Abror to‟rayev


«Shanxay  hamkorligi  tashkiloti»  (SHHT)



Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana29.08.2021
Hajmi0.97 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
 «Shanxay  hamkorligi  tashkiloti»  (SHHT)  –  tichlik,  xavfsizlik  va 

barqarorlikni mustahkamlash, o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish 

maqsadida  tuzilgan  xalqaro  hukumatlararo  tashkilot.  SHHT  oltita  davlatni  – 

Xitoy,  Rossiya,  Qozog‘iston,  Qirg‘iziston,  Tojikiston  va  O‘zbekistonni  o‘z 

ichiga oladi. SHHTning shakllanishi 1992 yildan Xitoy bilan chegaradosh besh 

postsovet  respublikalarining  o‘zaro  chegaralarni  aniqlash  bilan  bog‘liq 

muammolarni  muhokama  qilishdan  boshlangan.  ―Shanxay  beshligi‖  deb  nom 

olgan  bu  tashkilot  1996  yilda  Shanxayda,  1998  yilda  Almatida,  1999  yilda 

Bishkekda  besh  davlat  rahbarlarining  sammiti  chegaralarni  mustahkamlash, 

chegara hududlarida qurolli kuchlarni qisqartirish kabi masalalarni kelishib, hal 

etishga  qaratildi.  2000  yil  iyulida  Dushanba  sammitida  tashkilotga  oltinchi 

bo‘lib  O‘zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov  kuzatuvchi  sfatida  qatnashdi.  2001 

yil  15  iyunda  SHanxay  sammitida  tashkilotga  oltinchi  bo‘lib  O‘zbekiston 

qo‘shildi,  SHHT  tuzish  to‘g‘risidagi  Deklarasiya  e‘lon  qilindi,  «Terrorizm, 

separatizm  va  ekstremizmga  qarshi  kurash  to‘g‘risida  Shanxay  konvensiyasi» 

imzolandi.  2002  yil  iyulida  Sankt-Peterburgda  olti  davlat  rahbari  «Shanxay 

hamkorlik tashkiloti xartiyasi»ni qabul qildilar. 2003 yil may oyida Moskvada 

SHHTning  tashkiliy  organlari,  ramzlari  tasdiqlanib,  O‘zbekiston  tashkilotning 

yangi  raisi  etib  belgilandi.  2003  yil  sentyabrila  Pekinda  «SHHTga  a‘zo 

davlatlarning  20  yilga  mo‘ljallangan  savdo-iqtisodiy  hamkorlik  dasturi»  qabul 

qilinib,  mahsulot,  kapital,  xizmat  va  texnologiyalar  erkin  aylanishi  shartlari 

belgilab  olindi,  SHHTning  moliyaviy  byudjeti  ko‘rildi.  2004  yil  iyunidan 

Tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi. 2005 yilda Ostona sammitida va 2007 yil 

15-16  avgustda  Bishkek  uchrashuvlarida  Eron,  Pokiston  va  Hindiston, 

Mongoliya kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 

Hozirgi  kunda  SHHTdoirasida  130  ga  yaqin  hamkorlik  loyihalari  amalga 

oshirilmoqda. 

ShHT  biror  bir  davlat  yoki  tashkilotga  qarshi  qaratilmaganligi  va  ochiq 

faoliyat  olib  borilishi  bilan  xalqaro  munosabatlarning  yangi  shaklini  yuzaga 

keltirdi,  ―Shanhay  ruhi‖  tushunchasiga  yo‘l  ochildi.  Tashkilotning  asosiy 

maqsadlari: 

-  a‘zo  davlatlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  ishonch  va  yaqin  qo‘shnichilik 

munosabatlarini mustahkamlash; 

-  mintaqada  tinchlik,  xavfsizlik,  barqarorlikni  birgalikda  ta‘minlash  va 

saqlab  turish  siyosiy,  savdo,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy,  madaniy  sohalardagi 

samarali hamkorlikka keng yo‘l ochib berish; 

-  energetika,  transport,  turizm,  atrof-muhitni  himoya  qilish  va  boshqa 

sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish. 

SHHT rahbar organi – Davlatlar Rahbarlari Kengashi. Barcha davlatlarning 

soha  vazirlari,  Bosh  prokurorlar,  Chegara  qo‘mitalari  rahbarlari  muntazam 




 

38 


uchrashib,  ish  olib  boradilar.  ShHTning  doimiy  faoliyat  yurituvchi  organlari 

ikkita:  2004  yil  17  yanvarda  Pekinda  ShHT  Kotibiyati  va  Toshkentda 

Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi ishga tushdi. 

SHHTning  eng  muhim  3  ta  vazifasi  2001  yil  15  iyunda  «Terrorizmga, 

separatizmga  hamda  ekstremizmga  qarshi  kurash  haqidagi  Shanxay 

Konvensiyasi» qabul qilinib, belgilab berildi: 

1) terrorizmga qarshi birgalikda kurashish

2) separatizm (ayirmachilik) ga qarshi kurash

3) ekstrimizmga  qarshi kurash. 

2000  yilning  sentyabr  oyida  ham  BMT  Bosh  Assambleyasi  «Ming  yillik 

sammiti»da,  2003  yil  29  mayda  SHHTning  Moskva  sammitida,  2004  yil  17 

iyunda  Toshkent  sammitida, 2005  yil  5 iyulda  Ostona  ShHTning sammitlarida 

Prezidentimiz mintaqamiz xavfsizligini ta‘minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro 

terrorizm  va  narkobiznesga  qarshi  faol  kurashish,  Markaziy  Osiyo 

mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlikni ta‘minlash va jahon xavfsizlik tizimini 

takomillashtirish  muammolariga  e‘tibor  qaratdi.  Mintaqa  xalqlari  uchun  o‘ta 

muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  bu  jarayonni  to‘g‘ri  anglab  etgan  Markaziy 

Osiyo  mamlakatlarining  rahbarlari  faqat  2000  yilning  o‘zida  bir  necha  bor 

uchrashuvlar  o‘tkazdi.  Xususan,  2000  yil  oktyabr  oyida  Toshkentda,  bo‘lib 

o‘tgan  uchrashuvda  «Markaziy  Osiyoda  narkotiklarning  noqonuniy  savdosi, 

uyushgan jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikning 

ustuvor yo‘nalishlari» to‘g‘risidagi o‘ta muhim hujjat imzolandi. 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat