Abror to‟rayev


O‟zbekistonning  jahon  hamjamiyati  bilan  o‟zaro  manfaatli



Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana29.08.2021
Hajmi0.97 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
O‟zbekistonning  jahon  hamjamiyati  bilan  o‟zaro  manfaatli 

hamkorligining  istiqbollari.  O‘zbekiston  o‘z  taraqkiyotida,  tashqi  siyosat 

borasida  Amerika  Qo‘shma  Shtatlari  bilan  hamkorlikka  katta  e‘tibor 

qaratmoqda. Mustaqillik  yillarida  ikki  mamlakat  o‘rtasida  siyosiy,  iqtisodiy  va 

harbiy  sohalardagi  hamkorlik  aloqalari  o‘zining  rivojlanish  bosqichiga  chiqdi. 

1992  yilda  Toshkent  va  Vashingtonda  elchixonalar  ochildi,  1995  yil  aprelida 

AQSh hamkorligida NATOning "Tinchlik yo‘lida hamkorlik" dasturi doirasida 

harbiy  o‘quv  mashg‘ulotlari  o‘tkazildi.  1996  yilgacha  O‘zbekistonda  200  ta 

o‘zbek-amerika ko‘shma  korxonalari tashkil  topdi.  O‘zR  Prezidenti  I.Karimov 

1996  yil  23-28  iyun  kunlari  AQShga  rasmiy  tashrif  bilan  bordi.  25  iyunda 



 

28 


AQSh  prezidenti  Bill  Klinton  bilan  uchrashdi.  Bu  uchrashuv  jahon 

integrasiyalashuvida  mintaqaviy  taraqqiyotda  ulkan  ahamiyatga  ega  bo‘ldi. 

1997  yil  5  fevralda  Prezident  I.Karimov  AQSh  davlat  kotibini  qabul  qildi. 

Uchrashuvda  ikki  mamlakat  o‘rtasidagi  aloqalarni  rivojlantirish  muhokama 

etilidi.  O‘zbekiston  AQSHning  Afg‘oniston  va  Iroqdagi  terroristik 

aqidaparastlarga  qarshi  kurashini  qo‘llab-quvvatladi.  Prezidentimiz  BMT 

BAsining  48,50  yillik  yig‘ilishlari  va  ming  yillik  samitlarida  mintaqaviy 

muammolarni dolzarb mavzu sifatida ko‘tarib keldi. 

O‘zbekiston  tashqi  siyosatda  Evropadagi  rivojlangan  mamlakatlar  bilan 

aloqalar o‘rnatish jiddiy e‘tibor berdi. O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi 

(1993  yil  28  aprelida)  munosabatlar  keng  yo‘lga  qo‘yildi.  Toshkentda  ikki 

tomonlama savdo-iqtisodiy palatasi tashkil topdi, GFR elchixonasi ochildi. 

1994  yil  9-12  iyunda  O‘zbekiston  davlat  delegasiyasi  Niderlandiya 

(Gollandiya)da  bo‘ldi.  Dehqonchilik  va  chorvadorlar  xo‘jaligida  bo‘lib  ular 

bilan  suhbatlashdi.  Savdo-iqtisodiy  hamkorlik  haqida  protokol  imzolandi. 

Gollandiya  agroxo‘jaligining  texnologiyasi  O‘zbekistonda  foydalanishga 

kelishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Gollandiya kartoshka urug‘lari ekilib 

hosil etishtirilmoqda. 

O‘zbekiston  bilan  Fransiya  o‘rtasida  munosabatlarni  o‘rnatish  va 

rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Fransiya bilan do‘stlik 

va  hamkorlik  to‘g‘risida  shartnoma,  madaniyat,  ilmiy-texninaviy  va  maorif 

sohasida  hamkorlik  qilish  to‘g‘risida  sarmoyalarni  o‘zaro  rag‘batlantirish, 

himoyalash  to‘g‘risida  bitimlar  imzolandi.  Bugungi  kunda  O‘zbekiston-

Fransiya  o‘rtasida  iqtisodiy,  ilmiy,  madaniy  aloqalar  kengayib  bormoqda. 

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, gaz sanoati, qurilish 

va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda. 

1993  yil  22-25  noyabrlarda  O‘zbekiston  Prezidenti  I.Karimov  boshliq 

delegasiyasining  rasmiy  amaliy  tashrif  bilan  Buyuk  Britaniya  va  Shimoliy 

Irlandiya  birlashgan  qirolligida  bo‘lishi  ikki  mamlakat  o‘rtasidagi  hamkorlik 

tarixida  buyuk  voqea  bo‘ldi.  "Toshkent-London"  havo  yo‘li  qatnash  yo‘lga 

qo‘yildi. 

Umuman,  O‘zbekiston  Evropadagi  Finlyandiya,  Avstriya,  Belgiya, 

SHveysariya, Italiya, Ispaniya, Gresiya, Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, 

Xorvatiya,  Bolgariya  kabi  Evropa  mamlakatlari  bilan  siyosiy,  diplomatik, 

iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatib kelmoqda va bu aloqalar bugungi kunda. 

yanada kengayib borayapti. 

O‘zbekiston mustaqillik yillarida yaqin, O‘rta Sharq va Arab mamlakatlari, 

shuningdek, Sharq va Tinch okean havzasi mamlakatlari bilan ham ikki va ko‘p 

tomonlama  aloqalarni  o‘rnatib,  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy,  ilmiy-texnika 

sohasida istiqbolli natijalarga erishmoqda. 

O‘zbekistonda  investision  muhitni  shakllantirish,  eksportga  yo‘naltirilgan 

iqtisodiyotni  vujudga  keltirish  bo‘yicha  aloqalar  rivojlanib  bormoqda.  Tashqi 

iqtisodiy  faoliyatni  erkinlashtirish  jarayoni  izchillik  bilan  davom  ettirilmoqda. 



 

29 


Ayni  paytda  mamlakatni  jahon  bilan  bog‘lovchi  kommunikasion  tizimlarni 

rivojlantirishga  katta  ahamiyat  berilayapti.  Chet  ellardagi  taniqli  iqtisodchilar, 

xorijiy  kompaniyalar  vakolatxonalari  rahbarlari  va  mutaxassislari,  yozuvchilar 

va jurnalistlar bu tadbirlar tufayli O‘zbekiston yaqin kelajakda mintaqadagi eng 

ilg‘or davlatlardan biriga aylanishini bashorat qilmoqdalar. 

Mamlakatimizning  boy  er  osti  va  usti  resurslari,  malakali  mutaxassislari, 

Markaziy  Osiyodagi  etakchi  mavqei  ham  jahon  davlatlarini  hamkorlikka 

undamoqda. O‘zbekiston hozirgi paytda 130dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan 

savdo-sotiq qiladi. Yurtimizdagi 15 mingga yaqin korxona mahsulotlar eksport-

importi bilan shug‘ullanmoqda. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda 

xavfsizlik  va  barqarorlikning,  aholi  turmush  darajasini  yuksaltirishning  o‘ziga 

xos kafolati ekanligi hech kimga sir emas. 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat