Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti sport fanlari uslubiy



Download 454 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2017
Hajmi454 Kb.
#3589
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI
SPORT FANLARI USLUBIYoTI KAFEDRASI
“Himoya qilishga ruxsat beraman”

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat

fakulteti dekani ________dots. Muqimov O. E.

“____” ______________2013 y.




5141900 – jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

NOGIRON O’QUVCHILAR BILAN SOG’LOMLASHTIRUVCHI GIMNASTIKA DARSLARI O’TKAZISH USULLARI”

mavzusida bajarilgan

BITIRUV MALAKAVIY IShI

Bajaruvchi: 404 gr. talabasi Shoyimardonov Sh

Ilmiy raxbar: katta o’qituvchi U.M.Shokirov

BMI Sport fanlari uslubiyoti kafedrasi ______sonli yig’ilish qarori bilan himoyaga tavsiya etilgan:


Kafedra mudiri: Shokirov U ____________

JIZZAX – 2013

MUNDARIJA





KIRISh…………………………………………..

3

I-BOB.

ILMIY ADABIYOTLAR TAXLILI…………..

6

1.1.

Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tushunchasi.

6

1.2.

Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning asosiy omillari…………………………………………..

17

1.3.

Umumrivojlantiruvchi jismoniy mashlarning sog’lomlashtiruvchi xususiyatlari………………..

18

1.4.

Eng kichik va maktabgacha yoshdagi bolalarning sog’lomlashtiruvchi mashqlari…………………...

20

1.5.

Nogiron o’quvchilarining uy sharoitidagi sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlari………..

24

II-BOB.

SOG’LOMLAShTIRUVChI GIMNASTIKA MAShG’ULOTLARINI TAShKIL QILISh…

33

2.1

O’quvchilarni tarbiyalashda ritmik gimnastikaning ahamiyati………………………..

36

2.2.

Ritmik badantarbiya tarixi……………………….

38

2.3.

Ritmik badantarbiyaning vazifalari………………

39

2.4.

Gigiyenik badantarbiya mashg’ulotlarini tashkil qilish……………………………………………..

42

2.5.

Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining tuzilishi…………………………………………..

48




XULOSA

56




ADBIYOTLAR RO’YXATI

57

KIRISh

Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida barkamol insonni tarbiyalash eng asosiy, kechiktirib bo’lmaydigan muhim vazifalardan biridir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir» (4,3). Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog’lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug’vor vazifani amalga oshirish yo’lidagi muhim qadamdir.

2010 yilning «Sog’lom avlod yili» deb atalishi ham bejiz emas edi, chunki hayot tajribasi «Sog’lom tanda – sog’ aql» bo’lishini allaqachon isbotlagan.



Muammoning o’rganilganlik darajasi. Jismoniy tarbiya darslarining ta’lim mazmunini boyitish shakl va metodlariga bag’ishlab Adishkavichyane E.Y. Bryunemu E., Xarnes E., Xaff Ya. (Amerika); Ye.N.Vavilova, V.V.Gorbunov, N.N.Kilpio, Ye.L.Migunova, I.G.Lixman, Ye.L.Osokina, S.S.Semenov, V.G.Frolov (Rossiya) va respublikamiz olimlari: T.Usmonxo’jayev, F.Xo’jayev, S.S.Solixo’jayevlar ilmiy izlanish olib borganlar.

A.Rasulmuhamedov, T.S.Jumayev, K.R.Ro’zimurodov, F.N.Nasriddinov, E.K.Shaternikovlar jismoniy tarbiya va sport orqali «inson omili» tushunchasini tahlil qilish doirasida jismoniy tarbiya va sport mehnat samaradorligini oshirish muammolarini tadqiq qilishgan bo’lsalar, D.N.Yarmulnik, V.V.Tyupa, A.I.Abdiyev, R.D.Xolmuxamedovlar yengil atletika lokomasiyalarining biomexanikasi masalalari ustida izlanish olib borganlar.

Harakat malakalarini tarkib toptirish tipologik xususiyatlari A.N.Krestovnikov, D.P.Bogdanova, A.G.Grigoryeva, V.D.Maznichenko va boshqa olimlar ilmiy izlanishlarida o’z aksini topgan.

Respublikamiz olimlari: K.D.Yarashev, R.Abdumalikov, X.K.Komilov, Y.Mamasharipovlarning tadqiqotlari umumiy o’rta ta’lim o’quvchilarining jismoniy texnikasini va sportchilik mahoratlarini shakllantirish muammolarining yechimini topishga qaratilgan. Umuman olganda, yoshlarning jismoniy kamolotini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport orqali inson omilini shakllantirish muammosi qator tadqiqot ishlarida o’rganib chiqilmoqda, biroq nogiron o’quvchilar bilan sog’lomlashtiruvchi gimnastika darslarining didaktik asoslarini yaratish hamda uni yaxlit tizimga keltirish muammolari to’laqonli o’z yechimini topganicha yo’q.



Tadqiqot maqsadi Nogiron o’quvchilar bilan sog’lomlashtiruvchi gimnastika darslarini o’tkazishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish.

Tadqiqot vazifalari Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagilar asosiy vazifa qilib belgilandi.

1. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining o’rni va rolini yoritish;

2.Umumrivojlantiruvchi jismoniy mashlarning sog’lomlashtiruvchi xususiyatlari usullari, shakllarini aniqlash;

3. Sog’lomlashtiruvchi gimnastika mashg’ulotlarini tashkil qilish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;

4. O’rganilgan manbalar, to’plangan tajribalar asosida jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti Maxsus internat maktablari jismoniy tarbiya dars jarayonlarida olib borildi.

Tadqiqot ishining uslublari

1. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili.

2. Pedagogik kuzatish.

3. Jismoniy tayyorgarlik testlari.

4. Pedagogik tajriba.

Tadqiqot ishini tashkil etish Tadqiqot ishi uch bosqichda 2012 yil yanvardan 2013 yil maygacha Jizzax shahar maxsus internat maktablarida olib borildi.

Tadqiqot ishida har xil tekshirishlarda asosiy guruhdagi 6-10 yoshli o’quvchilardan 150 ta o’g’il-qiz bola ishtirok etdi.




I-BOB. ILMIY ADABIYOTLAR TAXLILI

1.1. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tushunchasi.
Insonning kuch va qobiliyatlari jismoniy, aqliy va ahloqiylikka ajratiladi. Shunga binoan insonning bu kuch-qobiliyatlarining taraqqiysi, yuksalishini ta’min etadigan tarbiya ham uch qismga ajraladi, bular badan tarbiyasi, aql tarbiyasi, ahloq tarbiyasidir.

Badan tarbiyasi inson hayotida katta ahamiyatga ega. Birinchidan, hayotda har kimning mukammal sog’-salomatlikka, kuch-quvvatga ega bo’lishi ehtiyoji bor. Ikkinchidan, tan sog’ligi fikr va ahloqning ham sog’ligini ta’min etadi. Fikr va ahloq bilan mijoz va sog’lomlik uzviy bog’liq.

Badan tarbiyasining maqsadi har tomonlama yetuk: jismonan chiniqqan, sof fikrli, mard, sabotli, qat’iyatli, Vatanni himoya qila oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iborat.

