Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti fizika va texnologik talim fakulteti texnologik talim kafedrasi



Download 33,46 Kb.
bet1/12
Sana11.09.2021
Hajmi33,46 Kb.
#171454
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TvD O'ktamov E.kurs ishi
U.Kosimbetova., U.Kosimbetova., U.Kosimbetova., TvD O'ktamov E.kurs ishi, e708264df84f9f37d894e06a482eec84, Shanxay hamkorlik tashkiloti - Vikipediya, Shanxay hamkorlik tashkiloti - Vikipediya

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

FIZIKA VA TEXNOLOGIK TALIM FAKULTETI

TEXNOLOGIK TALIM KAFEDRASI

Texnologiya va dizayn fanidan

KURS ISHI

MAVZU: Metall qaychi va metal arralovchi arrada qirqish usullari

Qabul qildi:. Katta oʻqit. Nizomov Shokir

Bajardi:. 401- guruh talabasi O’ktamov Elyor

Jizzax 2021.

Mavzu: Metall qaychi va metal arralovchi arrada qirqish usullari

Reja:


Kirish.

  1. Metall qaychining tuzilishi, turlari va unda qirqish usullari.

  2. Metall arralovchi arraning turlari, tuzilishi va unda qirqish usullari

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish.

Uzoq davrlar davomida metalldan turli xil buyumlar tayyorlash ishi bilan hunarmandtemirchilar shug’ullanib keldilar. Dastlab bu hunarmandlar turli xil metall buyumlarni qo’lda tayyorlaganlar. Keyinchalik xar xil ish moslamalarining paydo bo’lishi, ishlab chiqarish qurollarining takomillashishi natijasida temirchilik hunari taraqqiy etib, hunarmandtemirchilar o’rtasida mehnat taqsimoti vujudga keldi. Ba’zi temirchilar yirik va dag’al ishlarni, masalan, mehnat qurollari, ro’zg’or anjomlari va boshqalarni tayyorlasa, boshqalari mayda va nozik temirchilik ishlarini bajaradigan bo’ldilar.

Ular tayyorlagan qurol aslahalarning, mehnat qurollari va xar xil mexanizmlarning murakkabligi, zehn bilan ishlanganligi bundan bir necha yuz yillar burun ham kishilar metallarga sovuq ishlov berish, ularni qo’lda qirqish san’atini yaxshi egallaganliklaridan dalolat beradi. O’sha vaqtlardayoq metallarga qizdirib va qizdirmasdan ishlov beruvchi hunarmandlar ajralib chiqa boshladilar.

Metallarga qizdirib ishlov beruvchi hunarmandlar temirchilar deb, sovuqlayin ishlov beruvchi hunarmandlar chilangarlar (slesarlar) deb farqlanadigan bo’ldi. Shunday qilib, chilangarlik mustaqil hunar sifatida temirchilikdan ajralib chiqdi va umumiy texnika taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib kelmokda.

Ish qurollarining takomillashishi, yangidanyangi moslama va mexanizmlarning ixtiro etilishi tufayli qo’l mehnatini yengillashtiradigan, mex.nat unumini oshirish imkonini beradigan mashinalar yaratildi. Bu esa, o’z navbatida, texnikanipg taraqqiy etishiga, sanoatning gurkirab o’sishiga yordam berdi. Chilangarlik hunarmandchiligida ana shu mashinalardan foydalaniladigan bo’ldi.

Mashinasozlik sanoati va uning barcha tarmoqlarining taraqqiy etishi, ishlab chiqarishning mexaыizasiyalashtirilnshi va avtomatlashtirilishi, potok liniyalarning joriy etilishi chilangarlik ishlarining takomillashishiga va tarmoqlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Ishlab chiqarishning mexanizasiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishidan qat’iy nazar, bunda albatta, aboob-uskuna, mexanizm va mashinalarni, stanoklarni ishga sozlash, remont qilish, ishdan chiqqan qismlarini tiklash, ularga texnik xizmat ko’rsatish kabi ishlar qo’lda bajariladi. Hozirgi kunda chilangarlik ishlari ko’p tarmoqli hunarmandchilik bo’lib, sanoatning barcha sohalarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda.

Ishlab chiqarish tarmog’i va unda bajariladigan ish turlariga qarab chilangarlik kasbi quyidagi ixtisosliklarga bo’linadi: sozlovchi slesarlar, yig’uvchi slesarlar, asbobsoz slesarlar, remontchi slesarlar, santexnika slesarlari, andazachi slesarlari, elektrik slesarlar, tunukasoz, misgar, qulfgar, qalaylovchi, kavsharlovchi va boshqa ixtisos slesarlari.

Chilangarlikda tayyorlayotgan buyumning qirqish arralash ishlarini olib boriladi



  1. Download 33,46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash