shu bo‗linish 

nisbatan  yangi  bo‗lmish  ushbu  xalqaro  aktor  haqidagi  bilimlarni  bir  tizimga 



 

23 


solishga yordam beradi.  Bular, asosan, "geosiyosiy"  mezon, faoliyat yo‗nalishi 

va sohalariga ko‗ra tasnif etiladi. Birinchi holatda ular universal (masalan, BMT 

yoki Millatlar ligasi);  mintaqalararo (masalan, Islom konferensiyasi tashkiloti); 

mintaqaviy  (masalan,  Lotin  Amerikasi  iqtisodiy  tizimi);  submintaqaviy 

(masalan, Benilyuks) kabi turlarga ajratib ko‗rsatiladi. Ikkinchi mezonga ko‗ra, 

umum  sayyoraviy  (BMT);  iqtisodiy  (EAST);  harbiy-siyosiy  (NATO); 

moliyaviy  (XVJ,  Jahon  banki);  ilmiy  ("Evrika"),  texnikaviy  (Xalqaro 

telekommunikatsiyalar  ittifoqi)  yoki  yanada  tor  doirada  ixtisoslashtirilgan 

xalqaro tashkilotlar farqlanadi. 


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
matematika fakulteti
tashkil etish
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi muhammad
fanining predmeti
pedagogika universiteti
bilan ishlash
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
nomidagi samarqand
fizika matematika
Ishdan maqsad
haqida umumiy
fanlar fakulteti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
moliya instituti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Toshkent axborot
Alisher navoiy
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
nazorat savollari
Samarqand davlat