Italiyalik vrach Iyeromni Merkurialis (1530-1606): «. . .jismoniy mashqlar hattoki noto’g’ri turmush tarzi natijasida ham tug’ma, ham faoliyat natijasida orttirilgan nuqsonlarni to’g’rilab, inson tanasi tuzilishini ham o’zgartirishga qodir» - degan ajoyib fikrni bildirgan. U jismoniy mashqlardan sog’lomlashtirish – gigiyena omili sifatida foydalanishni tavsiya qildi va shu maqsadga bag’ishlab oltita kitob yozdi. Bu kitoblarda jismoniy mashqlarni uch qismga bo’lishni tavsiya qiladi. Birinchi qismga u o’zini – o’zi davolash mashqlarini, ikkinchi qismga – harbiy mashqlarni, uchinchi qismga – atletika mashqlarini kiritadi. U atletika mashqlarini inson uchun kerakli bo’lmagan, haddan tashqari ko’p kuch talab qiladigan, inson uchun unchalik zarur bo’lmagan mashqlar deb inkor etadi. U ikkinchi qism mashqlarini shaxsga emas, balki jamiyatga zarur mashqlar deb hisoblaydi. Uchinchi qism mashqlarni, inson uchun zarur bo’lgan «chin» mashqlar deydi. Ikki yuz yil uning asarlari Yevropada jismoniy tarbiya bo’yicha asosiy qo’llanma vazifasini o’tab keldi.

Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) «Jismoniy tarbiyaning o’quvchilar rivojlanishiga ta’siri» risolasida jismoniy tarbiyaning maktab o’quvchilari sog’ligini saqlash, mashg’ulotlar vaqtida charchab qolishning oldini olish singari vazifalari haqida fikr bildiradi. Pedagogika tarixida birinchilar qatorida u o’qitish dasturiga jismoniy mashqlarni kiritadi. So’ngra u ingliz maktablarida biz xozir ham ko’plab uchratadigan xollarni – yugurishdan, sakrashdan, darslar o’rtasidagi tanaffuslarda o’yinlardan foydalanishni taklif qiladi. Bular esa bizda hozirgacha uncha-muncha foydalanib kelinadi. Nihoyat u jismoniy mashg’ulotlar uchun tushlikdan keyingi vaqtning bir qismidan foydalanishni tavsiya qiladi. Buyuk pedagog bolalarni harakat qilish va chaqqonlikka o’rgatish uchun mashq qilish faoliyatini imkoni boricha vaqtliroq boshlashni, boshlaganda ham buni chinakamiga, ishtiyoq bilan va erinmasdan bajarishga o’rgatilishi lozim deb uqtiradi.

Jon Lokk (1632-1704) esa o’zining mashhur «Tarbiya haqida fikrlar» asarini jismoniy tarbiya haqidagi bo’lim bilan boshlagan va unga o’ttiz paragrafni bag’ishlaydi. Jismoniy rivojlanishni u juda keng ma’noda tushunadi, unga chiniqishni, ovqatlanishni, kiyim-kechakni, jismoniy mashqlarni, uyquni, rejim va boshqalarni kiritadi. Jon Lokk ta’limni insonparvarlashtirish maqsadida jismoniy va aqliy mashqlar shunday almashinishi kerakki, bunda horigan tana doimo o’zini yengil sezsin va tetiklashsin, degan fikrni ilgari surgan. «Ruhiyati tetik bo’lmagan odam hyech qachon to’g’ri yo’lni topa olmaydi, tanasi nosog’ va nimjon odam esa bu yo’ldan oldingan qarab siljishga hyech qachon qodir bo’la olmaydi» - deydi olim. Bundan tashqari olim, o’zining «Tafakkurni boshqarish» asarida hozirgi kunda ham har bir insonning hayotiy qoidasi bo’lib qolishi mumkin bo’lgan quyidagi fikrni bildirgan edi: «Kasbiy faoliyat uchun, baxtli bo’lish uchun bizga sog’liq qanchalik kerak, dunyoda biror ahamiyatli ish qilishni istagan har bir odam uchun qiyinchilik va charchashni yengishga qodir bo’lgan mustahkam organizm qanchalik kerak, bu shunchalik ravshanki, uni isbotlab o’tirishning ham hojati yo’q». Darhaqiqat, tana a’zolarini mo’tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriyligiga shak-shubha yo’q. (28)

Shvesiyalik pedagog I.G.Pestolissi (1746-1827) o’zining butun nazariy va amaliy faoliyatini bolalarni tarbiyalashga va ularga ta’lim berish ishini tubdan o’zgartirishga yo’naltirgandi. U birinchi bo’lib jismoniy tarbiyaning insonparvarlik mohiyatini ochishga kirishgan olimlardandir. Jismoniy tarbiyaning xalqni sog’lomlashtirishdagi o’rnini yoritib berib, Pestolissi mehnat ta’limiga o’z metodining ajralmas qismi sifatida qaragan. U bolaga o’z jismoniy kuchlarini o’stirishi va mehnat qilish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni o’zlashtirishda yordam beradigan «ko’nikmalar alifbosi» yaratish to’g’risidagi taklifni ilgari suradi. Pestolissi o’z davridagi yoshlarni bir tomonlama, ya’ni "«otib qolgan ko’nikma"»larni egallashdan iborat kasbga tayyorlashni tanqid qildi. U mehnat ta’limi, aqliy va ahloqiy ta’limni, jismoniy tarbiyani birga qo’shib borish sifatida yoshlarni sanoat mehnatiga tayyorlashga yo’naltirishga urindi.(24,25)

Mehnat xususiyatlariga binoan erkak va ayol mehnati turlarini farqlab, Pestolissi taklif qilgan ishlab chiqarish gimnastikasi ham mana shu mulohazaga asoslangan edi. Pestolissi o’z davrida mehnatning ayol va erkakka oid barcha turlari asosida erkak va ayollar ishlab chiqarish gimnastikasini o’rganadigan va tashkil eta oladigan idora ochilishini talab qilgan edi.

Maktab yoshidagi bolalarning qaddi-qomatini to’g’ri mutanosib shakllantirish, suyak-bo’g’inlarni va muskullarni uyg’unlashgan tarzda rivojlantirish, yurak-qon tomir hamda nafas olish a’zolarini, asab tolalari majmuasini mustahkamlash ko’p jihatdan jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlardan foydalanishni talab qiladi.

Jismoniy mashqlarining sihat-salomatlikka foydasi cheksiz ekanligini D.Adisson bunday ta’riflaydi: «Mutolava aql uchun qancha zarur bo’lsa, jismoniy mashqlar ham badan uchun shuncha zarur» – deydi. Aynan shunga o’xshash fikrni mashhur o’zbek pedagogi, olim Abdulla Avloniy: «O’quvchilarni tarbiyalash jarayonida asosiy vazifalardan biri – sog’liqni mustahkamlash, tana a’zolarini chiniqtirish, jismoniy va ruhiy jihatdan to’g’ri rivojlanish hamda uning ish qobiliyatining oshishiga ta’sir etishidir» - deb bildiradi va «. . . o’g’il yoki qiz bolani o’zining shaxsiy muvaffaqiyati bilangina emas, balki xususan o’z guruhining muvaffaqiyatlari bilan ham faxrlanish ruhida tarbiyalash zarur. Shuningdek, bolalarda har qanday maqtanchoqlikni bartaraf etish, raqib kuchiga hurmat e’tiborni tarbiyalash, ularga u.shqoqlikning, mashq qilishning va guruhda intizom bo’lishining ahamiyatini tushuntirish zarur. Nihoyat, bolalarning o’z muvaffaqiyatlari va mag’lubiyatlariga jiddiy munosabatda bo’lishiga erishish kerak». Ko’rib turganimizdek, olim jismoniy chiniqish orqali ahloqiy fazilatlarni ham o’sib kelayotgan avlodda o’stirish mumkin, degan g’oyani ilgari suradi. Umuman olganda, jismoniy tarbiya masalalari ko’zga ko’ringan pedagog va ma’rifatparvarlarning diqqat markazida bo’lgan va shunday bo’lib qolaveradi ham.

Yirik allomalarimizdan biri Ibn Sino birinchi bo’lib tarbiyaning ilmiy-pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi. Jismoniy mashqlar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog’ligini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan asoslab bergan edi (1-rasm).

1-rasm


Download 454 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish